O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Maxfiy qaror: Davlat xizmatchilari orasida dinga moyillik oshishining oldi olinadi

Maxfiy qaror: Davlat xizmatchilari orasida dinga moyillik oshishining oldi olinadi
11 Ekim 2019 - 21:52 'da yuklandi va 860 marta o'qildi.

“Ozodlik radiosi”ning xabar berishicha, Prezident Shavkat Mirziëevning mamlakatdagi diniy vaziyatni sog'lomlashtirishga oid 2019 yil 4 sentyabr' kungi maxfiy qarorida (PQ-4437m) belgilangan topshiriqlar ijrosi¸ Ozodlikka kelaëtgan xabarlarga qaraganda¸ davom etmoqda.

4437m deb raqamlangan bu qarorning 2-ilovasida berilgan bir qator topshiriqlar davlat idora va tashkilotlari rahbar va xizmatchilari orasidagi dindorlik¸ ularning diniy sohadagi siësatga munosabatini o'rganishga oiddir.

Xususan¸ ilovaning I bobida ketma-ket berilgan topshiriqlarda DXX va boshqa mas'ul tizimlarga davlat idoralari rahbarlar va xodimlari orasida beo'xshov soqol qo'yish¸ hijobda yurishni cheklash¸ ish vaqtida diniy amallarni bajarish qonunchilikka zid ekanini tushuntirish¸ ular va oila a'zolarining radikal g'oyalar ta'siriga tushib qolishining oldini olish tadbirlarini ko'rish buyurilgan.

Ozodlik 11 oktyabr' kuni gaplashgan bir qator davlat xizmatchilari DXX zobitlari diniy siësat mavzuida maxsus yig'ilish o'tkazgani va ularga¸ ayniqsa¸ dress-kodga qat'iy amal qilishni tayinlaganini bildirdi.

Kattayu kichik rahbarlar ro'yxati tuziladi¸ ularning diniy siësatga munosabati maxsus o'rganiladi

Ozodlikka boshqaruv tizimidagi mulozimlardan biri tomonidan sizdirilgan maxfiy qaror ilovasida belgilangan vazifalar¸ mualliflarda¸ davlat tashkilot va idoralari rahbar xodimlari¸ shuningdek¸ xizmatchilari orasida dindorlikning oshib boraëtgani xususida xavotir borligini ko'rsatadi.

Shundan kelib chiqib qarorga ilova qilingan 2019 yilning sentyabr'-dekabr' oylariga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi”da qilinishi lozim ishlar ro'yxati keltirilgan.

Belgilangan topshiriqlar orasida respublika miqësida kattayu kichik rahbarlar ro'yxatini tuzish¸ rahbarlar orasida ularning olib borilaëtgan diniy islohotlarga munosabatini tahlil qilish maqsadida so'rovnoma o'tkazish bor.

“Yo'l xaritasi” I bobi 3-bandida buyurilgan bunday so'rov buyurtmachisi Prezident administratsiyasi bo'lsa¸ ijrochi etib “Ijtimoiy fikr” markazi belgilangan. Bunday so'rov savollarini ishlab chiqish¸ so'rov o'tkazish va ularni tahlil qilish uchun 15 sentyabrdan 10 oktyabrgacha muhlat berilgan.

11 oktyabr' kuni Ozodlik gaplashgan mazkur markaz tadqiqotchisi bu so'rov-tadqiqot davom etayotganini aytarkan, bunday dedi:

“Bu rahbarlarga ishonchsizlikdan emas¸ balki ularning odamlar¸ aksariyati musulmon bo'lgan aholi bilan qanchalik savodli ishlay olishini aniqlash uchun o'tkazilmoqda. Masalan¸ rahbarning oldiga odamlar¸ Hajga boraman¸ Umraga boraman¸ ëki xudoyi qilmoqchiman¸ deb keladi. Shunday vaziyatda davlat idorasi rahbari o'zini qanday tutadi¸ nima deb javob beradi¸ so'rovnoma shuni ko'rsatadi. Natijaga qarab¸ ularning kamchiliklarini tuzatishiga ërdam beriladi¸ har xil trening va tadbirlar uyushtiriladi”¸ dedi markaz tadqiqotchilaridan biri.

Ish joylarida namoz o'qish¸ ish paytida masjidga chiqish to'xtatiladi

Prezident maxfiy qaroriga ilova qilingan «Yo'l xaritasi»da belgilangan ayrim vazifalar “davlat idora va tashkilotlari xizmatchilari hamda ularning oila a'zolarida dinga moyillik oldini olish choralarini ko'rishga qaratilgan.

Bu yo'nalishda qilinishi belgilangan tadbirlar esa quyidagicha:

1. Din ishlari bo'yicha qo'mita huzurida targ'ibot materiallarini tayërlash bo'yicha ishchi guruh tuzish.

2. Davlat idora va tashkilotlari xodimlari ish vaqtida diniy amallarni bajarishi qonunchilikka zid ekani¸ diniy amallar davlat xizmatchilarining o'z xizmat vazifalarini sifatli bajarishlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi haqida mazkur toifa orasida tushuntirish ishlarini olib borish.

3. Davlat xizmatchilari tomonidan o'z oila a'zolarining radikal g'oyalar ta'siriga tushib qolishining oldini olish¸ ularning ma'naviy-ma'rifiy ongini yuksaltirish.

4. Mutasaddilar tomonidan mazkur holat bo'yicha profilaktik suhbatlar tashkil etish”.

“Yo'l xaritasi”da bu vazifa ijrosi bevosita DXX¸ IIV¸ Adliya vazirligi¸ Din ishlari bo'yicha qo'mita¸ O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi¸ Xalqaro islom akademiyasi va hokimliklarga topshirilgan.

Maxfiy qaror ilovasida davlat idoralari rahbar va xizmatchilari orasidagi dinga moyillikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Davlat va jamoat tashkilotlarida dress-kod joriy etiladi

“Yo'l xaritasi”da “Davlat va jamoat tashkilotlarida kiyinish tartib qoidalari bo'yicha me'ërlar (dress-kod) ishlab chiqish haqida ham maxsus topshiriq berilgan.

Shu maqsadda respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzurida ishchi guruh tuzish¸ dress-kod loyihasini ishlab chiqish¸ bu me'ërni davlat va jamoat tashkilotlarida targ'ib qilish buyuriladi.

Shu yo'nalishda qilinishi belgilangan ishlar sirasiga “ommaviy axborot vositalari¸ ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot maydonida noxolis fikrlar tarqalishining olidini olish uchun maqsadli ma'lumotlar tarqatish tizimini joriy qilish “ kiritilgan va bu vazifa ijrosi Komil Allamjonov rahbarlik qilaëtgan Axborot va ommaviy axborot kommunikatsiyalari agentligiga topshirilgan.

11 oktyabr' kuni Ozodlik gaplashgan hokimiyat¸ bank va ta'lim tizimi xodimlari o'zlari bilan dress-kod masalasida maxsus majlislar o'tkazilganini bildirdi.

“Bugun ertalab DXX zobiti majlis qildi. Yurtimiz notinch¸ Suriyadagi kuchlar bizda ham bosh ko'tarishi¸ tinchligimizni buzishi mumkin¸ deb gap boshladi. Davlat idoralariga soqol va hijob bilan kelish mumkin emas¸ deb tushuntirdi” ¸dedi Navoiy viloyat ta'lim tizimi xodimi.

Toshkentlik mulozim esa¸ dress-kod borasida o'z idorasida jiddiy surishtiruv boshlangani va ro'molini tomoq tagidan o'rab yurgan xizmatchilarga uni orqadan o'rash tavsiya qilinganini bildirdi.

“Orqamdan o'ramayman¸ erim ruxsat bermaydi¸ deganlardan arizasi olindi”¸ dedi bu suhbatdosh.

Davlat idoralari rahbar va xodimlarida dinga moyillik oshmoqdami?

Ozodlik O'zbekistondagi eng yirik “Ijtimoiy so'rov” markazi tadqiqotchisiga davlat idoralari rahbarlari va xodimlari orasida dinga moyillik kuchayganmi¸ degan savol bilan murojaat qildi.

Sotsiolog¸ bunday savolga javob topishga qaratilgan so'rov hozircha o'tkazilmagani bois¸ bu haqda ma'lumoti yo'qligini bildirdi.

11 oktyabr' kuni Ozodlik gaplashgan davlat idoralari xizmatchilari bunday tendentsiyaning mavjudligini bildirdi.

“Oldinlari har bir davlat idorasida boshliq o'rinbosari bo'lib MXX kuratori o'tirardi – xodimlarning aynan dinga moyil-moyil emasligi doimiy kuzatuvda edi. Mirziëev kelgandan keyin bu kuratorlar ishsiz qoldi¸ xodimlarga erkinlik berildi. Juma namozi soat 1 larda o'qiladi¸ obed paytida jumaga chiquvchilar ko'payib ketdi. Xususiy tashkilotlarda namozxonalar ochildi. Bu qaror bilan shularning hammasi eski iziga tushadiganga o'xshayapti”¸ dedi bank tizimi xodimlaridan biri.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube