O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Begijon Ahmedov: SAYYoH (1)

Begijon Ahmedov: SAYYoH (1)
02 Kasım 2019 - 3:21 'da yuklandi va 601 marta o'qildi.

(voqeiy qissa)

Real voqealarga asoslangan ushbu qissada O'rta Osiyodagi davlatlardan birida istiqomat qiluvchi tadbirkor olim kishining boshidan kechirgan sarguzashtlari bayon qilinadi. Asar qahramoni atrofidagi ikkiyuzlamachi odamlarni tark etib, sog'ligini tiklash, o'zligini va Xudoni anglash, ziddiyatlarga to'lib ketgan qalbi bilan tanholikda suhbatlashish maqsadida olti oy davomida yolg'iz Pomir-Olay tog' tizmalarida ayiq va boshqa mahluqotlar qurshovida yashaydi. Ekstremal tog' sharoiti, yirtqich hayvonlar, radikal jihodchilar va hatto jinlar asirligidan omon chiqqan Sayyoh bu safardan iymoni sayqallanib, jismonan yosharib, ruhan poklanib qaytadi.

Ushbu falsafiy asarda ko'tarilgan olamshumul muammolar, odamlarning pul topishga huruj qo'yib, ma'naviy inqirozning kuchayib borayotgani, ayrim musulmonlarning o'z dini ahkomlarini noto'g'ri tushunishlari natijasida jahon miqyosida islomofobiyaning avj olishiga qisman sababchi bo'layotganlari, hamda vujudga kelgan ma'naviy bo'hrondan chiqish yo'llari haqidagi fikr va mulohazalar o'quvchini teran fikrlashga chorlaydi. Keng kitobxonlar ommasiga mo'jallangan.

Allohning cheksiz karami bilan 92 yoshni qarshilayotgan mehribon onajonim Hayrixon hoji ayaga ta'zim bilan bag'ishlayman.

EL NETIB TOPQAY SENIKIM…

Kitob muallifi Begijon Ahmedovni men allomamutafakkirlar hayoti va ijodini yoritgan tarixnavis adib, iste'dodli publitsist, taniqli jamoat arbobi sifatida bilardim. Bir kuni choy ustida Begijon aka bir tanishining boshidan kechirganlari asosida yangi kitob yozganini aytib qoldi. Zo'r ilhom bilan asar syujetini aytib berganda, qalbimda tezroq qo'lyozmani o'qib chiqish ishtiyoqi paydo bo'ldi. “Sayyoh” qissasi qo'lyozmasini o'qib chiqqach, men uchun (tez orada keng kitobxonlar doirasi uchun ham shunday bo'ladi, degan ishonchdaman) muallif iste'dodining yana bir qirrasi ochildi. Badiiy, bo'lganda ham, murakkab falsafiy, sarguzasht janrida bitilgan bu asardan qattiq ta'sirlandim, matnni tahrir qilish jarayonida o'zim uchun ko'p yangiliklarni kashf qildim. Muallif esa Islom dini tamoyil va arkonlarini yaxshi bilgan, islomofobiyaning, tafriqachilikning kelib chiqishi sabablarini keng tahlil qilgan islomshunos sifatida namoyon bo'ldi. Qissani o'z vaqtida, jamiyatimiz, – ehtimol hali o'zi idrok qilmagan holda, – mana shunday bitiklarga tashna bo'lib turgan paytda va shunga munosib muallif tomonidan bitilgan asar desak, mubolag'a bo'lmas.

Muallif aytib o'tganidek, “…bu dunyoga nega keldim, yashashdan maqsad nima, qaerdan kelib, qayoqqa ketamiz…” kabi savollar dunyo tanigan buyuk mutafakkirlarni ham, turli sabablar bois ilmga ishqi tushmagan omi odamlarni ham hamisha o'ylantirib kelgan. Ma'naviyat inqirozga yuz tutgan bugungi davrda bu savollar yanada dolzarb bo'lib qoldi. Muallif tili bilan aytganda bugun “har ikkisi ham omonatga berilgan, hayvoniy hirslardan holi bo'lmagan tana va ruhdan tarkib topgan inson biri-biriga zid ikki kuch – iymon va nafs kurashi qurshovida qolgan”. Mana shunday holatda, mening fikri ojizimcha, kimki fikr qilguvchilar, izlanuvchilar qatorida bo'lsa, demakki, Alloh unga o'z Hidoyatini beribdi. Dinsizlikka asoslangan sovet tuzumi parokanda bo'lgandan keyin jamiyatimizda boshlangan Yaratguvchimizni tanib, o'zligimizni anglash jarayoni hanuzgacha oson kechmayapti. Birovlar ma'naviy kamolotga intilib, dunyoviy ehtiyojlariga e'tiborini susaytirsa, boshqalar aksincha, pul topish ilmini puxta egalladilar. Ular qavat-qavat uylar qurib, uni uch metrlik qo'rg'on bilan o'rab oldilaru, Alloh bergan eng oliy ne'mat bo'lmish gavhari iymon qo'rg'onini xaroba holida, chinqiratib tashlab qo'ydilar.

Albatta, bu bilan biz, boy bo'lish yaxshi emas, demoqchi emasmiz. Aksincha… Dini Islom arkonlaridan yaxshigina xabardor bir do'stim dinimizning asosiy besh ruknidagi bir holatga e'tiborimni qaratdi. Ya'ni, Islomdagi birinchi – Allohga va uning so'nggi payg'ambariga iymon keltirishdan keyingi to'rtta shartni chiroyli ado etish uchun musulmonning moddiy tomondan ta'minlangan bo'lishi durust ekan. Ya'ni, namozni to'la-to'kis ado etish uchun musulmon sog'lom bo'lishi lozim. Sog'lom bo'lish uchun esa u yaxshi ovqatlanishi, chiroyli sharoitlarda yashashi, badan tarbiya bilan shug'ullanib, etishmovchilikdan kelib chiqadigan siqilish va g'am-g'ussalardan holi bo'lishi kerak.

Ro'za masalasida ham shu – musulmon o'ziga to'q bo'lsa, ro'za tutishga yaroqli salomatligi bo'ladi, muborak ro'za kunlarida o'zini, ota-onasi va ahli ayolini sifatli emak bilan ta'minlashi mumkin bo'ladi. Bundan tashqari iftorlik qilib, miskinlarga taom edirishdek savob amallar qilish imkoniga ega bo'ladi. Va nihoyat, badavlat musulmongina zakot to'lab, inshaAlloh, buyuk Haj ibodatini ham bajarish baxtiga muyassar bo'ladi. Qolaversa, muallif tilga olgan dolzarb muammo – ayrim yurtdoshlarimiz, ayniqsa yoshlarimizning turli adashgan oqimlarga kirib ketayotgani, ba'zi musulmon jamoalarining radikallashib borayotgani ham aksariyat hollarda moddiy muhtojlik va qashshoqlikdan kelib chiqmoqda. Bu borada ham asarda juda yaxshi fikrlar aytilgan. Muallif qissaning uzviy davomi sifatida bitgan esseda ta'kidlab o'tganidek, chinakam musulmon baxtli, to'laqonli hayotni faqat chin dunyo saodatiga etishishdan iborat deb qabul qilmasligi kerak. Jismimizga, ruhiyatimizga ozor beradigan tarkidunyochilik Islomdan emas. Shu bois bu dunyoda ham insondek, chinakam musulmon nomiga munosib holda yashash mezonlariga to'g'ri munosabatni shakllantirish – davr talabi bo'lib turibdi.

Boshqacha aytganda, ahli muslim va muslimalarga jismoniy xasta, moddiy va ma'naviy qashshoq yashashlik nomunosibdir! Vaholanki, gap molu-davlatga Alloh vaqtincha bergan ne'mat sifatida qarashda, umrini pul topish ilinjida havoga sovurib, hashamatga intilish emas, balki, inson qanchalik badavlat bo'lmasin, o'tkinchi mol-dunyo quliga aylanmay, qalb sofligini saqlab qolishi lozimligidadir. Rasullulohning “faqirlik faxrimdir” degan hadisining ma'nosi ham qashshoq yashashga intilish emas, Alloh bergan davlatiga, boyligiga bog'lanib qolmaslikdadir. Vallohi a'lam. Musulmon bandasi bugun shunday yashasinki, o'zgalar unga xavas qilsin, uning komil va solih amallaridan ibrat olishga intilsin. Ana shunda Islom dunyosi bugungi tarqoqlik va parokandalik, iqtisodiy qoloqlik botqog'idan sug'urilib chiqib, jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egallaydi. Buning natijasi o'laroq, ziddiyatlarga to'lib toshayotgan sayyoramiz go'zal, tinch va xavfsiz maskanga, dini, tili va madaniyati turlicha, lekin teng huquqli, inoq va baxtiyor insonlar yashaydigan guliston bir go'shaga aylanajak. Ishonchimiz komilki, asarni o'qigan har bir kitobxon muallif qalbining tubidan qaynab chiqib, asar satrlariga ingan iymon, insof, do'stlik, vatanparvarlik borasidagi, Alloh aql ato etgan insonning kelajak avlod, ona tabiat oldidagi mas'uliyati xususidagi fikrlarini taroziga solib, tegishli xulosalar hosilini yig'adi.

“El netib topqay menikim, Men o'zimni topmanom…” Shoyadki, buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy hazratlariga tegishli bo'lgan bu ikki misra bugun har birimizning ichki shiorimizga aylanib, o'zligimizni yo'qotmagan holda ikki dunyo saodatiga erishsak.

Abdumo'min Mamaraimov.

“O'zligini anglagan – Robbisini anglaydi”.
(Hadis)

1-BOB

Qachongacha yo'qlik sahrosida sarson yuramiz?
Balkim, yo'lin so'rab, haqiqat taraf ketarmiz?
Hofiz Sheroziy.

Anvar tuni bilan har xil tushlar ko'rib, bosinqirab chiqdi. U goh og'izlarini katta ochib, uni eyish ishtiyoqida ortidan quvlayotgan timsohlardan qochsa, goh ulfatlari bilan ziyofatda o'tirar, “Bo'ldi, bas qilinglar! Boshqa icholmayman, ertaga og'rib qolaman!” – deyishiga qaramay, do'stlari uning tomog'idan bo'g'ib, majburan og'zidan aroq quyishar edi. “Do'stlik uchun ich! Bizni hurmat qilsang, ich! Erkak bo'lsang, ich!” deya achchiq va o'ta taxir, bu safar negadir qo'lansa tezak hidi kelayotgan aroqni ichishga zo'rlab, irjayishar edi. U do'stlarining iskanjasidan chiqolmay bo'g'ilib, o'zini har yonga urar, peshonasidan ter quyilar edi…

– Yo'q, istamayman! Qo'yvorlaring meni! – deb qichqirgan ko'yi cho'chib, uyg'onib ketdi.
– Xayriyat-e, – dedi past ovozda o'ziga o'zi, yonidagi piyoladagi sovuq ko'k choyni sipqorish barobarida, – nima bo'lsa ham, bugun ketaman bu shahardan! Ketaman!

Uyg'onib, bir oz o'ziga kelgach, Anvar telefon apparatini oldi va kerakli raqamlarni terdi. Birov javob berishini ancha vaqt kutib turdi. Axiri, uy telefoni dastagini sakson yoshni qoralagan dadasi ko'tardi. Anvar oilada kenja o'g'il bo'lgani uchun erkinroq ulg'aygan edi.

Salom-alikdan ota Anvarning yana tog'larga, uzoq safarga ketayotgani haqidagi xabarini indamay eshitdi va so'ng dedi:
– Men bekorga seni “yomon bolasan”, demayman-da! Ishqilib, yaxshi bo'lib qaytgin. Ayiqlaringga salom ayt, bizdan. “Hayotga” qachon qaytasan innaykeyin?
– Kuzda qaytaman, dada…
– Qor yoqqanda, degin. Yaxshiyamki, qish degan fasl bor, bo'lmasa, undan ham ko'p yursang kerak edi, topdimmi?
Anvar indamadi.
– Mayli, bolam. Omonlikda ko'rishaylik. Bizdan ko'ngling tinch bo'lsin. Onang xavotirga tushmasligi uchun, unga biror gap toparman. Hech bo'lmaganda, yana Amerikasiga ketdi, derman.
Uzoq, oddiy odamlar uchun noodatiy, xatarlarga to'la
safarga otlangan iqtisod fanlari nomzodi Anvar Aliev
yo'l tadorigini ko'rish jarayonida umr yo'ldoshi Nasiba-
ga bor gaplarini aytib bo'lgan edi. Shu sabab ularning
xayrlashuvi qisqa bo'ldi.
– Yaxshi boring! Niyatlaringizga eting… G'alaba bilan qayting. Xudoyimga omonatsiz… Siz – toza odamsiz. Duoingizdaman!
– Xvatit, “vaxabistka”, yana da'vatingni boshlama, – dedi Anvar jufti halolini bag'riga bosar ekan, yarim hazil, yarim ta'kid ohangida.

***

Eski “UAZ” mashinasi shahar chekkasida joylashgan aeroportni ortda qoldirib, Sovet Ittifoqi davrida qurilgan asfal't yo'ldan Afg'oniston, Tojikiston va Qirg'iziston davlatlarining chegaralari kesishadigan hududda quloch yoygan Pomir-Olay tog' tizmasiga qarab g'izillab ketmoqda. Orqa o'rindiqda harbiycha “maskirovka” kiyimini kiyib olgan, biror narsani olishni esdan chiqarib qo'ymadimmi degan xayolda yonidagi katta yuk xaltasiga ora-sira ko'z tashlab qo'yayotgan Anvar Aliev xayollar ummonida suzib o'tiribdi.

Shahardan chiqqandan so'ng etti soat yurishgach, yo'lovchi mashinaning yon oynasidan tomosha qilib ketayotgan manzara kinotasmaga o'xshab suzib o'tayotgandek sekin-asta boshqacha tus ola boshladi. Shahardan keyin katta qishloqlar, so'ng esa kichik ovullar birin-ketin o'rin almashdi. Adirlar o'rnini tog' yonbag'irlari egallay boshladi. Asta-sekin elektr simlari osilgan simyog'ochlar ham ko'rinmay qoldi. Mashina tobora odamlar yashayotgan makondan, barcha sharoitlar mavjud zamonaviy tamaddundan yiroqlashib, tabiatning yaratilgan paytidagi qiyofasi saqlanib qolgan joylar tomon xuddi uzoq moziyga qarab sayohatga chiqqan “vaqt mashina”si misol sekinroq yura boshladi. Sababi odamlar ixtiro qilgan asfal't yo'l qoplamasi ham o'z nihoyasiga etgan, keksa “UAZ” avtomobil' kamdan-kam yuradigan ikki izli, o't-o'lanlar bo'y cho'zib turgan yo'ldan borar edi…

Ahyon-ahyon ko'rina boshlagan jonivorlar, yo'l chekkasida turgan, o'tirgan, yotgan ko'yi makonlariga qadam ranjida qilgan “chaqirilmagan mehmon”larga olazarak bo'lib qarab qolishar edi. Ular odam bolasi o'z hayotini engillashtirish uchun ixtiro qilgan g'ildirakli temir uyning ichiga kirib olib, nima maqsad bilan bu erlarga kelayotganini tushunolmay xavotirda edilar…

Begijon Ahmedov
(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube