O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

OLIM OTAXON VA XULIO KORTASAR

OLIM OTAXON VA XULIO KORTASAR
18 Ekim 2019 - 22:47 'da yuklandi va 481 marta o'qildi.

“Bir vaqtlar men aksolotllar haqida ko'p o'ylardim…” O'z asarlari bilan XX asr hikoyachiligi ufqlarini misli ko'rilmagan darajada kengaytirib yuborgan argentinalik ulug' adib Xulio Kortasar qalamiga mansub “Aksolotl'” hikoyasi ana shu so'zlar bilan boshlanadi. Hikoyada botanika bog'idagi akvariumga qatnab, u erdagi aksolotl' nomli baliqsimon jonzotni muttasil kuzatishga mubtalo bo'lgan bir odam bilan bog'liq tanosuh holati, kutilmaganda o'sha odamning o'zi aksolotlga aylanib qolishi voqeasi qalamga olinadi – “Endi esa o'zim aksolotlman.”

Ushbu asar ilk bor nashr etilganidan so'ng (1956) 31 yil o'tib uni o'zbek tiliga o'girgan va “Yoshlik” jurnalining 1987 yilgi sonlaridan birida e'lon qilgan tarjimon esa Olim Otaxon edi. Vaqt o'yinlarini qarangki, oradan yana xuddi shuncha yil o'tib, dastlabki o'zbekiy “Aksolotl'”ga qayta murojaat qilar ekanmiz, endigina 18 yosh ostonasidagi paytlarimiz uni yutoqib o'qib chiqqandagi holatimiz esga tushadi. Ushbu hikoya “ega-kesimi ma'lum” bir xil andozadagi hikoya va qissalar bilan to'yintirilgan norasida didimizni deyarli vayron qilib, dunyoda o'zgacha – ma'nolari chuqur va muhitlari boshqacha adabiyotlar ham borligidan bizga darak bergan edi.

Kortasar hikoyalarida ko'pincha shuurdan tashqari holatlar, odatdagi mantiq bilan izohlash mushkul bo'lgan favqulodda unsurlar qahramonlarning kundalik turmushlariga bildirmasdan bostirib kiradi va shu paytga qadar bir maromda tizilib kelayotgan syujet yo'nalishini parokanda qilib, o'quvchini kutilmagan jumboqlar ro'parasida hozir qiladi. Adib shu tariqa bir xil tusdagi zerikarli voqelikdan boshqa olamlar sari – tasavvur jilvalari bisyor boshqa kengliklar sari intiladi. Yozuvchi bilan birga o'sha boshqa manzillar tomon yo'lga otlanib, jumboqlarning tagiga etish yoinki xuloslarining shu tarzdagi tushuniksiz manzarasi qarshisida qolib, ular qanday bo'lsa, shu holicha zavqlanish esa har kimning o'ziga havoladir.
Muhtaram adibimiz Olim Otaxon uzoq yillar asnosida argentinalik ana shu zabardast qalamdoshining yana ko'plab hikoya va qissalarini mahorat bilan o'zbekchalashtirib, nihoyat, kitob holida nashr ettirgan ekan (O'yinning tugashi. “Yangi asr avlodi”, 2018), ushbu kulliyot o'zbek kitobxoni uchun har ikki sohibi qalamdan qadrli tuhfadir. Kortasarning o'zbekcha ilk kitobini qo'liga olib, uning bisotidagi yashirin xazinalarni izlab topishni istagan zukko mushtariy, zalvori ulug' bu tadbirga nega aynan Olim Otaxon qo'l urganini anglab etishiga shubha qilmaymiz. Zotan, u ham o'z asarlarida nafis tuyg'ularni fusun shamoyillariga joylab, nafosat bilan va teran tarannum etadiki, oralariga vaqt va makon masofa solgan bo'lsa ham, har ikki ijodkorning o'zaro ruhiy yaqinligini, o'xshash adabiy intilishlarga moyilligini ko'rish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, har bir ijodkorning xos tarjimoni bo'lishi, asarlarining qalbi va muhitini chuqur anglab etgan o'z maslakdoshi bo'lishi maqsadga eng muvofiq ekanidan kelib chiqsak, Kortasar hikoyalarini o'girib, o'zbek tili muhitiga olib kirish vazifasini aynan Olim Otaxon ro'yobga chiqargani ayni muddaodir.

“Kortasar asarlarining murakkab taraflarini qo'yib turaylik, – deydi Olim Otaxon suhbatlarning birida, – uning hikoyalarini o'qigan odam Vatanini sevadigan odamga aylanadi. Kortasarni o'qigan odam hech bo'lmaganda ruhan ozod bo'ladi. Ruhan ozod bo'lgan odam birovdan hayiqmaydi, qo'rqmaydi. U to'g'rilik bilan yashaydi. Chunki u endi ruhan ozoddir. Kortasar xuddi shunday tarbiyalab qo'yadi.”

Sharif Ahmad

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube