O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

MAZLUMNI HIMOYa QILGANI UChUN

MAZLUMNI HIMOYa QILGANI UChUN
06 Kasım 2019 - 21:51 'da yuklandi va 510 marta o'qildi.

“BBS radiosi”ning xabar berishicha, O'tgan hafta O'zbekiston Almatidan Toshkentga uchib borgan tadqiqotchi va faol Evgeniy Buninni aeroportdan qaytarib yuborgan.

Bundan avval Bunin O'zbekistonga bir necha bor safar qilgan.

U o'zbek rasmiylarining qarorini o'zining Xitoydagi musulmon uyg'urlarni himoya qilishga qaratilgan faoliyatiga bog'laydi.

“Men 2018 yildan buyon Markaziy Osiyodaman. Qozog'istondagi faollar bilan ishlayman. Ba'zan O'zbekistonda ham bo'lib turaman. Aktivizm uchun emas. Chunki O'zbekistonda aktivizm yo'q va yaqin orada bo'lishiga ham shubha qilaman. Shunchaki, O'zbekiston menga yoqadi. Men xohlagan joydan turib ishlashim mumkin. Buning uchun menga komp'yuter va internet bo'lsa bo'ldi. Olma-Otadagi ishlarimni tugatib, Buxoroga yo'l olgandim. Qishda Buxoroda qolishni rejalayotgandim.Chunki Buxoro menga Qoshg'arni eslatadi. Ammo 1 noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportidan meni ortga qaytarishdi. Qo'limga deportatsiya qog'ozini berishdi. Sababini so'radim, ammo aytishmadi. “O'zingiz bilishingiz kerak ” deyishdi. Aytishlaricha, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligining xabari bor. Ammo haligacha Tashqi ishlar vazirligi bir narsa degani yo'q. Men O'zbekistondan chiqarib yuborilishimni to'g'ridan-to'g'ridan uyg'urlar bilan bog'liq faoliyatimga bog'layman”, – deydi tadqiqotchi.

O'zining aytishicha, u o'tgan qish bir necha oy davomida Buxoroda bo'lgan va u erdan turib faoliyat olib borgan.

“Ammo O'zbekiston siyosatiga aralashganim yo'q va O'zbekiston qonunlarini buzmadim”, – deya ta'kidlaydi tadqiqotchi va inson haqlari faoli.

Buninning aytishicha, bundan bir yarim oy avval u Toshkentda bo'lgan va u erda o'zbek ziyolilari bilan Shinjon mavzusida gaplashgan.

“Mahalliy faollar bilan kechki ovqat ustida uyg'urlar haqida suhbat qurdik. Men Shinjondagi vaziyat haqida baralla gapiraman. O'zbekistonda ham uyg'urlar haqida bilishni istagan odamlar bilan bir marta uchrashganman. Ammo bularning birontasi ham tilga olinmadi. Hech qanday tushuntirishsiz, meni samolyotga o'tqazib yuborishdi”, – deydi u.

Bunin Xitoyning o'zi “kontslager” deb ta'riflaydigan qamoqxona-lagerlaridagi 5 mingdan ortiq uyg'ur va boshqa musulmon ozchiliklarga oid hujjat-dalillarni to'plagan.

Shahit.biz ma'lumotlar bazasiga joylashtirilgan dalillar qamoqdagi qurbonlarning yaqinlari bergan guvohliklarga asoslanadi.

Bunin bir muddat Xitoyda, uyg'urlar orasida yashagan va uyg'ur tilini o'rgangan.

2018 yil aprelida Xitoy uni Qoshg'ardan chiqarib yuborgan.

Sukunat

O'zbekiston Evgeniy Buninning chiqarib yuborilishi yuzasidan hech qanday izoh bermagan.

Rasmiy Toshkent va mintaqadagi boshqa davlatlar Xitoyning uyg'urlar borasidagi siyosatini dastaklaydi.

O'zbekistondagi rasmiy OAVlar Xitoydagi uyg'ur va boshqa musulmonlar mavzusida sukut saqlab keladi.

Mahalliy jurnalistlar uyg'urlar mavzusining tsenzura qilinishini aytadilar.

Mamlakatdagi uyg'ur ozchiligining aniq soni ham noma'lum.

1989 yilda o'tkazilgan aholini ro'yxatga olish natijalariga ko'ra, o'sha payt O'zbekistonda 36 000 uyg'urlar yashagan.

Ammo uyg'urlarning o'zlari raqamlar ancha ko'pligini aytishadi.

O'zbekistonda uyg'urlarning rasman uchta milliy-madaniy markazi mavjud.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat Qozog'iston Shinjondagi ba'zi faollarning Xitoyga topshirilishiga qarshilik ko'rsatgan.

Rasmiy Ostona uyg'urlar Sharqiy Turkiston deb ataydigan Shinjondagi musulmonlarning vaziyatini Pekin bilan muzokaralarda ham ko'targan.

Shu yil sentyabrida AQSh Davlat Kotibi Mayk Pompeo Markaziy Osiyo davlatlarini Xitoyning etnik uyg'urlarni topshirish talabiga qarshilik ko'rsatishga chaqirgandi.

AQSh Davlat Kotibining so'zlariga ko'ra, uyg'urlarni tutib berish talabining Xitoy da'vo qilayotgani kabi terrorizmga qarshi kurashga aloqasi yo'q.

Pompeoning ta'biricha, bu “ozchilik madaniyati va dinini butkul yo'q qilib yuborish harakatidir”.

Shu yil avgustida BMT Inson Huquqlari Kengashidagi 20 dan ortiq davlat Xitoyning Shinjondagi uyg'urlarga muomalasi tanqid qilingan murojaatnomani imzolagan.

Ularning orasida bironta ham musulmon davlatning yo'qligi e'tiborni tortgan.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube