O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Begijon Ahmedov: SAYYoH (2)

Begijon Ahmedov: SAYYoH (2)
05 Kasım 2019 - 17:00 'da yuklandi va 355 marta o'qildi.

(boshi)

(voqeiy qissa)

Real voqealarga asoslangan ushbu qissada O'rta Osiyodagi davlatlardan birida istiqomat qiluvchi tadbirkor olim kishining boshidan kechirgan sarguzashtlari bayon qilinadi. Asar qahramoni atrofidagi ikkiyuzlamachi odamlarni tark etib, sog'ligini tiklash, o'zligini va Xudoni anglash, ziddiyatlarga to'lib ketgan qalbi bilan tanholikda suhbatlashish maqsadida olti oy davomida yolg'iz Pomir-Olay tog' tizmalarida ayiq va boshqa mahluqotlar qurshovida yashaydi. Ekstremal tog' sharoiti, yirtqich hayvonlar, radikal jihodchilar va hatto jinlar asirligidan omon chiqqan Sayyoh bu safardan iymoni sayqallanib, jismonan yosharib, ruhan poklanib qaytadi.

Ushbu falsafiy asarda ko'tarilgan olamshumul muammolar, odamlarning pul topishga huruj qo'yib, ma'naviy inqirozning kuchayib borayotgani, ayrim musulmonlarning o'z dini ahkomlarini noto'g'ri tushunishlari natijasida jahon miqyosida islomofobiyaning avj olishiga qisman sababchi bo'layotganlari, hamda vujudga kelgan ma'naviy bo'hrondan chiqish yo'llari haqidagi fikr va mulohazalar o'quvchini teran fikrlashga chorlaydi. Keng kitobxonlar ommasiga mo'jallangan.

Allohning cheksiz karami bilan 92 yoshni qarshilayotgan mehribon onajonim Hayrixon hoji ayaga ta'zim bilan bag'ishlayman.

***

2-BOB

Ichingda go'zallik borligi uchun sen go'zallikni ko'ra olasan. Dunyo oynaga o'xshaydi: unda har kim o'zining aksini ko'radi.
Paulo Koel'o.

– Yo'lning adog'i ikki tomonga ayriladi. O'sha joyda o'ngga ketsang – “Ayiqlar darasi”ga, chapga burilsang, “Subuday dara”siga ketasan degan belgilar bor. Biz chapga yuramiz. Mashinang tepalikka yurolmay qolgan joyda men tushib qolib, u yog'iga piyoda ketaman. Sen esa shaharga qaytaverasan, – dedi Anvar anchadan buyon davom etayotgan sukutni buzib.
– Bir o'zingiz bu baland tog'larda qanday yurasiz?
– Birinchidan, bu sening ishing emas, – dedi cho'rt kesib Anvar. – Ikkinchidan, yurasiz emas, qanday yashaysiz? deb so'rasang to'g'riroq bo'lardi, o'qimagan! Keskinroq bergan javobidan o'zi ham tortinib ketdi. Aslida u hazil aralash javob qilmoqchi edi. O'xshamadi. Haydovchi og'rindimi, boshqa biror og'iz gapirmadi. Manzilga etib kelishganda “UAZ”ning radiatoridan burqirab hovur chiqar, 2200 metr balandlikda havo etishmasligidan bo'g'ma kasaliga chalingan bemorday qiynalib, bo'g'ilib zo'rg'a yurayotgan motori esa nihoyat, to'xtab qoldi.

Haydovchi yigit kanistrdagi benzinlarni bakka quyib bo'lgach, zangori osmon va yam-yashil o'simliklar dunyosining latofati va tog'larning qorli cho'qqilari shukuhidan ta'sirlanib dedi:

– Aka, qarang, tabiat naqadar chiroyli! May oyida daraxt va o'simliklarga qarab to'ymayman. Bilasizmi, menimcha, may oyida o'simliklarni chang qoplab ulgurmagan bo'ladi. Shuning uchun ham tabiatning may oyidagi latofati va tarovati o'zgacha jilvagar bo'ladi! “Har bir odamning qalbida shoir uxlab yotadi”, deb bekorga aytilmasa kerak. Iboralariga qarang! Latofat, tarovat…”, xayolidan o'tdi Anvarning.
– She'r yozib turasanmi deyman, uka?
– Qayoqdan bildingiz? Ha… Uch-to'rt yilda bittaikkita, deganday. Lekin ularni birovga o'qitmaganman, to'plamayman, ochig'i, yozgan varaq va daftarlarimni doim yo'qotib yuraman. Yoshim 35da. Lekin orzularim ko'p, ulardan ham armonlarim bisyor. Aka, bilsangiz, har yili kuzda men o'zimni o'zim rosa so'kaman.
– Nega?
– Sababi, tirikchilik deb, sahar uydan chiqaman va ishga ketaman. Oyligim oz, bu mashina bir korxonaniki. Iloj topilishi bilan bo'sh vaqtda shahar ko'chalarida odamlarni tashib, 5-6 tanga pul ishlayman. Kun-u tun pul topish ilinjida yuraman. Xayolim oilam tashvishi va tirikchilik o'tkazish muammolari bilan band. Siz she'rni aytasiz… O'zimni tergashimga sabab esa, qishi bilan bahorni sog'inaman va chillaning sovuq tunlarida “Navro'z kelib, daraxtlar bo'stonga, adirlar gulistonga aylanganda, borib rosa tomosha qilaman! Adirlarda to'xtab, mashinadan tushib, loloqizg'aldoqlarni, qo'ng'iroq gul, gulisafsarlarni miriqib hidlayman! O'rik, gilos, ayniqsa, olma gullaganda ham, albatta to'yib-to'yib hidlayman. Gullab, atrofga muattar ifori tarayotgan mevali daraxtlar tagida o'tiraman. Zavq bilan tomosha qilaman, xuddi yaponlar sakura gullaganda bayram qilib, chamandek ochilgan giloslar ostida o'tirishganday… Parvardigor yaratgan go'zalliklardan bahramand bo'laman, oilamni tez-tez adirlarga olib chiqaman! Albatta, olib chiqaman”, deb niyat qilaman har yili… Lekin… Har doimgiday, o'rik gullaganda bir suyunib qo'ygan ko'yi, gilosning, olmaning, nastarinning oshufta bo'lib gullaganini hatto bilmay ham qolaman. Ko'zim ko'radi, lekin, qalbim ularga ahamiyat bermaydi.
– Nega?
– Chunki xayolim ko'z oldimda ochilib turgan atirgulda emas, yo'l chetida turgan yo'lovchida yoki ertalab xotinim yodga solgan oila kamchiliklari, olish kerak bo'lgan narsalar bilan band bo'ladi…
– Afsuslarkim, ko'pchilik shunday hayot kechiradi, dedi Anvar, miyig'ida gunohkorona jilmayib. – Mening o'zim ham. Kelasi yili bolalarimni gul tergani, albatta, olib chiqaman, deb niyat qilasan, kishi. Lekin… Ish deysan, vaqt deysan, bordi-keldi deysan, har yili shu. Oxiri aybni zamonga yuklab, umring o'taveradi. Lekin ayb zamonda emas, o'zimizda. Qanday yashash har bir odamning o'ziga bog'liq. Turmushning tuganmas ikir-chikirlari, hoyu-havaslari po'rtanasida suzish ham, hech bo'lmasa ora-sira to'xtab, hayotdan zavqlanish, o'zligingni anglash, o'nglash va odamga o'xshab yashash ham!

Aytmatov aytganday: bu dunyoda odamdek yashash qiyin, lekin kun sayin odam bo'lib qolish undan ham qiyinroq. Haydovchi tasdiq alomatida bosh irg'adi va baland tog' cho'qqisidan ko'zini uzmay so'radi:

– Xo'v anavi cho'qqilardagi qorning qalinligi qancha
bor?
– Qor ko'p yoqqan yillari bir metrdan oshadi! “Fi-fuvv” deb hushtak chalib yubordi haydovchi. Bir og'iz sovuq so'z tufayli ikki soatcha so'zlashmay kelgan ikki notanish odam endi ming yillik tanishlarday samimiy suhbatlashar edi. Balkim, odam bo'ynidagi turmush deb atalgan bo'yinturuq, shaharning shovqin-suronlaridan, yolg'on-u firiblari, kibr-u riyolari, ortiqcha hasham va dahmazalaridan zerikkan qalblar ming yillik tog'u-toshlarning ulug'vor sukunati, ona tabiatning ibtidoiy go'zalligi ularni maftun qilib, azaliy umuminsoniy armonlar haqida suhbat qurishga ilhom bergandir?

* * *

Barcha sayyoralar qatori, Er kurrasiga, unda istiqomat qilish baxtiga muyassar bo'lgan bani bashar farzandlarining rangi, irqi, tili, kasbu amali, boylik va martabasidagi farqlardan qat'i nazar, hammasiga yorug'lik va issiqlik nurlarini birday saxovat va mehr ila teng ulashib turgan quyosh Yaratgan zimmasiga ortgan vazifasini ado etar ekan, nimadandir uyalganday qizargan holda bota boshladi.

Balki u Er yuzidagi ongli mahluqlarning qilgan gunohlarini, yashash tarzini ko'rib uyalgandir?. Mavlono Rumiy hazratlari: “Boshqalar aybini berkitishda tun kabi bo'l”, deganlarida inson qalbini tarbiyalash barobarida kun va tun hikmatini ham ochib bergan bo'lsalar ne ajab:

Shafqat-u marhamatda quyosh kabi bo'l!
Boshqalarning aybini yashirishda kecha kabi bo'l!
Saxovat va jo'mardlikda oqar suv kabi bo'l!
Shiddat va g'azabda o'lik kabi bo'l!
Tavoze' va xokisorlikda tuproq kabi bo'l!
Qanday bo'lsang, shunday ko'rin,
Qanday ko'rinsang, shunday bo'l!

Begijon Ahmedov
(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube