O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Malohat EShONQULOVA: MUHAMMAD SOLIH MENDAN EMAS, MEN MUHAMMAD SOLIHDAN FOYDALANGANMAN ASLIDA….

Malohat EShONQULOVA: MUHAMMAD SOLIH MENDAN EMAS, MEN MUHAMMAD SOLIHDAN FOYDALANGANMAN ASLIDA….
09 Ekim 2019 - 16:14 'da yuklandi va 895 marta o'qildi.

Bugun asl haqiqatni aytishning fursati etdi…

Ochig'i, bu mavzuda gap ochmoqchi emasdim.

Biroq O'zbekiston kuch ishlatar tizimlari, ayniqsa, militsiya tomonidan yollangan (fohisha desam, qo'polroq chiqadi, shavqatsizlik qilgan bo'laman) engiltabiat (deya qolaylik)li ayollarning o'rinsiz ayblovlari, tuhmatlari jonga tegib ketdi…

Nega tap tortmasdan suyuq oyoq xotinlarning demoqdaman?

Negaki, men O'zbekisonda, O'zMTRKda 21 yli davomida aynan mana shu jarayonlarning ichida qaynadim. Keling, avvalo, O'zbekiston kuch ishlatar tizimlari fohishalarni qay tariqa buysundirib olish “san'atig”a to'xtalsak.

Xullas, qisqa qilib aytganda, O'zbekistondagi kuchishlatar tizimlari fohishalarni o'zlariga bo'ysundirib olishlaridan oldin, ularni “ixtiro”
qiladilar.

Kimlarni?

Engiltabiatlilarni, suyuqoyoqlarni, fohishalikka, engil hayotga moyllarni qidirishadi, topishadi, “kashf” etishadi. Ya'ni, kabutarni qo'ldan don cho'qishga urgatganlari kabi, tirikchiligi uchun tanasini sotish ortidan kun ko'rib yurganlarni ovlashadi, ya'ni yollanma “mijoz” yuborib, oldin engiltabiat ayolning “ichki olami”ga obdon “sayru sayohat” qilishadi… Hamma engiltabiatli xotinlarni ham emas. “Pichoqqa sop bo'ladiganlarini!”

Xullas, aslida o'zini ommaga oppoq qilib ko'rsatib yurgan engiltabiat ayolning to'shagiga o'z “mijozi”ni kiritib yuborgan maxsus xizmat xodimlari ana shu lahzadan o'zlarining eng jirkanch rejalarini amalga oshirishni boshlashadi: avvaliga oldindan tayyorlab qo'yilgan kamerida suyuqoyoq xotinning nahs bosgan to'shakdagi sharmandali holati tasvirga olinadi….. Shu bilan don cho'qimoqchi bo'lgan kabutarcha qafasga tushadi-qo'yadi!

Keyin bu ovning ortidan “axloq militsiyasi” kirib keladi. Engiltabiat qizginaga qoyilmaqom qilib olingan o'zi haqidagi parnografik sahnalar namoyish etiladi, sharmanda qilish bilan qo'rqitiladi…. Uchiga chiqqan fohishalar malikasi ham o'zbek ayoli, buningdek sharimsorlikni ko'tara olmaydi, uning ham esini tanib qolgan farzanlari bor…. undan ko'ra “axloq militsiyasi”ning aytganlariga ko'nib qo'ya qoladi. Aks holda o'zini nafaqat sharmandalik, balki qamoq kutishini ham, qolaversa, “bozori” kasod bo'lishini ham biladi.

Xuddi mana shu tariqa O'zbekistonning kuch ishlatar tizimlari mamlakatda suyuqoyoqlardan iborat shantajchi, tuhmatchi, hujumchi, holislikka yarovchi, guvohlikka o'tuvchi trollar armiyasini yaratadi, bir og'iz so'z bilan aytganda “fas” desa, hukumatga yoqmay qolgan odamlarning iligini g'ajishga shay urg'ochi ko'ppaklar galasini vujudga keltiradi…. Bu urg'ochi itlarning mamlakat ichkarisida o'z “hunari” – fahsh ishlari bilan shug'ullanishlariga bemalol qo'yib berishadi, kezi kelganda, militsiyaning o'zi uningdek suyuqoyoqlarning faoliyatiga “krisha”lik qiladi, tepadan mehmonlari kelib qolgudek bo'lsa, fohishalarning xizmatidan ham ancha-muncha tekin foydalanib ham turishadi….

Bu ertak emas.

Bu 30 yillik jurnalist surishtiruvlarim ortidan qo'lga kiritgan faktlarim – haqiqatlarim.

Xullas, kuch ishlatar tizimlarining komiga tushgan engiltabiat ayollarni insofga chaqiraman deb ovora bo'lib o'tirmang, foydasi bo'lmaydi. Negaki, ularning joni “hojalari”ning qo'lida bo'ladi: parnografik tasvirlari tarqalsa, tiriklay o'ladi. Axir ularniyam o'ynashdan orttirgan bo'lsayam, garcht otasi kimligini o'ziyam aniq bilmasa-da o'g'li, qizi – aqlini tanib qolgan dilbandlari bor, axir!

Xullas, o'zbek militsiyasi ana shuningdek qapqonga tushib qolgan fohishalar “armiyasi”ni internet olamida Muhammad Solihni badnom qilishga safarbar etgan. Endi nimayam qilasiz endi! Raqib degani, yov degani mard bo'lmaganidan keyin shu-da! Fohishalarning nahsga botgan to'shagi kabi jirkanch, iflos usullardan
foydalanish ularning kasbu kori! Raqibining kuragini jirkanch usullar bilan erga tekkizishdan huzur qiladi ular… O'sha suyuqoyoq ayollarning o'zi hech baloniyam bilmaydi. Nari borsa, o'rta maktabni bitta tug'ib qo'yib, zo'rg'a tamomlagan. Biroq, “hojalari”ning ko'rsatmasi bilan gohi g'inshishadi, ba'zida akkillab qolishadi, o'qtin-o'qtin hurub ham qo'yishadi….

Men “trolbachcha” sanaydiganlardan biri ham internetning feysbuk tarmog'ida yaqinginada 10 sutkalik qamoqdan keyin ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan 2 nafar 3 yoshga to'lmagan egizaklarning onasi Nafosat Ollashukurova (Shabnam) haqida fikr yuritarkan Turkiyada istiqomat qilayotgan shoir va siyosatchi, muxolifat namoyondasi Muhammad Solihga ma'lomat toshlarini otib qoldi: “… U (Nafosat) nega odamlarga yordam beradi? Chunki u shuning orqasidan pul topadi. Va bunday ayolu erkaklar oramizda kupchilikni tashkil qiladi. Bugun loqayd bӯlsak ertaga Nafosatlarning safi kengayaveradi. Chunki odamlar yaxshi yashashni istashadi….Va Salay Madaminovdaqa g'araz niyatli odamlar Nafosatdaqalarni yollayveradi,ishlataveradi” deya fol ochadi singilchamiz….

Bu yollanma “jangchi”ning kimligini aytmay qo'ya qolay, shusiz ham o'zingiz bilib oldingiz. Qo'limda bu ayolning qaro o'tmishiga oid bir emas, uchta sud qarorlari mavjud. Biroq hozir gap bu haqda emas…

Umuman olganda internet tarmoqlarida Nafostaning bugungi holga tushib qolishida Muhammad Solihni ko'r-ko'rona qoralashga zo'r berish borasida fatvo olganlar bisyor, bu “sharafli” yumishga butun bir trollar desanti tashlangan. Shu bois ham bu masalada g'olib bitta – hukumat idoralari amaldorlari bo'lib qolmoqda. Vaholanki, asl muddao ham ana shunday edi…

Mahmud Rajabga qarshi g'ayriqonuniy jinoyat ishi ochib, butun bir oilaning halovatini buzgan va adolatsizliklarining ortidan Rajabovlarning jonlarini hiqildog'iga keltirgan ham hukumatning haqsizligi, Mahmud Rajab oilasini ko'chaga olib chiqqan ham hukumatning o'zi, zug'umi, Nafosat va Mahmud Rajabni 10 sutkaga qamagan ham, Nafosatni majburiy tarzda jinnixonaga yotqizgan ham hukumat ayonlari bo'ldi. Biroq, barcha haqsizliklarning boshida, qoshida turib-da bugun suvdan quruq chiqib ketishga urinayotgan va internet tarmoqlarida tayyorlagan tirollari ko'magida barchasiga Muhammad Solihni balogardon qilishga intilayotgan ham hukumat “qirollari” bo'lsa, muxoliat lideriga loy chaplashga urinish amaliyotida ham ana shu hukumatning o'zi yagona yalovbardor bo'lib qolmoqda….

Vijdonan aytganda, shoir va siyosatchi aybsiz abdor bo'lib qolmasligi uchun ham vaziyatni yaqindan kuzatib borgan shaxs sifatida voqelikka oydinlik kiritsam degandim. Biroq, eng avvalo, og'ziga kuchi etmaganlarning bedarvoza lab-lunjlariga qaqmoq bo'ladigan bir haqiqatni aytishni istardim: “Muhammad Solih O'zbkiston ichkarisidagilardan foydalanadi, qurbon qiladi, ergashtiradi, oqibatda, arosatda, aro yo'lda qoldiradi” degan iddaolarni ilgari surishni xush ko'radigan trollarga aytmoqchi bo'lganim, tushuning, Muhammad Solih mendan emas, men Muhammad Solihdan foydalanib kelganman!

Jurnalistga nima kerak o'z so'zini ayta olishi uchun minbardan boshqa?

Men haqni aytaman deb O'zbekiston matbuotidan badarg'a etildim. Biroq men jurnalist sifatida o'lsam ham o'z so'zimni aytib o'lishim joiz edi. Buning uchun menga auditoriya, minbar kerak edi! Xo'sh, bu narsani o'z yurtimdan, Vatanimdan topolmasam nima qilishim kerak edi? Yozganlarimni “Dunyo o'zbeklari”ga ham yuborib ko'rdim, boshqasigayam….. Mahalliy saytlar esa nomimni eshitishi bilan ensasini qotirishardi… Ayrim saytlar to “hoja”laridan izin olgunlariga qadar “qaynoq” xabar allaqachonlar “sovub” bo'lardi… Ilimiq oshni kim ham ichardi?… Shu ma'noda “uzxalqharakati.com” sayti menga o'zimni qiynayotgan,
xalqimni xo'rlayotgan muammolarni ayta olishim uchun yillar davomida o'z sahifasidan minbar berib keldi.

To'g'ri, o'rtada bir sayt bilan hamkorlik qilishga urinib ko'rgandim, biroq haq to'lash o'rniga mening fikrlashim, yozishim yuzasidan ko'rsatma berishi , o'ylarimga hojalik qilishga urinishi, mamlakat ichkarisi va tashqarisida kim bilan gaplashishim mumkinu, kimlar bilandir so'zlashishimga ta'qiq qo'yishi, mening o'rnimga harakatlarimni hal etishga tirishishi menga yoqmadi…. Bu odamlarning Karimovdan nima farqi bor deb o'yladim… “Magarki men birovning ko'rsatmasi bilan atrofimdagilar bilan do'stu dushman bo'ladigan bo'lsam, bunaqangi inson haqlarining, bunaqangi demokratiyaning nima keragi bor menga?” deya g'azablandim….

Mamlakat ichkarisida “Anavining odami”, “Manavining odami”, “Bu tashkilotdan”, “U tashkilotdan”, “Hukumatning xodimi” degan gap yo'q men uchun. Shusiz ham millat ming bir bo'lakka bo'linib bo'ldi. “Bo'l va boshqar” taktikasi g'olib keldi!… Mening nazdimda mamlakat ichkarisida Karimov rejimining, diktaturaga, totalitar davlatchilikka asoslangan tuzumning qurbonlari, jabirdiydalari bor xolos… Men odatda odam ajratmayman, tabaqalarga bo'lmayman, tashkilot, guruhbozlik, bularning barchasi nisbiy tushunchilar mening uchun…. Boshqasini bilmayman… Mening nazimda faqat odamlar, yaxshi va yomonlar bor xolos…

Xullas, uzxalqharakati.com sayti men bilan muloqotga kriishmasdan, ortiqcha “usloviya”larini qo'ymasdan, yozganlarimga “tig'” tekkizmasdan, qanday yozgan bo'lsam, shundayligicha, mualliflik fikrlarimga dohil qilmadan xalqqa etkazuvchi yagona minbar sifatida eng yaqin hamkorimdan biriga aylandi…. Shu ma'noda, ikkilanmasdan aytishim mumkinki, Muhammad Solih mendan emas men Muhammad Solihdan, uning menga yaratib bergan minbaridan foydalanib kelganman. Shu bois ham kim bo'lishingizdan qayt'iy nazar “Muhammad Solih Malohatdan foydalandi” degan chuchimal fikringizni aytmang, mening o'rnimga gapirmang, mening o'rnimga xulosa chiqarmang…

Demoqchi bo'lganim, xuddi shuningdek, “Solih Mahmud Rajabdan foydalandi”, “Shabnamni shu yo'lga boshlagan Solih bo'ladi” deya fol ochishni ham yig'ishtiring, o'zgalar nomidan gapirishdan tiyiling, Vangalikka ko'pam da'vo qilavermang.

Siz qaerdan bilasiz, Muhammad Solih Mahmud Rajabning “Toshkentga yurishi”ni to'xtatishga uringandir ehtimol?

Men bilgan faktlar ana shu haqiqatlarlardan darak bermoqda-ku!

Dalil istaysizmi?

Mana o'sha dalil:

(davomi bor)

Malohat EShONQULOVA

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube