O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

IYMON ASIRI

IYMON ASIRI
17 Ekim 2019 - 22:09 'da yuklandi va 662 marta o'qildi.

Rauf Parfi hayoti va ijodi haqida olim tatqiqoti

1
XX asr o'zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan Rauf Parfi O'zturk – Sir shoiri, unvoni sohir she'riyat sohibidir. Bizning bilimlarimiz bu she'riyatning zohiriy qisminigina yoritishi mumkin, chunki uni tizimlarga ayirib, aniq qoliplarga joylab bo'lmaydi. Bu – jo'n o'quvchi uchun sodda; bilimdon o'quvchi uchun – qudratli a'mol bo'la biladi.

Rauf Parfi O'zturk asli nasabi farg'onalik (Vodildan) bo'lib, 1943 yilning 27 sentyabrida Toshkent viloyati, Yangiyo'l tumani Sho'ralisoy qishlog'ida Parfi Muhammad Amin (1893-1955) va Sakina Isabek (1913-1995) oilasida dunyoga keldi. Boshlang'ich va o'rta ta'limni «Sharq yulduzi» (1-7 sinflar), Sho'ralisoy (53-maktab, 8-9-sinflar), Yangiyo'l shahridagi Alisher Navoiy (10-11 sinflar, kechki) maktablarida oldi. U mehnat faoliyatini matbuot qo'mitasining 2-son bosmaxonasida, tuman «Yangiyo'l» gazetasida boshladi. 1960-1965 yillarda Toshkent Davlat Dorilfununining (hozirgi O'zMU) jurnalistika fakul'tetida o'qidi. Jumhuriyat Kino qo'mitasida, G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida muharrir, O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi targ'ibot markazida bosh muharrir, «Jahon adabiyoti» jurnalida etakchi muharrir vazifalarida xizmat qildi.

U shoir, nosir, tarjimon sifatida elga tanildi. Shoirning oltmish yillik hayoti va qirq yildan ortiq ijodiy-ijtimoiy faoliyati jamoatchilik tarafidan munosib taqdirlandi. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Turkiya Yozarlar birligining adabiy mukofotlariga sazovor bo'ldi. U Xalqaro Mahmud Qoshg'ariy, Turkiya Diyonat Vaqfi mukofotining laureatidir. Unga O'zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berildi (1998).
Rauf Parfi O'zturk she'riyatining asosiy mavzui – bu Vatan, Turkiston, Turk dunyosining vohidligi. XX asr turk odamining abadiy shuurini, keskin foje' ruhiyatini muqaddas turkiy tilda ifodalashga jazm etgan va murodiga etgan jasoratli she'riyatdir.

U adib sifatida o'zgalardan farqli o'laroq qiyin, mashaqqatli, lekin Chin shoir tajallisi-la ijodining boshidan to bu kunga qadar zamona zaylining achchiq shamollarida egilib bukilmadi, sinmadi (eng buyuk hikmat – Olloh qo'rquvidir). Asosiy mavzuiga sodiq, e'tiqodiga sobit yashadi. Mo'min banda — bevafolarga ham vafo qildi, faqat iymonini sotmadi. Illo, iymoni fano vodiysida ilohiy Vatan erur.
O'zbek shoirlari tomonidan unga bag'ishlangan she'rlarning o'zi bir kitob bo'ladi… Rauf Parfi O'zturk o'zbek adabiyotida mutlaqo o'ziga xos maktab yaratgan shoir. O'zbek-turklarining yuksak milliy ruhiyatini o'z she'riyati orqali tanish va tanitish uchun olis yo'lga chiqqan, tolmay ketayotgan yo'l ahlidandir.

Zamondoshlar bukun uni Turonzaminning, Turk Dunyosining, Ulug' Turkistonning porloq shoiri, deb tan olmoqdalar.

2
Rauf Parfi O'zturkning ajdodlari bilimli, ma'rifatli, Turkistonning nufuzli oydinlaridan bo'lganlar. Otasi Parfi Muhammad Aminning eskicha, yangicha mahlumoti bo'lib, fors-tojik, usmonli turkcha va rus tillarini yaxshi bilgan. Rus bosqiniga qadar, undan keyin ham bir muddat turli mahkamalarda tarjimonlik-tilmochlik qilgan. Keyinroq bol'shevizmning qonli qatag'onidan jon saqlash uchun umrining oxirigacha barcha hujjatlarda o'zini savodsiz, deb yozdirgan.

Rauf Parfi O'zturkning tug'ilgan yili va ismi turli hujjatlarda turlicha yozilgan. U vaqtlar bu taraflarda tug'ilganlik guvohnomalar hali rasm bo'lmagan. Birgina ishonchli hujjat yaqingacha jamoa raisi Hamroqul Tursunqulovning kotibi Hamid Azimboevning uyida saqlangan katta xo'jalik daftari bo'lib, unda «… Tursunali Parpiboy o'g'li Madaminov 1943 yil 27 sentyabrda tug'ilgan…» deb yozilgan. H.Azimboevning aytishicha, eng to'g'ri hujjat shu emish. Garchi, otasi yolg'iz o'g'liga Abdurauf deb ism qo'ygan esa-da, qarindosh-urug'lar, shu bola o'lmasin Tursun deb, Ollohdan so'rab irim qilishib Tursun Ali otini qo'yganlar. Xuddi shu ma'noda boshida ikki kokil ham o'stirib, birini O'shpirimga, birini Shohimardon pirimga bag'ishlaganlar (Islomiy, Shomoniy). Shunday qilib Rauf Parfi O'zturk 1943 yil 27 sentyabrda Parfi Muhammad Amin (1893-1955) va Sakina Isabek (1913-1995) oilasida Toshkent viloyati, Yangiyo'l tumani, Sho'ralisoy qishlog'ida tug'ilgan.

1945 yili Parfi Muhammad Amin oilasi bilan yuqori rahbariyat o'rtasida alg'ov-dalg'ov mojarolar bo'lib o'tadi. Bu mojarolarga ota-onasining kelib chiqishi boylardan bo'lganligi asosiy sabab bo'ladi. Parfining otasi – Muhammad Amin, uning otasi Muhammad Siddiq Norquchoq, uning otasi Muhammad Rasul Farg'oniy, uning otasi Muhammad Rahim Farg'oniy… Ota tomondan momosi Josiyat bibi, uning onasi Xosiyat bibi, uning onasi Maryam bibi. Katta bobosi Muhammad Rasul Farg'oniy Dog'istonga Imom Shomil qo'shiniga yordamga borayotgan turkistonlik mujohidlar bilan chor bosqiniga qarshi jangga ketgan ekan. Dog'istondan turkiycha so'zlashadigan Maryam degan qizni olib kelib, to'y qilib uylangan ekan…
Ona tomondan bobosi Isabek, uning otasi Musabek. Uning otasi Tolibbek, uning otasi Olimbek… Ona tomondan momosi Qumriniso, uning onasi Chaman beka… Onasining katta momosi Huvaydo pirimning nabirasi bo'lgan ekan…

Urushdan keyingi ilik qurigan yillar. O'sha paytda «Birlashuv» jamoa xo'jaligida otasi bog'bon, onasi pillakor bo'lib ishlaydilar. Otasi musallas qilib, o'rislardan bug'doyga, karislardan guruchga almashtirib, ocharchilikdan oilasini saqlab qoladi. 1947 yili ota-onasi bilan Vodil, Shohimardon, Jalolobodga boradi. Keyin O'shga o'tishadi. O'shpirimga bag'ishlangan kokilini 1948 yili oldiradi. Birinchi sinfga boradi.
1950 yili ikkinchi sinfga o'tadi. Darsliklardan tashqari badiiy kitoblarni chanqoqlik bilan o'qiy boshlaydi. Ota-onasi bilan Shohimardonga boradi. Shohimardon pirimga bag'ishlangan ikkinchi kokilini oldiradi… Abdulla og'a Krimli (otasining do'sti) tarbiyasida bo'ladi. Uyida kutubxona ochadi (birodari Abdulla Sobir bilan) va fil'mlar qo'yadi (ibtidoiy diafil'm).

Rauf Parfi O'zturk 1953 yildan ehtiboran birinchi ustozi (otasining do'sti) shoir Abdurahmon Vodiliy tarbiyasida bo'ladi. 5 mart kuni ilk she'rini yozadi. U Stalin vafotiga bag'ishlangan «Endi qanday yashaymiz» degan marsiya edi. Otasi bilan Toshkent viloyati bo'ylab safarga chiqadi. (Otasi turli joylardan ko'chat olib keladi. Bog'lar barpo qiladi).

Maktab kutubxonasida mavjud bo'lgan o'zbek xalq dostonlarining hammasini o'qib chiqadi. Ammasi Xosiyatbibidan (ertakchi) xalq dostonlarini yozib ola boshlaydi.

1958 yili «Yangiyo'l» tuman gazetasida birinchi she'ri bosiladi. Yangiyo'l shahridagi 2-son bosmaxonada harf teruvchi bo'lib ishlay boshladi. Kechki maktab tahsilini tugatgach, ToshDU sharq fakul'tetining arab filologiyasi bo'limiga hujjat topshiradi. Lekin, omadi chopmadi. Kelgusi – 1960 yili ToshDUning o'zbek filologiyasi fakul'tetiga o'qishga kiradi. Talabalik davridanoq jahon klassikasini – Blok, Takuboku she'rlarini tarjima qiladi. «Turk dunyosi adabiyoti» kursini o'qitishni taklif qiladi; o'zi do'stlari uchun «Turk dunyosi she'riyati» dasturini yozadi.
Talabalik yillari R.Parfi uchun tom ma'noda izlanish, ijodiy shakllanish davri bo'ldi. Hikoyalar yozadi. Lesya Ukrainka she'rlarini tarjima qiladi. 1962 yili Nozim Hikmat she'rlari bilan (Sofiya nashri) tanishadi. Uning she'rlarini, «Inson manzaralari» she'riy epopeyasini tarjima qila boshlaydi.

1963 yili «Erk» deb nomlangan birinchi kitobini nashrga tayyorlaydi. Hikoyalar yozishda davom etadi. Shoirlar, yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar, kinochilar bilan tanishadi va do'stlashadi. «Qrim» kitobini yozadi. Samarqand viloyati, Poyariq tumanida «Laylo» p'esasi qo'yiladi (muallifi – Barot). Bosh qahramon – Raufdir. («Laylo» qo'shig'i atrofidagi afsonalar asosida).

1965 yili birodari Abdulla Sobir o'g'li harbiyda fojiali halok bo'ladi. Rusiyaning Navokuznetsk shahridan (AZASS) uning jasadini olib keladi. Uch qismdan iborat «Abdullajon marsiyasi» shu fojea munosabati bilan yozilgan. Do'stining jasadi solingan temir tobut bilan poezddan tushganda qarindosh-urug'lari, yaqinlari Raufni tanimay qolishadi. Olis Rossiyaning Novokuznetsk shahriga ketayotganda qop-qora bo'lgan sochlari qaytganda qordek oppoq oqarib ketgan edi. Buni, xatto, o'zi ham sezmagan. Atrof-tevaragidagilarning hayrat, hayajonlaridan keyingina bilgan.
«U kechikib keldi» kino qissasini (Ervin Umariy bilan) yozadi.

1967 yili Ustozi Abdurahmon Vodiliy vafot etadi. Abdurahmon Vodiliyning yo'qolgan devonini uning o'g'li Abdurauf bilan izlab topolmaydi. Devonni qoralama qo'lyozmalar asosida tiklashga harakat qiladi. Abdurahmon Vodiliy Nizomiyning «Mahzanul asror», Fariduddin Attorning «Mantiqut tayr» dostonlari nasriy bayonini yaratganini aytadilar. Ammo bu asarlar ham topilmadi. 1969 yili «Karvon yo'li» – birinchi kitobi bosiladi. Moskva oliy stsenariychilar kursiga hujjat topshiradi. 1970 yili G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida muharrir bo'lib ishlay boshlaydi. «Aks sado» ikkinchi kitobi bosiladi. Qizi – Muqaddas tug'iladi. 1971 yili Anvar Salametning «Oltin bolta» ertak-dostonini tarjima qiladi. Kelgusi yili Nozim Hikmatning «Inson manzaralari» asarining 1-kitobini nashriyotga topshiradi.

1973 yili «Tasvir» kitobi nashr etiladi. O'zbekiston va Ozarbayjon adiblarining Xalil Rizo rahbarligida o'tgan yig'inda unga Rauf Parfi O'zturk – ism-sharifi beriladi. Kandakor Omon Aziz misga uning suratini o'yadi. (Xabibullo Zayniddinda saqlanadi).

1974 yili Bayronning «Manfred» dramatik dostonini (Shengelia), K.Kaladzening «Dengiz xayoli» kitobini tarjima qiladi. Haykaltarosh Ilhom Jabbor uning byustini ishlaydi (haykaltaroshning aytishicha, kimdir bolta bilan chopib tashlagan).

1975 yili «Xotirot» kitobi bosiladi. Mochavarianining «Shiddat» kitobini tarjima qiladi. Uydan ketgach, kandakor Omon Azizning ustaxonasida yashaydi.

1976 yili A.Dyumaning «Uch sarboz» uning tarjimasida (roman asosidagi drama) yosh tomoshabinlar teatrida qo'yildi. «Zaytun novdasi» kitobini, M.Hodiyning «Alvohi intiboh» dostonini tarjima qiladi. Haykaltarosh Ilhom Jabbor ustaxonasida yashaydi. Rassom Shuhrat Abdurashid suratini ishlaydi. (Qizi Munojotda saqlanadi).

1977 yili «Oydin» gazetasida ishlaydi. Sayyid Azim Shirvoniy devonini tayyorlaydi. Devonga Navoiy tilida yozilgan asarlarni tanlab oladi. «Ko'zlar» kitobi nashr etiladi. She'rlari ruschaga tarjima qilinadi.

1979 yili «Uyg'ur shoirlari» nomli majuani tayyorlaydi. Qizi – Munojot tug'iladi. Turk Dunyosi adabiyoti bilan jiddiy tanishadi.

1980 yili Brext, Bexer, Neruda va boshqa XX asr jahon shoirlarini tarjima qiladi. Rassom Isfandiyor Haydar uning suratini ishlaydi. (Baxtiyor Ismoilda saqlanadi).

1981 yil O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi. «Qaytish» kitobi bosiladi. Qizi – Sevinch tug'iladi.

1982 yili N.Hikmat «Inson manzaralari» epopeyasining ikkinchi va uchinchi kitoblarini tarjima qiladi. She'rlari latish, eston tillarida bosiladi. Rus shoiri Viktor Sosnora uning ruscha kitobini tayyorlaydi. Ya.Solovichning «Kumush sirtlon» dramasini tarjima qiladi. Yuriy Lasskiy, Vladimir Leshenko uning ruscha kitobini tayyorlaydilar. Rassom Dilyor Siddiq shoirning suratini ishlaydi (Akram Muhiddinda saqlanadi).

1985 yili A.Tvardovskiyning «Xotira huquqi» dostonini tarjima qiladi. 1986 yili «Sabr daraxti» kitobi uchun O'zbekiston yozuvchilar Uyushmasining adabiy mukofoti beriladi. Kinorejissyor Umida Ahmad u haqda qisqa metrajli fil'mni suratga oladi.
1987 yili «Bargrezon» kitobini yozadi. Turkiyaga taklif etiladi. 1988 yil «Ona Turkiston» kitobini tayyorlaydi. Liya Seppel' tarjimasida eston tilida kitobi bosiladi.
1989 yil. Turkiston Xalq Jabhasi. «Turkiston» gazetiga muharrirlik qiladi. «O'limdan so'ng» kitobini yoza boshlaydi.

1990 yili «Turon diyori» kitobini tartiblaydi. 1991 yil «Sukunat» kitobi bosiladi. Turkiya Yozarlar birligining Adabiy mukofoti beriladi. Rassom Isfandiyor Haydar ustaxonasida yashaydi. O'zbekiston mustaqil Respublika deb e'lon qilinadi.

1992 yil. «Turkiston ruhi» kitobini tayyorlaydi. Xalqaro Mahmud Qoshg'ariy mukofoti beriladi. 2 jildlik asarlar majmuasini tayyorlaydi. Tog'asi – tarixchi Akram Muhiddinning uyida yashaydi. Rassom Vahhob Ziyo suratini ishlaydi (xususiy mulk).

1993 yil. «Fano vodiysi» kitobi ustida ishlay boshlaydi. Rassom Aziza Mamat uning suratini ishlaydi (xususiy mulk). «Ona Turkiston» kitobiga Rassom Ro'zi Chori suratlar chizadi. (No''mon Rahimjonda saqlanadi). Rohila – telefil'm yaratadi. (O'ztelekom). Bastakor Mirsodiq Toji uning she'rlari asosida «Ona Turkiston» simfoniyasini yozadi. Onasi Sakina Isabek qattiq betob bo'lib qoladi, onasiga o'zi qaraydi. 1995 yili og'ir betoblikdan vafot etadi.

Shoirning tugallanmagan asarlari: «Turon Diyori» (she'riy kitob), «Fano vodiysi» (she'riy kitob), «Muhojir» (roman).

Keyingi yillarda «Tavba», «Ming yil sizni izladimmi men», «Dunyoning eng go'zal ayoli», «Thakuriya» turkumlarini, «Adashgan ruh» dostonini bitadi. Shoir ijodi XX asrning 70-yillaridan bugungi kungacha adabiy jarayon markazida. Salkam yarim asrlik adabiy hayotni Rauf Parfi ijodisiz tasavvur etish mumkin emas. Badiiy-estetik tafakkur rivojining tahayyullar asosiga qurilgan timsolli tamoyillarini, teran realistik poetik tadqiqotchilik madaniyatining badiiy shartlilik, ramzli obrazlilik singari ustivor yo'nalishlarini belgilab kelayotir.

3
Fasllar almashinishi tabiatning o'zgarmas qonuniyatining tabiiy jarayoni, hosilasi. Badiiy adabiyotda ham nuroniy avlodlar o'rniga navqiron nasllarning kirib kelishi ma'naviy-intellektual ehtiyoj, ruhoniy zarurat taqozosidir. Bu — badiiy-estetik tafakkurda hamisha yangi did va estetik saviyalarning zohir bo'lishi demakdir. Bu — tabiat va jamiyat hodisalarini, Odam va olam sir-sinoatlarini yangicha tushunish, yangi obrazlar va badiiy vositalar bilan tushuntirish san'ati, demakdir.

Asl shoirlarning tarjimai holi nihoyatda qisqa, taqdirlari esa uzun bo'ladi. Tug'ilishu so'nggi nafas oralig'ida kechgan umr, bu — yorug' qismat, achchiq taqdir. Tun bilan kunlarning, shom bilan tonglarning o'rin almashinishi, bu — tabiat hayotining shunchaki bir odatiy ko'rinishi, holati emas. U — ezgulik bilan yovuzlik, mutelik bilan erkin nafas, yaxshilik bilan yomonlik, adolat bilan yolg'on-riyo, nur bilan zulmat o'rtasida kechadigan azaliy va abadiy kurash, muhoraba jarayonlari. Qismat — bu she'riyat. Uni birovga cho'pchak qilib aytish qiyin; yolg'iz dil-dildan chuqur tuyish, his etish mumkin, xolos. Rauf Parfi qo'liga qalam tutgan asnolardan ehtiboran she'r — uning uchun qismatga, bir umrlik taqdirga aylangan edi. Aslida, o'zbekning shoiri bo'lish nihoyatda mashuliyatli. Va lekin, nihoyatda sharafli. Boisi, o'zbek chaqaloqlarining qulog'iga aytilgan azon ham she'rdir. To'ylaru bayramlari she'rsiz kechmaydi. Hatto yaqinlarini, qarindosh-urug'larini so'nggi manzilga ham yig'i-yo'qlovlar, marsiyalar aytib kuzatadi. Illo, she'r o'zbek uchun ijtimoiy zarurat, ma'naviy ehtiyoj. Ruhoniy hayotining ajralmas bir bo'lagi.

She'riyatda shoirning birovdan yashiradigan maxfiy narsasi yo'q. Faqat, she'rning sir-asrori cheksiz imkoniyatlari chegarasizdir. Bu — badiiyatga aylangan qismat. Taqdirning olov ko'zlarini ko'ngliga joylagan she'r. Rauf Parfi ilk she'rlaridanoq dunyoqarashi, ruhoniyati, ma'naviy ehtiqodi shakllangan ijodkor sifatida o'zligini namoyon qildi. «Hasratlari dunyoning ko'pdir», «Mudrar yarim kecha…», «She'riyat», «Tong otmoqda. Tong o'qlar otar», «Targ'illanib bormoqda osmon», «Termulaman olis ufqqa», «Cheksiz-cheksiz daqiqalardan iboratdir» singari o'nlab she'rlarida ijtimoiy-estetik idealining yorug' alomatlarini kuzatish mumkin. «Bir qushcha sayraydi mening ruhimda, Men sening ismingni bilmayman qushcham…», deydi shoir «Daryo mavjdariga yozilmish g'azal» she'rida.

XX asrning 60-yil o'rtalari, 70-yil boshlari she'riyatga kirib kelgan, yorqin o'zligini namoyon etgan Rauf Parfi yangi, oxori to'kilmagan, kutilmagan noan'anaviy majoziy (Qushcha, Chiroq, Daraxt, Nay, Nur) obrazlari bilan adabiy jamoatchilik muhabbatini qozondi; majoziy obrazlilik asosiga qurilgan badiiy tafakkur tabiati bilan el-yurt nazariga tushdi. Kommunistik mafkuraviy manfaatdorlik (g'oyaviylik, sinfiylik, partiyaviylik singari) estetik mezonlarga aylantirilgan sho'ro adabiy hayotida — ayni shu 50-yillarda dabdababozlik, ritorika, maddohlik, havoyi tumtaroq pafos davr uslubining, adabiy uslubning etakchi yo'nalishiga aylangan edi.

Havodan holva yasab bo'lmas ekan-da. Kommunizm, kommunistik partiya, «dohiy» Lenin madhiga bag'ishlangan tumtaroq pafosdan, shirin yolg'ondan bezgan o'quvchi uchun Rauf Parfi she'rlaridagi insonga mehr-muhabbat harorati, ishonch-ehtibor ruhi, dardchil-ma'yus va mahzun ohang, ko'z ko'rmagan, quloq eshitmagan samimiylik ko'zga surtilgudek ehzoz-ehtirom topdi. Va yanayam muhimi, shoir asarlarining ijtimoiy-falsafiy mag'zi she'riyatimizda yangi yo'nalish edi. Xususan, birinchidan, hayotdan, tiriklikdan maqsad ruhni kamol topdirishdir. Ikkinchidan, ruhoniy erkinliksiz odam o'zligini namoyon qila bilmaydi; uchinchidan, milliy birliksiz millat, xalq o'z borlig'ini saqlab qola olmaydi, degan ustivor g'oyalar shoir she'riyatining estetik qimmatini belgilab berdi. «Ayni orzularda, ayni qayg'ularda, ayni sevinchlarda yashamoq» tiriklikning mohiyatidir, deb biladi u. «Shunday bo'lmasa agar, Nega kerak bu kelbat, bu ovoz! Shunchaki daraxtday o'smoqmi, shunchaki daryoday oqmoqmi darbadar» deydi shoirning lirik qahramoni.

Men-ku istamasman o'limni,
Biroq har soatda, har daqiqada
Bu yorug' dunyoning har tomonidan
Hukm etmoqdalar o'limga meni.
Men Yulius Fuchik — dorga osildi boshim.
To'ychi Eryigit o'g'li — otim manim —
Ko'ksimda sovigan qo'rg'oshin.
Botgan ko'zlarimda jallodlarning ayanch
surati qotgan.
V'etnamlik bir go'dakman men — bag'ri yara.
Qo'lsiz, oyoqsiz va boshsiz yotgan.
Men hali ham turma panjasi ora
So'ngsiz va ozod osmonlarga qarayman.
Qarayman quyoshga!

Mazkur parchada kuzatilganidek, jamiyat voqeligiga, davrning siyosiy nafasiga munosabat ishoralar orqali ayonlashayotir. Shartli ma'nodorlik yuzaga chiqayotir. Dor, qo'rg'oshin, yara, temir panjara, osmon, quyosh singari detallar vositasida hayotdagi nohaqlik, zulm-zo'ravonlik, jamiyatda ildiz otgan, keng palak yozgan adolatsizlik ko'rinishlariga lirik qahramonning erkin shaxsni yoqlayotgan munosabati oydinlashmoqda.
Ko'rinadiki, Rauf Parfining ilk she'rlaridan ehtiboran erk istagi va ozodlik ruhi, jamiyatdagi zulmga, ijtimoiy adolatsizlikka, tengsizlikka, nohaqlikka qarshi isyon g'oyalari etakchilik qiladi. Demak, shoirning 70-yillar boshida kurtak yozgan, uch ko'rsatgan ruh erkinligi, fikr erkinligi, qalb hurligi g'oyalari keyingi bosqich she'riyatimiz taraqqiyotida millatsevarlik, millatparvarlik yo'nalishining o'zak mag'zini tashkil etdi. Rauf Parfi ijodining ijtimoiy-estetik mohiyatini, salaflaridan, ustozlaridan, tengqur shoirlardan farqlanib turgan badiiyatining tabiatini belgilab berdi.

Chiroq, quyosh ramzli obrazlar zimmasiga shoir chuqur ma'nolar yuklaydi. Xususan, zimiston tun og'ushida bo'zarib yongan chiroq xonani, atrof-tevaragini shunchaki yoritib qo'ya qolmayapti. U kuyinib, yozg'irib, yonib kuylayapti. Chiroqning yonishi — lirik qahramonning sevimli orzusi. U odamlarning dilidagi armonlarini, g'amlarini, tilining uchida yongan dardlarini so'ylayapti. Shuning uchun ham «Chiroq yonar — so'nggi yo'q hasrat».

Chiroqni tinglangiz, odamlar,
Qarshisida egib turing bosh,
Sizni kuylar u tongga qadar,
To navbatni olguncha quyosh.
Chiroqni tinglangiz, odamlar.
(«Aks sado», 21-bet)

Ramzli obrazlarga yuklangan mazmunni o'qish unchalik qiyin emas. Tun — mustamlaka zulmatiga cho'mgan jamiyat, chiroq — odamlar ongi-tafakkuriga fikr yorug'ligini eltishga tutingan shoir. Chiroq — faqat so'ylayotgani yo'q. U, yana hasratga botib kuylayapti. Demak, odamlar ko'nglini yangi tuyg'ular, kechinmalar bilan boyitadi, poklaydi. «Tong otmoqda, tong o'qlar otar, tong otmoqda, quyosh zambarak», satrlari bevosita 60-yillardan jamiyatda siyosiy vaziyat hiyla yumshatilganiga, odamlarga ehtibor ortganiga, shaxs erki uchun otlangan kurashchan So'z ma'naviy hayotda tong yanglig', Oftob yanglig' maqomga erisha boshlaganiga bir ishoradir. Yangi obrazlar vositasida ayonlashayotgan ma'no teranligi va fikriy qudratdir.
Rauf Parfining qaldirg'och she'rlarida kuzatilganidek, badiiy idrok va ifoda tarzi, tafakkur tabiati va timsolli obrazlari bilan o'ziga xos betakror uslubga ega bo'lgan shoir ko'z ochgan, o'z nuqtai nazari bilan dunyoning qo'rchoqbozlik shevalarini taniy boshlagan, o'zligini ham dunyoga tanitishga tutingan shaxs edi. Bu — Rauf Parfi fenomeni edi.

Insonning ruhoniy erkinligi masalasi Rauf Parfi ijodining o'zak mag'zini tashkil etadi. Shu boisdan ham shoir lirikasida tuyg'ular hayotini, kechinmalar manzarasini. holat-kayfiyatlar suratini chizish alohida tamoyilga aylangan. Shu boisdan ham uni tuyg'u-kechinmalar musavviri deyishadi. Shu ma'noda birgina «Yomg'ir emas, marvarid yog'ar» satri bilan boshlanadigan she'rini ko'zdan kechirish kifoya. Yomg'ir — sharqona tasavvurlarga ko'ra — qut-baraka, ilohiy nehmat, yaxshilik va ezgulik urug'i. Unga shoirlar o'z ruhoniy holatlari, kayfiyatlariga monand ma'nolar yuklashadi. Yahni, har bir shoir o'z estetik printsiplaridan kelib chiqib, yomg'ir vositasida turfa xil badiiy-falsafiy mazmunni ifodalashga intiladi. Kimdir yomg'irda yorning ko'z yoshlarini ko'radi. Yana kimdir yig'layotgan ko'ngilni tasavvur qiladi. Boshqa bir shoir she'rida yomg'ir bulutlarning, qop-qora qo'ng'ir osmonning erga yo'llagan tansiq so'zlari bo'lib anglashiladi.

Rauf Parfi tasvirida yomg'ir — qop-qorong'i kecha shaklida. Kecha esa suv singari jildirab oqadi. Shu boisdan ham kecha shod va bearmon kechayotir. Boisi — bag'rida suvdek hayotbaxsh oydinlik, ertangi kunning yorug' epkini bor.

Barglarda raqs etar shabboda,
O'ynar sabo shaklida kecha,
Gullar kabi saqlaydi odob,
Afsonalar aytar tonggacha.
Kecha tepasida uchadi,
Kiprigimdan otilguvchi nur.
Menga kecha yomg'ir ichida,
Go'zal xayol kabi ko'rinur!
(«Aks sado», 6-bet)

Lirik qahramon kechinmalari qorong'u kechada yog'ayotgan yomg'irga esh. Undan surur, umid tuyadi. Shu ma'noda, uning nazdida, barglarda raqs etar shabboda. Hatto zimiston qorong'ulik ham sabo shaklida yoqimli, faraxbaxsh. Gullar singari ximo tortib, tonggacha afsonalar aytayotgandek tuyuladi. Shu boisdan ham lirik qahramon ko'nglidan shuhla otiladi, kiprigidan nur chatnaydi. Hayol – adoqsiz bo'shliq qahridagi ro'yo emas. U yomg'ir ichidagi zimiston qorong'ulik. Unga ishonsa bo'ladi. Garchand, qorong'ulik og'ushida esa-da, yomg'irdagi oydin shabboda epkini ertaga otajak tonglar umidini uyg'otadi.

Ko'rinadiki, timsolli, majoziy lirizm Rauf Parfi uslubining o'tli nafasi, o'zak mag'zi, deyish mumkin. Davr voqeligiga, jamiyatdagi siyosiy vaziyatga, hodisalarga, Inson shahni-erkini, Haqni oyoq osti etuvchi, adolatsizlik ko'rinishlarini yuzaga chiqaruvchi ijtimoiy zulmga qarshi tug'yon Rauf Parfi she'rlarida tuyg'ular realizmi ustivor deyishga asos beradi. Rauf Parfi XX asr o'zbek poeziyasida fikr bilan kechinmaning sintezini badiiy san'at darajasiga ko'targan, sof tuyg'uning tabiiy oqimini, qabariq majoziy ifodasini omuxtalashtirgan betakror uslub yaratdi. Bu — XX asr o'rtalaridan ehtiboran XXI asr o'zbek she'riyati taraqqiyotida alohida yo'nalish kasb etdi. Mustaqil badiiy idrok va ifoda madaniyati sifatida shakllandi.

XX asrning 60-yil oxirlari, 70-yil boshlaridan ehtiboran o'zbek she'riyatiga Rauf Parfi O'zturk olib kirgan yangi epkin mustaqil badiiy-estetik yo'nalishga aylandi, dedik. Ehtiborlisi shundaki, XXI asr o'zbek badiiy-estetik tafakkurida ham Rauf Parfi O'zturk tamal toshini qo'ygan timsolli lirizm, majozlar asosiga qurilgan idrok va ifoda madaniyati ustivorlik qilmoqda. Mana, salkam yarim asrki, u o'z So'zi bilan o'zbek she'riyati tafakkur gulxanining taftini oshiryapti. Bo'y-bastini yuksaltirayapti. Ichkin mushohadalari bilan fikrchan hislarini ko'ngil gulxanida yoqayapti. Ne tongki, hamma shoirlarning ham yuragi bu gulxanda yonavermaydi. Bu, shunday bir otashgohki, barcha shoirlarni ham o'z bag'riga olavermaydi. Aksariyatining «suyagida suvi» ko'pligi bois olovni o'chirib qo'yishi mumkin.

Rauf Parfi O'zturk yuragi — boqiy she'riyat gulxanida yonayapti. («Yurakda qaynagan so'zlarim, hislarim yong'ini yurakda»). Odamlarning ongiga nur, qalbiga harorat cho'glarini qalayapti, alangalanyapti.

Bu — shoirning yorug' qismati. Balki, peshonasiga bitilgan yozuqi — tolei shudir. Bu — o'zbek badiiy So'z madaniyatining baxti. Cho'lpon, Oybek, Mirtemir, Usmon Nosir, Zulfiya, Asqad Muxtor, Shuhrat va h.k. yuzlab shoirlar silsilasida nasib etgan, Tangri Taolo yuqtirgan yorug'lik sharofati. Zero, Qodir Egam nazari, boqiy nazarkardalik ham taqdir, benazir qismatdir.

Rauf Parfi lirikasining o'ziga xosligini belgilovchi asosiy omil, bu — janrlar xilma-xilligi emas. Aksincha, ana shu turfa xil janr va she'riy shakllarni yuzaga keltirgan badiiy tafakkur tabiatidir. Xususan, fikriy-hissiy ma'noning fojeiy xazin ohangga yo'g'rilganligi Rauf Parfi uslubining zohiriy alomati.

Serqatlam ma'noli metaforalar asosiga qurilgan shoir lirikasi yangi she'rni yuzaga keltirishi bilan barobar yana yangi shaxslar avlodining ham tug'ilishi va shakllanishiga zamin yaratdi. Istibdodga, Xiyonatga, Yolg'on va riyoga qarshi isyonkor lirikasi yurakdan chak-chak tomayotgan qon zardoblarini eslatadi. Erk, Haqiqat, Ezgulik va Go'zallikning tahmi, rangi, chehrasi umumbashariy. Dunyodagi barcha ellar va elatlar uchun tanish, jondosh va qondosh. R.Parfi she'riyatidagi Ishq, Qush, Daraxt, Nur timsollari erkka intilib yonib yashayotgan Shaxs ruhoniy hayotini aks ettiruvchi yangi ramzli ma'nodorlik kasb etdi.

… Bir uy bekasi pazandalik haqidagi qo'llanmaga qarab osh pishirishga chog'lanibdi. Sabzi, piyoz, go'sht, yog' — kerakli hamma masalliqni hozirlabdi. Qozonga bosibdi. Amal qilmagan yo'riqlari qolmabdi. Va lekin, aksiga, taomni tayyorlay olmabdi. Boisi, kitobda, avvalo, Olov yoqish kerakli yozilmagan ekan…

Bugungi bozor sharoitida yaratilayotgan adabiyotda olovsiz pishirilgan xom-xatala taomlar — ruhsiz asarlar xaddan tashqari ko'payib ketdi.

Cho'kmoqdaman suvlarga,
Ko'klarga cho'kmoqdaman,
O'pmoqdaman quyoshning oyog'ini.
(«Ona Turkiston» majmui, 254-bet)

Bu — lirik qahramonning oniy kayfiyatini ifodalayotgan holat emas. U — ruhning hayqirig'i. Jamiyat illatlaridan yuz burgan, chirkin muhitdan bosh olib ketib pokiza havolarga cho'mgan, olovga oshno tutingan haq So'z. U yolg'onga, hiyonatga, riyoga qasida to'qishdan ko'ra bokiralikning, yorug'likning oyog'ini o'pishni mahqul ko'radi. O'ziga munosib biladi. Mahzun asnolarida lirik qahramon chaqmoq bilan, momaqaldiroq bilan so'zlashishni xush ko'radi. Boisi, chinakam shoir quyoshning oyog'ida, olovning quchog'ida yashaydi, deb biladi. She'r — yorug'lik bilan olov farzandi, deydi u. Yonmagan dil bamisoli ko'lmak suv. Kul uyumlari orasida miltiragan cho'g'dan alangalar hosil qilmagan kimsa, bamisoli tunda yaltiragan shilliq qurt. Nega siz yashinni uyg'otmadingiz, deydi u «Men uzoq uxladim» uchligida. Yashinni yashirib qo'ynimda, dunyoni unutdim, o'zimga keldim, deydi «Sevgili odamim…» uchligida. Quyosh erib ketdi ko'zimda, Oy yiqildi ko'ksimda erib, deydi yana bir uchligida.

Rauf Parfi she'riyatida tabiat unsurlari, moddiy olam o'z hayoti, xayollari bilan yashaydi. Xoh osmon kengliklariyu yulduzlarmi, xoh bulutlaru oftob nurlarimi — barchasi o'z quvonchi, tashvishi, dardi-dunyosi bilan betakror qiyofasini namoyon etadi. Sirli olam sinoatlarini tushunishga ko'mak beradi. Tabiat obrazlari ko'zimizga singib kirarkan, ko'nglimizdan joy oladi. Yana muhimi, tabiat detallari, ranglari, obrazlari jamiyatni, insonni tushunishimizga ko'maklashadi.

Tomchida oftob aks etgani singari Rauf Parfi she'rlari — bu ichki «men» shaklida zohir bo'layotgan shaxsning namoyon bo'lish jarayonlarini aks ettiradi. Qaysi satrini o'qimang, undan shoirning nigohini tuyasiz, nafasini his etasiz. O'tkir, sinchkov, olov ko'zlarini ko'rasiz. Har bir sahifadan yurib kelayotgan, qo'l cho'zib, «assalomu alaykum», deya so'rashayotgan ochiq chehra shoirning o'zi bilan tanishasiz.

Shoirning ilk she'rlaridan boshlab, Tong, O'lim. Oftob, Nur, Daraxt, Qushcha timsollari, Oq va Qora rang obrazlari uyg'oq «men»ning, betakror Shaxsning behalovat ruhiyatiga esh. Ulardagi teran ma'no qirralari qirg'oqlarga urilib qaynab chiqayotgan, o'z irmog'ini ochib ketayotgan buloq mavjlarini eslatadi. Aytish mumkinki, shoir har bir she'ridan o'zini izlaydi. Jamiyat va inson sir-sinoatlariga, hukmron mafkura kirdikorlariga — o'yinlariga munosabat bildirayotgan uyg'oq dilning timsollarga aylangan nolalari, dardlari ko'zlarini ochadi.

Bir zamon falakning ko'zlari so'ndi,
Asta qora kiydi mudragan jahon.
Ruhimning asrlik muzlari sindi,
Nimadir bo'g'zimni kesdi beomon.

Qora kiygan falak, qorong'u nigoh, qora lola… — lirik qahramonning aftoda, mute holatidan yig'layapti. Falak chirqillaydi, dov-daraxtning ko'zlari yoshli. Farishtalar chekadi nola. Nima bo'ldi, ko'zlarining nuri sindimi? Yuragining tafti so'ndimi? Hislarining tovushlari ham qora kiydimi? Ushalmagan orzulari bo'g'zidan uzilgan so'nggi nafas misol etim. Tahbiri echilmagan tushlari ham ko'lanka singari o'lgan orzulari uzra qanot qoqadi. Aza tutadi. Gullar yanog'ida shabnam emas — qon. Maysalar kiprigida titraydi og'u. Bog'larda mevamas, unadi zahar. Nedan huzur-halovat tuysin? Chirmoviq misoli qadamiga ilashar ilon. Tilining uchida novvot emas, zaqqum tomchilar.

Ana, qop-qora ko'lanka osmonda emas, quyuq o'rmonlar oralab emas, engidan chiqib keldi, bosh ko'tardi. U kimlarning va nimaning sovuq nusxasi? Muncha vujudini chirmab boradi? Kungil taftini, orzular olovini sug'urib olmoqchimi nochor tanasidan?

Otildim, nomahlum, qorong'u nigoh,
Birov qulog'imga sovuq shivirlar.
Aziz bir tovushni esladim nogoh,
Rangin ovozdir bu, go'zal g'imirlar.

Ko'lankaning qo'l-oyog'i bemajol… Ko'zlariyu so'zlari ham, o'ylari-yu tuyg'ulari ham muz qotgan, tilsiz. Qora ko'lanka… munchalar sovuq, munchalar surbet. Uyat-andishani biladimi bu? Yana, yuvuqsiz, kir-chir engil boshi bilan oppoq ko'rpaga o'ranib oldi. Uyidan haydab chiqaray desa, ko'lankaning boshi yo'q, gap uqmaydi. Qo'llaridan tortib turg'izay desa, dasti-tirgagi yo'q. Nachora, o'zining holati ham qo'l-oyog'i tushovlangan oy misoli. Qimirlashga madori yo'q. Yordam so'ray desa, tili kesilgan.

Qop-qora ko'lanka shunchalar qudratlimi? Suyangan tog'i qayda? Unga shunchalar kuch-quvvat ato etgan tirik o'liklar o'lkasi qani? Mayitlar arvohi misoli shamchiroqlar tegrasida aylanadi. Yana, lipillagan shuhlalar bilan birga raqs ham tushadi, quvlashmachoq, bekinmachoq o'ynaydi. Hey, sulloh ko'lanka. Engil-boshimni eb tugatding. Endi, sochlarimni bitta-bittalab terib eysanmi? Qoch, nari ket! Haydagan sari battar yopishadi-ya.
Ko'lanka ohista sidrilib, lirik qahramonning sochlari orasiga kirib yashirindi. Junbushga kelib to'lg'anayotgan, kuyayotgan tuyg'ulari qo'qqisdan yonib ketdi. Butkul vujudi gulxanga aylandi. Endi ko'zlari, qo'l-oyoqlari yona boshladi. Yong'inda sochlari chars-chars chatnardi. Lovullagan sochlari ham uchib borib tuproqqa qadaladi. Xuddi ko'chatlarga o'xshab ekilib qolardi. Endi, tuproq yonishga tushdi.

Koshkiydi ana shu izdihomda qora ko'lanka yonib kul bo'lsa. Badar yo'qolsa. Yo'q, endi u bir dumalab alanganing ko'lankasiga aylanib oldi. Endi er yuzini olov qopladi. Ko'lanka olov dengizida quloch otib suzib ketdi. U … tirik. U kimlarningdir, nimalarnidir soyasiga aylanish uchun suzib, uchib borayotir…

Naqadar go'zaldir chirkin bu tovush,
Ohang vujudimni chirmadi butkul.
Bo'g'ildim, ingradim, titradim, behush,
Ojiz badanimga suykandi bir gul.
Nadir bu? Qo'limda qora loladir,
Ul ko'zdan g'oyibdir, tirik noladir.

Yovuzlik, zulm-qabohat o'lim bilmaydi. Aksincha, yo'qlikka suyanib ezgulik va yorug'likning kushandasi bo'lib qolaveradi. Yomonlik, yovuz kuchlar yorug' orzu-umidlarning hayotiga zomin bo'laveradi. Erkni, hur fikrlarni bo'g'izlab, qonini ichaveradi. Dunyo shevalari munchalar chigal, turfa va jumboqli. Jannat bilan do'zax, kun bilan tun, issiq bilan sovuq, olov bilan suv, ezgulik bilan razolat, tiriklik ila o'lim — bari insonning ikki dunyosi uchun. Ne saodat va ne qabohatki, inson ichida, yahni fehlida shaytonu ko'nglida rahmon yashaydi. Hurlik ila qullik ham insonning bir burda umriga sinov. Bu dunyosi — yorug'ligiyu, u dunyosi — oxirati uchun ham sinov. Inson — ikki dunyo ziynati. Inson qismati munchalik chigal? Har bir odimida, har nafasida fojea hamroh.

Rauf Parfi O'zturk she'riyati Insonning ana shu azaliy va adabiy yozuqi haqida. Peshonasiga bitilgan yozuqning fojeaviy ruhi to'g'risida. Bu — shoir she'riyatining badiiy-estetik mag'zi.

Lirik qahramon qo'lida qora lola. Yongan, kuygan, va lekin, ado bo'lmagan jola. U, endi, tirik nola; tug'yon va isyon. U, endi so'zning dodini beradi. Kechinmalarning suyak-suyaklarini burdalab yoqadi. U lirik qahramonning mutelik holatiga, qullikning uyiga o't qo'yadi. Budu nobudini, o'zini yondiradi. So'zlar yonganda ana shu taxlit dunyoga o't ketadi. Ho'lu quruq baravar kuyadi. Koinot bo'shliqqa aylanib alanga ichida qovjiraydi. Bu — badiiy So'zning salohiyatidan. Shoir istehdodining chaqmoqlarga, shamollarga aylangan sehrli qudratidan.

Rauf Parfi O'zturkning shaxs erki, millat hurriyati, Vatan mustaqilligiga bag'ishlangan, milliy ruhning badiiy ifodasiga aylangan she'rlari go'zallik hodisasi bo'lib qoldi. Rauf Parfi she'riyati yangi tuyg'ularning, yangicha ong va fikrlarning mukammal badiiy shakldagi ifodasidir.
Sarbast, xokku, tanka, sonet, sakkizlik, oltilik, to'rtlik, fard va h.k. lirika janrlari va poetik shakllardagi izlanishlari istehdodning zohiriy ko'rinishlaridir. Rauf Parfi yaratgan yangi So'zning mag'zini, yangi she'rning tabiatini olam, jamiyat va odamni yangicha anglash, tushunish hamda anglatish madaniyati tashkil etadi. Ilmiy ifoda bilan aytganda, badiiy uyg'unlikning yangicha ko'rinishi yuzaga keldi, demakdir.

Rauf Parfi O'zturkning milliy madaniyatimiz taraqqiyotidagi, badiiy tafakkur takomilidagi o'rni va xizmatlari yana shu narsa bilan belgilanadiki, u yangi So'zni, yangi mazmunni qabul qiladigan, vujudiga singdiradigan va o'zgalarga ham tushuntira biladigan kitobxonlar zumrasini yuzaga keltirdi. Tarbiyalab, kamol topdirib borayapti. Buning uchun Sharq, G'arb va Lotin Amerikasi (yapon, hind, turk, arab, frantsuz, nemis, ingliz rus, ozarbayjon, italyan va h.z.) badiiy anhanalarini o'rganish, o'zlashtirish hamda o'zbek milliy madaniyatiga muvofiqlashtirishdek katta va mashul vazifani ado etdi. (Isikava Takuboku, Robindranat Tagor, Nozim Hikmat, Jabron Halil, Dog'larja, Pol Elyuar, Sen-Jon Persi, Jak Prever, Pol Valeri, Rene Shar, Giyo Apolliner, Bayron, Shiller, Pushkin, Blok, Kvazimodo, Husayn Jovid, Pablo Neruda va h.k.).

Demak, Rauf Parfi O'zturk ijodiy tajribasi novator shoir ekanligini tasdiqlaydi. O'zbek poetik so'z madaniyatidagi novatorligi shundan iboratki, u boy badiiy anhanalardan voz kechmadi. Ularga tayanib, o'z so'qmog'ini ochishga, o'z yo'lini belgilashga erishdi. Mavjud barmoq sistemasiga asoslangan turkiy she'r madaniyatini, tarkiblarini takomillashtirdi, boyitdi, rivojlantirdi.

Klassik she'r madanyatidagi, xalq og'zaki ijodidagi she'r tuzilishining pinakka ketgan shakllari ko'zlarini uyqudan uyg'otdi. Qaytadan jon bag'ishladi, qanot berdi. XX asr tongi adabiy hayotiga olib kirilgan nasriy she'rni (Mirtemir) qiyomiga etkazdi. Go'zal, badiiy barkamol namunalarini yaratdi.

O'zbek she'riy madaniyatiga sarbast she'r tuzilishini olib kirdi, deyish ancha cheklanganlik bo'lurdi. Sarbast she'r tuzilishi turkiy she'r uchun butkul begona emasligini, qadimiy she'r madaniyatimiz tarixida mavjud bo'lganligini ijodiy tajribasi misolida tasdiqladi. Ularni XX asr o'zbek xalqining nafaqat orzu armonlari, dardu-alamlari, shu bilan barobar yana tafakkur madaniyati, qalb zarblari, o'zbekona milliy ruhi bilan boyitdi. Sonet, xokku, tanka va h.z. jahon she'riyati janrlariga, poetik shakllariga milliy o'zbekona ruh olib kirdi. Tomirlariga turkona harorat, olovli so'z va tafakkur nurini qo'shdi.

Raufona oksimoron obrazlar sistemasini yaratdi. She'riy satrlar musiqiyligini kuchaytirishda hayratangiz izlanishlar olib boradi. Satrlar takrorida nafaqat fikriy ko'chimlarni, yana his-tuyg'ular to'lqinini, kechinmalar po'rtanasini vujudga keltiradi. Ushbu jarayonda emotsional holat va kayfiyatlardagi, ruhoniy kechinmalardagi hislar oqimi she'r musiqiyligini hosil qiladi. Bu — yolg'iz Rauf Parfi ijodiy izlanishlari uchun xos bo'lgan betakror samaradir. Satrlardagi ichki qofiyalanishi, alliteratsiya — ohangdosh so'zlar bilan boyitilishi she'rning emotsional tahsir kuchini oshiradi. Tafakkur to'lqinining ong-shuurlarda mixlanib qolishini tahminlaydi, asoslaydi.

4
Rauf Parfi O'zturkning poetik madaniyatimiz taraqqiyotidagi o'rni, xizmati avvalo, badiiy tafakkurdagi stereotip — qotib qolgan tasavvur va tushunchalarni sindirganligi bilan belgilanadi. Xo'p, stereotip tushuncha va tasavvur degani nima o'zi? «Bo'ladigan bolaning peshonasi do'ng bo'ladi», degan hikmatni suyub tilga olamiz. Ayniqsa, o'g'il ko'rsak, manglayiga tikilamiz. Peshonasi keng va do'ng bo'lsa, ich-ichdan g'urur tuyamiz. Farzandimiz fehli keng, bag'ri butun, olijanob, aql-zakovatli, dono-bilimdon bo'ladi; yozuqining belgisi qutlug', deya totli umidlardan ko'nglimiz qanotlanadi.

Bu — asrlar osha avloddan avlodga o'tib kelayotgan tabarruk tushunchalardan biri. Xuddi shu taxlit ong-shuurimizda shakllangan tushuncha va tasavvurlar hayotimizga alohida mazmun, shukuh bag'ishlaydi.

Badiiy adabiyot, shu jumladan she'riyatning ham yozilmagan qonuniyatlaridan biri, bu — stereotiplar bilan fikrlashni aslo hazm qilolmaydi. San'at asarlari ongda shakllangan turg'un tasavvurlarni sindirish asosida yuzaga keladi. Badiiy tafakkur ko'z ochib dunyo tanibdiki, ming yillar mobaynida ana shu tabiatini asriy anhanalardan biri sifatida saqlab kelayotir.

Poetik tafakkur salohiyatini simob donachalariga qiyoslash mumkin. Simobni garchand, ko'z bilan ko'rsak-da, qo'l bilan ushlab bo'lmaganidek, she'rdagi fikrchan kechinmalaru, hissiy tafakkurni qo'l bilan ushlab, ko'rib bo'lmaydi. Ularni yolg'iz his etamiz, ichki emotsional idrok ila tuyamiz.

Taxayyullar asosiga qurilgan majoziy obrazlilik, bu — voqelikni, insonni, ruhoniy hayotni realistik idrok etish shakllaridan biri. Badiiy tafakkurning mazkur yo'nalishi XX asr o'zbek she'riyatida Rauf Parfi ijodiy izlanishlari bilan bog'liqlikda go'zallik hodisasiga aylandi. Va salkam yarim asr badalida badiiyat maktabi sifatida shakllandi. Bu — millat badiiy didi va estetik saviyasining yangi bosqichi demakdir.
Xo'sh, buning mohiyati nimadan iborat?

Rauf Parfi she'riyati 60-yillarda badiiy tafakkurda qotib qolgan andozalarni, stereotip fikrlash tarzini sindirgan bo'lsa, XX asr adog'ida mazkur falsafiy-estetik tajribani mukammallikka etkazdi. Xususan, Vatan mustaqilligi, millat ozodligi, shaxs erki masalalarining badiiy talqinlarida, Ezgulik, Adolat, Go'zallik haqidagi tasavvur va tushunchalar konorasini umumbashariy qadriyatlar ma'nosi ila behad kengaytirib yubordi. Xususan, san'atkor asarlarining badiiy-estetik, ijtimoiy-falsafiy ahamiyati muallifning qaysi millatga, yoxud Mag'ribu Mashriq, kunchiqaru kunbotar madaniyatlariga mansubligi bilan belgilanmaydi. Badiiy asarning qadr-qimmati milliy-bashariy qadriyatlarni nechog'lik himoya qilganligida, ulug'lay olganligida, umuminsoniy mazmun-mohiyatida, Odam ko'nglini qanchalik kashf eta bilganligida, deb tushunadi. Bu, tabiiyki, yangicha dunyoqarash va dunyoviy did mahsuli.

Shu ma'noda, Rauf Parfi va uning avlodi sho'ro davri farzandlari emas, madaniyat farzandlari bo'lib qoldi. Mag'ribu Mashriq, kunbotaru kunchiqar qozonidagi taomlardan bahramand bo'lishga, va shu asosda, yangi o'zbek she'rini — o'z dasturxonini yozishga muvaffaq bo'ldi. Shoirning badiiy-estetik tajribasi sho'ro mafkurasining tahqib va tazyiqlari ostida ongimizga, dunyoqarashimizga katta to'lqin olib kirdi. Xususan, sho'ro-istibdod o'lkasida shaxslarni tarbiyalashga, shaxsiyatlarni shakllantirishga, Shaxslar mamlakatini vujulga keltirishga qaratildi.
Ushbu jarayonda Rauf Parfining ijtimoiy-siyosiy qarashlari badiiy-estetik tuyg'usi bilan omuxta shakllandi, kamol topdi. Shu boisdan ham ularni bir-biridan ayirish yoki bo'lak-bo'lak o'rganish mumkin emas. Ular bir mag'izning ikki pallasi, bir olmaning ikki bo'lagi misoli. Shoir estetik qarashlarining ildizi xalqimizning ming yillar mobaynida qaror topgan ijtimoiy, badiiy, falsafiy tafakkuri sarchashmalariga borib tutashadi. Undan hayot suvini ichadi.

Hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirish o'zbek she'riyati taraqqiyotining barcha davrlari uchun ham bosh xususiyat bo'lib kelgan. Lekin unga erishish yo'llari ko'p, usullari nihoyatda xilma-xil. Xususan, majoziy obrazlilik haq so'zni aytishning, voqelikni realistik idrok etishning shakllaridan biridir. Xususan, she'rga yolg'on yot. U o'lim bilan barobar. Shoir o'zini o'limdan — yolg'ondan asrashi kerak. Shu ma'noda. har bir she'rning yuzaga kelishi, bu — o'lim bilan yuzlashish demakdir. Har bir odam, shu jumladan shoir ham o'zi bilan o'zi kurashib, o'lib ketadi. Ana shu jarayon — o'zi bilan kurashishning o'zi san'at, qolgan hammasi omilkorlik. Shu boisdan ham shoirning o'z jonini saqlaydigan joyi yo'q. Bu rost va yolg'on, nur va zulmat, hayot va o'lim oralig'idagi bir hovuch havo, bir chimdim nafas. Bir So'z. Uni ko'ziga to'tiyo etguvchi ham, oyoqlar ostiga hazondek sochguvchilar ham ijodkor, aslida. So'zni shoirga xudoning o'zi beradi. So'zini ham o'zi oladi. Bu — jonini olgani bilan barobar. Zero, o'z so'zini yo'qotish, bu — shoir uchun o'lim. Shoir o'z jonini qanday saqlay oladi, yolg'onning makridan qanchalik o'zini ehtiyot qiladi — buni yolg'iz xudo biladi.

Tikkandir jonini Vataniga u,
Bu so'z qarshisida titrama, ey jon.
Yuzma-yuz kelgandek go'yo o't va suv
Yuzma-yuz keladir shoir va zamon.
(«Ona Turkiston» qo'lyozmasi, 140-bet)

Shoir bu yorug' dunyoda yashayotgan Insonning cheksiz-chegarasiz kechinmalarini so'z bilan ifoda qilguvchi shaxsdir, — deydi Rauf Parfi. — Shoir ko'zining o'rnida daryolar oqqan, elkasida tog'lar yiqilgan, o'z tanidan chiqib, ruhga aylangan zotdir . Uning o'z tahbiri bilan aytganda, shoirni kuylatgan hazrati inson. Uning haqqi-huquqlari — she'riyatning ham haqqi-huquqlaridir. Jaholatning ranglarini, zulmning ma'nosini, zo'ravonlik, adolatsizlikning sirti shakar-botini zahar tabiatini obrazlar tiliga ko'chirgan timsolli realizm Rauf Parfi ijodiy individualligini tayin etadi.

Ushbu xususiyat Rauf Parfi O'zturk va boshqa bir qator shoirlarimizning (Cho'lpon Ergash, H.Xudoyberdieva. Shavkat Rahmon, Tohir Qahhor, Xurshid Davron, Abdulla Sher, Usmon Qo'chqor va h.k.) ijodiy izlanishlaridagi etakchi uslubiy yo'nalishdir. Majoziy obrazlilik — ramzlar vositasida fikrlash madaniyati XX asrning 70-yillaridan e'tiboran o'zbek she'riyatida etakchi tamoyilga aylandi.

O'tgan asrning 80-yillari o'zbek tanqidchiligida badiiy tafakkurning ushbu ko'rinishi mohiyatini tushunmaslikdanmi yoki tushunishni istamaganlikdanmi, «She'ringizni tushuntirib bersangiz», «Shoir nima demoqchi, she'r nima deyapti» qabilidagi maqolalar yuzaga keldi. Ularda Rauf Parfi, Miraziz Ahzam she'rlaridagi majoziy obrazlarni, ramzlarni àðáãà òàqlidchilikda, o'ta murakkablik va mavhumlikda ayblash rasm bo'ldi. Timsolli obrazlar sarbastdagi izlanishlarida yorqinroq tajassum topgani boisidanmi, ularni G'arb she'riyatiga taqlidda ayblashdi. Vaholanki, mahlum bo'lishicha, she'rning bu shakli avvalgi ming yillikda mo'ysafid Sharqning qadimiy bitiklaridayoq mavjud ekan.
Ushbu hodisa, ayrim tanqidchilar aytgandek, G'arb va Lotin Amerikasi adabiyotiga taqlidan emas, aksincha, estetik tahsir samarasi o'laroq yuzaga keldi. Shu boisdan ham shoir: o'zimizning qadimiy yozuvlarimizda o'zimizni qaytadan topdik, deydi.

Rauf Parfi estetikasida San'atning, So'zning mahrifiy-tarbiyaviy roli, ahamiyati masalasi alohida o'rin tutadi. «… Millat bor ekan, demak, adabiyot bor, So'z bor. Jahonga buyuk so'z sohiblarini bergan bu tuproq, bu havo, bu suv, bu olov insoniyatni shafqatsiz, qonli o'yinlardan, qirg'inlardan, baloyu ofatlardan asray olmadi. Lekin, olijanob, qutlug' So'z yaxshilar tarafida ekani quvonchlidir» («She'riyat va abadiyat» maqolasi, 4-bet). Shoirning ishonchi-ehtiqodiga ko'ra, ezgu so'z odamlar ongiga nur-yorug'lik olib kiradi, ko'ngillardan yovuzlikni, johillikni, yomonlikni quvib chiqaradi. Shu tariqa ko'ngillarni tozartiradi. Ruhiyatlarni poklaydi. Din – bani Odamlarni, demakki, jamiyatlarni ham poklar ekan, asl she'riyat ham din misol yuksak ma'naviy salohiyatga ega. Ezgu so'z odamlar ongi-tafakkuriga tahsir ko'rsatish orqali ko'ngillarga uya qurgan xiyonatni, riyo-munofiqlikni, sotqinlikni, qo'rquvni haydaydi. Ko'ngillarda olijanoblik, ezgulik gulzorlarini ko'kartiradi. Sahovat va mehr-shafqat bog'larini barpo qiladi («Dilimda bir so'z bor edi. Bu so'z meniki edi. Aytdimu, men so'zniki bo'ldim ortiq»).

Bug'ubor tong kabi go'zal,
Tong chog'i ochilgan g'uncha kabi,
G'unchada shabnam kabi musaffo…
Osmon kabi bepoyon ko'zlar sevinchi yanglig',
Bir so'z bor,
Haqiqat so'zidan ham yuksak.
Haqiqatning o'zidan ham yuksak,
Bir so'z bor…
(«Ona Turkiston» majmui,123-bet)

Bu – san'at – san'atkor – jamiyat masalasida yangi nuqtai nazari, yangi tushuncha va yangi nigohi ila badiiy tafakkur madaniyatida shoir o'zgacha yo'nalish yaratdi, demakdir. Bu – san'at asarlarini tushunish, tushuntirish va baholashda ham estetik mehzonlarni o'zgartirdi, yangiladi, demakdir.

Shoir estetikasida vijdon erkinligi masalasi alohida o'rin tutadi. Ruh fenomeni, ko'ngil hurriyati, erk fenomeni Rauf Parfi estetikasida ijtimoiy-falsafiy kategoriya darajasida badiiy tadqiq etiladi.

Xususan, ongimiz-shuurimizdagi ko'rinmas, sezilmas temirdek qo'pol va qattiq bir kuch bizni metin iplari bilan bog'lab turadi. Yurish-turishimizdan tortib, gap-so'zlarimizgacha, xatti-harakatimizu o'y-fikrlarimizgacha, bir so'z bilan aytganda, izimizu so'zimizni, ko'rar ko'zimizu o'zimizni boshqaradi. Burun ostidan boshqa narsani ko'rmaydigan ahvolga soladi. Ichimizdagi siyosiy nozirning farmonbardor hukmron mavqei kishini qullik, mutelik holatiga soladi. Ana shu narsa iymoni sust ijodkorni badgumon hukmron mafkura tog'orasiga o'tkazib, nog'orasiga o'ynatib qo'yadi. Qachonki, ijodkor ruhan erkin bo'lmas ekan, hech qachon mafkuraviy qoliplardan, siyosiy manfaatdorlikdan xalos bo'lolmaydi. Bosh olib chiqib ketolmaydi. Zamonasozlikka beriladi. Zamonasozlik botqog'iga botib boraveradi. Nafsga suyangan murosa – g'oyat ayanchdir.
Ruhiy erkinlikning mazmuni nedir? Dil erkinligining tahmi qanaqa bo'ladi? Qanday odam erkin bo'ladi. Dilidan bo'lak, o'zidan boshqa hech qanaqa davlati yo'q, ship-shiydam bandai mo'minmi? Yoxud, sochidan tirnog'igacha hukmron mafkura bo'tanasiga botirib olingan kimsami? Qanday jamiyat ozod bo'lgandagina uning fuqarolari ham emin-erkin yashashi, dorilomon kun kechirishi mumkin?

Shaxs erkin bo'lmas ekan, u mansub millat ham, Vatan ham ozod bo'lolmaydi. Bu – shoir talqinidagi erkning baland nuqtasi. Ana shu maqomga etishish esa, avvalo, Odam o'zini-o'zi tanishdan boshlanadi. «… Narsalarga erkimizni bog'lab qo'yganmiz, moddiyatning qulimiz, — deydi Rauf Parfi. – Bu «ayyor» aqlning xulosalari, oqil aqlniki emas. Aql Ollohni tanishdan chalg'isa, bu – ayyorlik. Oqil deb Ollohni bilganga aytishadi. Ollohni tanigan banda moddiyatga bog'lanib qolmaydi, u o'zining qorovuli emas U — O'zining egasi, o'zligini izlayotgan inson» («Suhbatdosh» gaz., 1999 yil, 2-son, fevral).

Odam moddiy borliqni ham, ruhiy dunyoni ham idrok etishda xolis. Uning ko'nglida hamisha to'rt fasl shavqi barq uradi. Eru Osmonlar oralig'ida, barru bahrlar sarhadlarida tizginsiz badiiy didi o'ziga xon ekanligini tasdiqlab turadi. Uning ilohiy ko'tarinkiligi, hech qanday o'lchovlarga sig'masligi – badiiy didining betakror asl tabiati. Barcha buyuk san'atkorlar insoniyat tarixi badalida yaratgan eng go'zal va mumtoz badiiyat namunalari milliy mansubiyatlaridan, makon va zamondan qathiy nazar, badiiy didning bezavol mehzonlaridir; yuksak o'lchovlari, ideal tosh-torozusidir. Agar, ko'kdagi bir tilim xilol, tuproqqa sanchilgan gullar mukammal go'zallik namunalari bo'lsa, Muhammad s.a.v. komillik maqomiga etishishning eng mumtoz timsolidir. Chinni ko'zli buloq suvlari bokiralik va musaffolikning ko'zgusi ekan, Yusuf Xos Hojib va Yassaviy, Bedil va Navoiy, Dante va Shekspir, Pushkin va Cho'lpon she'riyatlari badiiy go'zallikning ideal namunasi emasmi?

Rauf Parfi O'zturk estetik qarashlarining ildizlarini – bahravar omillarini yolg'iz abadiy qaynab turgan buloqlardangina izlash to'g'ri emasdir. U Mag'ribu Mashriq, kunchiqaru kunbotar umumbashariy badiiyatining mumtoz namunalaridan hayot suvini ichadi. Shu boisdan ham shoirni jahon estetikasidagi timsollar realizmiga, tuyg'ular realizmiga moyil san'atkorlar ko'proq qiziqtiradi. Xususan, realizm estetikasiga ko'ra shoirni jahongir zulm-istibdodga qarshi shaxs erki masalasi, tabiatning to'rt fasliga monand kechinmalar tug'yoni, hayoti band etadi. Shu boisdan ham shoir adabiy asarlarning estetik qimmati va ahamiyatini belgilashda ularning salohiyatini, badiiyatini bosh mehzon, deb biladi. Boshiga qilich kelganda ham faqat rost so'zlash, Haq va Haqiqatni yoqlash, har qanday yolg'on, riyo, makr, zulm va xiyonat ko'rinishlarini inkor etish, ularga qarshi isyon ko'tarish Rauf Parfi O'zturk estetikasining mag'zini tashkil etadi.

«San'atning vazifasi insonga o'limni anglatishdir. Shakli qanday bo'lishidan qathiy nazar… Tushungan, anglagan inson hamisha og'riq, fojea bilan yashaydi. Agar, tahbir joiz bo'lsa, shunday aytish mumkin – fojea inson bilan birga tug'ilgan aniq narsa. Inson doimo o'lim bilan yonma-yon yuradi. Toshbaqa kosasini bir umr ortib yurganidek, o'z o'limini doimo ko'tarib yurishga mahkum. Menimcha, o'z o'limini ko'tarib yurgan odam Allohga, O'ziga, birovga xiyonat qilmaydi. Xiyonat yolg'onlardan tug'iladi. Insonning fojeasi yolg'onlarga to'qnashganida boshlanadi. Biz «Yolg'onning umri qisqa» deb o'zimizni yupatamiz. Yo'q, yolg'onning umri uzun. Buni insoniyat tarixiga bir nazar tashlasangiz, bilib olasiz» («Suhbatdosh» gaz., 1999 yil, 2-son, fevral').

She'r – cheksizlikning chekida tug'ilgan dunyodir. Shoir ko'nglini o'rtagan og'riqli so'roqlarga voqelikdan, jamiyatdan javob izlaydi. Muayyan qiyoslar, obrazlar shu tariqa yuzaga keladi. Xususan, shaxs erki, ko'ngil hurriyati odam bilan birga tug'iladi. Erkinlik boy berilgan joyda fojea yuzaga keladi. Baxtini poydor etishi ham, baxtsizlik chohiga yuz tuban yiqilishi ham ruhning nechog'lik uyg'oqligi, ruhoniy saodatga bog'liq.
Rauf Parfi O'zturk estetikasida Turon-Turkiston mavzui alohida sahifani tashkil etadi. «Turon-Turkiston mavzui miloddan avvaldan yozma adabiyotlarda yuz ko'rsatib keladi, — deb yozadi Rauf Parfi. – Misr-Bobil, Xitoy-Hindiston, Rum, Eron, Ovrupo, Amerika singari Turon-Turkiston, Turk Dunyosi jahon ilmu fani, madaniyati, adabiyoti va san'ati xazinasiga o'zining munosib merosini berdi va berajakdir» .
Shoirning ko'nglini, ijodini bilmoqchi bo'lsang, uning ona yurtini borib ko'r, degan hikmat bor. Shoirning Vatani – bu uning sehrla, purhikmat ma'nolarni o'ziga singdirgan sirli qiyofalar dunyosidir. R.Parfi lirikasidagi So'z, Ko'z, Qushcha, Buloq, Daraxt, Chiroq, Xayol, Nur singari obrazlar tagdor, purma'no mazmun ifodalashiga ko'ra timsolga aylanayotir. Ular Turonzamin, Turkiston xalqlarining tarixiy hayoti sahifalarini suratlantiradi. Turkiy xalqlar taqdiridagi zilzilali voqealar mohiyatini aks ettiradi. Millat taqdirida o'chmas iz qoldirgan va ayni keyingi yuz yilliklarda mudragan jo'mardlik, jangarilik, qahramonlik ruhini qayta tiriltirish, oyoqqa qo'yish, faollikka dahvat Rauf Parfining Turon-Turkiston mavzuidagi she'rlarining etakchi xususiyatlaridan biridir.

So'z san'atida hamma bir-biriga shogird, lekin har kim o'z yo'lidan ketadi, deydi adib. O'zbek tilining ramzlarga, timsollarga boy ma'no qirralarini aks ettirish Rauf Parfi O'zturk izlanishlarining mag'zidir. U so'zning tahmini, hidini rangini, bo'yoqlarini g'oyat nozik his qiladi. Shu ma'noda, har bir she'ridan shoirning qaynoq, etirosli nafasi shundoqqina sezilib turadi. Har bir so'zning ortidan uning o'zi qarab turgandek tuyuladi. U aytadigan gapi uchun so'z tanlamaydi. Balki, fikrchan kechinmalari o'z ma'nosi, o'z ifodasi bilan tug'iladi. R.Parfi O'zturk «Har bir so'zim – oshkor jahonim» deyishi ham shundan.

«So'zlar» she'rida yozadi: «Yana tun qo'ynida bo'shliqning temir qo'llari ko'ksimni qisarkan: — Yordam bering, uxlab yotavermang, — deya hayqiraman. Shunday uyg'otaman qadimiy So'zlarni – Turkistonimni» («Ona Turkiston» majmui, 315-bet).

Rauf Parfi O'zturk she'riyatida so'z — konkret ma'no tashib kelishidan tashqari inson shaxsi va mahnaviyatidagi muayyan go'zallikni, timsolli yoki ibratli mazmunni ifodalashiga ko'ra ijtimoiy-falsafiy, badiiy-estetik ahamiyat kasb etadi. So'zlar tabiatidagi shartlilik, kosa tagidagi nimkosa tarzida ifodalanadigan ko'chma ma'nodorlik, ayniqsa, Rauf Parfi izlanishlarida ustivor. Rauf Parfining so'z ustida ishlash zahmati shundan iboratki, u «So'zlar» she'rida kuzatilganidek, «Oq binoda qalin va oq ko'rpalariga o'ranib-chirmanib qator so'rilarda» uxlab yotgan qadimiy so'zlarni uyqudan uyg'otadi. Ularni yashashga, kurashga, faoliyatga safarbar qiladi. Zero, shoirning o'z tahbiri bilan aytganda, she'riyat muttasil yangilanib turadi. So'zlarning ma'nosiga ko'ra doimo yangilanib turishi esa uning asl mohiyatini tashkil qiladi.

R.Parfining Turon-Turkiston mavzuiga bag'ishlangan she'rlarida falsafiy, ijtimoiy mazmuniga ko'ra so'zlarni qaddiniyu qadrini bir bahya baland ko'taradi; qanotini yuksaltiradi, ularga parvoz beradi. Shoirning «So'zlar», «She'riyat», «Xarita», «Ona tilim», «Turkiston», «Cho'li Iroq», «Uyg'onar Turkiston, uyg'onar dunyo», «Qadimiy turkiylardan», «O'zingni ayama, borayotgan ildiz», «Anglatgani anglagan boshlari qani» singari o'nlab she'rlarida Turon-Turkistonning olis o'tmishi, buguni va kelajagi bilan bog'liq turfa badiiy talqinlar silsilasini kuzatamiz. Badiiy So'zning shunchalar katta salohiyati borligidan hayratlarga cho'mamiz.

«So'zlar» she'ridagi badiiy talqinga ko'ra, Inson, bu – so'roq gap, undov gap, darak gap. So'zlar bizga yashamakni o'rgatar. «Bir ajab so'zlardir peshonada to'plangan ajin». Qo'llarimiz ham fikrchan So'zlar. Shu ma'noda, Turon – haddan ziyod go'zal so'zdir. Bu tongotaru quyoshning botishi, yo'ldagi kishi – barchasi ajoyib jumlalarga o'xshaydi. Ular umr, taqdir, tiriklik satrlari. «Moziyga urilib sindi ovozim» deydi shoir. Turonzaminning o'tmishi, ko'hna Turkiston xotiralari, ajdodlarning shonli hayoti tarixi lirik qahramon ruhini ko'tarishi, tafakkuriga quvvat berishi bilan barobar mahzun kayfiyatlarga ham soladi. Ovozini siniqlashtiradi.

Bu – olis quyoshdir kuyinib yonar,
Olis esdalikdir bo'lmaydi ado.
(«Ona Turkiston» majmui, 384-bet)

Rauf Parfi she'riyatidagi poetik obrazlar va timsollarning o'ziga xosligini ular zimmasidagi ma'nolar mohiyatidan anglaymiz. Shu o'rinda timsollar tabiatini ochib beruvchi unsurlar orasidan xarakterli ikki jihatiga to'xtalib o'tiz joiz ko'rinadi. Xususan, bu narsa timsollar tabiatidagi botiniy va zohiriy alomatlardir. Chunonchi, G'.G'ulomning «Sog'inish» she'ridagi o'g'lini urushga kuzatayotgan ota – bu azamat Vatan, fidoiy millat timsoliga aylangan. Hamid Olimjonning «O'rik gullaganda» she'ridagi bahor timsoliga aylangan o'rik gullari – ramzning zohiriy ko'rinishidir. O'quvchi she'rni o'qigan zahoti ko'z o'ngida, tasavvurida ana shu simvolik ma'no kasb etgan poetik belgilar yaqqol suratlanadi. She'rdagi poetik obrazlar ham u qadar murakkab emas. o'quvchining aqli-shuurini tahayyullarga, po'rtanali o'y-fikrlarga chulg'ayotgani yo'q.

Endi, timsollarning botiniy ko'rinishi ham borki, u serqatlam, sertarmoq tagdor, ko'chma ma'no qirralariga ega.

Rauf Parfi O'zturk so'zning timsolli ma'no jilvalarini kashf etishda o'ziga xos betakror mustaqil yo'lga ega bo'lgan shoir. U xalqimizning keksalar izidan yurma, lekin ular izlagan narsani sen ham izla, degan hikmatiga amal qilayotgandek tuyuladi. Shoir yangi shaklda yangi gap aytish uchun tinmay izlanar ekan, har birimizga tanish so'zlar zimmasiga yangi va chuqur ma'nolar yuklaydi. Mazkur yo'nalishda R.P.O'zturk she'r satrlarini sindirishni yaxshi ko'radi. Xo'sh, bu narsa she'rga ziyon-zahmat etkazmaydimi? She'rni nogiron qilmaydimi? Yo'q, albatta. Sababi, bu narsa fikrning sinishiga, tuyg'ularning sochilishiga, ma'noning darz ketishiga olib kelmaydi. Eng muhimi, she'rda so'z sinmaydi. So'zning badiiy-estetik tahsir kuchi, salmog'i ortsa ortadiki, aslo bukilmaydi, susaymaydi. «Ming yil sizni izladimmi, men» turkumiga kirgan uchlikda o'qiymiz:

Men uzoq uxladim.
Bir asr uxladim, nega meni –
Nega siz yashinni uyg'otmadingiz .

Shakl jihatdan singan satrlar keskin kechinmali holatlar ma'nosini, murakkab ziddiyatli kayfiyat va tuyg'ularning rangini, manzarasini chizishga yo'naltirilgan.

Shoir «Yurak» she'rida «Men faqat Turkiston atalgan yorqin, Bir butun yurtimni istayman, xolos» der ekan, yoqavayron o'z vatanida vatansiz turkiylar birligini, yo'llar, ko'llar, tillar, dillar bir bo'lishini, yaxlit bag'ri butun millat sifatida qad tiklashini orzu qiladi («Ko'kka etdi sabr daraxti. Yig'la Qrim, yig'la, Tangri ko'k. Ne bo'lmoqda insonlar ayting: Qrim boru qrimliklar yo'q»). Zero, qo'llardan ketgan ixtiyorlarni tiklash, turkiylar uchun mahrga berilgan mutelik, qullik, ozorlarga barham berish, bizlardagi yo'q ittifoqni bor qilish, oyoq ostidagi payhon bo'lgan insoniy huquqlarni tiklash, tuproqqa qorishiq muqaddas hurlikka egalik haqqini barqaror etish («Ona Turkistondir turklarning toji») lirik qahramonning bosh muddaosi.

O'zingni ayama borayotgan Ildiz,
borayotgan Hasrat,
borayotgan Vatan,
Ona Turkiston. (383-bet)

Ana shu jarayonda uyg'oq So'z Haqiqatning olov ko'zlariga aylanadi («Uxlama sen, Haqiqat»). Lirik qahramon tiyran so'zga, qilichdek qayralgan Haqiqatga o'tinch bildiradi. Mudroq, qo'rqoq jonlarni, noraso makonlarni, basirlarni uyg'otgin, deydi. Qasrlarni, asrlarni, asirlarni zamonlarni uyqudan uyg'otishiga ishonadi. Zahar xo'plab esa-da, odamlarni to'plab ayt. So'zlaring lovullab tursin. Toki, yuraklarda kul bosgan cho'g'lar lovullab ketsin, alangalar hosil qilsin.
So'zlaringning quyoshi,

Achchiq yoshga aylansin.
Botirlarning ko'z yoshi,
Bir kun toshga aylansin. (377-bet)

«Lutfixonim. Uyg'on bolam», «Uyg'onar Turkiston, uyg'onar dunyo», «Turkiston yodi», «Og'riq» singari millatparvarlik ruhi bilan yo'g'rilgan o'nlab she'rlarida milliy birlik g'oyasining rangin qirralari yoritiladi («Uyg'on, uyg'on bolam, uyg'ongil ey, dil»; «O, sabr daraxti, qutlug' Turkiston»). Ko'ngil xur tug'ilgan edi. Ruhning omonligi, erki «azal go'zallikning shahmini yoqadi». Yorqin saharlarda «Kelur ot o'ynatib xaloskor sarboz».

(davomi bor)

No''mon Rahimjonov

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube