O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Go'ri Amir maqbarasining kirish peshtoqiga nimalar yozilgandi?

Go'ri Amir maqbarasining kirish peshtoqiga nimalar yozilgandi?
03 Kasım 2019 - 14:12 'da yuklandi va 651 marta o'qildi.

Ma'lumki, Sohibqiron Amir Temur davrida ishlab chiqilgan har bir mahsulot – qurol, kosa, piyola va boshqa narsalaridan tortib imoratlariyu qabr toshlarigacha hikmatli so'zlar bitilgan. Ular bizni ogohlikka, bu o'tkinchi dunyoda iloji boricha vaqtdan unumli foydalanishga, haqni anglashga, adolatli bo'lishga, otdan ham uchqur vaqtimizning qadriga etishga, har bir narsadan hikmat izlashga undaydi. Amir Temur davridagi bitiklar insonning ma'naviyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biz ana shu hikmatli yozuvlarning hammasini ham bilmaymiz.

Biz sizlarga Go'ri Amir maqbarasidagi ba'zi yozuvlarni havola etmoqdamiz.

***

Maqbara hashamatli sakkiz qirrali asos ustiga qurilgan bo'lib, tashqi bezagi devorning marmarli izorasi tepasiga koshinlardan qiyalatib girih berilgan va ular orasida kufiy xatida Allohga aytilgan hamdu sanoni anglatuvchi «subhanollohu bihamdih va subhonollohul a'zim va bihamdih» degan duo yozilgan.

Gardish aylanasi bo'ylab ikki metr enlikda yozuv bo'lib, unda Qur'oni karimning «Mulk» surasi boshidan oxirigacha ustma-ust yozish uslubida bitilgan. Xonalarning ichki devorlari ham yirik hoshiyalarga ajratilib, mayda bezak naqshli yozuvlar bilan «Muhammad s.a.v. Alloh, Ali» so'zlari bitilgan.

Maqbaraga kiradigan uchta eshik hamda bitta mehrob bo'lib, bularning tepa va yon taraflarida gir aylantirib hadislardan juda nodir va sahihlari saralab yozilgandir. Ular quyidagidan iborat:
1. Kafa biddahri vo'izan va bilmavti mufriqan.
—Kishiga nasihat qilmoqqa zamonning o'zi kifoya qiladi. Uning ajramog'iga esa o'limning o'zi kifoya qiladi.
2. Ista'id lil-mavti qabla nuzulil-mavt.
—O'lim kelmasdan burun unga tayyorgarligingni ko'rib qo'y.
3. Mo min baytin min buyutillohi, yatluna kitoballohi va yadrisuna fima baynahum illa nuzila ladum raxmatun va g'oshiyaxum malaikatu va zikrollohu fimo indahum.
—Qur'oni Karim o'qilayotgan va o'rganilayotgan har bir uyga Allohning rahmati yog'iladi va Allohni zikr qilayotganlarni esa farishta o'rab turadi.
4. As-sultonu zillulohu fil arzi faman akramahu, akramahulloha va man ahonahu ahonahullohu.
—Podsho Allohnnig erdagi soyasidurkim, uni hurmat qilgan kishini Alloh hurmat qiladi. Uni xorlaganni Alloh ham xorlaydi.
5. Al-muksitina indallohu alal-manobiri minan-nuri.
— Muksitlar (kamtar kishilar) Alloh huzurida nurdan bo'lgan minbarlarda o'tiradilar.
6. Allazina ya'diluna fi hukmin so'atan xayrun min ibodati sittina sana.
—Bir soatlik adolat oltmish yillik ibodatdan yaxshidur.
7. Va qola alayhissalomu uzkuru mahosina mavtokum va kaffu an masovihim.
—O'tganlarning yaxshi fazilatlarini zikr qilinglar, yomonliklarini gapirishdan esa saqlaninglar, degan yozuvlar bor.

Shohistaxon O'ljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube