O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Xondamir (1473-76-1534)

Xondamir (1473-76-1534)
05 Kasım 2019 - 14:36 'da yuklandi va 318 marta o'qildi.

Hirotlik tarixchi Xondamir (to'la ismi G'iyosiddin Muhammad ibn Xoja Xumomuddin ibn Xoja Jaloluddin Muhammad ibn Burhonuddin) o'z asarlari bilan XVI asr boshlarida fan taraqqiyotiga kirib kelgan allomalardandir. Uning hayoti, ijodi haqida o'z asarlari, zamondoshlari yozib qoldirgan oz-moz ma'lumotlardan tashqari, deyarli boshqa ma'lumot yo'q.

Ona tomonidan u «Ravzat us-safo» («Musaffolik bog'i») muallifi, mashhur tarixchi Mirxondning nabirasi bo'lgan. Otasi Xoja Xumomuddin Muhammad ibn Xoja Jaloluddin Muhammad ibn Xoja Burhonuddin Muhammad Sheroziy o'z zamonining ziyolilaridan edi va Sulton Mahmud Mirzo Temuriyning (Hisori Shodmon va Badaxshonda hukmronlik qilgan) vaziri bo'lgan.

Xondamir 1473—1476 yillar orasida Hirot shahrida tug'ilgan va o'sha erda ta'lim olgan bo'lsa kerak, deb taxmin qilinadi. U tarix, adabiyot va inshoni puxta egallab, o'z zamonasining yirik olimi sifatida nom qozongan tarixchidir.

Xondamirning olim sifatida shakllanishida ma'rifatparvar shoir Mir Alisher Navoiyning hissasi katta bo'lib, u bo'lajak olimga, o'zining juda boy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat bergan va shu bilan birga ilmiy ishlariga rahbarlik qilgan.

Tarixchining o'zi haqida keltirgan ma'lumotlardan shu narsa ma'lumki, u yoshlik chog'idayoq Navoiy qo'liga kelgan, dastlab uning kutubxonasida kutubxonachi, keyinroq esa mudir bo'lib ishlagan.

Alisher Navoiy vafotidan so'ng, Xondamir Xurosondagi siyosiy voqealar girdobiga tushib, dastlab Balxga Sulton Husayn Boyqaroning to'ng'ich o'g'li Badiuzzamon Mirzo saroyida xizmat qiladi. Ayni shu paytda Badiuzzamon Qunduz hokimi Xisravshohni Shayboniyxon (1500-1510) lashkari tomonidan kutilayotgan hujumdan Xurosonni himoya qilishda ishtirok etishga og'dirish orzusida yuborilgan elchilar qatoriga Xondamir ham qo'shilib, shaxsan o'zi Badiuzzamonning maxsus topshirig'ini bajardi. Shu davrda unga «sadr» unvoni berilgan. Xondamir biroz fursatdan so'ng yana Badiuzzamon topshirig'iga binoan Shayboniyxonga qarshi tuzilgan ittifoqqa Kandahor hokimini birlashtirish maqsadida u erga jo'natildi. Ammo Badiuzzamon qizining vafoti tufayli Xondamir safarni to'xtatib, Hirotga qaytishga majbur bo'lgan va 1506 yili Shayboniyxon Hirotning zabt etishini shohidi bo'lgan hamda Xuroson markazi Hirotni topshirishdagi shartlarni ishlab chiqishda ishtirok etgan.

Sulolalar hukmronligi o'zgargandan so'ng, Xondamir Temuriylar sulolasining tarafdori bo'lganligi bois, Hirotdan ketishga qaror qiladi va 1507 yildan to 1510 yilgacha Shimoliy Afg'onistondagi Basht qishlog'ida ijod bilan shug'ullanadi. Hirot taxtiga Safaviylar sulolasi, uning asoschisi Shoh Ismoil (1407—1424) kelishi bilanoq, 1510 yili Xondamir Hirotga qaytib keladi. Shoh Ismoil vafotidan so'ng (1527) Hirotdan butkul yuz o'girib, Kandahorga, 1528 yili u erdan Boburiylar poytaxti Agraga (Hindiston) Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga o'tadi.

Xondamir Agraga kelgach, Boburning yaqin odamlari qatoridan joy oladi va 1529 yili Boburni Bengaliya va Gang daryosi sohili tomon qilgan yurishi paytida kuzatib boradi. Bobur vafotidan so'ng, uning vorisi Humoyunning (1530-1556) xizmatida bo'lib, 1534 yili u bilan birga Gvaliorda bo'ladi va Gujoratga qilgan yurishida qatnashadi. Ayni vaqtda, u «Humoyunnoma» asarini yozadi va bu xizmati uchun «Amir al-muarrixin» («Tarixchilar amiri») unvoniga sazovor bo'ladi. Xondamir 1534 yili Humoyun bilan Manduga qaytib kelayotganda vafot etadi. Uning vasiyatiga ko'ra jasadi Dehlidagi qabristonga — Nizomiddin Avliyo, shoir Xusrav Dehdaviylar yoniga dafn etiladi.

Xondamirning ikki farzandi — birining ismi Amir Mahmud, ikkinchisi Sayyid Abdulxon bo'lgan. Amir Mahmud Shoh Ismoil va Shoh Taxmasp (1524—1576) hukmronlik qilgan davr tarixini yoritgan asar muallifi bo'lib, asar Muhammadxon Sharafiddin Takaliyga bag'ishlangan. Ushbu asar «Ravzat us-Safaviya» («Safaviylar bog'i») da keltirilgan ma'lumotga ko'ra, o'sha davr olimlari orasida katta e'tibor qozongan.
Xondamir butun umri davomida, taxminan o'n uchta asar yozgan bo'lsa, bizgacha shu asarlarning sakkiztasi etib kelgan.

Muarrixning «Ma'osir ul-muluk» («Hamasr podshohlarning tarixi») asari Alisher Navoiy iltimosiga ko'ra va unga minnatdorchilik izhori tariqasida 1498-1499 yillarda yozilgan. Bu asar podshoh hamda qadimgi donishmandlarning xayrli ishlari haqida aytilgan hikmatnamo gaplarni o'z ichiga oladi. Jumladan, Qayumarsdan Anushirvongacha, Odam Atodan Buzurgmehrgacha bo'lgan hamda Muhammad payg'ambar va imomlar haqida bitilgan naqllardan iborat. So'ngra muallif Ummaviylar, Abbosiylar, Somoniylar, G'aznaviylar va boshqa sulolalarga tegishli hukmdorlar tarixi bilan birga Kurd podshohlari va turk xoqonlari tarixini yoritgan. Asarning oxirgi qismida Xusayn Boyqaro va Alisher Navoiyga zamondosh bo'lgan hukmdorlar, olimlar va donishmandlar haqida ma'lumotlar ham berilgan.

«Xulosat ul-axbor fi bayon ul-ahvol ul-ahyor» («Xayrli kishilar ahvolini bayon etish borasida xabarlar xulosasi») 1498-1499 yillar orasida yozilgan bo'lib, bu asar ham Alisher Navoiyga bag'ishlangan. Unda Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy zamonida Hirot va uning atrofida olib borilgan ulkan qurilishlar, qazilgan suv inshootlari, shuningdek, o'sha zamonda o'tgan shoirlar, olimlar, matematiklar, astronomlar, musiqashunoslar, shifokorlar, san'atkorlar haqida qimmatli ma'lumotlar bor.

«Makorim ul-axloq» («Olijanob xulqpar») asari ham Alisher Navoiyga minnatdorchilik ramzi sifatida yozilgan (lekin Navoiy vafot etib, Xondamir unga kitobni taqdim etishga ulgurmagan).

«Makorim ul-axloq»da Xondamir Navoiyning yuksak insoniy fazilati, olijanob axloqi, asarlari, uning tashabbusi bilan qurilgan binolar, unga zamondosh shoir, olim va fozil kishilar, shuningdek, Xurosonning o'sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Navoiy bilan Husayn Boyqaro orasidagi munosabatlar xususida hikoya qiladi.

Xondamirning «Dastur ul-vuzaro» («Vazirlar uchun qo'llanma») asari Alisher Navoiy iltimosiga muvofiq 1500 yili yozilib, Husayn Boyqaro va uning vaziri Amir Kamoliddin Mahmudga bag'ishlangan. Oradan to'qqiz yil o'tgach, 1509 yili asar qayta ishlangan va kengaytirilgan. Undan Sharq mamlakatlarining UN-XU1 asrlardagi tarixi, jumladan, Movarounnahr va Xurosonda Temuriylar sulolasi inqiroziga qadar o'tgan vazirlar, Chingizxonning vaziri, keyinroq mo'g'ullarning Xitoydagi noibi, xorazmlik Mahmud Yalavoch hamda uning o'g'li Chig'atoyxonning Movarounnahrdagi vaziri Mas'udbek to'g'risida ma'lumotlar joy olgan.

Allomaning «Nomai nomi» («Atoqli nomalar»)sida 1522 yidda kechgan voqealar bayon qilingan (Asarning «Inshoi G'iyosiddin» yoki «Inshoi G'iyosiy» degan nomi ham bor). Kitob insho ilmiga oid (stilistika, turli maktub va farmonlarni yozish qoidalari) bo'lib, Sharq mamlakatlarida o'tgan turli tabaqadagi tarixiy shaxslarga (shohdar, amirlar, sadrlar, qozilar, shayxlar, shoirlar) doyr ma'lumotlar, podshoh va xonlarning yorliq hamda farmonlaridan namunalar, ularni bitish tartiblari ham bayon etilgan. Asarning qimmati shundaki, asar ba'zi bir muhim mansablarning (parvonachi, munshiy, mustavfiy, ihtisob (muhtasib), qalantar, mubashshir, hofiz) kelib chiqishi, bunday mansab egalarining haq-huquqlari, vazifalari xususida so'z yuritadi.

Mirxondning «Ravzat us-safo fi sirat ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo» («Xalifalar, podshohlar, avliyolar hayotiga oid musaffolik bog'i») asariga Xondamir tomonidan 1522 yidda yozib tugatilgan ilova (7-jild) va «Jug'rofiy qo'shimcha» qismlar mavjud. Ettinchi jild mazmunan Xondamirning «Habib us-siyar» asarining uchinchi jild uchinchi qism ikkinchi yarmi mazmuni bilan mosdir. Asarning «Jug'rofiy qo'shimcha»si, taxminan 1495 yili Mirxond tomonidan yozila boshlagan va 1523 yilda Xondamir uning davomini yozib tugatgan. Asar mazmuni ham «Habib us-siyar»ga kirgan matndan tashkil topgan va bu o'rinda voqealarni «Habib us-siyar» orqali o'rgangan ma'qulroq deb o'ylaymiz.

Xondamirning eng yirik asari «Habib us-siyar» 1520—1524 yillar mobaynida yozilgan va vazir Karimuddin Xoja Habibulloh Sovajiyga bag'ishlanib, asar nomi ham qisman shu vazir ismi bilan bog'langan. Asarda qadim zamonlardan, to 1524 yilga qadar Sharq mamlakatlarida, xususan, Eron, Afg'oniston, Iroq va Markaziy Osiyoda sodir bo'lgan voqealar qalamga olingan. Uning XV asrning so'nggi va XVI asrning birinchi choragida Movarounnahr hamda Xurosonning umumiy ahvolini aks ettirgan uchinchi jild uchinchi va to'rtinchi qismlaridagi ma'lumotlar yangiligi bilan katta ilmiy qimmatga egadir.

Xondamirning «Humoyunnoma» asari «Qonuni Humoyun» nomi bilan ham mashhur bo'lib, Hindiston podshohi Boburiy Humoyun Mirzoga bag'ishlangan va 1535 yili yozib tamomlangan. Asardagi Humoyun Boburiylar davlatida hukmronlik qilgan davrida joriy etilgan yangiliklar, ahvolini uch tabaqaga, hokimiyatni esa to'rt idora usuliga bo'linishi va Humoyunning me'morchilik faoliyati haqidagi ma'lumotlar diqqatga sazovordir.

Xondamirning qolgan beshta asarining faqatgina nomlari ma'lum, xolos. Bular: «Osor ul-muluk va-l-anbiya» («Podshoh va payg'ambarlar haqida hikoyalar»), «Axbor ul-ahyor» («Yaxshi insonlar haqida xabarlar»), «Muntaxab-i tarix-i Vassof» («Vassof tarixidan say-lanma»), «Javohir ul-axbor» («Xabarlar gavharlari») va «G'aroyib ul-asror («Qiziqarli sirlar») deb nomlangan asarlaridir.

Navoiy asarlaridan shu narsa ma'lumki, Xondamir «Naqiy» taxallusi bilan she'rlar ham bitgan, biroq uning she'rlar to'plami bizgacha etib kelmagan, lekin ayrim parchalar «Humoyunnoma», «Makorim ul-axloq» va boshqa asarlarida qisman uchrab turadi.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, Xondamir Markaziy Osiyo, Afg'oniston, Hindiston tarixiga oid asarlar yaratgan va shu bilan birga jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo'sha olgan.

Yusupova D.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube