O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Begijon Ahmedov: SAYYoH (4)

Begijon Ahmedov: SAYYoH (4)
10 Kasım 2019 - 14:19 'da yuklandi va 578 marta o'qildi.

(boshi)

(voqeiy qissa)

Real voqealarga asoslangan ushbu qissada O'rta Osiyodagi davlatlardan birida istiqomat qiluvchi tadbirkor olim kishining boshidan kechirgan sarguzashtlari bayon qilinadi. Asar qahramoni atrofidagi ikkiyuzlamachi odamlarni tark etib, sog'ligini tiklash, o'zligini va Xudoni anglash, ziddiyatlarga to'lib ketgan qalbi bilan tanholikda suhbatlashish maqsadida olti oy davomida yolg'iz Pomir-Olay tog' tizmalarida ayiq va boshqa mahluqotlar qurshovida yashaydi. Ekstremal tog' sharoiti, yirtqich hayvonlar, radikal jihodchilar va hatto jinlar asirligidan omon chiqqan Sayyoh bu safardan iymoni sayqallanib, jismonan yosharib, ruhan poklanib qaytadi.

Ushbu falsafiy asarda ko'tarilgan olamshumul muammolar, odamlarning pul topishga huruj qo'yib, ma'naviy inqirozning kuchayib borayotgani, ayrim musulmonlarning o'z dini ahkomlarini noto'g'ri tushunishlari natijasida jahon miqyosida islomofobiyaning avj olishiga qisman sababchi bo'layotganlari, hamda vujudga kelgan ma'naviy bo'hrondan chiqish yo'llari haqidagi fikr va mulohazalar o'quvchini teran fikrlashga chorlaydi. Keng kitobxonlar ommasiga mo'jallangan.

Allohning cheksiz karami bilan 92 yoshni qarshilayotgan mehribon onajonim Hayrixon hoji ayaga ta'zim bilan bag'ishlayman.

***

4-BOB

Go'zallik uni tomosha qilayotgan odamdan ko'ra,
unga hissiyot bilan intilayotganning yuragida kuchliroq nur sochadi.

Xalil Jibron.

Subuday darasida quyosh ufqqa bosh qo'ygach, uning o'rnini kattakon oy egallab, makon uzra hukmronlikni o'z qo'liga oldi. Tongga qadar oy o'z nurlari bilan darani mayin yoritib, u erda ro'y berayotgan voqealarni yuqoridan turib kuzata boshladi. O'rta Osiyodan tortib O'rta er dengizigacha bo'lgan mamlakatlarni va diyorlarni bosib olgan Chingizxon, Ugedey va Botuxonlarning mohir lashkarboshisi Subuday botirning nomi bilan atalgan tog'li darada tungi oy shu'lasida yolg'iz odam yuqoriga qarab ildam qadam bosib ketmoqda. Uning iqboliga havo ochiq, o'n besh kunlik to'lin oy atrofga nur sochar edi. Uch chaqirimcha yo'l yurgach, elkasidagi kattakon yuk xaltaning og'irligidan yo'lovchining nafas olishi qiyinlashib, dam olish uchun to'xtadi. Yuklarini erga qo'yishi bilan shunday engillik his qildiki, qanoti bo'lsa shu onda parvoz qilishga tayyor edi.
– Salom, tog'l-a-a-r! Salom, tabi-a-a-t! Salom, yulduzl-a-ar! – ovozining boricha baqirdi Sayyoh.
-…Yulduzl-a-a-a- r, … l-a-a-a- r, …ar-arr-arrr! – aks-sado berdi qoyalar.
– Men qaytib keldi-i-i-m!
– …D-i-m-m-m, …i-m-m-m, …m-mm-mm! – javob qildi aks-sado.

Tungi jimlikni buzgan bu salomlashishdan chor-atrofdagi kakliklar cho'chib, “pirr” etib uchib ketishdi. Daraxtlarning tanasini o'yib, o'ziga in qurib olgan tebsa-tebranmas boyo'g'li ham shirin mudrog'ini buzgan kimsadan norozi bo'lib tahlikali “huv-huv”lashga kirishdi. Bir onga jimib qolgan chigirtkalar esa bir daqiqa o'tar-o'tmas, yana chirillab, o'z kuylarini chala boshlashdi. Butun atrofni qoplagan o't-o'lanlar orasidan sudralib yuruvchi, arqonsimon bir jonzot “G” harfiga o'xshab boshini ko'tardi. O'ngu chapga olazarak bo'lib qararkan, tez-tez tilini tashqariga chiqarib qo'yardi. U gerdayib turgani bilan ichida qo'rqinch jo'sh urar, o'tkir ko'zlari shoshib xatar manbasini izlamoqda edi. Daraxt ostidagi odamni payqashi bilan jonivor xuddi eli chiqarilgan pufakday birdan erga shalpayib tushdi. Omon qolish ilinjida “vishillab”, o'z ini tomon shiddat bilan sudralib ketdi…

Bu katta hududdagi tabiiy muvozanat birgina odamning kelishi bilan buzilganday edi. Aslida esa bu g'ayrioddiy inson farzandi bu joylarga maskan muvozanatini buzgani emas, o'z qalbining muvozanatini rostlash uchun kelgan edi…

Olis-olislardan bo'rilarning cho'ziq uvillashi eshitilar, ularning oyga qarab nimalar deyayotgani hech kimni qiziqtirmas edi. Nafasini rostlab, bir oz tin olgan tungi yo'lovchi bo'rilarning vahimali ovozi taralayotgan tomonga qarab yurdi.

Begijon Ahmedov
(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube