O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

BIZNING FOJIAMIZ SU'RATI

BIZNING FOJIAMIZ SU'RATI
19 Ekim 2019 - 13:17 'da yuklandi va 953 marta o'qildi.

Musulmon o'lkalari aynan shunday insofsizlar, ayniqsa ochko'z boylar ko'paygani sabab g'ayridinlar tomonidan istilo qilingan. O'zimizda bundan ham achchiq misollar bor. Masalan, o'tgan asr boshlarida Munavvar qori Toshkent va Qo'qon boylariga: “Rossiyada muvaqqat hukumat o'rniga dahriy bol'sheviklar keldi. Ular boylarning mulkini tortib olish siyosatini olib borishmoqda. Erta indin bu dahriylar bizning diyorlarga ham kelishadi va sizlarning bor boyligingizni olib qo'yishadi. Agar xar biringiz bor mulkingizning yigirma foizini qurol yaroq sotib olishga bersangiz, yaxshi qurollangan xalqimiz ularni Turkistonga kirg'izmaydi” – degan. O'lkamiz boylari Munavvar qoriga: “Avval bol'shavoylar kelsin, u yog'i bir gap bo'lar. Balki, kelishib ketarmiz” – deb, hasislik qilishgan. Keyin, bol'sheviklar kelgandan keyin nima bo'lganini xamma biladi. Ana shunda Qo'qon va Toshkent boylari Munavvar qori oldiga kelib: “Boyligimizning 20 foizini emas, yarmini beramiz! Qurol sotib oling va xalqni bol'sheviklarga qarshi safarbar qiling!” – deb yalinishgan. Lekin fursat boy berilgan edi.

Misrda frantsuzlarga qarshi kurashgan Muhammad Karimni tutib Napoleonning huzuriga olib kelishdi. Napoleon unga dedi:
– Sen kabi o'z xalqining himoyasiga jonini tikkan qahramonlarni o'ldirish menga to'g'ri kelmayapdi. Tarix meni xalq qahramonlarini qatl qilgan kishi sifatida yod etishini istamayman. Senga imkon beraman. Agar menga o'ldirilgan askarlarimga evaz o'laroq o'n ming qit'a oltin keltirsang seni ozod qilaman.
Muhammad Karim dedi:
– Hozir menda buncha oltin yo'q. Ammo savdogarlarga yuz ming qit'a oltin qarz berganman. Ular berishsa berishim mumkin.

Napoleon unga oltinlarini kishilardan olishi uchun muhlat berdi. U har kuni zanjirband holda, frantsuz askarlari qurshovida bozorga borar, ularni deb jonini fido qilayotgan kishilardan umid qilar edi. Ammo birorta savdogar oltin bermadi. Aksincha, uni Iskandariyani vayron bo'lishiga sababchi va iqtisodiy tanazzul sababchisi deb malomat qilishdi.

Muhammad Karim Napoleonning huzuriga quruq qo'l bilan qaytib keldi. Napoleon dedi:
– Seni o'ldirishdan boshqa ilojim qolmadi. Chunki sen tijoratini vatan hurriyatidan afzal biladigan qo'rqoq insonlarni deb mening askarlarimni qatl qilding.

Muhammad Rashid Rizo aytadi:
“Johil jamiyatni deb hayotini tahlikaga qo'ygan kishi ko'zi ko'r insonning yo'lini yoritish uchun o'z jasadini yoqqan kishiga o'xshaydi”

Bobomurod Abdulla

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube