O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

BIR JINOYaT IZIDAN

BIR JINOYaT IZIDAN
19 Ekim 2019 - 14:13 'da yuklandi va 1253 marta o'qildi.

2017-yil 21 sentyabr'. Bir yostiqqa bosh qo'ygan jufti xalolini unga xiyonat etayotganiga yana bir karra amin bo'lgan Muzaffarning badanidan muzdek ter chiqib ketdi. Bu qanday bedodlik? Unga nima etmadi? O'rtada uchta norasida go'dak bo'lsa, ularning taqdiri nima bo'ladi?

Telefondagi smslar… munosabat shunchaki emas, ancha qalinligini begona erkakning tap tortmay erkalashlariyu, xotinining noz firoq to'la javoblaridan sezilib turardi. Bu qachon boshlangan? Demak piching, shamalar zamirida faqat Muzaffarning ko'zigagina ko'rinmagan, uning qalbigina sezmagan razillik bor ekanda…

Yo'q! Farzandlar xaqqi, keksayib ancha o'zlarini oldirib qo'ygan ota-onasi xaqqi yana bir bor xotini bilan gaplashib olishi shart! Chunki oila barbod bo'lsa shu begunohlar aziyat chekadiku! Balki xotini bunchalik tubanlikka bormas. Balki telefondagina yozishib xozir pushaymondir. Axir kim xato qilmaydi? Balog'atga etib qolgan qizimning ko'z o'ngida onasini yomonotliq qilmay, yaxshi-yomonni ajratib qolgan o'g'limning boshi egilib qolmasin deb xotiniga yuzlandi.

Ammo ming afsus, o'sha kungi suhbat murosa bilan tugamadi. Muzaffarning so'ngi umidlari jo bo'lgan savollariga bezbetlarcha javob qaytargan Gulchehraning aybdorligi, xiyonatkorligi eng yomoni bundan pushaymon ham emasligi kunday ravshan bo'ldi. Bir tuki qilt etmay xiyonatni tan olgan ayolni bundan ko'ra er yorilib yutgani yaxshiroq edi balki.

-Xa! Yuraman! Nima bo'pti? Qo'lingdan nima keladi k..t?!

Muzaffar qarshisida turgan va og'ziga nima kelsa qaytmay sapchiyotgan ayoli o'ziga ancha begonaligini va buni nega avvalroq sezmaganini tan olib mijjasiga yosh qalqdi. To'gri , bir yildan beri tez-tez aytishib qolishadi, janjallashishadi. Shu janjallarga ham xotinining noshukurligi, erini mensimasligi sabab bo'lardi. Biroq tabiatan ogir vazmin Muzaffar ko'z ochib ko'rgan rafiqasini bunchalikka borishini xayoliga ham keltirmagandi. Shu megajinning barmog'iga qachondir nikoh uzugini taqib chimildiqqa olib kirganiga ilk bor qattiq pushaymon bo'ldi. Yurishini qo'rqmay tan olayapti. ” Qo'lingdan nima keladi?” deb sakrayapti. Demak o'rtadagi ishonch, vafo, sadoqat allaqachon barbod bo'lgan , oila atalmish muqaddas qo'rg'on qulaganini tan olmasdan iloj yo'q edi.

– Qo'lingdan nima keladi? Meni shunaqa odamlarim borki, rasvoingni chiqarishadi. Qani qo'lingni uchini tekkizib ko'rchi! E sani…

Borgan sari avjiga chiqib shallaqilikka o'tgan xotini shuncha yillik turmush o'rtog'ini tap tortmay xaqorat ham qilishi so'ngi tomchi bo'ldi.

Muzaffar ortiq chidab tura olmadi. Erlik sha'ni oyoq osti qilayotgan va bundan zarracha pushaymon bo'lmayotgan xotinini aqlini kiritmak ilinjida bolalarini eslatib, nojo'ya qadami musulmonchilikka to'g'ri kelmasligini ta'kidlab nasihat qildi. Kor qilmagach so'kdi, chap ko'ksini simmillatgan og'riqdan azoblanib ” Rozimasman” deb ingradi. Xiyonatkor ayolga hech narsa ta'sir qilmagach, ko'ziga tashlangan oshxona pichog'ini olib unga tan jaroxati etkazi. U chuqur ruhiy iztirob holatida edi. Chunki to'polonga yugurib chiqqan qo'ni – qo'shni, ota-ona, yaqinlari oldida er bilan bitta bo'lgandi…

Pichoq ko'tarilganini hech kim sezmay ham qoldi.

Sud. Afsus, hukm adolatli bo'lmadi. Na javobgarning o'sha kungi chuqur ruhiy iztirobi-affekt holati, na maxalla ko'yning Muzaffarga bergan ijobiy tavsiyanomasi inobatga olinmadi. Faqat xiyonatkor ayolning ko'z yoshlari , yolgon yashiq ko'rsatmalariga quloq solindi. Oilali ayolga nomalar bitgan jazmanning uzuuun qo'llari esa faqat adolatgagina bo'ysinishi kerak bo'lgan Sud'yalarning qaroriga ta'sir etmay qolmadi.

Jinoiy ishlar bo'yicha Toshkent viloyati sudining 2018-yil 5-martdagi hukmiga ko'ra Ergashev Muzaffar Muhiddinovichga O'zbekiston JK ning 25,97 moddasining 2-bandi qo'llanib 10 (o'n) yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Keyinchalik, yuqori tashkilotlarga yozilgan shikoyatlardan so'ng 2018-yil 17 avgustda sud xukmi o'zgartirilmay xukm uch yilga qisqartirildi. Ya'ni Muzaffar umrini etti yilini panjara ortida o'taydigan bo'ldi.

Ayolga nima bo'ldi dersiz. U soppa – sog'! Olingan tan-jaroxatini davolashga atigi 10 kun etarli bo'ldi. O'n kundan so'ng onasi bilan TTZ bozoriga limon sotgani ham chiqa boshladi. 1-hukumat kasalxonasida katta hamshira bo'lib ishlayapti.

Tavba deyman uni xatti-xarakatlarini kuzatib. Avvallari hiyonatkorning jazosi o'lim edi! Engiloyoqlar g'ururi poymol qilingan er, aka, uka, ota qo'lidan tirik chiqishi dargumon edi. Jazodan qutulib qolganlari el ichida boshini ko'tara olmay, bori -yo'qliklari bilinmay yashardi. Eng yomoni ularning xulqi etti avlodiga isnod keltirardi. Xozirchi? ! Mayli, xozir o'rta asrlarda emas, 21-asrda huquqiy demokratik davlatda yashayapmiz. Biroq…

Ochilib-sochilib, yal-yal yonib handon otib yurgan G.ning zarracha pushaymonligini ko'rmadim. Uyat, nomus kabi sharqona odob mezonlarini oyoq osti bo'lgani shu emasmi? Bir kun kelib xaqiqat ro'yobga chiqsa farzandlariga nima deydi?! Boshini baland ko'tarib quda-andachilik qila oladimi?!

Yoki o'shanda ham ichki ishlar bo'limida ishlovchi, xaliyam chiroyli smslar yozib turguvchi jazmani Ilxom Ismoilovga ishonadimi? Aynan shu Ilxomning sharofati bilan uch farzandining otasi M. Ergashev xali beri qamoqdan chiqa olmasa, Sil vs OITS kabi yuqumli kasalliklarga chalingan mahbuslar ichida o'lib ketsa o'zi xam bir kun Xudoning qahriga duchor bo'lmaydi deb kim kafolat beradi!

Aytgancha G.xonimning makrlari xali beri tugamasa kerak. U ozib to'zib ketgan turmush o'rtog'ini ziyorat ham qilib turadi. Qo'ynini puch yong'oqqa to'ldirib, kechirim so'rab, shu erdan chiqarib olishga va'da ham bergan Betini qattiq qilib qaynota -qaynonasi bilan kun ora gap talashib, kezi kelsa xaqorat qilib, eri smslarini ko'rib, rashkdan pichoqlab qo'ygan o'sha honadonda yayrab yashab yuribdi. 2-gurux nogironi bo'lib, sog'ligi yomonlashgan qaynotani esa umuman nazar pisand qilmaydi. ” O'ligimni o'g'lim erga qo'ysin” degan nolalariga miyig'ida kulib, yasangancha ko'chaga otlanadi. Xaftada uch kun uyga kelmay ham qo'yaveradi.

O'rtada javdirab qolgan farzandlar nima bo'ldi dersiz. Hech nima! Ular kimga ishonishni ham bilishmaydi. Erkaklik g'ururi va oila sha'nini deb mahbusga aylangan otagami, yoki jazmaniga ishonib bolalarini otasiz qoldirgan onagami?!

Ammo tarbiyasiz qolayotgani aniq. Chunki bunday ona balog'atga etib, ko'zga ko'rinib qolgan qiziga qanday ibrat bo'ladi?! O'rtog'lari ichida boshi ham bo'lib qolgan o'g'liga qanday nasihat qiladi bilmadim.

Siz nima deysiz azizlar? Balki tegishli idoralar shu jinoyat ishini qaytib ko'rib chiqib adolatli hukm chiqarishar!

Muazzam Ibroximova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube