O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Xorazm militsiyasi jurnalist Davlatnazar Ro'zmetovni nega ushladi?

Xorazm militsiyasi jurnalist Davlatnazar Ro'zmetovni nega ushladi?
05 Ekim 2019 - 22:19 'da yuklandi va 890 marta o'qildi.

Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi muxbiri Davlatnazar Ro'zmetovni 5 soat tayanch punktida ushlab o'tirdi. Jurnalist uning kasbiy faoliyatiga doir bosim o'tkazishga harakat bo'lganini aytmoqda.

Davlatnazar Ro'zmetov majburan ruhiy shifoxonaga yotqizilgan bloger Shabnam (Nafosat) Olloshkurovaning yaqinlaridan biri bilan uchrashayotgan vaqti ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ushlab ketilgan.

Jurnalist va blogerning qarindoshi uchrashayotgan mahal Ro'zmetovga og'zidan aroq hidi kelib turgan ayol hujum qilgani aytilmoqda.

O'sha atrofda yurgan ichki ishlar organining ikki xodimi, darhol jurnalistni ushlab ketgan.

“Menga nisbatan pora oldi, deb ariza bergan va da'vosi qondirilmagan bir ayol kelib hujum qildi. Mast edi, og'zidan aroqning hidi gupillab urib turgandi. Gaplashayotgan telefonimga tashlandi. Shu vaqti yonimizdagi skameykada fuqaro kiyimida o'tirgan shaxs va sal nariroqda yurgan uchastka nozirlari etib kelishdi. Keyin bilsam yonimizda o'tirgan shaxs ham ichki ishlarda ishlarkan. Ular nimaga ayolni urdingiz, deb meni Xorazm viloyat IIB joylashgan ko'cha bo'yidagi militsiya tanyach punktiga olib ketishdi”, deydi u.

Xorazmlik jurnalist: “Meni organdagilar olib ketayapti, kechgacha yozmasam qamagan bo'ladilar”

‘O'zbekiston qamoqxonalarida jurnalist qolmadi’mi?

Bloger Shabnam Olloshkurova majburan ruhiy shifoxonaga yotqizildi

Jurnalist ayolning hujumi provakatsiya ekanligini, maqsad uning kasbiy faoliyatiga to'sqinlik ekanini aytmoqda.

“Xorazmda Urganch shahar IIB jinoyat qidiruv bo'limi xodimining harakatsizligi yuzasidan bir ishni surishtirayotgan edim. Militsiya jinoyatga urinishni dalillar bo'lsa ham yopishga harakat qilgan. Meni tayanch punktiga olib kirganlar nimaga bu ish bilan shug'ullanayotanim va unga aralashmasligimni aytishdi”.

Shuningdek, Ro'zmetovdan ruhiy shifoxonadagi bloger Shabnam (Nafosat) Olloshkurovani qachondan beri tanishi, nega uning qarindoshi bilan uchrashayotgani haqidagi savollarni so'rashgan.

Bundan tashqari Toshkentga Ichki ishlar vaziri bilan uchrashishga yaqinlari bilan Xorazmdan piyoda yoo'lga chiqqan va oqibatda 10 sutkaga qamalib chiqqan jurnalist va yozuvchi Mahmud Rajabni qaerdan tanishini ham so'rashgan.

“Uch soatlardan so'ng, o'zini Urganch shahar IIB jinoyat qidiruv bo'limi boshlig'iman, deb tanishtirgan organ xodimi kelib, hujjatlarimni so'radi. Gazetada ishlashim to'g'risidagi guvohnomamni ko'rsatdim. Xorazmga komandirovakaga kelganimni aytdim. Shundan so'ng anglashmovchilik bo'libdi, sizni qo'yib yuborishadi, deb aytdi”, deydi u.

Shundan so'ng ham Davlatnazar Ro'zimetovni militsiya tayanch punktida bir soat ushlab o'tirishgan. Tushlik qilishga izn berishmagan.

“Keyin videoga meni kaltaklashgani yo'q, deb yozib olib qo'yib yuborishdi”, deydi u.

Jurnalist ichki ishlar tayanch punktida 5 soat asossiz ushlab turilishini, o'zining kasbiy faoliyatiga to'g'ridan-to'g'ri aralashish va to'sqinlik deya baholamoqda.

“Mening ushlanganim haqida xabar internetga chiqib shov-shuv bo'lib ketganidan so'ng ularning menga muomalasi o'zgardi, deb taxmin qilaman. Tepadan qandaydir ko'rsatma kelgani uchun chiqarishdi, deb o'ylayman”, deydi Ro'zmetov.

Bi-bi-si jurnalist bilan bo'lgan hodisalarga izoh olish uchun Xorazm viloyat IIB matbuot kotibi Zokirjon Ismoilov bilan bog'lanishga qilgan harakatlari samara bermadi.

Xorazm viloyatida so'nggi ikki haftada jurnalist va blogerlarning IIB tomonidan ushlanish va qamoqqa tashlanishiga doir uchinchi holat.

22 sentyabr kuni Ichki ishlar vaziri bilan uchrashish uchun Xorazmdan yaqinlari bilan piyoda yo'lga chiqqan jurnalist va yozuvchi Mahmud Rajab hamda ushbu jarayonni Facebookda to'g'ridan-to'g'ri yoritib borgan bloger Shabnam (Nafosat) Olloshkurovalar qamoqqa olinib, 10 sutkaga qamalgandi.

Davlatnazar Ro'zmetov 2018 yilning oktyabr oyi so'nggida 7 sutkaga qamalgandi.

O'sha vaqti u paxtada majburiy mehnat mavzusini yoritayotgan bo'lgan.

Ro'zmetov Qo'shko'pir tuman hokimi o'tkazayotgan majlisni yoritishga harakat qilgan.

O'sha vaqti O'zbekiston Bosh prokuraturasi bergan xabarga ko'ra, Davlatnazar Ro'zmetov 25 oktyabr kuni Qo'shko'pir tuman hokimligi binosida paxta yig'im terimi yuzasidan o'tayotgan majlisga mast holatda kirib kelib, mayda bezorilik sodir etgan. Biroq jurnalist bezorilik qilganini rad qilgan.

Turon24 ning voqea guvohlariga tayanib ma'lum qilishicha, Davlatnazar Ro'zmetov 25 oktyabr' kuni kechki payt to'yda o'tirganda unga tanishlari qo'ng'iroq qilishib, Qo'shko'pir tumani hokimi maktab direktorlari, qishloq vrachlik punktlari rahbarlari va maktabgacha ta'lim muassasalari mudirlarini yig'ib paxta terimi bo'yicha selektor yig'ilishi o'tkazayotganini, hukumat ta'lim va tibbiyot xodimlarini paxta yig'im-terimiga jalb etishni taqiqlaganiga qaramay, ularni majburan paxta terimiga jalb etmoqchi bo'layotgani haqida aytishadi.

Shundan so'ng Davlatnazar Ro'zmetov yig'ilish o'tkazilayotgan tuman hokimligi binosiga kirib, majlisda o'tirganlarni qo'l telefonida videotasvirga ola boshlaydi.

“Buni ko'rgan Qo'shko'pir tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Jo'rabek Rahimov uning kimligini so'radi. Jurnalist bunga javoban: “Majlis ochiqmi yoki yopiqmi? Ochiq bo'lsa o'tiraman, yopiq bo'lsa chiqib ketaman”, deb javob berdi. Shundan so'ng hokim “Yig'ilish tamom” deb hammaga ruxsat berib yubordi”.

Shundan so'ng Davlatnazar Ro'zmetov tuman ichki ishlar bo'limiga olib borilib, jamoat tartibini buzganlik, mayda bezorilikda ayblanadi va viloyat markazidagi hushyorxonada bir kun saqlanadi. Ertasi kuni ertalab esa qo'yib yuborilgan, deb yozadi nashr.

Jurnalistga nisbatan 29 oktyabr kuni Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)ga asosan jazo tayinlangan.

Bosh prokuratura taqdim qilgan xabarda aytilishicha, Davlatnazar Ro'zmetov sudda to'yda ikki piyola aroq ichganini tan olgan va hokimiyat binosiga kirishda tanishi Doniyor Sadullaevga “yoraman”, deb aytganinin bildirgan. Biroq u boshqalarni haqorat qilganligini rad etgan.

Shunday bo'lsa-da, sud guvohlarning ko'rsatmalariga tayanib unga 7 sutka ma'muriy jazo qo'llagan.

Davlatnazar Ro'zmatov hibsga olinishidan oldin nohaq qamalganiga ishora bergan.

U tanishlaridan biriga 29 oktyabr kuni shunday mazmunda maktub yozgan.

“Sizdan bir iltimos, mani organdagilar olib ketib borayotir. Kechgacha post qo'ymasam meni qamagan bo'ladilar. Ketdim”, deb yozgan jurnalist.

Sudda ishtirok etganlardan biri sudyaga Davlatnazar Ro'zmetov jurnalist ekanligini va uni nohaq qamash butun dunyoga shov-shuv bo'lib ketishi mumkinligini tushuntirgan.

Uning aytishicha, avvaliga jurnalistni 15 sutkaga qamamoqchi bo'lishgan, biroq ushbu gaplardan so'ng unga 7 sutka berishgan.

Rassom Tuz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube