O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Rossiya siyosati bandilarining klubi

Rossiya siyosati bandilarining klubi
09 Ekim 2019 - 15:56 'da yuklandi va 640 marta o'qildi.

Iqtisodchi Yuliy Yusupov — O'zbekistonning Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishi haqida

O'zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 7 oktyabr' kuni 2030 yilgacha Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kompleks kontseptsiyasining loyihasini e'lon qildi. Loyiha muhokamasi ikki hafta davom davom etib, 22 oktyabr' kuni tugaydi.

Kontseptsiyada Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi ikki marta tilga olingan. Birinchi marta – iqtisodiyotning yangi sharoit va bozor mexanizmlariga adaptatsiyasi nihoyasiga etishi ko'zda tutilgan birinchi bosqichda (2019-2021 yillar). Hujjatga ko'ra, O'zbekiston shu davr mobaynida Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo to'g'risidagi kelishuvni imzolaydi.

“Iqtisodiyot sohalarida sifatli strukturaviy o'zgarishlar” kutilayotgan iqtisodiy rivojlanishning ikkinchi bosqichi (2020-2025 yillar) davomida davlat siyosatining choralari qatorida Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi ikkinchi bora tilga olingan. O'shanda, kontseptsiyaga muvofiq, “mamlakatning Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Jahon savdo tashkilotiga (JST) kirishini izchillik bilan kirishini o'rganish”, savdo siyosatini liberallashtirish, notarif savdo to'siqlarini qayta ko'rib chiqish hamda ularni JST bilan kelishuv va me'yorlariga muvofiqlashtirish zarur bo'ladi.

O'zbekistonning Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish ehtimoli jamiyatda qizg'in bahslarni keltirib chiqardi. “Farg'ona” ekspertlarning O'zbekiston Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo'shilsa, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi hamda bu tashkilotning mintaqa uchun ahamiyati nechog'liq ekanligi haqidagi fikrlarni chop etishda davom etmoqda. Bu safar respublikaning Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga muhtamal v'zoligini O'zbekistonning Iqtisodiy rivojlanishiga ko'mak markazi direktori Yuliy Yusupov sharhlamoqda.

* * *

Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo'shilish – ziddiyatli jarayon. Uning plyuslari va minuslari bor.

Asosiy plyuslar: mehnat migrantlarimizning Rossiyada hamda Evroosiyo iqtisodiy ittifoqining boshqa mamlakatlarida bo'lish sharoiti yaxshilanishi, Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan tashqi savdo yo'lidagi to'siqlarning qisqarishi. Ikkinchisi eksporterlarga foydali bo'lishidan tashqari, O'zbekistondagi raqobatni kuchaytirishga turtki bo'ladi. Ushbu masalalarni Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmasdan, ikki tomonlama shartnomalar negizida hal qilish mumkin edi. Biroq Rossiya ularning hal etilishini Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zolik orqali borasida shart qo'ygani ochiq-ravshan ko'rinib turibdi.

Yana bitta plyus bor. Lobbiistlarimiz va protektsionistlarimizning O'zbekistonga o'zlari uchun manfaatli hayot tartibini taqash imkoniyatlari qisqaradi. Ushbu qoidalarning aksariyatini bundan buyon ittifoq doirasida belgilanadi. Davlat byurtmasi bo'yicha harid qilishlarda yuqoriroq bojxona to'lovlari yoki 20 foizli yuklama narx qo'yishga majburlashlar, importga nisbatan yangi talablarni qo'yishlarning imkoniyati qolmaydi, qolgan taqdirda ham bu ishni amalga oshirish hozirgiga nisbatan ancha qiyin bo'lib qoladi.

Tor mahkamachilik yoki xususiy manfaatlarni lobbi qilish muammolarini biz o'z kuchimiz bilan, Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishtirokisiz ham hal qilishimiz mumkin edi. Biroq mahalliy lobbistlar va protektsionistlarning ajdarholarcha ishtahasini hukumatimiz cheklay olish salohiyatiga ishonmayman. Hayot shuni ko'rsatib turibdiki, hukumat ularning birorta talabini rad etishdan ojiz qolmoqda. Bundan faqat mahalliy monopolistlarning sifatsiz tovarlarini qimmatiga sotib olishga majbur bo'layotgan aholi va umuman olganda, rivojlanishning asosiy rag'batlantiruvchi omili bo'lgan raqobatning yo'qligidan iqtisodiyot aziyat chekmoqda.

Bunaqada biz mustaqil ravishda iqtisodiy siyosat yurgizishdan ojiz ekanligimizni ochiq-oydin tan olish kerak. Demak, bizga albatta chetdan kelgan tashqi cheklovchi kerak, u bizlarga ushbu lobbistlar tomonidan taqdim etilgan qarorlarni qabul qilishimizga yo'l bermaydi.

Butunjahon savdo tashkiloti shunaqangi cheklovchikka juda ham munosib tashkilot bo'lishi mumkin edi. Biroq bizning mutasaddi amaldorlarimiz JSTga kirishga shoshilmayaptilar, negaki u “juda qudratli” cheklovchi bo'lib, JSTga a'zo bo'lsak, biznes, tashqi savdoni tartibga soluvchi, sun'iy monopoliyalar va korruptsiyaviy renta olishni o'z oldiga maqsad qilib olgan ko'plab mexanizmlardan voz kechishimizga to'g'ri kelardi. Shuning uchun ham ular Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo'lishni afzal ko'rish ehtimoli ancha yuqori. Garchi Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi va JSTda ishtirok etish bir-biriga ziddiyatli bo'lmasa ham, rasmiylarimiz ularni faqat al'ternativa sifatida ko'rmoqdalar. Va pirovardida, JSTga kirish jarayoni poyoni ko'rinmas epopeyaga aylantirib qo'yiladi. Aftidan, ( Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish masalasi qanaqasiga hal qilinishidan qat'iy nazar) shunday bo'lishi muqarrar, bu borada tajriba ham orttirilgan (O'zbekiston JSTga 20 yildan beri “kirishga urinmoqda”).

O'zbekistonning Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishining birinchi minusi – Jahon savdo tashkilotiga kirishdan voz kechganida.va bu yagona minus emas: O'zbekiston nafaqat iqtisodiy ittifoqqa, balki Rossiya bilan de-fakto siyosiy ittifoqqa ham kirishga majbur bo'ladi va buning oqibati o'laroq uning o'ta shubhali va mavhum tashqi siyosatining achchiq mevalarini tatishga mahkum bo'lib qoladi. Boz ustiga, O'zbekistonning o'z milliy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlari keskin ravishda qisqaradi.

Bundan tashqari, Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi avvali boshidan teng huquqli bo'lmagan sheriklarning ittifoqi emas. Hatto, bir-birini tenglashtiruvchi bir nechta kuchlar markazlari mavjud mamlakatlarning birlashmasi ham emas. Bu erda bitta kuch markazi bor – Rossiya. Shuning uchun Rossiya siyosati va standartlariga moslanishga to'g'ri keladi. Rossiyaning biznes yuritish va tashqi savdo sohasidagi standartlarida O'zbekistonnikiga qaraganda erkinliklar ancha ko'p. Ammo birinchidan, ular, yumshoq qilib aytganda, ideallikdan ancha yiroq, ularni mukamallashtirishda esa biz Rossiyasiz baribir hech narsa qila olmay qolamiz. Ikkinchidan, yuzaga kelgan holatdan ko'rinib turibdiki (misol uchun, O'zbekiston MDH mamlakatlari erkin savdo zonasiga qo'shilganida, o'zining importga aktsizlarini saqlab qolgan), Rossiyaning hozirgi rahbariyati mulozimlarimizning tashqi savdoni cheklash hamda turli monopolistik va korruptsiyaviy “em to'la oxurlarini” saqlab qolish istaklariga ro'yhushlik bildirishiga shubha yo'q. Ayyniqsa, ulkan foydani o'zaro taqsimlash jarayoniga rossiyalik oligarxlar qo'shilsa.

Shunday qilib, O'zbekistonning Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo'shilishining plyuslari va minuslari bor. Ularni o'zaro solishtirish, taqqoslash uchun sinchkovlik bilan tahlil qilish kerak. Ushbu tahlil, shuningdek, (agar ittifoqqa kirish to'g'risidagi qaror qabul qilib bo'lingan bo'lsa yoki qaqabul qilinsa) Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishning shartlarini ishlab chiqarish hamda mamlakatni ushbu qadamni qo'yishiga tayyor qilish uchun kerak.

Abbos Asad tarjimasi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube