O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Begijon Ahmedov: SAYYoH (3)

Begijon Ahmedov: SAYYoH (3)
08 Kasım 2019 - 14:46 'da yuklandi va 419 marta o'qildi.

(boshi)

(voqeiy qissa)

Real voqealarga asoslangan ushbu qissada O'rta Osiyodagi davlatlardan birida istiqomat qiluvchi tadbirkor olim kishining boshidan kechirgan sarguzashtlari bayon qilinadi. Asar qahramoni atrofidagi ikkiyuzlamachi odamlarni tark etib, sog'ligini tiklash, o'zligini va Xudoni anglash, ziddiyatlarga to'lib ketgan qalbi bilan tanholikda suhbatlashish maqsadida olti oy davomida yolg'iz Pomir-Olay tog' tizmalarida ayiq va boshqa mahluqotlar qurshovida yashaydi. Ekstremal tog' sharoiti, yirtqich hayvonlar, radikal jihodchilar va hatto jinlar asirligidan omon chiqqan Sayyoh bu safardan iymoni sayqallanib, jismonan yosharib, ruhan poklanib qaytadi.

Ushbu falsafiy asarda ko'tarilgan olamshumul muammolar, odamlarning pul topishga huruj qo'yib, ma'naviy inqirozning kuchayib borayotgani, ayrim musulmonlarning o'z dini ahkomlarini noto'g'ri tushunishlari natijasida jahon miqyosida islomofobiyaning avj olishiga qisman sababchi bo'layotganlari, hamda vujudga kelgan ma'naviy bo'hrondan chiqish yo'llari haqidagi fikr va mulohazalar o'quvchini teran fikrlashga chorlaydi. Keng kitobxonlar ommasiga mo'jallangan.

Allohning cheksiz karami bilan 92 yoshni qarshilayotgan mehribon onajonim Hayrixon hoji ayaga ta'zim bilan bag'ishlayman.

***

3-BOB

Ona mehri cheksiz qudratga ega, ibtidoiy, xudbinroq, lekin ta'masiz.
U hech narsaga qaram emas.
Teodor Drayzer.

To'lg'oqning chidab bo'lmas azoblariga dosh bera olmay ingrog'-u faryod aralash o'kirib, chor-atrofni larzaga keltirgan, to'lg'onib, jon holatda talvasaga tushgan urg'ochi ayiq nimqorong'i, zah handakda birin-ketin dunyoga kelgan egizak farzandlariga ko'zi tushishi bilan barcha og'riqlarni unutdi… U endi ONA AYIQ degan ulug' darajaga, bola tug'ib, avlodini davom etdiruvchi degan maqomga ko'tarilgan edi. Parvardigor shu yirtqich hayvonga ham onalik mehri degan sirli hilqatni o'z qudrati ila berib qo'ygan edi…

* * *

Homilasining vaqti-soati etib kelgan ayollar ko'pincha soatlab to'lg'oqda qiynalib, ikki dunyo oralig'ida turgan, 360 bo'g'inu, barcha mushaklari buralib og'rib, go'yoki mingta tishi birvarakayiga og'rigandek azoblanganda o'zlarini koyishar ekan: “Shunisini tug'ib olay, omon qolsam, ikkinchi tug'mayman!”. Biroq, eson-omon ko'z yorib, doyalar go'dagini qorniga yotqizishganda, yorug' olamga kelib, endi ko'zini ochayotgan chaqalog'ining hidini tuyishi bilan, uning murg'ak yuziga ko'zi tushishi bilan… boyagina o'ziga o'zi ichgan “qasami” yodidan ko'tarilar ekan. Sevinchdan oqayotgan ko'z yoshlarini artib-artmay go'dagini turmush o'rtog'iga ko'rsatishni istab qolar ekan. Qiz tuqqan bo'lsa o'g'il, o'g'il tuqqan bo'lsa qiz tug'ish orzusi ona qalbining bir chekkasida yana nish ura boshlar ekan. Bir soniyada Allohning mehribonligi ila butun og'riqlar qayoqqadir g'oyib bo'lib, homiladan xalos bo'lgan ayol farishtaday engil tortib qolar ekan…

* * *

Ona ayiq sarg'ish tovlangan jigarrang, tumshuqchasi birinchi tug'ilgan sherigidan sal uzunchoqroq, ovozi ham nozikroq, tug'ilib-la oldingi oyoqlaridagi tuklarga yopishgan qonlarni yalab, tozalash bilan ovora bo'layotgan bolasi “qiz” ekanini o'zi anglamagan bir tuyg'u bilan fahmladi. Qorachig'i ham, yunglari ham qoramtirrog'i, tug'ilishi bilan qilgan ishi “do'q” aralash “g'o'-g'o'”lab baqirgani, onasining siynasiga yopishib, ovqat talab qilgani aniq o'g'il edi. Agar ayiqlarda ham ism qo'yiladigan bo'lganda Ona ayiq ularning rangiga qarab qizini “Mallaxon”, o'g'lini esa “Qoravoy” deb nomlagan bo'lar edi. Po'mpaloq “Qoravoy” tumshug'ini qanchalar onasining siynasiga nuqimasin, qanchalar emak ishtiyoqida so'rmasin, niyatiga etmadi. U xarxasha qilib ingrab, baqira boshladi. Onasi esa uning usti-boshini yalab, tozalash bilan ovora edi. Shu tobda olamda undan baxtliroq ayiq yo'q edi!

Ona ayiq erini hatto eslab ham qo'ymadi. Uning eri gul ko'tarib, yo'g'-e, tishlab, uning yoniga ko'rgani ham kelmaydi. Chunki ayiqlarning odatiga ko'ra, erkak ayiq urg'ochi ayiq bilan “nikoh kechasi”ni o'tkazgach, unda hech qanday “qarzi va farzi” qolmas ekan. Homilador ayiq bolalarining otasini boshqa ko'rmas va izlamas ekan. Erkak ayiqlarda ayrim insofsiz odamlardek “oila” degan tushuncha bo'lmas ekan. “Qoravoy” sherigiga qarab turib, uning o'ziga oro berishiga g'ashi keldi. Bir sakragan edi, uning yoniga tushdi va birinchi qilgan ishi uning qorniga kalla qo'yish bo'ldi. Orqa oyog'ini ko'tarib, tumshug'ini oldiga tortgancha uni tozalash bilan band bo'lgan “Mallaxon” kutilmagan zarbdan ag'darilib tushdi va ingray boshladi. Bu holat “Qoravoy”ga kulgili tuyuldi. U yana birin-ketin engil turtkilar bilan sherigini yumalatib o'ynadi. Unisi qanchalik qiynalsa, bunisi shunchalar xursand bo'lib yoqimli qichqirar edi. Ona ayiqning qiziga rahmi kelib, oldi oyog'ini bolalari o'rtasiga qo'ydi. “Qoravoy” nogahon qulog'iga tegib ketgan bahaybat, qalin yungli narsadan qo'rqib, orqasiga tisarildi. Uning ko'ziga onasining qayrilgan, uzun tirnoqlari qo'rqinchli narsaga o'xshab ko'rindi. Bu holatdan “Mallaxon” ham o'z foydasiga qo'llandi: u ham o'ylanib turgan akasini mo'ljallab bir sakradi-da, “Qoravoy”ning biqiniga kalla qo'ydi. U dod solib yig'lay boshladi. Endi xursand bo'lish navbati singilga kelgan edi…

Etti muchasi sog' tug'ilgan ayiqchalarning onalari panohidagi baxtli hayoti boshlangan edi. Odam bo'yi yoqqan qor hali-beri erishni xayoliga keltirmas, ona zamin bag'ridan ko'tarilib chiqqqan tog'u toshlar tizmasi 20 daraja sovuqdan rohat olib, yastanib yotar edi.

Begijon Ahmedov
(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube