O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Ӯzbekistonda kadrlar siyosati kasodga uchragan

Ӯzbekistonda kadrlar siyosati kasodga uchragan
09 Kasım 2019 - 11:06 'da yuklandi va 731 marta o'qildi.

Yaqinda Zoyir Mirzaevning Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlanishi haqidagi postimda oxirgi uch yildan beri mas'ul lavozimlarga hammamizga otning qashqasidek tanish bӯlib qolgan eski, Karimov davridan buyon sudralib kelayotgan 7-8 odam bilan kechayotgani haqida yozgandim. Svetlana Artikovaning yangi lavozimni tayinlanishi fikr bildirishda unchalik adashmaganimni tasdiqlasa kerak.

Svetlana Artikovaning Ӯzbekiston Respublikasi Bosh prokurori ӯrinbosari lavozimiga tayinlanishi mamlakatimizda kadrlar siyosati tom ma'noda kasodga uchraganidan, ӯtgan 25 yil davomida Toshkent Davlat Yuridik universiteti malakali mutaxassislar etishtirib chiqarmaganidan, bundan 15-20 yil oldin yuridik institutini tugatgan minglab kadrlar ichidan shu kunga qadar bosh prokuror lavozimini egallay oladigan darajaga erisha olgan mutaxassisga aylangan atigi bitta ham kadr shakllanmaganidan dalolat emasmi?

Agar ӯtgan yillar davomida malakali kadrlar etishib chiqqanida, balki shu paytgacha ayrim sohalarga haqiqiy mutaxassis bӯlmagan kadrlarni tayinlashdan voz kechilarmidi?! Shuningdek, bir paytlar egallab turgan mansabini suiste'mol qilgan, jinoiy ishlar figurantlari bӯlgan shaxslarni mas'ul lavozimlarga rahbar qilib tayinlashga chek qӯyilarmidi?!

Svetlana Artikovaning Bosh prokuror ӯrinbosari lavozimiga tayinlanishi har qanday kishida shubha uyg'otmay qӯymaydi. Axir Artikova xonim ham qonunlarimizni mensimaydiganligini ochiqcha namoyish qilgan shaxslardan biri ekanini kӯpchilik biladiku! Qonunlarimizni tan olmaydigan, mensimaydigan, qonunlarga rioya qilmaydigan kishi qanday qilib qonun himoyachisi bӯlishi mumkin?

Fikrimiz quruq gap bӯlib qolmasligi uchun faktlarga tayanamiz.

2017 yilning iyul' oyida senator Svetlana Artikova Xalqaro press-klub va “Biz uchun muhim” hamkorligida ӯtkazilgan Oliy Majlis Senati a'zolarining yarim yillik faoliyatiga bag'ishlangan uchrashuvda jurnalistning ӯqituvchilar, shifokorlar va maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarining kӯcha tozalash ishlariga jalb etilishiga doir savoliga: “Siz bilan biz yashaydigan erning yuzini siz bilan biz tozalamasak, tashqaridan kelgan odam tozalab beradimi? Toshkentda chiqindi tashiydigan maxsus avtomobillar tӯlib ketib, chiqindilarni tashishga ulgura olmayapti. Tozalash ishlarini ham kimdir qilishi kerak-ku?”, deb javob qaytargandi.

Holbuki, yurtimizda majburiy mehnat qonun bilan ta'qiqlangan. Qonun posbonining bu javobi esa, mavjud qonunlarni oyoq osti qilish hisoblanadi. Boshqa hech narsa emas!

Eng qizig'i shundaki, omma oldida majburiy mehnat tarafdori ekanini baralla bildirgan senator Svetlana Artikova oradan hech qancha vaqt ӯtmasdan, majburiy mehnatga qarshi komissiya rahbari bӯlib tayinlandi.

Xӯsh, S. Artikova Majburiy mehnatga qarshi komissiya raisi paytida sohada nimalarga erishildi?

Byudjet tashkilotlarining paxtaga chiqarilishi tӯla-tӯkis bartaraf etildimi?

Askarlaru kursantlarni paxtaga chiqarish tӯxtatildimi?Sanayversak tugamaydi, aksincha yangi-yangi qirralari ochilaveradi. Ichki ishlar organi xodimlarining paxta terimiga jalb qilinishi bunga yaqqol misol.

Ӯqituvchilarni ta'til paytida maktab ta'miri ishlariga majburiy jalb qilish barham topdimi?

Ha, deb javob bergan va javobini isbotlay olgan odamdan xato fikrim uchun kechirim sӯrashga tayyorman (bu yil kechirim sӯrash yili munosabati bilan kechirilaman degan umiddaman. Agar unday bӯlmasa, Majburiy mehnatga qarshi komissiya raisi bӯlgan paytda mavjud kamchiliklarni bartaraf eta olmagan rahbar qanday qilib Bosh prokuror ӯrinbosari lavozimiga munosib bӯla oladi?

Bizningcha, Bosh prokuror ӯrinbosari lavozimiga eski kadrlardan emas, hech ikkilanmasdan yangi, yosh xodimlar ichidan tayinlash kerak edi. Chunki eski kadrlarning tosh yog'sa tovoniga botmaydigan darajaga tushib qolgani haqiqatga yaqinroq. Yosh kadrlar esa, baribir biror yangilik qilishga talpinadi.

Hukumatimizda shaffoflik qaror topish ӯrniga omma, xalq bilmaydigan sir-sinoatlar kundan-kunga kӯpayayotgani achinarli. Biroq yuqoridagilar xalqni “lox” deb ӯylashni, hech narsani bilmaydi deb anglashni bas qilishi kerak! Bugungi xalq kechagi xalq emas!

Ro'ziboy Azimiy
Manba:facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube