O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

NEGA BIZNI ALDASh OSON?

NEGA BIZNI ALDASh OSON?
10 Kasım 2019 - 13:51 'da yuklandi va 740 marta o'qildi.

Haëtimizni qiyinlashtiraëtgan narsalarning ko'pi miyamizda joylashgan. Miyamizdagi vasvasa qurti bois qurbimiz etmasa ham qarz havola to'y qilamiz. Ayni vasvasa bois loxotronlar qurboni bo'lamiz. “H'yuman” degan idora chiqibdi, Germaniya, Chexiya va Kanadaga ishga yuborar ekan.

“O'sha mamlakatlarda sal qimirlagan oyiga besh ming dollarni indamay topar ekan”, degan cho'pchakni miyasiga quyib olganlar kuyib qolishdi. “Borma, kuyasan!” desa ham quloq solishmaydi. Ular ënib turgan shamga o'zini urib halok bo'lgan parvonaga o'xshaydi. Ularni o'sha loxotron sari undaydigan narsa bu miyadagi stereotiplar.

Stereotip nima?

Stereotip aslida bosmaxona termini. Gazeta chiqishidan oldin uning matni qo'rg'oshinga quyilib, bir qolip ichiga zichlab qo'yiladi. Ana shu qolipning ustiga bo'ëq surtib, gazeta chop qilingan. O'sha narsaning oti stereotip. Boshqa ma'nosi esa miyamizga qo'rg'oshinday quyib olganimiz o'zgarmas fikr. Masalan, Germaniyada o'g'ri yo'q deymiz. Chunki stereotip shunaqa. Bizga Germaniyadagi kunora o'g'irlik aks etgan statistikani ko'rsatishsa ham ishonmaymiz. Bizga reallikdan ko'ra miyamizga quyib olganimiz – stereotip aziz.

1914 yilning 2 noyabrida Chor Rossiyasi Usmonli imperiyasiga qarshi urush ochgan edi. O'zbeklar o'qigan tarix kitobini o'rislar ëzgani bois aksar o'zbeklar miyasida turklarga qarshi nafrat bor.

6 noyabr' kuni Samarqand shahrining Qorasuv massivida Agromir Buildings shirkatiga qarashli Motrid qurilish maydonida mahalliy o'zbeklar turk ishchilarini kaltakladi.

Nima sabab bo'lgani haqida gapirishdan oldin o'zbeklar o'ziga mehmondo'st va musofirparvar degan sifatlarni ëpishtirib olganini eslatsam.

1989 yilning iyun' oyida Quvasoydagi mahalliy aholi mesxeti turklarini pogrom qilgani tarixga qora dog' bo'lib ëzilgan. Biz esa o'zimizga mahlië bo'lamiz. O'zimiz haqimizda cho'pchaku stereotiplar to'qiymiz.

Shunday stereotiplardan biri “Hammasi o'z-o'zidan yaxshi bo'ladi”, degan gap. Said Ahmad hikoyalaridagi ona “Mana, ko'rasan, bolam, hammasi yaxshi bo'ladi”, deydi. Ammo nimagadir bu gap o'z tasdig'ini topmaydi. Haët mashaqqatlari qatma-qat bo'laveradi. Joriy haftada buxanka non qimmatladi. Xalqning o'z ehtiëji uchun chetdan olib kiradigan moliga yana boj solish rejalandi.

Bu haqda gapirishi kerak bo'lgan rasmiy matbuot esa prezident qizining tug'ilgan kunini ëzib o'tiribdi. Prezident kuëvi esa Dubay shahzodasiga ëzgan ziëfatini ko'z-ko'z qiladi.

Bir paytlar Toshkent gubernatori Kaufmanning shapkasiga sig'inib nomoz o'qiganlar, Stalinga sig'inganidan siyvorganlar, Lenin bobom deb yurib, Karimov dodam deb yig'laganlarning bolalari Mirziëev qizini tug'ilgan kuni bilan tabriklab ëtibdi.

Karimov davrida “Jannatdan habarlar” degan TV format yaratgan Ko'chimov degan bezdar shig'irchi O'zA sahifasida Prezident qizini tug'ilgan kuni bilan muborakbod qildi. Insonlik bir tiyin bo'lmadimi? Buni ko'rgan quësh ham uyalganidan bulut ostiga yashirindi.

Bir payt Gulnora deb hangragan to'da bugun yangi prezident qizini maqtab ëtibdi. Bunday poda yana qaerda bor?

Bu haqda gapirsang “Ha, nima qipti, poshshoning qizi”, deyishadi. Bular O'zbekistonda podsholik tizimi yo'qligini bilishmaydi.

Prezident saylab qo'yiladigan davlat xizmatchisi ekanligini hatto yurist diplomi bor tog'alar ham bilmaydi. Xalq prezidentni sayladi. Uning qizi, ammasi, xolasi va ichkuëvlarini emas.

Osmonimiz musaffo

Il'ya Il'f va Evgeniy Petrovning «O'n ikki stul» asari qahramoni Ellochka-odamxo'rning lug'ati 30 so'zdan iborat bo'lgan. FBdagi ba'zi birodarlarniki 30 so'zga ham bormaydi.

“Fitna”, “Amerika portlab ketsin”, “Zato tinchlik”, “Osmon musappo” va yana odam ëzishga uyaladigan sakkizta so'z.

Ba'zan O'zbekistonda ommaviy aqldan ozish yuz berdimi, deb o'ylab qolaman.

Tsukerberg feysbukni yaratib, milliardlarni ishladi. San-Frantsiskoga millionlab soliq to'ladi. U bu ishni o'z stolida o'tirib o'zi amalga oshirdi, xorijiy investitsiyasiz. Po'lat eritmadi. Kon qazimadi.

“Uber”, “Bla bla kar”, (Uber, bla bla car – mashina chaqirish uchun maxsus mobil ilova) va “Eyr bi en bi” (Airbnb – dunyo bo'yicha qisqa muddatli kvartira ijarasi uchun onlayn maydon) aql mahsuli.

Mashinasiz avtobaza va binosiz mehmonxona qurish uchun aql kerak. Aqldan kelsa boylik, turmush bo'lar chiroylik. Million yil oldin och qolgan kimdir qozon ixtiro qilib, ichida tomoq pishirgan. Ya'ni bu million yil oldin uchun zarur ixtiro. Ammo bu bilan bugun Afriqodagi tam-tam qabilasini ham hayron qoldira olmaysiz.

Bugun O'zbekistonda katta qozon yasab, ichida tomoq pishirdik, deb maqtanganlardan biri Allamjonov bo'ladi. Bu degenarat matbuotni cheklaydigan idoraning kattasi. Qolganlar esa “qabrdan qo'l chiqdimi ë yo'qmi”, deb o'tirishibdi. Tug'maydigan xotin azayimxonga borsa ham baribir tug'maganidek, maktab o'rniga cho'pchak eshitganlar ideya tug'may qo'ygan.

Garantiya beraman, bular yana 10 yildan kein ham “qabrdan qo'l chiqdimi”, deb o'tirishadi. Faqat ularning soni bugungidan ming marta ko'p bo'ladi. Har xotin uchtadan tug'sa moshin olaman deb.

Bitta Jumanazar akaning 21 ta farzandi bor kosmosda. O'tmishga qarab shitob bilan ketaveringlar. Roxi safed. Tovoningizga sovun.

Cho'pchaklar davom etmoqda

Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov bir yilda qilgan ishini 2 daqiqaga sig'dira olmadim, deb cho'pchak aytib ëtibdi.

Keling, shu odamning qilgan ishini men bir daqiqaga sig'dirib beray. Bosing knopkani, vaqt ketdi.

“Avtotsest” orqali sho'pir va bug'alterlarni shilish davom etdi.

– “Adabiët” gazetasiga nega “Muhammad Solih ismini zikr qilding”, deb ikki marta dag'dag'a qilindi.

– “Minbar.o'z” ëpildi. To'g'ri.o'z” ëpildi. – Jurnalist Mahmud Rajab 5 yil shartli jazoga tortildi.

– Bloger Nafosat Olloshukurova jinnixonaga tashlandi.

– “Eltuz” saytini sindirish uchun million dollar sarflandi.

– “Ozodlik” va “Eltuz” O'zbekistonda bloklanganicha turibdi. – O'zbekiston matbuoti ëmonlar ichida eng ëmon.

Bolasini o'ldirib jasadini ëqqanlar

Bu qavm bir narsa desa teskarisini tushunavering. “Qarzni qaytaraman”, desa qaytarmaydi. “Qornim to'q” deydi, aslida och. “Nomusliman” deydi, ammo Dubayda jalablik navbatiga ëzilgan. Javobini kutyapti. “Bolajon xalqmiz” deydi, ammo eng ko'p kaltak bolasining boshida sinadi. Bolalarini sotib eydi. O'ldiradi va hokazo. Masalan, 4 noyabr', yakshanba kuni toshkentlik aël A.V. melisaga sim qoqib, 5 yashar qizini Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan Compass savdo majmuasida yo'qotib qo'yganligi haqida ma'lum qildi. Aslida u qizini o'ldirgan edi.

Tezkor-tergov guruhi A.V. va uning shar'iy nikohdagi eri M.F.ni qotillikda aybladi.

25 oktyabr' kuni kechasi soat 03:00 atrofida er-xotin farzandini urib, do'pposlab, qasddan o'ldirgan.

So'ngra sodir etilgan jinoyatni yashirish va jazodan qutulish maqsadida ular murdani yo'qotish rejasini tuzishdi. Jasadni yo'l sumkasiga joylashtirib, shu kuni tongda Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi ijaraga olingan dala hovliga olib borishdi.

Murdani o'choqda yoqishdi, so'ng yonmay qolgan qoldiqlarini qopga solib, Chirchiq daryosiga tashlab yuborishdi.

Otamizni o'ldirgan onamizni darbadar qilgan Stalinga nega sig'indik?

Nega bu qavm ustiga tosh ëg'maydi? Nega biz o'zimizni aldaymiz? Cho'pchaklarga ishonish bizga ota-bobolar sunnati. Dunëdagi eng ëvuz va eng qonxo'r diktator Stalinga o'zbeklarchalik sig'ingani kam bo'lgan.

“Levada tsentr” tashkiloti tarafidan rossiyaliklar orasida o'tkazilgan so'rovda qatnashganlarning 77 foizi Stalin siësatini qo'llashgan. Stalin siësatini qo'llaganlar orasida ëshlar ko'pchilikni tashkil qilgan. Bundan tashqari, ëshi 18 dan 24 gacha bo'lgan respondentlar Stalin jinoyatlari haqida bilmasligi ham aën bo'lgan.

Rossiya mediamaydonida bo'lgan o'zbeklarnimg aksariyati Stalinni ulug'laydi.

Odamlarning ko'zini ochay, deya taniqli jurnalist va videobloger Yuriy Dud' joriy yil boshida Kolimadagi Stalin lagerlari haqida fil'mni suratga olib, tarmoqda namoyish qildi.

Dudning matbuotga aytishicha, fil'mdan maqsad ëshlar ongidagi totalitarizmga moyillik zehniyatini o'zgartirish.

Aniqroq aytsak, miyamizdagi cho'pchaklarni chippakka chiqarish.

Shu kungacha ijtimoiy tarmoqda Yuriy Dudning fil'mini bitta YouTube kanalining o'zida 17 milliondan ziëd odam tomosha qildi.

Ammo shu 17 million odam orasida o'zbeklar oz. Chunki ular Stalinni jinoyatchi deb bilishmaydi. Ularning maqoli – “Otasini o'ldirganga onasini berish”. Yana ham to'g'rirog'i, ësh avlod rus tilini yaxshi bilmaydi.

Bu ëshlar tushunsin, deya bloger Nurbek Alimov boshchiligidagi guruh kinoni o'z cho'ntagidan pul sarflab, o'zbek tiliga tarjima qildi.

“Kolima – qo'rquvlarimiz vatani” deb nomlangan bu fil'm dublyajini amalga oshirgan guruhga shoën tahsinlar bo'lsin.

Rashidov metro qurmagan

1879 yili amerikalik olim Tomas Edison elektr lampochkani kashf qildi. 1910 yilda Xivada elektr stantsiyasi qurilib, shahar qisman elektrlashdi. Lekin nimagadir odamlar lampochkani Lenin o'ylab topdi, degan cho'pchakka ishonib yurishdi. Umuman, ular cho'pchaklarni yaxshi ko'radi. Shunday cho'pchaklardan biri Toshkentdagi metroni Rashidov qurdirgani haqida.

Metro SSSR gosplani asosida qurilgan. Chukchalar va boshqa tub aholi rahbariyatida buni na tezlashtirish va na o'zgartirish huquqi bo'lmagan.

Moskvada 1935 yili metro qurildi. 1960 yili Kievda, 1966 yili Tbilisida, 1967 yili Bokuda, 1975 yili Noviy Afon shahrida, 1984 yili Minskda, 1977 yili Toshkentda, 1981 yili Erevan va Novosibirskda, 1986 yili Krivoy Rog va Gorkiy shaharlarida metro qurildi.

Buning hammasini sovmetrostroy, gosnab va minfin respublika puliga, gosplan rejasiga ko'ra qurgan. Respublika “dohiysi”ga lenta qirqish uchun qaychi berilgan, xolos.

“Rashidov metroni qurdirgan”, degan cho'pchakni musorga tashavoringlar. SSSR gosplaniga ko'ra, aholisi ma'lum sondan oshgan shaharlarda metro qurilgan. Rashidov bo'ladimi ëki Kremlning boshqa gumashtasimi, farqi yo'q. Darvoqe, Rashidov davrida O'zbekistonni paxta quliga aylantirish va ruslashtirish avjiga chiqqan. U bir sotilgan gnida edi. Ëzgan kitoblarining esa adabiy-badiiy ahamiyati nol'.

Bu gaplarni ëzib tursam, bir suruv odam “Rashidov Moskvadan o'z xalqi uchun pul undirdi”, degan jevachkani chaynab ëtishibdi. Ey baraka topkurlar, Riga va Tallinda o'quvchilar basseynli maktablarda o'ynab-kulib ta'lim olaëtgan paytda o'zbek o'quvchilari darsni qoldirib, dalada paxta terishga majburlangan edi.

Erevanu Tbilisi o'z tili va madaniyatini ko'kka ko'targan paytda Rashidov rus tilini O'zbekistonda “ikkinchi ona tilimiz” deya ulug'lagan.

Toshkent aholisining 51 foizini o'ris qilgan. O'sha paytda Germaniyada chop qilingan “Hur Turkiston uchun istiqlol gazetasi” Rashidovni “rus oshig'i” deya ëzgan edi. Mirtemir Mirabdullaevni millatchi deya qamattirgan ham, paxta monopoliyasi bois Orolning qurishiga sabab bo'lganlardan biri ham Rashidov edi.

Rashidovni maqtash o'rniga borib tezak terib kelmaysizlarmi? Axir sovuq eshik qoqmoqda.

Sovuqni oldindan his qilish

Qaldirg'ochlar uchib ketib qolganiga ancha bo'ldi. Kimdir komanda berganday birdan ketib qolishdi. Yaqindagina Sergeli tarafda o'z ishim bilan yurib, turnalar sasini eshituvdim-a.

Bugun qarasam, turnalar ham ketib qolibdi. Ularga qo'shilib Zomindagi g'ozlar ham issiq o'lkalarga uchib ketishdi.

O'zbekistondagi “Qizil kitob”ga kirgan tuvaloqlarni qon qaqshatgan Dubay valiahdining shunqorlari ham “O'zbekiston havo yo'llari” uchog'i salonida yurtiga qaytib ketishdi.

Odamlar ham qishga hozirlik ko'ra boshladi. Olis qishloqlardagi momolar Toshkentdagi o'g'ilning Chilonzordagi dvushkasida qishlash uchun ko'ch-ko'ronini avtobusga ortib kela boshlashdi.

Sandiq va ishkoplarda naftalin sepilganicha turgan issiq guppi va to'nlar olinib, kuz quëshiga ëyib qo'yildi.

Dehqonlar mosh, loviya, lavlagi, turp, sabzi va barangini yig'ishtirib olish taraddudida g'imirlaydi.

Ko'tara savdo qiladigan jalloblar dehqonlar ustida qora kalxatday uchib yuribdi. Ular ëdlab olganday, bir xil gapni aytadi:

“Charchab qopti molingiz. Tezroq qutulmasangiz, chirib ketadi”

Kuz quëshi ko'zni qamashtirsa ham tanni isitmaydi. Shuniyam boriga shukur. Ëmg'ir sepalaydi.

Yaqinda sovuq boshlanadi. Mamlakatning g'arbiy qismida sovuq bilinib ham qoldi. Ustyurtda qor ëg'di. Xorazmda eru xotin va ikki bolasi kechqurun pechka ëqib ëtishdi va uyg'onishmadi. Qiëmatda uyg'onishadi endi. Qo'qondagi oila ham is gazidan o'ldi.

Ko'klamu ëz o'z o'rnini kuzga bo'shatib berganiga ikki oy bo'ldi. Bir oydan keyin qish. Odamlar mavsum o'zgarishi ustidan hukm o'qilgan jinoyatchi kabi sokinlik bilan qabul qilmoqda.

Ustidan hukm o'qilib, koloniyaga ketadigan mahkum o'sha koloniyada bir amallab o'lmay yashashni o'ylaydi.

Mahkum allaqachon adolat haqida o'ylamay ham qo'ygan. U endi na advokatga, na prokurorga ishonadi. Prezidentning adolat haqidagi gapi uni ilgarigiday to'lqinlantirmaydi.

Unga adolat emas, issiq paypoq va qamoqxona bratvasi va nozirlari orasidan tanish-bilish topish zarur.

15 oktyabr' kuni Buxoroning Olot tumanidagi bir qishloqqa avtobus keldi.

Odamlarni Rossiyaga olib ketuvchi xususiy avtobus. Avtobus ichidagilarning ko'zlariga qaradim.

Ularning ko'zida tabiiy ofat yuz bergan joydan qutulib ketaëtgan odam xushnudligi aks etgan edi.

Avtobusni kuzataëtgan aëllar va bolalar ko'zida esa havas va o'kinch bor edi…

Shu erda to'xtay. Kuz haqida ëzganim esse yana siësiy pamfletga aylanmasin.

Axir hamma ketgani yo'q.

Qarg'alar yuribdi. Zag'chalar xursand. Mana, chumchuq yuribdi. Shaharlik chumchuq. Rauf Parfi misralarini esladim:

Ey shaharlik chumchuq,
Yuraverasanmi is bosib.
Ketmaysanmi uzoq uzoqlarga
Uchib uchib….

Rauf Parfi she'rlari ichiga huzunli bir musiqa joylashgan. Bu musiqa bugun boshi darddan chiqmaëtgan el farëdi kabi unsiz. Va'z finaliga qo'shiq qo'ying, deb so'rashdi muxlislar. Munisaning “Sakramento” qo'shig'ini qo'ysam odamlar ustidan kulgan bo'lmaymanmi?

Taniqli nemis kinochisi Fayt Xel'mer o'z fil'mi finali uchun qo'shiq izlaydi. Uzoq izlanishdan so'ng Chokar g'azali bilan aytiladigan “Mustahzod”ni tanlaydi. “Eltuz” muxbiri bilan Berlinda uchrashgan Xel'mer “qo'shiq ichidagi original ritm uni lol qilganini” aytdi. Xel'merga ko'ra, dunëda ritm va ohang ko'p, ammo ular orasida originali kam.

Husning quli to bo'ldi jahon mulkida paydo, ey sho'xi parizod,
Solding oni ishqi boshima kulfati savdo, qilg'il manga farëd.

Assalom, O'zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Manba: Eltuz,com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube