O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Maqsad XALQni mushkulini oson qilishmi, yoki XALQni aldash, XALQni ustidan kulishmi?

Maqsad XALQni mushkulini oson qilishmi, yoki XALQni aldash, XALQni ustidan kulishmi?
11 Ekim 2019 - 15:37 'da yuklandi va 865 marta o'qildi.

2018 yil 18 yanvarda Qozog'iston cho'llarida avtobus ichida yonib ketgan 52 nafar o'zbek farzandlari hammamizni yodimizda.

Shu voqea sabab yana bir bor nafaqat mamlakat ichida, balki tashqi davlatlar bilan ham transport aloqalarimiz naqadar abgor holatda ekanligi o'rtaga chiqdi.

Buni asosiy sababi O'zbekistonni ichki va tashqi transport harakatlari 2 katta monopol tashkilotlar – «O'zbekiston temir yo'llari» AJ va «O'zbekiston havo yo'llari» MAK tomonidan o'zaro bo'lib olinganligidadir.

Buni O'zbekiston Prezidenti ham bir necha marta e'tirof etdi.

2018 yilning 5 mart kuni “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING VAQTINChALIK MEHNAT FAOLIYaTINI AMALGA OShIRISh UChUN RESPUBLIKA TAShQARISIGA TRANSPORTDA ChIQISh VAQTIDA XAVFSIZLIGINI TA'MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti QARORI qabul qilindi. Qaror( qaror matni faqat rus tilida berilgan http://lex.uz/docs/3578931 , o'zbekcha qaror ham bor; faqat kiril alifbosida berilgan qarorda faqatgina ilova http://lex.uz/docs/3578933, lotin alifbosida berilgan qarorda esa «Hujjat matni rus tilida berilgan» degan ma'lumot bor xolos http://lex.uz/docs/-3578933. Hujjatlarni tayyorlovchi davlat organlariga alohida salom.)mazmuni qisqacha chetga ishlagani chiqib ketayotgan O'zbekiston fuqarolariga avia yoki temir yo'l chiptalarini sotib olishda Aloqabank vositachiligida 20 foizlik chegirma va 300.000 so'm miqdorida moddiy yordam berishdan iborat.

Bu albatta chetga, asosan Rossiyaga borib ishlovchilar uchun quvonarli qaror sifatida qabul qilindi.

Lekin…

Lekin aslida ham XALQ bu qarordan keyin chetga chiqishda qulayliklarga, chegirmaga, imtiyozga ega bo'lmoqdami?

Yo'q!!!

Sababini quyida batafsil tushuntirishga harakat qilaman.

Shu kunlarda bir tanishim (yosh bola, yoshi 21 da, Rossiyada 2 yil ishlab kelib, kelganiga 1 hafta bo'lmay, qayta ketish harakatida) bilet masalasida maslahat so'ragandi, yuqoridagi qaror yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi uchrashni maslahat berdim, shunday qilsa, bilet narxidan biroz chegirma olishi mumkinligini aytdim.

Oradan bir kun o'tib, tanishim mehnat bo'limidan chegirma bilan olgandan ko'ra, ko'chadan naqdga arzonroq ekanligini aytganda ishonmadim, mustaqil tekshirib ko'rishga qaror qildim.

Tekshirish uchun Toshkentdan Moskvaga, 20 oktyabr', yakshanba kuni uchun aviabilet narxlarini tanlab oldim.

Avvalo ishni yashash joyimga yaqin bo'lgan Farg'ona va Marg'ilon shaharlarida joylashgan aviakassalardan bilet narxlarini surishtirishdan boshladim.

«O'zbekiston havo yo'llari» MAK ning rasmiy dilerlarida Toshkent > Moskva aviachipta narxi, ekonom klass uchun eng arzoni 1.450.000 so'm ekan, bir nechta aviakassalarda deyarli bir xil narx.

Eng arzoni bilet Rossiya aviakompaniyasi Utair dan Toshkent > Moskva yo'nalishi uchun 1.330.000 so'm ekan.

Keyingi qadamda esa online biletlarni qidirib ko'rdim.

«O'zbekiston havo yo'llari» MAK ning rasmiy saytidan “online bronlash” xizmati orqali Toshkent > Moskva yo'nalishida bilet qidirganimda eng arzon bilet 1.449.874 so'm belgilangan ekan ( https://book.uzairways.com/uz/booking/index/ ).

Arzon aviabiletlar topish xizmati bo'lgan AviaSales saytidan ham qidirib ko'rdim. U erda eng arzon bilet Utair aviakompaniyasi tomonidan taqdim etilgan, 1.345.138 so'm.

«O'zbekiston havo yo'llari» MAK tomonidan taqdim etilgan narx esa 1.453.846 so'm ( https://www.aviasales.uz/search/TAS2010MOW1)

Demak, Toshkent > Moskva yo'nalishidagi, ekonom klass uchun arzon bilet narxi, o'rtacha 1.450.000 so'm atrofida ekanligidan kelib chiqib, migratsiya bo'limiga hujjatlarni rasmiylashtirish va bilet sotib olish uchun keldim.

Taxminimcha, bilet narxi 1.450.000 bo'lsa, 20 foiz chegirma( -290.000 so'm), 300.000 so'm moddiy yordamni chiqarib tashlasa, 860.000 so'm bilet uchun to'lov qilish kerak edi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari tuman bo'limidan kerakli ma'lumotnoma olgach, agentlikning viloyat bo'limiga bordik.

U erda hujjatlarni ro'yxatga olishgach, aviakassaga borib, narxlarni eshitib, kapalagim uchib ketdi.

20 foizlik chegirma va 300.000 so'mlik moddiy yordam qo'shib hisoblaganda ham Toshkent > Moskva yo'nalishidagi , 20 oktyabr' sanasi ekonom klass uchun bilet narxi 1.665.000 so'm ekan!

Demak bu narxga 300.000 (1.965.000) va 20 foiz chegirmani qo'shsak, umumiy bilet narxi 2.456.250 so'm ekan!

Qo'shimcha majburiy hayot sug'urtasi, Agrosug'urta tomonidan(50.000 so'm), Aloqabank tomonidan majburiy(aynan majburiy, shaxsan guvoh bo'ldim, bir mijoz Hamkorbank VISA kartasi borligini aytishiga qaramay, majbur ochtirishdi) VISA karta ochtirish( 50.000 so'm. Darvoqe, PQ-3584 da Aloqabank tomonidan VISA kartalar 1 ish kunida ochib berilishi yozilgan, bu erda esa 5 ish kunida ochib berishlarini aytishmoqda, vaxolangki ko'pchilik 5 ish kuni muddat ichida allaqachon uchib ketib bo'lishmoqda.).

Eng qizig'i faqat agentlik binosida tashkil qilingan maxsus avikassadan bilet olsangizgina yuqoridagi 20 foizlik chegirma va 300.000 so'mlik moddiy yordam berilar ekan.

Aviakassa xodimasining aytishicha, ekonom klassda 12 hil turdagi narx tariflari mavjud bo'lib, aviakompaniya aynan migrantlar uchun 2.456.250 so'mlik tarifni majburan(!)o'tkazmoqda ekan!

Bu nima ahvol?!

Shu o'rinda «O'zbekiston havo yo'llari» MAK ga bir qancha savollar tug'iladi.

Nega odatiy holatda 1.450.000 bo'lgan bilet, davlat yordam puli berishi kerak bo'lgan holat uchun 1 million so'm qimmat narxda sotilmoqda?

Nega aviabilet sotib oluvchilar uchun qanday turdagi biletni sotib olish tanlovi berilmayapti?

Nega eng arzon tarifni emas, eng qimmat tarifni majburiy(!)qilib belgilangansizlar?

Bu qarordan maqsad nima?

Hech kim olmayotgan qimmat tarifdagi biletlarni majburan sotishmi?

Yoki XALQ pulini bir cho'ntakdan ikkinchi cho'ntakka solish yo'li bilan o'g'irlashmi?

1 kun ertalabdan kechgacha hujjat tayyorlab, navbatga turib, yo'l haqi uchun pul sarflab, yana davlatdan xuddi boqimandadek yordam olgan qora bo'lib, 1.665.000 so'mga bilet olish qulaymi, yoki shunday uying yaqinidagi aviakassadan 1.330.000 so'mga aviabilet olgan afzalmi?

Odamlarni, XALQni ustidan kulish shunchalik ham bo'ladimi, hurmatli «O'zbekiston havo yo'llari» MAK rahbariyati?

Bu holatdan juda katta korruptsion sxemaning izi ko'rinmoqda.

Avvalo ko'chada sotilayotgan 1.450.000 so'mlik biletni 2.450.000 so'mdan sotish orqali, har bir ajratilgan yordamdan 1.000.000 so'mdan pul qaysidir «cho'ntak»ka ketmoqda( 1.450.000 so'mlik biletni olgan ham, 2.450.000 so'mlik biletni olgan ham bir hil joyda ketadi).

Majburiy hayot sug'urtasi, Agrosug'urta(har bir odamdan 50.000 so'mdan). Bunda ham tanlov berilmagan, davlatga tegishli bo'lgan Agrosug'urta hukumat yoki mahalliy hokimiyat vakillari ko'magida monopollik qilmoqda.

Undan tashqari Aloqabank VISA kartalarini majburiy(!)ochib berishi(50.000 so'mdan, deyarli ko'pchilik kartalari bank shohobchasida qolib ketgan).

PQ – 3584 dan maqsad nima o'zi?

Migrantlarga yordam berishmi, yoki monopol tashkilotlarni korruptsion ishlarini qonuniylashtirishmi?

Davlat rahbari bu qarorni qabul qilishdan maqsadi odamlarga yordam berish bo'lsa, unda o'ziga berilgan imtiyozlarni suiste'mol qilayotgan «O'zbekiston havo yo'llari» MAK Davlat va Prezident siyosatiga qarshimi?

Agar maqsad XALQni og'irini engil qilish, odamlarga yordam berish bo'lsa, aviakompaniya qilgan insofsizlikka chora ko'rish, narxlari arzon biletlarga ham chegirma va moddiy yordamni qo'llash, iloji bo'lsa, har qanday aviakompaniya biletlari uchun joriy qilish kerak.

Agar maqsad korruptsion sxema asosida daromad olishni qonuniylashtirish bo'lsa, qarordan monopol tashkilotlar shu yo'lda foydalanishayotgan bo'lsalar, bu qonunni bekor qilgan afzal. Shundoq ham bu chegirma va yordamsiz narx ancha arzon tushmoqda.

Mutasaddi tashkilotlar va «O'zbekiston havo yo'llari» MAK dan shu ma'lumotlarga javob kutib qolamiz.

Ps. Post 9 oktyabr', soat 17.30 da yozildi.
Aviabiletlar uchun post yozilgan kungi narxlar ko'rsatib o'tilgan.

Olimjon Haydarov

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube