O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Men Mirziyoev boshqaruviga ko'mak qilmoqchi edim….

Men Mirziyoev boshqaruviga ko'mak qilmoqchi edim….
08 Ekim 2019 - 15:28 'da yuklandi va 1692 marta o'qildi.

Biroq prezidentning eng yaqin qarindoshi Inobat opaga pora oqib keluvchi kanalning mirobi bo'lganligi uchun ham Zomin tuman hokimi Abdug'anievning qo'li baland kelganmush….

Xullas, Prezidentni beayov tanqid qilib yurgan kunlarimning birida mening doimiy propiska borasidagi muammomni “shest' sekundda” hal qilib qo'yishdi. Kamiga qizimga ham horijga chiqishiga izin berishdi… Keyin, “Prezidentimiz rostanam adolatli siyosat yurgizish tarafdori, xalqimizni yorug'likka olib chiqish harakatida opa, faoliyatingizni tanqidiy tahlil qilib ko'ring” deyishdi….

Ana shundan keyin men mukka tushib Mirziyoevning chiqishlarini eshitishni boshladim. Ilgari hecham eshitmasdim. Televizorimni musodara qilib ketishganlaridan keyin 8 yildirki, televizor ko'rmasdim… MBlarimni tejash uchun internetda video qidirmasdim…

Xullas, o'tgan yilning noyabr' oxirlaridan boshlab internetdan Mirziyoevni eshita boshladim.

So'zlariga diqqat qildim: binoyidek, qarasam, rostmana kuyib-pishayapti.

Keyin mamakat rahbarining ijobiy tomonlarini qidirishga tushdim: bitta o'xshashligimiz bor ekan – shuncha yil shaharda yashab shevasini “sotmagan”, tiliga sodiq qolgan ekan…. Shevasidan uyaladiganlar ozmunchami? Shaharni ko'rishi bilan tili buralib qoladiganlari qancha…. Xullas, 2018 yilning dekabr oyi boshlaridan boshlab menda asta-sekinlik bilan Mirziyoevga nisbatan hayrihohlik uyg'ona boshladi. Men odamlarning so'zlariga ishonaman.

Mirziyoevning ham kuyib-pishishlariga ishonib, prezidentni qo'llashga kirishgandim. Mamlakat rahbarini qo'llash deganlarini men bir jurnalist o'laroq joylardagi o'zibo'larchilikni, haqsilik, jabru zulumni yoritish, Mirziyoevga etkazish deb tushunibman… Men ham orqa-oldimga qaramay ishga tutibman…. Biroq birortasi unaqa emas, hukumatga sidqidildan xizmat qilish mana bunaqa bo'ladi: jamiyatni turfa ranglarda ko'rsata olishni, voqeliklarga yolg'on aralashtirishniyam qoyil qila bilish kerak demabdi, urgatmabdi… Oqibatda Mirziyoevga ko'mak berishga, u aytayotgan jamiyatdagi qusurlarni ochib tashlashga qanchalik urinmay, menga nisbatan bosimlar shunchalik haddidan oshib ketdi…

Provardida hukumat idorasidagilar men bilan birga men muammosini yoritgan jabirdiydalarga nisbatan ham zulm o'tkazish amaliyotini boshlab yubordilar… Men yosh adabiyotshunos olim Akrom Malikning himoyasiga otlangandim. Bu yosh umr qamoqda uvol bo'lmasin degandim… Biroq, Mirziyoev hukumati aksini qildi…. Ozodlikka qo'yib yuborish taraddudi bo'layotgan pallada Akromni yana menga qasdma-qasd olib qolishdi…. Aks holda Akrom Malik Kubatindan ham oldinroq ozodlikka chiqishi mumkin edi….

20 yilga qamalgan bir MXX podpolkovnigi bor. Nodir To'raqulov G'ulomovchilarni yig'ishtirayotgan paytida o'zining, hamtomoqlarining o'rniga orqasi yo'q, kambag'alning bir bolasini ro'yxatlarga tirkab, tiqdirib yuborgan…. Bu yigitning – sobiq MXX podpolkovnigi Bahromjon Suvonovning dardlarini internetga oz muncha olib chiqdimmi?…

Navoiyning Nurotasida yashagan Komiljon Ergashev bundan 10 yil ilgari adashib Turkiyaga chegarani buzib, o'tib ketgan ekan. Bor yo'q gunohi yot yurtda 5 bolasini boqish bo'lgan…. Prezidentning “Qaytinglar” degan so'zidan quvonchi ko'ksiga sig'may qatgan sho'rlik Komiljonning bo'yniga tergovchiga pora berishni istamaganligi uchun ham ming bitta ayblarni ilib 18 yilga qamab yuborishdi. To'g'ri, bu yigit mutlaqo begunoh emasdi. Bundan 10 yil ilgari chegaradan noqonuniy Turkiyaga o'tib ketgandi xolos… Negadir, Mirziyoev o'zining chaqirig'iga binoan ishonib kelganlarga ham shafqat nimaligini bilmadi. Komiljonning begunohligini aytib, Xudoning zorini qildim…. Foydasi bo'lmadi. Turkiyada ishaganligi sababli ham hukumat balki uning Muhammad Solihga aloqasi bo'lgan degan o'rinsiz shubhada umrini xazon qilgandir, ehtimol… Biroq bu qishloqning sodda yigiti hatto shoir va siyosatchi Muhammad Solih bilan Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ham farqiga bormaydi… Ikkisini bitta odam deb biladi….

Hokim tomonidan talangan Shahrixonlik fermer Mahbuba opani, sho'rlik Nazirjonni himoya qilgim kelgandi… Etishtirgan g'alla hosilini hokimto'ra eri bilan birga qo'shib noqonuniy tortib olgandi… Men bu fermerlarning iztiroblarini internetga olib chiqdim. Biroq yana aks natija berdi. Fermerlarga nisbatan bosim kuchayib ketdi… Ularga jinoyat ishi ochish tahdidi-la qutqu solindi…

Bu balolarning qay birini gapirasiz? Ado bo'lmaydi…

Keyingi himoyam 40 yillik hovlisi hokim tomonidan tortib olinib 4 nafar boyvachchaga sotib yuborilgan Zominlik Nishonboy Xudoyberdievning boshiga tushgan kulfatlarga qaratilgandi… Men sodda Zomin tuman hokimi Alisher Abdug'aniev prezidentning sevimli opasi Inobat opaning eng ishongan yugurdaklaridan biri ekanligini eshitgan bo'lsam-da, e'tibor bermadim… Menga Alisher Abdug'aniev kimning erkatoyi ekanligini aytib kelishdi: “Joningizdan to'yganmisiz? Alisherning kimligini bilasizmi? U muzofotda prokuror, hokim, bosh shifokor, soliq boshqarmasi va idorasi rahbari, Ichki ishlar mulozimi kabi amallarga o'tirishni istab, qora diplomati to'la dollarlarni ko'tarib chopib yurganlar bilan prezidentning eng yaqin qarindoshi Inobat opaning o'rtasida dallol vazifasini o'tovchi eng ishongan yugurdagi, pora oqib keluvchi kanalining mirobi bo'ladi. Esingiz joyidami?

Sizni Mirziyoev kechirsayam, ishonchli odamiga hamla qilganingizni Inobat opasi kechirmaydi. Juvormang bo'lib ketasiz!” deyishgandi…. Ishonmagandim.

Jamiyatni tozalashni prezidentning atrofidan, qarindoshlaridan, yaqin odamlaridan, u tug'ilib o'sgan tumandan, Mirziyoevning viloyatidan boshlash kerak deb kerilibman…. Mana oqibati. Meni ogohlantirganlaridek bo'lib chiqdi. Meni o'g'irlashdi, hayotimga tahdidlar ko'lamini kuchaytirishdi, asossiz jinoyat ishi qo'g'atishdi…. Ayni damda qamoq tahdidi bilan qutqu solishmoqda… Mirziyoev saltanatini korruptsiyadan tozalash borasidagi urinishlarim mana shunday bosimlar bilan yakun topdi…

O'zbekistondagi korruptsiyaga qarshi kurashlarimning oqibati yo qamoq, yoki Urlaeva kabi ruhiy kasalliklar shifoxonasi bilan hotima topishi mumkin…. Evaziga korruptsiya kanalining mirobi bo'lmish Zomin tuman hokimi Alisher Abdug'aniev prezidentning opasi Inobat opaning qo'llovi bilan yaqin kunlarda Sirdaryo viloyat hokimi darajasiga ko'tarilishi kutilmoqda…

O'zi hayotimdagi achchiq saboqlardan kelib chiqib, mamlakatda kimki jamiyatni korruptsiyadan, haqsizliklardan tozalashga kirishgudek bo'lsa, hayoti chilparchin bo'layotgan , bosimlar ostida qolayotgan taqdirdoshimning bittaga ko'payayotganligiga achinib ketaman…. Men Mirziyoev boshqaruviga ko'mak berish maqsadida mamlakatda ildiz otib ketgan poraxo'rlikka barham berish yo'lida kurash olib borgan bir inson sifatida aynan preziden qarindoshlarining korruptsion tizimi qurboni bo'ldim…

Navbatdagi sxemalari haqida keyinroq….

Malohat Eshanqulova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube