O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Abdurahmon MEShYaN: JISMIM-XORIJDADIR, KO'NGLIM VATANDA

Abdurahmon MEShYaN: JISMIM-XORIJDADIR, KO'NGLIM VATANDA
11 Ekim 2019 - 21:38 'da yuklandi va 495 marta o'qildi.

Butun umr kuydim, bir umr yondim,
Sog'inch deb atalmish olov, gulxanda.
Tunda yig'lab, tongda yig'lab uyg'ondim
Jismim-xorijdadir, ko'nglim-Vatanda!

Munojotni kuylab chiqsa bir xofiz
Yoxud Lazgi kuyin chalsa sozanda
Badan muzladi-yu yurak etdi jiz
Jismim-xorijdadir, ko'nglim-Vatanda!

Garchi xorijda xam o'sar atirgul
Bulbullar xam sayrar o'zga gulshanda
Meni sog'intirar o'z yurtim nuqul
Jismim-xorijdadir, ko'nglim-Vatanda!

Mening dardim anglar bir Parvardigor
Unga dardin aytur mendayin banda
Nechun olmayin tan va bo'lmay iqror
Jismim-xorijdadir, ko'nglim-Vatanda!

Muqimlikdan ketib bo'lgach musofir
Eng kuchli og'riqni sezdim o'shanda
Yurtdan ayro yashash bunchalar og'ir
Jismim-xorijdadir, ko'nglim-Vatanda!

Xotiralar yuki xoritdi ongni
Oxiri mador xam qolmadi tanda
Yurtni duo qilib, boshlab xar tongni
Jismim-xorijdadir, ko'nglim-Vatanda!

Bilmadim bu xisning ismi nimadir
Bu xodisot ne deb atalur fanda
Mening ko'z yoshlarim chexram shimadir
Jismim-xorijdadir, ko'nglim-Vatanda!

Sog'intirdi onam ulashgan somsa
Men uchun xanuz yo'q undan pazanda
Kulmangiz ko'zimdan yomg'irlar tomsa
Jismim-xorijdadir, ko'nglim-Vatanda!

Go'dak kibi yig'lar yuragim xo'ng-xo'ng
Lablarim otsada shodlikdan xanda
Nasib, ko'rishgaymiz shu baxordan so'ng,
Jismim-xorijdadir, ko'nglim-Vatanda!

21-02-2015
Abdurahmon Meshayan

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube