O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zbekiston, Turkiya: “Ona singlim baxtimni topsam, Turkiyada turmushga chiqaman, derdi…”

O'zbekiston, Turkiya: “Ona singlim baxtimni topsam, Turkiyada turmushga chiqaman, derdi…”
12 Ekim 2019 - 11:56 'da yuklandi va 603 marta o'qildi.

Turkiyada qudratdagi Adolat va Tiklanish partiyasi deputati Shirin Unalning Anqaradagi uyida boquvchi bo'lib ishlagan 23 yashar o'zbek qizi – Nodira Qodirova 23 sentyabr' kuni o'zini o'ldirgani haqida xabar tarqaldi. O'zbek qizining Turkiyadagi o'limi “shubhali” deb ko'rila boshlandi. Marhumaning akasi Muhammadali Qodirov Bi-bi-si O'zbek xizmatiga singlisining orzulari bisyor bo'lgani haqida so'zlaydi.

Atigi 23 yashar bo'lgan Nodira Qodirova to'rt yil avval Turkiyaga ishlashga borgan. Uning akasi Muhammadali ham uzoq yillar Turkiyada ishlab kelgan.

Oxirgi bir yil davomida qiz qudratdagi AK partiyasi deputati Shirin Unalning uyida ishlay boshlaydi.

Deputatning rafiqasi kasal edi. Nodira u ayolga qaragan.

Akasining so'zlashicha, Nodiraning hayotda orzulari, oldiga qo'ygan maqsadlari ulkan bo'lgan.

“Singlim styuardessa bo'lishni orzu qilar edi”

“Qiyinchilik ko'rgan oilalardan birimiz, lekin singlim rosa o'qishni orzu qilar edi. Styuardessa bo'lishni istardi”, deydi Muhammadali.

“Bilimi ham juda yaxshi edi. Ashulalarni chiroyli aytardi. Ziyodaning qo'shiqlarini yodlab olib, unga taqlid qilar edi. Orzulari juda ko'p edi”.

27 yashar Muhammadali oilaviy sharoit og'irligi tufayli avval o'zi, so'ng O'zbekistondagi orzularidan voz kechib, singlisi Turkiyaga ish izlab borishga majbur bo'lganini aytadi.

“Rahmatli otamning beldan pastki qismi ishlamas – falaj edi. Onam ham og'ir betob. Oilada yolg'iz men ishlar edim. Singlim ham u yoq, bu yoqda ishlar edi. Oxiri Rossiya, Qozog'iston, keyin Turkiyaga ketishga majbur bo'ldim”.

“O'qisak, pul topa olmasdik; ishlasak, o'qiy olmasdik. Shunday qilib, aka-singil o'qiy olmadik”, hikoya qiladi marhumaning akasi.

Muhammadali oilaga yordam berish maqsadida Turkiyaga pul topishga kelgan Nodira, asosan, kasalmand ayollar va bolalarga enagalik qilganini haqida so'zlaydi.

Shuningdek, u moliyaviy qiyinchiliklar mavjud bo'lsada, Nodirada o'z joniga qasd qilishga arzigulik sabab yoki ruhiy holat bo'lmaganini ta'kidlaydi.

“Bir-birimizdan sir yashirmas edik. Hamma ichidagilarni menga aytardi. Turkiyada kuniga bir necha bor qo'ng'iroqlashar edik. Hattoki, bir yigit bilan gaplashayotgan bo'lsa ham, aka, shuni bir ko'ring – niyati jiddiymikan, deb mendan maslahat so'rar edi. Men: ‘Xo'p, ona singlim, ko'raman. Biz akalar xohlasak-xohlamasak – bu tabiat qonuni. Gaplashishga haqqing bor, baxtli bo'lishga haqqing borʼ, derdim”.

Muhammadalining ma'lum qilishicha, Nodira deputat Shirin Unalning betob rafiqasini besh oy davomida ko'tarib, yuvib-tarash natijasida bel og'rig'i orttirib olgan. U boshqa ish topmoqchi bo'lganda, xonadon sohiblari qizga yordamchi yollashga va'da berib, uni qolishga ko'ndirgan.

Shu tariqa qiz hayotining so'nggi onlariga qadar shu uyda ishlagan.

“Ona singlim Turkiyada o'qiyman, agar baxtimni topsam, shu erda turmushga chiqaman, deb orzu qilar edi”, eslaydi Muhammadali.

Muhammadali Qodirov fojiali o'limi ortidan Nodira to'g'risida tarqagan mish-mishlar uni tinch qo'ymayotganidan yozg'iradi.

“Avvalo singlimning o'z joniga qasd qilishiga biror sabab yo'q edi. Biroq Nodira singlim o'zini o'ldirgan, deb gap tarqatganlar buni asoslash uchun singlimni aqli zaiflikda, hatto, fohishalikda aybladilar. Bunday bo'htonlarni tarqatayotganlarga faqat bir narsa tilayman – Allohim ularning boshiga hech qachon bunday ko'rgilikni solmasin”.

O'lim borasida nima ma'lum?

Anqara Xavfsizlik idorasiga ko'ra, Nodira 23 sentyabr' kuni kechki soat 21.00 atrofida olamdan o'tgan.

Mas'ullarga binoan, Nodira o'zi ishlagan uyda joniga qasd qilgan va ayni hodisa payti deputat Shirin Unal, uning xotini, qizi va boshqa yordamchisi ham uyda bo'lishgan.

Voqea joyida xudkushlikdan tashqari biron boshqa shubhali xatti-harakat alomatlari topilmagani uqdiriladi.

Nodiraning akasi Muhammadali Qodirov esa jurnalistlar bilan suhbatda, bu voqeadan besh daqiqa oldin Shirin Unal bilan gaplashganini aytgan.

“Shu voqeadan besh daqiqa oldin deputat Shirin Unal meni izladi. Menga to'pponcham yo'qolib qoldi, deb aytdi. Singling olib, senga yubordimi, deya so'radi”, degan marhumaning akasi.

“U to'pponchani olib, xonasiga kirgan va eshikni qulflagan. Eshikni ochishga urinyapmiz, dedi. Ayni paytda deputatning qizi Duygu Unal eshikka qarab yurarkan, baqir-chaqir ovozlari keldi. Shu erda telefon uzildi”.

“Tezda taksi olib, etib bordim. Politsiya meni ichkariga kiritmadi. Singlim qani, deb so'radim. Kasalxonaga olib ketildi, deyishdi”.

“Taksi olib Bilkent Shahar xastaxonasiga keldim. Meni ichkariga kiriting, uning akasiman, deb aytdim. Ammo kiritmadilar”,

“Keyin ichkaridan shifokorlar chiqishdi va “boshing sog' bo'lsin”, (Turklarda Bandalik ma'nosida ishlatiladi – tahr) deb aytishdi. Tamom bo'ldim”.

Nodiraning dugonasi nima deydi?

Nodiraning o'zbekistonlik Laylo ismli dugonasi fojiadan bir kun oldin u bilan gaplashganini, Nodira yig'lab, deputat Unal unga tajovuz qilishga uringanini aytgan.

“O'lishni istayman. Akamning yuziga qanday qarayman? Yashagim kelmayapti, kabi so'zlarni ishlatdi”, degan Laylo.

“Bir kuni uxlashga chog'lanayotganda xonasiga deputat Shirin Unal kirib, eshikni qulflaydi va unga tashlanadi. Ammo Nodira qarshilik ko'rsatadi”.

Nodira bu zo'ravonlik qachon sodir etilganini aytmaydi, ammo Anqaradagi uyda kechganini tasdiqlaydi.

Nodira dugonasiga yuragini yorarkan, men uni faqat akamdek yaxshi ko'rardim deb, deputatning to'pponchasini olganini bildiradi.

“Ammo hamon bokira qiz ekanini aytdi”, deydi dugonasi.

“Men to'pponchani yonida saqlayotganini eshitgach, o'zingni o'ldiradigan hech bir ish yo'q ekanku, deb shashtidan qaytardim. Hali to'ying bo'ladi, raqs tushamiz, deb aytdim”.

Dugonasi unga yaxshi gaplar aytib kuldirganini va Nodira ham “Insholloh erta ko'rishamiz”, deb xayrlashganini urg'ulagan.

Keyinroq, Nodira haqida chiqarilgan ayrim nomaqbul gaplarga munosabat bildirgan dugonasi u aslo fohisha emasligini ta'kidlaydi.

Shirin Unal kim?

Shirin Unal harbiylardan chiqqan siyosatchi.

Uchuvchi sifatida ish boshlagan Unal, hatto, NATO qarorgohida polkovnik ham bo'lgan.

Turkiyada hozir qudratdagi AK partiyasi deputati.

U Anqara siyosiy doiralarida juda ta'sirli va qudratli shaxs sanaladi.

Bi-bi-si jurnalisti Oysha Sayin voqea borasida Shirin Unaldan fikr so'raganda, ayni masalada gaplashmasligini bildirdi.

O'zbekiston nima qilmoqda?

Bi-bi-siga ismi sir qolishi sharti bilan gapirgan O'zbek diplomatiga ko'ra, ular tergov ishlarini olib borayotgan Turkiya tarafi bilan hamkorlik qilishadi va jarayon to'g'ri yo'lda ketmoqda.

O'zbekiston vakillari Turkiya prokuraturasi bilan uchrashuvlar o'tkazishgan.

O'zbek diplomati Nodiraning mayiti tezlik bilan O'zbekistonga jo'natilib, dafn etilganini tasdiqladi, ammo bu noodatiy emasligini aytdi.

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o'z veb-sahifasida Nodira Qodirovaning fojiali o'limiga oid ishlarni nazoratga olganini bildirgan.

O'zbekistonlik deputat Rasul Kusherbaev esa Nodira Qodirova o'limi haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozib chiqdi hamda xorijdagi O'zbekiston vakolatxonalarini fuqarolarni huquqiy himoya qilishda passiv va insonlar taqdiriga befarq, deb aybladi.

Endi nima bo'ladi?

Turkiya mas'ul idoralari esa hodisadan keyingi jarayon risoladagidek kechganini urg'uladilar.

Anqara huquq-tartibot mas'ullariga ko'ra, Nodiraning o'limi masalasida Bosh Prokuratura har taraflama, batafsil va izchil tekshiruv olib borgan.

Mas'ullar mayit ham obdon tekshirilganini aytishdi.

Ammo Nodiraning o'limi bo'yicha jinoyat ishi ochilmaganiga ishoniladi.

Advokat ham Nodira Qodirovaning o'limi yuzasidan boshlangan ishni to'g'ri yo'nalishda emas, deb biladi.

Turkiya Jumhuriyat Xalq Partiyasi hamda “Saodat” partiyalari deputatlari Sera Kadigil va Jahongir Islom esa o'zbekistonlik qiz o'limini xolis tekshirishni parlament kun tartibiga olib chiqishdi.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube