O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Andijondan kelgan savolga javob

Andijondan kelgan savolga javob
02 Kasım 2019 - 2:29 'da yuklandi va 648 marta o'qildi.

Andijon sobiq Xo'qand xonligining muhim shaharlaridan biri. Hind-mo'g'ul davlati oliysining asoschisi, qahramon va adib sulton Boburning vatani va hozirda Farg'ona o'blastining uezd markazidir. Usmonlicha aytganda, qoyim maqomlik makon.

Ushbu shahardan olgan ajoyib bir maktubning bosilishi diqqatga loyiq, deb bildik. Sohibi maktub bizdan ham go'zalroq so'ylaganidan yozganlarini aynan naql qilamiz.

Yozadi:
«Muhtaram ustozimiz Ismoilbek janoblari! Andijonning ba'zi buyuklari menga aytadilar:
– «Sen Shalola, Turk Yurdu, Shahbal, Tarjimon, Vaqt va Iqbol o'qiysan. Nima uchun «Mirzo Bedil» va «Xo'ja Hofiz»larni o'qimaysan?»
Bu savolga javob bo'lgudek bir narsa ayta olmadim. Agar javobi bo'lsa «Tarjimon»da bosilishini o'tinib so'rayman. Agar javobi bo'lmasa, «bu yangi adabiyotni» suvga, otashga otib, vaktim boricha «Mirzo Bedil» va «Xo'ja Hofiz» mutolaasidan bosh ko'tarmayman.

Sulaymonzoda Abdulhamid Cho'lpon

***

Ey, mening sho'rpeshona shogirdim, senga va senga o'xshaganlarga darhol javob beramiz… Iltimos qilaman, hamon adabiyotni o'tda yondirmang, suvga botirmang! Meni «muxtaram ustoz» demang! O'ttiz yil dars berib, «adabiyot»ni yondirilishi to'g'risida eshitgan bir «ustoz» muxtaram bo'lmaydi, xam ustoz deyilishiga haqqi yo'q. U, u bir badbaxt muallimdir!

«Mirzo Bedil» Hindistonning Shayx Sa'diysi. Yozgan tamsillarida beradigan nasihatlari, darhaqiqat go'zal va foydali narsalar. Xo'ja Hofiz esa ma'lum…

Ularni bir, ikki, besh marta o'qing!

Ularda yangi va yoki eski adabiyotga qarshi aytilgan bir satr ko'rsangiz, menga xabarini bering… Ular inson kalamidan to'kilmish ulug' devonlar. Lokin ular «Qur'on» emas! Qur'oni azimush-sha'nning qirq jilddan iborat o'n bir turli tafsiri borki, ular «Kur'on adabiyoti» deyiladi.
Qardoshim, «adabiyot» o'tda yoqiladigan narsalardan emas, ruju' ila tavba qiling!

Mirzo Bedil, Shayx Sa'diy, Xo'ja Hofiz o'qitiladi, o'qitilishi kerak. Lekin, ularda bo'lmagan narsalarni o'qimoq va o'rganmoq kerak emasmi?

Ular to'rt-besh yuz yil muqaddam yozilgan narsalar: hozirgi asrga doir biror so'z yo'q. Bu kunni, bu asrni bilishni xoxlasangiz na Shayx Sa'diy rahbarlik qiladi, na Mirzo Bedil dalolat beradi. Zamonamizning tijorati, raqobati, idorasi va siyosatidan, ehtiyoji va zaruratidan, urushi va talashidan xabar va ma'lumot Mirzo Bedil yoki Xo'ja Hofizda yo'q.

Bularni bilish kerak bo'lsa iqbollarni, tarjimonlarni, vaqtlarni, turk yurdularni va bulardan boshkalarini o'qimoq kerak. Agar, kerak bo'lmasa, osmonga qarab, yulduz-larga, sayyoralarga boqqaningizcha turavering! Lekin, «adabiyotni yondirmang – ayb… Adabiyot sizga: – Joxil bo'ling, demas.

– Safil bo'ling, demas.
– Olamga kulgu bo'ling, demas.
– Dunyosevar kishi bo'ling, demas.
– Boshqa insonlarga nisbatan hayvon qoling, demas. Adabiyot o'tda yonmas, suvga botmas. Lekin, yondirganlarni yondiradi, botirganlarni botiradi, suvga emas, loyga, balchiqqa botiradi!

Botganimiz, yotganimiz oz bo'ldimiki, yana xohlaysiz?

Mirzo Bedil, Hofiz Sheroziy, Shayx Sa'diy, «Guliston» yoki «Anvarul-oshiqiyn» xo'b ulug' nomlar, xo'b marg'ub asarlar. Ular o'qilishi kerak. Lekin, ular etarli emas. Zamonamiz boshqa zamona, gurunglarimiz boshqa gurunglar. Asrning, zamonning kamolot va irfoni eski adabiyotda emas, yangi adabiyotda bo'ladi. Asr, zamonning hol va sadolariga quloq bering. Shuxratli islom olami bu kun bir «dorul-ojiziyn, makoni g'ofiliyn» holiga kelgan… Bu doiraning bir mahallasi Andijon, ikkinchi mahallasi Bog'chasaroy xarobalaridir.

Bu javobni har kimga aytishing mumkin. Maxfiy emas.

Ismoil Gasprinskiy, «Tarjimon», 1913 yil 27 noyabr'

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube