O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Mirziyoev maqsadga erishish uchun hech narsadan qaytmaydigan odam”

“Mirziyoev maqsadga erishish uchun hech narsadan qaytmaydigan odam”
09 Kasım 2019 - 18:23 'da yuklandi va 1085 marta o'qildi.

“Uzmetronom” internet nashri O'zbekiston parlamentining kelasi oy o'tadigan qo'shma majlisida hukumatga ishonchsizlik bildirish masalasi kun tartibiga qo'yilishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan.

Nashrning o'z manbalariga tayanib bildirishicha, parlamentning qonunchilik palatasi deputatlari joylardagi hokimiyat idoralari faoliyatini o'rganish maqsadida viloyatlarga safar qilishmoqda.

Ularning hisoboti O'zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning iste'fosiga sabab bo'lishi mumkin.

Bi-bi-si suhbatlashgan rasmiy siyosiy partiyalarning vakillari bu xabarni tasdiqlashgani ham, rad etganlari ham yo'q.

Bi-bi-si “Uzmetronom” nashri muharriri Sergey Ejkov bilan bog'lanib, hukumatning iste'fosi haqidagi taxminlar nimalarga asoslangan, deb so'radi.

Sergey Ejkov: Yodingizda bo'lsa, yozda parlamentning qo'shma majlisi bo'lib o'tdi va unda hukumatning faoliyati “qoniqarsiz” deb topildi. Bu hukumat yomon ishlayapti, degani. Bu, mening nazarimda, hukumatga bir ogohlantirish edi. Qishda, yil yakunlari sarhisob qilingan mahal, mening taxminimcha, hukumatning iste'fosi masalasi kun tartibiga qo'yiladi. Faqat bosh vazir emas, balki butun hukumatning. Ya'ni almashtiriladigan bo'lsa, butun hukumat almashtiriladi. Bu narsa qonunchilikda aniq-taniq ko'rsatib qo'yilgan, nima uchun amalda tadbiq etilmasin?

Bi-bi-si: Axborot vositalari, jumladan, sizning nashringiz Mirziyoevning iste'fosini birinchi marta bashorat qilayotgani yo'q. Ammo O'zbekistondagi butun muammolarga qaramasdan, Mirziyoev ham, undan kichikroq amaldorlar ham iste'foga yuborilayotgani yo'q. Qolaversa, janob Mirziyov Prezident Karimovning ehtimoliy merosxo'rlaridan biri sifatida ko'riladi…

Sergey Ejkov: Bu noto'g'ri. Men bilmayman, kim Mirziyoevni merosxo'r sifatida ko'radi, ammo, mening nazarimda, bu noto'g'ri qarash. Uning uzoq vaqt hokimiyatda qolayotganining siri menimcha, mustahkam xo'jalik ishlari boshqaruvchisi ekanida. Mirziyoev maqsadga erishish uchun hech narsadan qaytmaydigan odam. Mamlakat rivojlanishining qaysidir bosqichida bu kabi boshqaruvni qabul qilish mumkindir. Ammo mamlakat ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan charchagan payt, bunday rahbarlardan qutulish kerak. Xuddi Sovet davridagi kabi. Yodingizda bo'lsa, Sovet davrida qattiqqo'l xo'jalik rahbarlari o'rniga savodli muhandislar kelishgan. Mening nazarimda, merosxo'r butunlay yangi odam, yangicha yondashuv va qarashdagi odam bo'lishi kerak. Agar Shavkat Miromonovich merosxo'r bo'ladigan bo'lsa, unda hech narsa o'zgarmaydi. Biz hozir qanday yo'ldan borayotgan bo'lsak, yana shu yo'ldan ketaveramiz.

Bi-bi-si: Ammo O'zbekistonda siyosiy va iqtisodiy yo'nalishni bosh vazir emas, balki prezident belgilaydi. Prezidentning o'zi hozirgi yo'lning to'g'ri emasligini anglab etganmi?

Sergey Ejkov: Menimcha, prezident hatto biz bilmagan ko'pgina narsalarni ham anglab etgan…

Bi-bi-si: Ammo O'zbekistonda prezidentdan boshqa omma nazaridagi siyosatchilar yo'q. Butunlay yangi odam keladi, deb umid qilishga asos bormi?

Sergey Ejkov: Bilmasam. Menimcha, O'zbekiston hukumati, unga yaqin doiralarda yangicha fikrlaydigan, mamlakat iqtisodini hozirgi turg'unlikdan olib chiqishga qodir insonlar bor.

Bi-bi-si: Prezident Karimovning siyosiy merosxo'rlikni ta'minlash haqidagi nutqidan buyon roppa-rosa bir yil vaqt o'tdi. Amalda hokimiyatni tinch yo'l bilan o'zgartirishning mexanizmi qaror topib ulgurdi, deb ishonasizmi?

Sergey Ejkov: Albatta. Bunday mexanizm avvaldan bor edi, oxirgi paytlarda to'ldirildi, kengaytirildi. Prezident o'z konsepsiyasida ilgari surgan tezislarning hammasi parlament tomonidan qonuniylashtirildi. Jumladan, hukumatga ishonchsizlik bildirish tartibi ham. Men o'zbek xalqi inqilobiy o'zgarishlarni istaydi, degan fikrlarga qo'shilmayman. Odamlar hokimiyatning har qanday qadamiga moslashishga o'rganishgan va ko'pincha hokimiyatdan yordam kutib o'tirmay, muammoni o'z kuchlari bilan hal qilishga urinadilar.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube