O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Akrom Malik haqida qisqacha ma'lumot

Akrom Malik haqida qisqacha ma'lumot
08 Ekim 2019 - 13:52 'da yuklandi va 795 marta o'qildi.

Akrom Malik (pasportda Malikov Akrom) 1990 yil 19 sentyabr kuni Toshkent viloyatining Bo'ka tumanida tug'ilgan. Otasi Abdulhamid Malikov 1994 yil Piskent tumaniga bosh imom etib tayinlanishi munosabati bilan 1996 yil ularning oilasi Bo'kadan Piskentga ko'chib kelib, muqim o'rnashishgan.

Akrom 1997 yil Piskentdagi 4-maktabga 1-sinf o'quvchisi sifatida qabul qilindi. Boshlang'ich sinf rahbari Salimaxon Norxonova uning juda qiziquvchan bola bo'lganini, boshlang'ich fanlarni a'loga o'zlashtirganini, 4-sinfdan boshlab she'r mashq qilganini eslaydi.

Akrom tumandagi «Piskent hayoti» gazetasining jamoatchi muxbiri edi. Gazetada uzoq yillar ishlagan Anvarxon Ahmedov, Sobirjon Inomov, To'xtamurod Hasanboev, Shoira Umrzoqova, Mohira Arslonova, Mamlakat Sattorova kabi faxriy jurnalistlar yosh Akromga o'zgacha e'tibor bilan qarab, unga yozish va tahrir sirlarini o'rgatishgan.

Maktabdagi muallimlari Bahodirxon Otaxonov, Dilnavoz Shokarimova, Muqaddas Dadaboeva, E'tiborxon Otaxonova, Muyassar Ergasheva, Mo'tabarxon Rasulova, Gulmira Inomova, Baxtiyor Isroilov, Umrzoq Norboev, Matlubaxon Soatova, Dilafruz Jumaboevalar Akromga qobiliyatli o'quvchi sifatida qarab, maxsus darslar o'tib, unga saboq berganlar.

Akrom bolaligini tuman kutubxonalarida o'tkazgan. Kutubxonachilar Malohat Karimova, Mahmudaxon Ahmedova, Nurinsa Abdullaevalar Akrom har kuni kutubxonaga maktabdagi darslardan so'ng kelib, kitob o'qishini, uyga ham kitob olib, tezda o'qib tugatib qaytarishini, shu tariqa o'quvchilik yillarida tuman kutubxonalaridagi deyarli barcha kitoblarni o'qib bo'lganini ta'kidlaydilar. Hatto, Akrom 2015 yil kitobxonlar tanlovining Respublika bosqichida 1-o'rinni olgan. O'shanda hakamlar raisi Miraziz A'zam Akrom o'z ustida ishlasa, yaxshi shoir bo'ladi degan.

Akrom 15 yoshida Xalq yozuvchisi Tohir Malikka uning «Murdalar gapirmaydilar» qissasi haqida xat yozgan. Tohir Malik «Bekajon» gazetasiga bergan intervyusida: «Akromjonning tahlillari katta adabiyotshunoslarnikidan kam emas», – deb aytgan (T. MALIK, TANLANGAN ASARLAR, 8-JILD, 328-BET).
Akromning ilk she'riy to'plami 2016 yil nashr etilgan. Unga taniqli shoir Shukur Qurbon so'zboshi yozgan. U yosh qalamkashning familiyasidagi «-ov»ni olib tashlab, Akrom Malik deb atagan va uning kelajagiga katta umid bildirgan.

Akrom 2010 yil adabiyotshunos Zuhriddin Isomiddinovning «Tafakkur» jurnalida chiqqan «Sarkash savollar» maqolasiga javob maktubi yozib, muallifdan ijobiy baho olgan. Maktub jurnalning 2010 yil 4-chorak sonida chop etilgan.

Akrom 2011 yil O'zbekiston Milliy universiteti O'zbek filologiyasi fakultetiga kirgan.

Talabalik yillarida Alisher Navoiy ijodiga chuqur qiziqdi, internetda buyuk shoir ijodini doimiy ravishda tizimli shaklda tahlil qilib boruvchi blogerga aylandi.

Ustozlari Shuhrat Sirojiddinov, Aftondil Erkinov, Omonilla Madaev, Abdurashid Zohidov, Olimjon Davlatov, Abdumurod Tilavov, Nasimxon Rahmonov, Hamidulla Boltaboev, Bahodir Karimov, Uzoq Jo'raqulov, Olim To'laboev, Olim Usmonov, Qo'ldosh Pardaev, Dilnavoz Yusupova, Iqboloy Adizovalar uning kelajakda yaxshi adabiyotshunos bo'lib etishishiga ishonch bilan qarar edilar. Akrom filologiyaga oid ko'plab anjumanlarda qatnashar, ilmiy to'plamlarda maqolar chiqarardi. U 2016 yil «ShARQ» nashriyoti chop etgan ikki jildli «Alisher Navoiy qomusiy lug'ati»ning hammualliflaridan biridir.

Akrom Malik talabalik yillarida «O'zlikka talab» (2012) she'riy to'plamini nashr qildirdi, Bahodir Karim so'zboshi yozgan «Senga bag'ishlayman» to'plamini esa qo'lyozma holida holida qolib ketdi. U «Sen va Men», «Kutubxonachi» kabi qissalar, «Uka» nomli hikoya ham yozgan. «Uka» hikoyasining ingliz tiliga Ixtiyor Xo'ja qilgan tarjimasi 2015 yil «CENTRAL EURASIA BOOKFORUM»ida 1-o'rinni olgan.

Akrom Malik 2016 yil 22 iyul kuni qamoqqa olindi va 6 yilga qamaldi. Bugun Akrom Malikning jamiyat taraqqiyoti va siyosiy islohotlar haqidagi orzulari birma-bir ro'yobga chiqib bormoqda.

Akrom Malik qamoqda ham ilmiy ijoddan to'xtamadi va «Alisher Navoiyning Iloh, olam va odam haqidagi falsafasi» nomli tadqiqotni amalga oshirdi. Bu tadqiqot 2018 yil fevral oyida ziyouz.kom saytida taqdim etilgan bo'lsa-da, muallif uni to'liq tahrirdan chiqmagan deb hisoblagani uchun ish ustida qayta ishladi. Mazkur tadqiqot ayi vaqtda tahrirdan o'tkazilib, internetdagi adabiy saytlaridan birida taniqli navoiyshunoslardan birining so'zboshisi bilan nashrga tayyorlangani xabar qilinmoqda.

2019 yil 19 sentabr kuni Akrom Malik 29 yoshga to'ldi.

Yosh navoiyshunos ayni vaqtda jazo muddatini o'tash barobarida Alisher Navoiy g'azallar va “Xamsa”ni sharhlash bilan shug'ullanmoqda.
Biz Akrom Malikni xalqimizga sadoqatli, jamiyatimizga kerakli inson deb hisoblaymiz.

Akrom Malik ozodlikka chiqqach, ilm o'rganib, faoliyat yuritib, davlatimiz, xalq va jamiyat uchun faqat va faqat manfaat keltiradi deb qat'iy ishonamiz.
Uning ayni kuchga to'layotgan yoshlik yillari, qobiliyati qamoqxonada uvol bo'lmasligini hamda tez kunlarda ozodlikka chiqib, do'stlari safini to'ldirishini chin qalbdan tilab qolamiz.

Akrom Malikning do'stlari

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube