O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

MEN ULARNING NIMALARGA QODIRLIGINI ELENA URLAEVANING MISOLIDA KO'RGANMAN…

MEN ULARNING NIMALARGA QODIRLIGINI ELENA URLAEVANING MISOLIDA KO'RGANMAN…
05 Ekim 2019 - 20:04 'da yuklandi va 1031 marta o'qildi.

Biror marotaba ofittsantga ovqat buyurmayman. Jamoat joylaridan o'zim ovqat olaman. Ayrim ofittsantlarning bunga “Risqimizni qiydi, qurumsoq” deb jahillari chiqadi… Ammo men shunga majburman…

2017 yilning fevral oxiri, mart oylari boshida Elena Mixaylovna Angrenga, qirim tatarlar huquqlarini himoya qilishga boradi. Ketayotib, “Qirim tatarlar huquqlarini himoyasi uchun hokimiyat binosi oldida norozilik aktsiyasi o'tkazamiz” degan xabarini tarqatib, yo'lga chiqadi.. Angrenga borguniga qadar kuch ishlatar tizimlari-yu milisalarning hujumchi maxsus fohishalariyam Urlaevani kutib turadi… Ko'chada kuzatuv, taqib va hujumlar, xalal berishlar boshlanadi… Hamma tomosha Urlaeva sherigi bilan tushlik chog'ida Angrendagi oshxonalarning biriga ovqatlangani kirganda boshlanadi: “Qarasam, oshxonada bizdan boshqa hech kim yo'q, MXXning o'zi ofittsantlarni qiyofasiga kirib olgan. Pulimiz kam edi. Egulik buyurdik… Hammasi o'shandan boshlandi. Ovqatlanib bo'lgach, o'sha erning o'zidayoq lohas bo'lib, ahvolim og'irlashdi. Tez yordam chaqirishdi. Tez yorlam menga majburlab ikkita, yoki uchta ukol qildi. Keyin nima bo'lganini, o'zim ham bilmayman” deydi Elena opa…

O'sha kuni uyda edim… Tushlik paytimidi, undan keyinroqmi, “Nega Elana Mixaylovna jim bo'lib qoli ekan? Bugun biror joyga bormasmikanmiz?” degan xayolda Urlaevaga sim qoqqandim, Elena opa kutilmaganda menga g'alati ovozda “Angrendaman. Namoyish o'tkazishga kelgandik… Bizni bu erda qurshab olishdi… Oshxonada yo ovqatimga biror narsa qo'shib berishdi, yoki qanaqadir ukol qilishdi. Bu haqda tezroq xabar tarqating, o'zimni yomon his qilayapman, nas okrujali. Konets svyaz” dedilar…. Hayron bo'ldim. Bu boradi kichik xabar tarqatdim. Kechqurun Elena opa menga qo'ng'iroq qilib, “Hayotimga tahdid bo'lmoqda, meni o'ldirishmoqchi. Menga yordam ber” deb chaqirdi. Uchib bordim… U erda ayrim tashkilot vakillar ham bor ekan… Endi u erdagi ahvolni, Elena opaning holatlarini yozsam, shuning o'zi bitta kitob bo'ladi… Urlaevaning xushi o'zida emasdi… O'zini ichib olgan alkashlardek tutar va gapirardi.. Vaholanki, Elena opaning ichkilikni og'ziga olganini umuman ko'rmaganman… Bu holatni ko'rish daxshat edi… O'shanda “Endi o'ziga kelmasa kerak, ruhiy holatini izdan chiqaruvchi bir narsa berib qo'yishibdi” deb qo'rqib ketgandim, umidimni uzib qo'ygandim… O'sha erda Urlaeva hatto meniyam haqoratlab, bir-necha marotaba tepib yuborgandilar… Uch kuncha Urlaevaning uyida ularga qorovul bo'lib qolganman.. Bu holatlari uch oy davom etgan, uch oylar davomida dorining ta'siri yo'qolib, sekin-asta o'ziga kelganlar, hech qanday muolijasiz, dori-darmonsiz….

O'sha paytdagi Elena opaning ruhiy holatini sizga tasvirlab bera olmayman….

Yana bir gal 2018 yilda Elena Mixaylovna bilan Samarqandning Pastdarg'om tumanida paxta terimida majburiy mehnatga oid monitoring olib borayotganimizda ham shuningdek holat ro'y berdi. Biz Samarqand tumanidan kelib, paxta terib, qechqurun uyiga qaytayotgan shifokor va o'qituvchilardan iborat 21 ta avtobus kolonnalaridan biriga chiqib olib, interv'yu olib qaytayotganimizda biz o'tirgan avtobusni bir nechta militsiya mashinalari qurshab olishdi va to'xtatishdi. IIB xodimlari bizni kuch bilan militsiya mashinasiga tiqib, Pastarg'om tuman IIB idorasiga olib kirishdi. Kirayotganimizda barcha apparaturalarimizni olib qolishdi… Tabiiyki, biz yo'l-yo'lakay fileshkalarni yashirishga ulgurgandik…. IIBda ayol xodimlarni chaqirtirib, bizni qip yalong'och qilib, echintirib qo'yib, 40 daqiqalar fileshkalarni qidirishdi. Inkor qilib bo'lmaydigan faktlarimiz, videotasvirlarimiz bor edi. Topib olishdi va taxminimcha ko'chirib olishgachgina o'chirib tashlashdi… Bundan g'azablangan Elena Mixaylovni ularga qattiq qarshilik qildi, baqir-chaqir, to'palon ko'tardi…. Men “Baribir foydasi yo'q” deb ularni tinchlantirishga urindim… Buningdek paytlarda men gungga aylanaman. Organ olamlari bilan yoqalashib o'tirmayman. Bari besamar. Davangir eraklar bitta tushirsa, tamom, mayib bo'lasan. Nima qilaman, besamar urinib, fileshkalarni topib olishdimi, demak, ular g'olib, marra ularniki… Xullas, men ortiqcha hisiyotlarga berilmay, alamimni ichimga yutib, o'zimni bosishga o'zimda kuch topib, vaziyatni jimgina kuzatib turardim… Elena Mixaylovna ular bilan haq talashib, baqir-chaqir qilaverganlari uchun “Tez yordam” chaqirishdi. Rosa 40 daqiqa, bir soat deganda “Tez yordam” etib keldi va “Qon bosiingiz qo'tarilib ketibdi” deb Urlaevaga bitta ketidan, bitta tomiridan ukol qilishdi. Tamom. O'shandan keyingi Urlaevaning holini ko'rsangiz edi… Nafaqat tili, iyagi, hatto gavdasiyam o'ziga bo'ysinmay qoldi. Gapiraman deydi, og'zi qimirlashi qiyin, tili aylanmaydi, mast odamdek chuldiraydi, gapiga tushinib bo'lmaydi… Yuraman deydi, oyoqlari o'ziga buysunmaydi, gandiraklab yiqiladi… Yuzlar qizarib, ko'zlar suzilib qolgan… “Nima qilib qo'ydinglar bu ayolni?” deb o'takam yorildi. Elana opa “Uxlagim kelayapti” deb stullarda uzala tushib uxlab qoldi.. Yarim tun bo'ldi. Tungi birmidi, ikkimidi, Elena opa biroz o'ziga kelgach, IIB va DXX xodimlari “Yaxshi boringlar” deb Urlaeva ikkimizni IIBning panjarali darvozasidan tashqariga kuzatib qo'ydi. Tasavvur qiling, kuz sovug'i etni junjiktiradi, svet yo'q, to'rt tomon zim-ziyo… Bos ustiga Urlaeva haliyam o'ziga kela olmagan. Gaplarini zo'rg'a tushunaman. Gandiraklaydi… Men IIB xodimlariga “Yarim tunda ikkita ayol qaerga boramiz. Samarqandgacha taksiga pulimiz yo'q. Ruxsat bering, IIB binosida tong otiraylik. Ko'chada yaxshi bor, mast-alast bor” deb yalindim. “Ruxsat yo'q. Nachal'nik izin bermaydi. Qanday kelgan bo'lsanglar, shunday ketinglar” dedi bir robortmisol yigit… Yo'q, tili aylanmay, gandiraklayotgan Urlaevani mahkam qo'ltiqlab olgan men yarim tunda oddiy odamlardan, xalq vakillaridan qo'rqayotganim yo'q.. Xavotirim aynan kuch ishlatar tizimlarining o'zidan: yarim tunda biror kor-hol uyushtirish qo'llaridan keladi, buningdek yumushlarni haddini olishgan… Ko'p bor uyushtirgan janglarining, kaltaklarining ta'mini tatganmiz… Xullas, ruxsat tegmadi… Bizni itni haydagandek quvib solishdi… Yarim tunda ko'chada hech zog' yo'q… Biroq ortimizdan nektsiyamsol mashina izma-iz sekinlab kuzatib kelmoqda… “Elena opa, bu erda mehmonxona yo'q. Tunda yurishimiz xavfli. Taksi yo'q, uchraganiyam qimmat, pulam etmaydi… Men qishloq kishilarini bilaman, mehribonroq, keling, to'g'ri kelgan darvozani taqillatib to tonggacha tunab qolishga joy so'raymiz. Bu ahvolda qancha yayov yurish mumkin? ” deb yalindim… Xullas o'shanda bir amallab Toshkentga etib kelgach Shavkat Miromonovich islohatlaridan ilhomlanib Pastdorg'om tuman IIB xolimlarining ustidan “tepa”ga shikoyatlar yozdik. Ming afsuski, har galgidek, biz etimchalarning “”vajlari o'z tasdig'ini topmadi”…

Ko'p gapirdim, uzr…

Demoqchi bo'lganim, Nafosat ichkarida bo'ysunmagan bo'lsa, birorta ukol qilib ko'yishgan bo'lsa kerak… Yanayam Olloh bilguvchi…

Malohat Eshanqulova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube