O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Qadimda savodxon bo'lgandir elim…

Qadimda savodxon bo'lgandir elim…
19 Ekim 2019 - 12:17 'da yuklandi va 464 marta o'qildi.

Sobiq sho'ro davridan toki qonli inqilobgacha O'rta Osiyo xalqlari, jumladan, o'zbeklar savodsiz bo'lgan, degan noto'g'ri talqin bor edi. Bu asossiz fikr, afsuski, ayrim G'arb mutaxassislari tomonidan takrorlanib kelinardi.

Holbuki, Markaziy Osiyoda eramizdan oldingi to'rt ming yillikda dastlab yozuv rasm shaklida, so'ngra esa mixsimon belgilar ko'rinishida ishlatilgan.

Tarixda harflarga asoslangan yozuvga miloddan avvalgi ikki ming yillikda finikiyaliklar asos solganligi, uning negizida esa oromiy va yunon yozuvlari kelib chiqqanligi tarixshunoslar tomonidan e'tirof etilgan. Akademik Ahmadali Asqarov tomonidan vohamizning Sopollitepa va Jarqo'ton arxeologik yodgorliklarida olib borilgan uzoq yillik arxeologik qazishmalar natijasida 28 ta piktografik belgi topildiki, ularni qadimgi ota-bobolarimizning rasmlarda ifodalangan ilk yozuvlari deb taxmin qilish mumkin. Agar Sopollitepa va Jarqo'tondan topilgan piktografik belgilar alohida-alohida yozilgan bo'lsa, Sherobodning G'oz qishlog'idan topilgan o'g'ir sirtidagi, ya'ni bir joydagi 12 ta piktografik belgi ularni yozuv deyish uchun asos bo'ladi.

Shuni ham ta'kidlash joizki, qadimgi baqtriya, so'g'diy, xorazmiy yozuvlarining paydo bo'lishida oromiy yozuvi asos bo'lib xizmat qilgan. O'rta Osiyoda oromiy yozuvining eng qadimiy nusxasi miloddan avvalgi V-IV asrga oid bo'lib, xum sirtidagi bu bitik arxeolog-olim M. Mambetullaev tomonidan Katta Oybo'yir qal'adan topilgan edi.

Surxondaryo hududi shu bilan e'tiborni tortadiki, bu joyda ayni paytning o'zida bir necha xil yozuvni uchratish mumkin. Eramizdan avvalgi 329 yilda Aleksandr Makedonskiy Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi erlarni ham egallagach, bu erda, xususan, janubiy hududlarda davlat ishlari ko'pincha yunon yozuvida olib borilgan. Bunday xat-yozuv namunalari Afg'onistonning shimoliy sharqida — Qunduz daryosining Amudaryoga qo'shilish joyidagi Oyxonim shahri xarobalaridan va Tojikistonning janubi-g'arbidagi Taxti Sangin tarixiy obidasidan ko'plab topilgan. 2004-2006 yillarda esa Eski Termiz yaqinidagi Fayoztepa budda yodgorligidan arxeolog olim To'xtash Annaev tomonidan eramizdan oldingi I asr va milodning I asriga oid, sopolga yozilgan ikki xat bo'lagining topilishi oromiy-baqtriya yozuvining ham shakllanib borganligini ko'rsatadi. Holbuki, Kampirtepadan yunon yozuvi bitilgan sopol parchalari topilgan bo'lib, ular birmuncha oldinroq davrga mansub edi.

Xalqimizning azal-azaldan savodxonlik darajasi ancha yuqori bo'lganligiga shu ham shohidlik beradiki, Aleksandr Makedonskiy bostirib kelishidan ilgari yurtimizda zardushtiylik dini hukm surgan. Beruniyning “Osor ul boqiya” asarida ta'kidlanishicha, ”Avesto”ning qadimiy to'liq nusxasi 12 ming ho'kiz terisiga tilla harflar bilan bitilgan ekan. Hozirgacha zardushtiylarning bu muqaddas kitobining juda oz qismi saqlanib qolgan.

1979 yilda arxeolog olim Bahodir Turg'unov Ayritom buddaviylik yodgorligini takroriy o'rganish jarayonida, oq toshga o'rnatilgan haykallar majmuini topdi. Haykallar poyida 360 harfdan iborat yozuv o'yib yozilganligi, chang, yog'ingarchilik, suv, shamol va boshqa tabiiy ofatlar ta'sirida yozuvdan 260 ta harf saqlanib qolganligi ma'lum bo'ldi. Yozuv mutaxassislar tomonidan o'qilganida, bu baqtr bitigida Kushon podshosi Xuvishka hukmronligining to'rtinchi yilida Shudia ismli shaxsning tashlandiq holga kelib qolgan buddaviylik ibodatxonasini tiklashga yuborilganligi, ibodatxonaga Kanishka nomi berilganligi aks etgan ekan.

Eski Termizdagi Qoratepadan esa baxtar va hind, kxorashtxa yozuvlarini Eski Termiz atrofida yashagan buddaviylar puxta egallaganlar. Dxarmamitra va Dxarmanandin kabi termizlik va tohoristonlik avliyo- lar muqaddas sutralarni o'rgatgani Mo'g'uliston, Xitoy va Uzoq Sharqdagi boshqa mamlakatlarga yo'l olganlar. V-VIII asrlarda ham Baqtriyaning o'rnida yuzaga kelgan Tohoristonda baqtriya yozuvi keng qo'llanilgan. Ilk o'rta asrlarda esa hozirgi O'zbekiston hududida turkiy yozuv tarqala boshlagan. Bunday yozuvlar Farg'ona vodiysining Quva va Toshkent yaqinidagi Banokatdan topilgan. VIII asrning ikkinchi yarmidan Movarounnahr hududining arablar tomonidan zabt etilishi natijasida arab yozuvi kirib kela boshlaydi. Keyingi asrlarda islom dinini qabul qilgan ota-bobolarimiz eski maktablarda, madrasalarda savod chiqarganlar. Bizdan juda ko'plab hadischilar, olim va tarixchilar, etuk ulamolar, shoir va adiblar etishib chiqqan. Shu yozuvda o'nlab, yuzlab kitoblar yaratilgan va mutolaa qilingan. Demak, xalqimiz azal-azaldan o'z yozuvi va kitoblariga ega bo'lgan eng savodli xalqlardan biridir.

Yulduz ZOIROVA,
Surxondaryo viloyat tarix va madaniyat davlat
muzeyi etakchi mutaxassisi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube