O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Quduqqa qarab aytilgan she'r

Quduqqa qarab aytilgan she'r
08 Ekim 2019 - 13:49 'da yuklandi va 623 marta o'qildi.

O'zbekiston qahramoni, shoir Abdulla Oripovga

Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?
Nechun tomoshaga bunchalar o'chsan?

Hurmatli Abdulla aka, ushbu xatimda sizning bir vaqtlar shov-shuv bilan o'qilgan “Olomonga” degan she'ringiz haqida bugungi mulohazalarimni bildirmoqchiman. She'r sovet davrida yozildi.

Onglarimizda bo'mba kabi portlash hosil qildi. Har bir so'zi, har bir satri orqasida buyuk shoir va buyuk shaxsni ko'rib ko'kslarimiz tog'dek yuksaldi.

Xalq she'rni ham, muallifini ham boshiga ko'tardi. Mana, oradan yillar o'tdi. Endi sovet yo'q. Mamlakat mustaqil bo'ldi. Bugun bu she'ringizni qayta o'qib, har bir so'zi, har bir satri orqasidan uning muallifini ‒ Abdulla Oripov shaxsini axtarib ko'rdim.

“Mustaqillik” sharoitida mamlakatda kechgan va kechayotgan, o'tgan asr 37-yillariga o'xshab ketadigan holatlarda shoir o'zini qanday tutdi ekan, so'ziga o'zi sodiq qoldimikan, deb shaxsingizga boqqim keldi. Va men nimalarni ko'rmadim! Lekin mavzuga kirishdan oldin boshimdan o'tgan bir hodisani eslasam. 1999 yil erta bahori edi.

Qo'qonga Yaypan tomondan kirib kelishda temiryo'l osha ko'prik bor. Shu ko'prikdan tushiboq meni Davlat avtomobil nazorati (DAN) xodimi to'xtatdi. Hujjatlarimni so'radi. Berdim. Aybimni aytdi – ko'prik ustida bir moshinani quvib o'tibman, mumkin emaskan.

Moshinam raqamini ko'rib: “Mehmonmisiz?” deb so'radi. Jarimadan qutulib qolishga bir ilinj tug'ildi, lekin men to'g'risini aytdim: “O'zim asli shu erlikman, ammo hozir mehmonman”, dedim. “Toshkentda qaerda ishlaysiz?” deb so'radi xuddi yo'l qo'ygan xatomga ish joyim ham sherikday. “Sharq yulduzi” jurnali tahririyatida ishlardim, aytishimga to'g'ri keldi. Bilarkan. “Haliyam chiqyaptimi bu jurnal?” deb so'rab qoldi. “Ha”, dedim. Hujjatimni ko'rsatdim.

Guvohnomada “Sharq yulduzi” yozuvi tepasiga “O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi” yozuvi bitilgan edi. O'shani o'qib turib, birdan: “Menga qarang, raislaring Abdulla Oripovmi?!” dedi qiziqishdan ko'ra ko'proq do'qqa o'xshagan ohangda. “Ha. Nimaydi?” deyishim barobarida xuddi ayblini ushlagannamo qiyofada tirsagim teparog'idan tutib, bir chetga tortdi. “Elning katta shoiri… Bir paytlar, Abdulla Oripov desa, tomdan tashlardim-a… Kecha televizorda ahvolini ko'rib, hafsalam pir bo'ldi. Nima, o'zbek xalqi molpodamidi, minbarga chiqvolib, xo'-o'shsh, xo'-o'shsh, deydi?! O'ziyam rosa ichib olgani bilinib turibdi. Alkash bo'pqolmaganmi raislaring?!” dedi astoydil qayg'urib. “Uzr, kechqurun televizor ko'rmaganidim”, dedim xijolatomuz. “Ha, mayli, mana hujjatlaringiz, qoidani buzmay yuring endi, – deya meni qo'yib yubordi va orqamdan: – Toshkentga borganingizda bir qiziqib ko'ring-a, xalqni qirib yuborishga fatvo bervordi-ku bu raislaring!” deb qoldi.

Toshkentga kela-kelgunimcha yo'l melisasining gaplari hech xayolimdan ketmadi. Nima bo'ldiykan, deyman. Kelasolib surishtirdim. Hammasi oydinlashdi: DAN xodimi aytgan voqea O'zbekiston mamlakati sahnasida mashhur “16 fevral” tomoshasi o'ynalgan kunlardan keyin “San'at saroyi”da uyushtirilgan bir tadbir chog'i yuz bergan ekan. Bu yog'i esingizda bordir, Abdulla aka. Tafsilotini aytib o'tirishimga hojat yo'q deb o'ylayman. Yana kim biladi deysiz, xalqining boshiga katta kulfat tushib turgan bir kunda(!), bu kulfatning sabab-oqibatlarini muhokama ettirish uchun to'platilgan o'ta jiddiy bir yig'inga(!) mast holda kelgan sizday bir hoji shoir u kunlarni eslaysizmi, yo'qmi…

Yaxshisi, qisqagina eslatib qo'yaqolay. Xullas, 1999 yil fevralining 16-kuni Toshkentning u er-bu erida besholtita bo'mba paq-puq etdi. Va bu paq-puqlar mamlakatda anchadan beri etilib kelayotgan bo'lg'usi qaqshatqich qirg'in (repressiya)lardan darak berdi. To'g'rirog'i, o'sha qirg'inlarning boshlang'ich nuqtasi (adabiyotcha aytilsa, prologi) bo'ldi. “16 fevral” alohida tahlilga loyiq bo'lganidan unga alohida mavzu ajratdim va tafsiloti bundan oldingi bobda kechdi. Bu xatimda hammasini takrorlab boshingizni qotirib o'tirmayman va asosiy masalaga – “San'at saroyi”dagi mashhur yig'inga va sizning “otashin” nutqingizga o'ta qolaman. Aytishlaricha, siz bu yig'inda, sallani opke desa kallani opkeladigan tashkilot boshlig'iga qarab: “Xo'sh-sh, Zokirjon aka, bular nima istaydi o'zi?! Endi ular bilan murosa qilib bo'ladimi?! Ularni tarbiya qilib bo'lmasa, Zokirjon aka, hammasini otib tashlash kerak! Nimaga qarab o'tiribsiz, Zokirjon aka, otamizga qo'l ko'targanlarni ayab o'tirmang, ushlang, qamang, otib tashlang hammasini!!!” degan ma'noda mastona jo'shib so'zlabsiz. Minbarga qo'l bilan bo'lmasa-da, og'ir-og'ir so'zlar bilan “musht”labsiz. Saroyga va tele tevaragiga to'planganlar xuddi mol podasiday ularga rosa “xo'sh-sh, xo'sh-sh”lab butun xalqimiz yuziga achchiq-achchiq malomat toshlarini otibsiz…

Bu holingiz bilan siz boshqa kimsalardan (o'zingizning iborangiz bilan aytganda, “olomon”dan) nima farqingiz qoldi?!

16 fevral voqealari mohiyatini “olomon” o'ylamasa, siz o'ylashingiz, “olomon”ning aqli etmasa, sizning aqlingiz etishi, “olomon” bilishga qiziqmasa, siz bilishga qiziqishingiz lozim emasmidi?! Siz kabi bir shoirni tug'ib, ehtiyotlab katta qilgan, ilm berib mana shu darajalarga etishtirgan, “16 fevral” tomoshasidan keyin esa “Endi nima bo'larkin?” deya ming bir xavotirda titrab-qaqshab turgan mushtipar el sizday ziyoli bolasi og'zidan boshqacha – o'zingizga, nomingizga, sha'ningizga yarashiqli bir SO'Zni kutgan edi! Axir siz o'zingizga xos ijodingiz bilan xalq nomidan gapirishga haq qozongansiz, millatning vijdoni bo'lmish adabiyotning eng ko'zga ko'ringan vakillaridan birisiz! Siz esa millatning vijdoni darajasidan “olomon” darajasigacha tubanlashib, Haqning va xalqning yonini emas, katta yolg'onning yonini olib o'tiribsiz! Albatta, odam kamchilikdan xoli emas, hamma ham xato qilishi mumkin – 16 fevral paq-puqlari ortida nima ishlar borligini ko'p qatori siz ham birdaniga ajrata olmagandirsiz. Chunki hali paq-puqlar shovqini so'nmay, chang-to'zonlari to'la bosilmay turib uning tagidagi va orqasidagi ishlarga, ya'ni, ildiziga birdan etib borish qiyin, albatta. Lekin xuddi shu bilmaslik odamni sergak torttirishi, xavotirga solishi va he yo'q-be yo'q “xo'sh-sh, xo'sh-sh”lab xalq ustiga tashlanib qolishdan tiyishi lozim edi.

Buning o'rniga, sal o'zingizni bosib, nomingiz va sha'ningizga yarasha maqomda turib so'zlashingiz kerak edi. Ya'ni, masalan: “Rustam aka Inoyatov, Zokirjon aka Almatov, to'g'ri, juda yomon ish bo'ldi, ichimizda qandaydir qora kuchlar borga o'xshaydi, ular mustaqil vatanimiz tinchini buzish maqsadida jirkanch bir ish qilishdi, buni aslo kechirib bo'lmaydi, bu qora ishlarning chinakam aybdorlarini topish, munosib jazosini berish kerak! Bu qadar shafqatsizlik xalqimizga xos emas, bizning xalqimiz bunaqa ifloslikka bormaydi, bu erda boshqa gap borga o'xshayapti, shuning uchun sizlardan aybdorni axtarishda nihoyatda ehtiyot bo'lishni, gunohsizlar jabr ko'rib qolmasligi uchun voqeani chuqur o'rganib chiqishni iltimos qilaman. Bunday og'ir kunda biz Prezidentimiz yonidamiz, biz sizlarning yonlaringizdamiz!” desangiz ham bo'lardi, bizningcha.

Harholda, qo'qonlik DAN xodimi kabi oddiy-sodda kishilardan tarkib topgan, sizni tug'ib, parvarishlab, katta shoir qilib etishtirgan va boshiga toj qilib ko'targan xalq (olomon emas!) millat vijdoni bo'lmish adabiyotning sizday bir vakilidan kam deganda mana shunaqa munosabatni kutgan edi va buni kutishga haqlidir ham! Qolaversa, siz u minbarga shoir Abdulla Oripov bo'lib emas, O'zbekistonday katta bir mamlakat yozuvchi va shoirlarining, ziyolilarining darg'asi ‒ Yozuvchilar uyushmasining raisi o'laroq chaqirilgan edingiz. Siz buning mas'uliyatini teran his etgan va orqangizdagi yuzlab ziyolining obro'yini ham saqlagan holda… og'zingizga qarab gapirishingiz kerak edi!

Bunaqa kir ishlar qay tariqa uyushtirilishini va oqibati nimalarga olib kelishini yaqin tarixdan juda yaxshi bilasiz. Chunki “xalqlar otasi, ulug' va mehribon” Istalin (Stalin) o'tgan asr birinchi yarmida tarix sahifalariga o'zining “37-yillar” fojia asarini bitar ekan, undan oldin “Kirovga suiqasd”, “Do'xtirlar ishi” kabi “Ish”larni katta rejali qirg'inlariga boshlang'ich nuqta (prolog) qilib olganini o'qigansiz, bilasiz. Ana o'sha Istalin har bir qatliomi oldidan yo ketidan zovutlarda, fabrikalarda, kolxoz-sovxozlarda xalqni (olomonni!) to'plashni yaxshi ko'rar, har bir qora ishiga shu “xalqi”dan fatvo olar edi. “Xalq vakillari” minbarlarga chiqib Ejov, Yagoda, Beriya, Vishinskiy (o'zimizda Apresyan, Agabek(yan)ov) kabi jallodlarga xitoban: “Mehribon Otamizga, jonajon partiyamizga qarshi chiqqanlar xalq dushmanlaridir! Qamang! Surgun qiling! Oting! Qirib tashlang!” deya ko'zlari qonga to'lib shovqin-suron ko'tarishar, shu damda u “xalq dushmanlari” qo'liga tushsa eb tashlaguday vahshat bilan hayqirishar edi.

Holbuki, ertaga o'zlari ham “xalq dushmani” atalishlari mumkin edi! Aytgancha, “Olomonga” deb nomlangan she'ringizda xalqqa qarata “Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan? Nechun tomoshaga bunchalar o'chsan?” deb ta'na-malomat qilganingizda siz ayni mana shu holatni ‒ odam bolasidagi sotqinlik deb atalmish tuban bir xislatni nazarda tutgan bo'lsangiz kerak, shunday emasmi?! Abdulla aka, sizning ko'p she'rlaringiz yosh avlodga o'z vaqtida eng kerakli ruhiy oziq bo'lgan. Sovet davrida satrlaringiz orasidan dardlarimizga malham topganday bo'lardik. She'rlaringizni o'qib yig'lardik, yupanardik, quvonardik, tevaragimizga boshqacharoq ko'z bilan qarashga urinardik.

Xalqimizning buyuk shoirlari Erkin Vohidov, Rauf Parfi va siz butun ijodlaringiz bilan, ayniqsa sovet davrida – xalqimiz mustamlaka holatida maddoh adabiyotning, maddoh she'riyatning sovetcha yaltiroq devorini teshib, yangicha fikrlashga go'yo tuynuk ochib berdilaringiz. Keyingi avlod tuynukdan bu yog'ida ham hayot borligini bilib, bu hayotda quvonch bilan dard hamisha yonma-yon yashashini ko'rib voyaga etdi, erkinlik istash ruhida tarbiya topdi, sizlar ochgan tuynukni yanada kengaytirdi, ochgan yo'llaringizni maromiga etkazdi – buni xalqimiz minnatdorlik ila eslaydi. Garchi Rauf Parfi, Cho'lpon Ergash, Shavkat Rahmon kabi mustahkam e'tiqodli shoirlardan farqli o'laroq, siz sovet davridagi ancha-muncha she'ringizda kommunistik davrni ham to'lib-toshib kuylagan, “dohiy” Lelin sha'niga chin yurakdan madhiyalar o'qigan bo'lsangiz-da, milliy adabiyotimiz cho'qqisi hisoblangan ayrim she'rlaringiz millat uyg'onishiga sababchi bo'lgan deb bemalol aytsa bo'ladi. Ya'ni, adabiyotimiz qizil shiorlar yig'indisidan iborat quruq she'riyatdan yurak qoniga yo'g'rilgan dardli she'riyatga aylanishida siz qo'shgan hissani ko'p qatori men ham yuksak qadrlayman va loyiq o'rniga qo'yishga harakat qilaman, juda ko'p she'rlaringiz qarshisida doim ikki qo'lim ko'ksimdadir.

Ammo… Afsus, she'r boshqa, shoir boshqa ekan! Adabiyot boshqa, hayot boshqa ekan! Sizning ijtimoiy faoliyatingiz, shaxs sifatida jamiyatda o'zingizni tutishingiz she'riy va adabiy qozonchlaringizning teskarisi bo'lib chiqdi! Adolat tarozisiga solib, Haqiqat o'lchovlarida o'lchaganda, shoirlik bilan topgan sharafli nomingizni arbob sifatida ancha-muncha qoraga bo'yab qo'ydingiz! Aslida-ku, “San'at saroyi”dagi u nutqingiz sizning aslingizdir. Sizni yoshlikdan to shu kungacha taniganlar u nutq ohangiga zarracha ajablanmaydi. Bundan boshqacha bo'lishi mumkin emas deydi-qo'yadi. 60 yoshga to'lganingizda sizning maqtovingizda balandparvoz qasida bitgan bir shoir ukangiz har naqarotda “Zamonlar o'zgardi, siz o'zgarmadingiz!” deb qayta-qayta ta'kidlaganida shu ma'noda to'g'ri aytgan edi.

Ya'ni, 16 fevral voqealaridan keyin “San'at saroyi”da so'zlangan u nutq yillar davomida shakllangan va o'zgarmay kelayotgan fe'l-ho'yning mantiqiy hosilasi edi, xolos. Albatta, xalq dardini ko'rib turish, doim his etib yashash va xalqqa qo'shilib kuyish juda-juda og'irdir. Balki shu og'ir yukdan qochish uchun ham ayrim tuppatuzuk kishilar sovet davrida ichkilikka berilib ketgandir. Hushyorlik beradigan azobdan mastlik beradigan allalovchi rohat yaxshi-da!

Lekin mayxona halol boshpana emas, qo'rqoq va kuchsiz vijdonlar qochib borib bekinadigan harom bir ovloqdir. Bu ovloqqa kirib ketgan odam o'zini tevaragida yuz berayotgan adolatsizliklarni, zulmni, yolg'onchiliklarni ko'rmayotgan-ilg'amayotganga solsa ham, to vijdoni to'la o'lmagan ekan, azobidan qochib qutula olmaydi. O'zini aldagani qoladi, xolos. Mastlik juda nari borsa vaqtincha “orom” beradi. Undan ko'ra achchiq haqiqatga ochiq ko'z bilan qaraganga nima etsin! Ham sharaf, ham chinakam ziyoliga munosib! Qaytanga harom ovloqlarga biqinib olgan mast kishining ahvoli xalq dardiga qo'shilib kuygan hushyor kishining ahvolidan og'ir va achinarlidir Abdulla aka, siz adabiyotda she'ri bilan sharaf qozongan ozchilikning bittasisiz! Ulug' shoirsiz! Shaxsiy o'rnagingiz ham shu sharafingizga munosib bo'lsa edi degan ukalarcha orzuda ushbularni yozmoqdaman.

Bilasiz, ijodkor nafaqat ijodi, balki hayotda tutgan o'rni bilan ham xalq orasida adabiyotning obro'yini yuksaltirishi, millatning vijdoni bo'lishdek sharafga erishtirishi mumkin. Ammo, ayni choqda, yuksak obro'ni ketkazib qo'yishi va millatning vijdoni bo'lishdek yuksaklikdan o'tkinchi va yolg'on siyosatning malayi bo'lishdek tubanga tushirib qo'yishi ham mumkin. Shunisidan Olloh saqlasin.

Endi asosiy gapga keldik. O'zi aslida “Olomonga” she'ringiz haqida gapirmoqchi edim. Kirish qismi bir oz cho'zilib ketdi, uzr. 1992 yili G'afur G'ulom nashriyotida chop ettirgan “Munojot” saylanmangizda bu she'r mana bunday kelgan: Mashrab osilganda qayoqda eding? Cho'lpon otilganda qayoqda eding?

Surishtirganmiding Qodiriyni yo, Qalqon bo'lganmiding kelganda balo? Hukmlar o'qilur sening nomingdan, Tarixlar to'qilur sening nomingdan. Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan? Nechun tomoshaga bunchalar o'chsan? Qarshingda hasratli o'yga tolaman, Qachon xalq bo'lasan, ey, sen – olomon?! (1980) Bu she'ringiz oshkoralik yillari ko'plar qatori menga ham juda yoqqan edi. Sovetning diqqinafas hayotida ijtimoiy adolatni qo'msagan, millat ozodligini sog'ingan ko'ngillarimizga o'ziga xos bir epkin bo'lib kirdi bu she'r. Odamlar orasiga yoydik, maydonlarda ovozimizni baralla qo'yib o'qidik – “olomon”dan xalq yasamoqchi bo'ldik o'zimizcha. Mana, oradan hech qancha vaqt o'tmadi. Orziqib kutganimiz mustaqillik… o'rniga kelgan “muztar qullik”ning mazasini ham ozmi-ko'pmi tatigan bo'ldik.

Shu qisqa vaqt ichida etmish yil sovet davrida ko'rgan va ko'rmagan ko'rgiliklarni ham ko'rib ulgurdik. Fe'l-ho'ylarning tovlanishlarini, ijodkorlarning evrilishlarini ko'rdik. Hayotga, mustaqillikka munosabatlarimiz o'zgardi. Bugun endi sizning ushbu “Olomonga” she'ringiz ham boshqa qirralari bilan o'rtaga chiqdi. O'qisak, boshqacha ta'sir oladigan bo'ldik. Rosa o'ylab, rosa sinchiklab quloq solinsa, ayniqsa, sizning shaxsiyatingiz va ijtimoiy faoliyatingiz ‒ keyingi yigirma yil ichida o'zingizni qanday tutganingiz qirrasidan boqilsa, sirtdan ijtimoiy adolatni kuylagan bo'lib ko'rinuvchi bu she'r satrlari ostidan ko'ngillarni g'ash qiladigan ohanglar tuyila boshladi…

Ha, she'rda sho'rlik oddiy xalqqa juda og'ir ayb qo'yilgan, ta'na-malomatda chegaradan chiqib ketilgan ekan, natijada satrlar so'ngidagi har bir so'roq alomati oradan hech qancha o'tmay o'z boshingizga kamida o'ntadan to'qmoq bo'lib qaytyapti. Tarix sizdan o'chini ola boshladi. Siz “Mashrab osilganda qayoqda eding?” deb xalqingizni so'roqqa tutar ekansiz, zamonlar ichra har xil malomatlar eshitaverib bo'yinlari egilib ketgan bu sho'rlik xalq erga boqib: “Muhammad Solih yurtdan quvilganida, orqasidan bir necha marta suiqasdlar uyushtirilganida, Emin Usmon soxta aybnomalar ila ikki bor qamalganida va oxiri qamoqdan o'ligi chiqqanida, Yodgor Obid sevgan Vatanidan chiqib ketishga majbur bo'lganida, Mamadali Mahmud bir kishiga do'stligini ochiq aytgani va bu do'stligidan qaytmagani uchungina zindonda uzoq vaqt ushlab turilganida, Gulchehra Nurullaeva siyosatga sal boshqacharoq munosabatda bo'lgani uchun nafaqat ijtimoiy hayotdan, balki adabiyot dargohidan ham bir chetga surib qo'yilganida, din ulamolari – imom Abduvali qori va Abdulla O'ta kuppa-kunduzi o'g'irlab ketilib, qaerlardadir gumdon qilib yuborilganida, imom Muhammad Rajab qaytib chiqmas qilib qamoqqa tiqilganida (o'n bir yilga hukm qilinib, yaqin yigirma yildan beri hanuz zindonda! ‒ N.M.R.)… bu ishlarni 53 sen ko'rib o'zingni ko'rmaganga solib bugun qaerda turgan bo'lsang, biz manglayi sho'rlar ham mash'um 37-yillari xuddi shunaqa erda turgan edik, ey shoir Abdulla bolam…” der edi go'yo. Siz: “Lorka (Cho'lpon) otilganda qayoqda eding?” deb xalqqa dag'dag'a qilar ekansiz, bunaqa zug'umlarni ko'raverib ezilgan, ammo donoligini yo'qotmagan xalqim alamli nigohlari ila yana er chizib:

“O'nminglab mo'min-musulmon vatandosh soxta aybnomalar ila qamoqqa tiqilib, tubi ko'rinmas zindonlardan yuzlabi o'lib chiqqanida, yigirma yildan beri yuzminglab musulmon yosh-yalang ta'qib va tazyiqqa uchrab omonat kun kechirayotganida… sen qaysi kavakka biqinib kirib ketgan bo'lsang, oddiy tirikchilikdan va sen kabi ulug'larni tug'ib voyaga etkazib berishdan boshqa tashvishi bo'lmagan biz sho'rliklar ham mash'um 37-yillari o'shanaqa kavakdan pana topgan edik, ey aqli hamma narsaga etguvchi buyuk Abdulla bolam…” deyayotganday bo'ladi.

Siz: “Surishtirganmiding Qodiriyni yo?” deb o'zingizni haqiqatni surishtiruvchi qilib ko'rsatar ekansiz, Abdulla Qodiriyning asarlarini kechalari jinchiroqlarda o'qib, bolalariga uning ruhini etkazgan va ko'p hollarda uyidan o'sha Qodiriyning arabcha imloda bitilgan bor-yo'g'i bitta asari chiqqani uchungina qon qusishga majbur qilingan chorasiz xalqim zulm tovoni tagida chirpanarkan: “Biz-ku oddiy odammiz, tevaragimizda nimalar bo'layotganini u zamonlarda surishtirishga ko'p ham ongimiz etmagandir, ammo sen, ey dunyoning tubiga etgan, hatto butun boshli xalqni olomonga chiqazib o'zidan boshqaga pisandsiz bo'lib qolgan arbob Abdulla bolam, sen nima qilding? Mustamlaka bilan “mustaqillik”ning farqiga bora olmayotgan, yangi davrning butun jabr-sitamlarini yigirma yildan beri qadoq elkasida ko'tarib kelayotgan mushtipar xalqingning ahvolini bir marta surishtirdingmi sen? Qo'ling “mustaqillik me'mori”ga qasida bitishdan bo'shagan damlarda millatingning bugun tushib qolgan va kelajakda tushishi mumkin bo'lgan ahvolini o'rgandingmi hech?! Axir sen siyosatchi emas, adabiyotchisan-ku! Adabiyot millatning vijdoni sifatida doim va asosan haq va xalq tomonida bo'lishi kerak emasmidi?!” deyayotgani tayin.

Yana bu mushtipar, ezik xalqim “olomon” degan haqoratga chiday olmay alamdan bundaylar deydi: “O'zing u shum 37-yillardan ancha olislab olib: “Qalqon bo'lganmiding kelganda balo?” deb boshimizga og'ir to'qmoq solibsan. Sen Istalin bobo qirg'inlari chog'i har xonadondan kamida bir kishisini yo'qotgan otabobolaringni ayblayapsanmi? U og'ir zamonlarda, balo hammaning boshiga yog'ilib turganida biz tushunmagan bo'lsak-da, tushungan sen kabi ziyolilar ham sichqonning inini ming tangaga sotib olishga tayyor bo'lib qolganini nahot bilmasang?! O'lganning ustiga tepishing nimasi, Abdullajon bolam?! Shundoq ham xo'rlanganlarimiz, toptalganlarimiz etmasmidi?! Aybimiz u og'ir yillari yashaganimizmi? Mana, sen “mustamlakachilik” deb nomlanmish u zamonlarni ham, “mustaqillik” deb ulug'lanayotgan bu zamonlarni ham ko'rding, ko'ryapsan. Ammo yozgan asarlaringga qaralsa, o'tgan zamonni ham, bu zamonni ham birday “dorilomon kunlar”, “baxtiyor damlar” deb kuylab kelyapsan. O'tgan zamonning rahbar tashkilotini “Najot qal'asi” deb ulug'lagan bo'lsang, bu zamonning rahbar shaxsiga “Sarbon”, “Yurt egasi” v.h. deb sanolar o'qiyapsan.

Qaysi so'zingga ishonaylik: u davrga to'qigan madhiyalaring rost bo'lsa, bu zamonniki yolg'on, bu zamondagi madhiyang rost bo'lsa, ilgarigi gaplaring yolg'on. O'zingning holing bunday bo'lgani holda qanday qilib bizdan adolatsizliklarga qalqon bo'lishimizni istaysan?! Xo'p, “xalqlar otasi, ulug' va mehribon” Istalin bobo qatliomiga biz noshud xalq hech to'sqinlik qila olmay, “tomoshaga o'ch” bo'lib turgandirmiz. Sen-chi?! Sen bugungi Islomqul boboning qaysi adolatsizligiga qalqon bo'lding? Aldamchi saylovlar o'tkazilganida“Etar!” deb chiqdingmi? Muxolif ijodkorlarga tuhmatlar, siyosiy ayblar taqalganida “Unday emas!” deya oldingmi?

Ijod ahlidan bir-ikkitalari siyosiy bosim ostida televizor orqali elning katta bir shoirini azbaroyi siyosatga aralashgani uchun… siyosatchi sifatidagina emas, shoir sifatida ham inkor etganida sen yozuvchi va shoirlarning darg'asi o'laroq “Ho'v hamkasabalar, har narsa desalaring ham shoirligiga til tekizmanglar, bu qadar tubanlashmanglar!” deb ularning og'ziga urdingmi? Taniqli yozuvchi Emin Usmon haqsiz qamalganida bu bedodlikka qarshi ko'ksingni qalqon qilib turib berdingmi? Ikkinchi bor qamalib, qamoqdan o'ligi chiqqanida-chi… hech yo'q janozasiga bordingmi? Aksincha, bu ayanchli xabar dunyoga tarqalganida chet radiolardan birining muxbiri senga qo'ng'iroq qilib bu voqeani sharhlashingni so'raganida nima deb javob berganing hartugul esingdadir: “Ha, endi… Emin Usmon o'zi Yozuvchilar uyushmasiga kelmay qo'ygan… aloqasini uzgan edi…” degan ma'noda chaynalgan eding. Bir inson, bir adib qamoqda shubhali tarzda o'lib ketyapti, adiblarning darg'asi o'laroq sening munosabatingni qara! Zarracha achinish yo'q. Aksincha, o'lganning ustiga chiqib tepkilading go'yo. O'shanda bu qo'rqoqliging va ikkiyuzlamachiligingdan biz oddiy qora xalq xijolatlar bo'lib ketganmiz. Ishongan tog'imizdan bu xil munosabatni ko'rib, er yorilsayu er ostiga kirib ketsak, deganmiz!

Yoki yana: xalqimizning to'qson foizi mo'min-musulmon bo'lgani holda yigirma yildan beri yurtimizda Islom diniga qarshi urush ochildi, minglab, o'nminglab vatandosh dini uchun qamoqda yotibdi, ko'plari hatto zindonlarda o'lib ketdi, shu elning ma'naviy yo'lboshchilaridan biri bo'lmish sening qaysi bir tuking titradi? Yo namoz o'qiydigan, ro'mol o'raydigan, mast qiluvchi ichkilikni harom deydigan, bolalariga egri bilan to'g'rini ajratib tanitishni xohlagan, aybi e'tiqodi bo'lgan o'g'il-qizlarimiz sen uchun haqsiz qamalsa ham, o'ldirib yuborilsa ham bo'laveradigan qadrsiz, qiymatsiz borliqlarmi?

Nahot achinmaysan? Yo ularning yonini olsang, surishtirsang, qalqon bo'lsang, obro'-martabang ketib qoladimi? 2005 yili 13 may kuni insonlik haq-huquqini talab qilib maydonga chiqqan minglab andijonlikni – erkagu ayol demasdan, yoshu qari demasdan, hatto murg'ak go'daklarni shafqatsizlarcha otib tashlashga buyruq berilganida nimaga o'rtaga qalqon bo'lib otilib chiqmading?! Siyosat ularning barchasini yoppasiga jinoyatchi deb atagan bo'lsa, hamma yoppasiga jinoyatchi bo'lishi mumkin emas(!)ligini millatning vijdoni bo'lmish adabiyot darg'asi sifatida sen juda yaxshi bilar eding-ku! Bilmasang, bilishing lozim edi-ku?! Bizlarni “olomon” deb haqoratlab tilimizni qichitib nima qilasan, ey buyuk shoir Abdullajon bolam?!

Aytgancha, kuchishlatar idoralarni millatiga qarshi olakishlab, yuksak minbardan… tele orqali… o'ttiz milyonli xalq (olomon emas!) ko'zi o'ngida… “Qamang! Oting! Qiring!” deb turgan senday bir shafqatsiz bolamiz xalqni zulmlardan qo'riydi, adolatsizliklarga qarshi qalqon bo'ladi deb kutishning o'zi xato. Sen mustamlaka sharoitida ham ko'proq o'zingni o'ylading, xalqqa qalqon bo'lmading, xalqni tashlab, “Najot qal'asi”ga sig'inding, hozirgi “mustaqillik” sharoitida ham faqat o'zingni va bola-chaqangni o'ylayapsan, qalqon bo'la olmayapsan, shu ketishing bo'lsa, bundan keyin ham qalqon bo'lmaysan, bo'la olmaysan. Qalqon bo'lish ne, bugun o'zingni tutishingdan bilinib turibdi: xuddi 37yillar Oybek, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor kabi yozuvchilar buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy go'rga kirishiga sababchi bo'lgani singari, sen ham hech ikkilanmasdan ularning ishini takrorlayverasan. Bo'lmasa, Oybek ham, G'afur G'ulom ham, Abdulla Qahhor ham hazilakam adiblar, hazilakam shaxslar emasdi! Sendan baland bo'lsalar baland edilar, aslo kam emasdilar. Ammo iste'dodlari ularni nozik pallalarda mard sifatida asrab qololmadi! Nachora, yuksak iste'dodning o'zi shaxsni butun qilib bera olmas ekan. Endi, insofing bo'lsa, o'zing ayt: tomoshaga o'ch bizlar ekanmizmi yoki yigirma yildan berigi hamma tomoshani yutoqib ko'rib kelayotgan, adolatsizliklarga qarshi g'ing deyish tugul, aksincha, zulm kuchaygani sari zolimning har bir harakati va so'zini olqishlab turgan sen o'chmisan?!

Ana shunaqa, bolam, pichoqni oldin o'zingga ur, og'rimasa birovga ur. Biz sen nazarda tutgan ma'nodagi olomon emasmiz, oddiy odamlardan tashkil topgan xalqmiz. Aqllilarimiz, kuchlilarimiz, boshliqlarimiz bizni qayoqqa etalasa, ketaveramiz. Xohlasang ham, xohlamasang ham etovga muhtojmiz. Hozirgacha shunday bo'lib keldi, bundan keyin ham shunaqa bo'ladi. Bizni to'g'ri yo'llarga boshlasin deb Olloh ichimizdan senga o'xshaganlarni etishtiradi. Sen elkangdagi vazifani bajarmay, aksincha, teskari tomonlarga etalab ketayotgan bo'lsang, bizda nima ayb?! Issiq xonalarda, yumshoq oromkursilarda, xalqdan ajralib olib, seni etishtirgan va boshiga ko'targan xalqni malomat qilish, “Qayoqda eding?.. Nimaga qalqon bo'lmading?.. Odam emassan, olomonsan sen!” deb erga piypalash oson!..” …demaydimi? Desa, haq bo'lmaydimi?!

Albatta, xalqning bu kabi haqli malomatlari sizga ham, ayrim muxlislaringizga ham og'ir botar, “Bunchalik emas-da endi!” deb e'tiroz bildirishar. “O'ziga emas, so'ziga qarang! Abdulla Oripov so'zi (she'ri) bilan tarixda qoladi!” deyishar. Ammo qachondan beri o'lchovlarimiz buzildi?! Qachondan beri o'zi boshqa-so'zi boshqalik ijobiy baholanadigan bo'lib qoldi?! Siz va muxlislaringiz Alisher Navoiyni o'zi boshqa edi, so'zi boshqa edi deya olasizlarmi?! Kim Zahiriddin Muhammad Boburni, Mashrabni, Ogahiyni… o'zi boshqa, so'zi boshqa deya oladi?! Boshda payg'ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) o'laroq barcha sahobalar, ulardan keyingilar, buyuk olimlar, adiblar, barcha ulug'larimiz nimaga bunday martabaga erishganlar? Albatta, so'zlari bilan o'zlari bir bo'lgani uchun! Aks holda musulmon xalqimiz ularni bunchalik qadrlamas edi. Chunki ijobiylikning o'lchovi bitta va u o'zgarmaydi ‒ kishi so'zi bilan o'zi bir bo'lsin! Bunday yuksak holat juda ozchilikka nasib etsa-da, xalq shundaylarni izlab topadi, shundaylarga ergashadi va kerak bo'lsa boshiga ko'taradi! Ha, Abdulla aka, siz ulkan shoirsiz. Balki shaxsingiz ham iste'dodingiz darajasida ekanmi-yo'qligini sinab ko'rish uchun Olloh 37-yillardagiga o'xshash jabr-zulmlarni “mustaqillik” zamonida qaytadan xalqimiz boshiga atay yuborgandir.

Bir paytlar o'ylamay xalqqa qarata otgan og'ir malomat toshlari evaziga o'shanday kunlarni bu bandam ham bir yashab ko'rsin-chi, o'zini qanday tutarkin deb sizni bu jabr-zulmlarga guvoh qilgandir. Chunki Olloh taolo hech bir ishni hikmatsiz qilmaydi. Va siz ko'plar qatori bu imtihondan o'ta olmadingiz – o'zingiz malomat qilgan o'sha “tomoshaga o'ch” olomonning bittasiga aylanib qoldingiz! Sizni yigirma yildan beri mamlakatda yuz berayotgan shuncha salbiy ishlardan xabarsiz edi, bilmasdi deb bo'lmaydi, albatta. Ikki holatdan biri: yo hamma ishni ko'rib-bilib turib o'zingizni ko'rmagan-bilmaganga solib yashayapsiz, yoki vijdonni ko'rpacha qatiga yashirib, mastona tomosha qilib o'tiribsiz! Afsuslanarli taxminimizcha, bu erda ikkala “yo” ham to'g'ri. Xalqimiz oldingizga va ma'naviyatimizning siz kabi darg'alari oldiga masalani shu tarz ko'ndalang qo'yishga, yuksak talablar bilan shunaqa og'ir so'zlarni aytishga, sizdan va ma'naviyatimizning siz kabi darg'alaridan bu savollarga qoniqarli javob kutishga haqlidir. Bir paytlar xalq tomon irg'itgan malomat toshlaringiz aylanib-o'girilib kelib bugun bu tarzda o'zingizga qayta boshlagan bo'lsa, endi uni iste'dodingiz va shoirlik martabangiz darajasida munosib qarshilashga, ko'ksingizni mardlarcha tutib berishga majbursiz!

Chunki, yana qaytaraman, siz katta shoirsiz! O'rni kelib qoldi, o'tgan asrning bugungiday taloto'pli davrlarida SSSR yozuvchilari darg'asi Maksim Gorkiy o'zini qanday tutganini bir qur eslasak. Proletar diktaturasi qilichini yalang'ochlab, to'g'ri bilan egrini, do'st bilan dushmanni ajratmay yalpi qatag'onga kirishgan pallalar. Maksim Gorkiy butun dunyo ishchi-dehqonlari dohiysi, “xalqlar otasi” Iosif Istalinning ham, Bosh siyosiy boshqarma bo'limi (OGPU) boshlig'i Yagodaning ham sodiq do'sti, proletarcha g'oya qon-qoniga singib ketgan bir inson o'laroq, 30-yillar boshlarida “zararkunanda injenerlar”ga qarshi boshlatilgan “Shaxta ishi” va “Prompartiya ishi” nomidagi yalpi qama-qamalarni jon-jon deb qo'llabquvvatlagan edi. Hatto “prompartiyachilar”ga yumshoqroq hukm chiqqanidan norozilanib Yagodaga atay gina xati yo'llaganini ham bilamiz. Ammo shunga qaramay, harholda katta bir yozuvchi va ziyoli emasmi, ayrim adiblarni, hatto o'zi shaxsan yoqtirmagan ijodkorlarni ham diktaturaning qattiq qahridan saqlab qolgan.

Ikkita misol keltiraman. Mana uning Istalinga yozgan bir xatidan parcha: “Bulgakov mne «ne brat, ne svat», zaщiщat ego ya ne imeyu ni maleyshey oxoty. No – on talantlivyy literator, a takix u nas – ne ochen' mnogo… V dannom sluchae ya za to, chtob perevospitat'. Eto – legko”. (Ya'ni, qamamang, o'ldirmang, qayta tarbiyalagan yaxshi, deyapti.) Shuningdek, o'zi sha'niga tanqidiy fikr bildirganlarga davlat tazyiq o'tkazayotganini eshitib, Italiyaning Sorento shahridan Istalinga yozgan xatida ashaddiy tanqidchilarini ham himoya qiladi: “No «bran' na vorotu ne visnet», mne ona jit' ne meshaet, a v rabote – pooщryaet. Chelovek ya, kak Vy znaete, bespartiynyy, znachit: vse, chto po moemu adresu, – partiyu i rukovodyaщix chlenov ee ne zadevaet. Puskay rugayutsya… Tak chto ne nakazyvayte rugateley, Iosif Vissarionovich, ochen' proshu Vas” 55, deydi. Nochorlik bilan bo'lsa-da, qo'lidan kelganini qilganiga e'tibor bering! Holbuki, u qip-qizil proletar yozuvchisi edi! Bu ikki misol sizga kichkinagina eskartishdir…

Uzr, xalqimiz har zamon ulug'-ulug' shoirlarni tug'ib-etishtirib berib turgani bilan o'zi to'pori, jaydari, sodda bir xalqdir. Yoppasiga shoir bo'lmasada, yoppasiga og'zaki ijod bilan shug'ullanib turadi. “Olomonga” she'ringizga ham og'zaki o'xshatma to'qibdi. O'zi singari to'pori, jaydari, sodda. Erkaklar quduqlar boshida, ayollar beshiklar ustida ming'irlab aytib yurganmish. Qofiyasi yo'q hisobi, turog'i tumtaroq, ichkiyu tashqi ohanglari ham shunga yarasha. Ya'ni, badiiyati siznikiday darajaga eta olmaydi, albatta. Lekin o'qib, nimalarnidir anglasa bo'ladi:

“Muhammad Solih quvilganida qayoqda eding?
Mamadali Mahmud qamalganida qayoqda eding?

Zindondan o'ligi chiqdi, achindingmi Emin Usmonga?
Qalqon bo'loldingmi dindorlar boshiga kelganda balo?

“Nimalar bo'lyapti o'zi?!” deb so'radingmi hech?
Yo vatan va millat taqdiri senga hechmi, hech?!

Andijon qonga botdi… g'ing demaysan? Ayt, nechun tomoshaga bunchalar o'chsan?

Hukmlar o'qilur fatvoing ila, parvoing yo'q!
Tarixlar bitilur madhiyang kabi, savdoing yo'q!

Qarshingda hasratli o'yga tolaman horib: Qachon odam bo'lasan, ey Abdulla Orif?!

Hurmat ila

Nurulloh Muhammad Raufxon

(“Bu kunlar” kitobidan, 2016 yil)

Manba: eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube