O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'rta osiyoda milliy-hududiy chegaralanish

O'rta osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
11 Kasım 2019 - 13:50 'da yuklandi va 799 marta o'qildi.

Mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining “milliy davlatlarini tashkil qilish” niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924—25). Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani bo'lgan. 1918—24 yillarda mavjud bo'lgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va an'analari jihatidan bir-birlariga juda yaqin bo'lishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: o'zbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirg'izlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan o'zlarining asl Vatani deb bilganlar.

Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston o'lkasini bo'lib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Xususan, bu jarayon Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat 1924 yilda, asosan, mag'lubiyatga uchraganidan keyin o'zining so'nggi bosqichiga qadam qo'ydi. 1924 yil fevraliyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va RKP(b) MK O'rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zo'r berib ish olib borishdi. Turkiston va Buxoro Kompartiyalari MKlari huzurida maxsus, keyinchalik hududiy va boshqalar maxsus komissiyalar tuziddi.

1924 yil 12iyunda RKP(b)MK Siyosiy byurosi O'.O'rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish to'g'risida maxsus qaror qabul qilgach, 15 iyulda RKP(b)MK O'rta Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi. Hududiy komissiya tarkibiga F.Xo'jaev, A. Rahimboev, S. Xo'janov, Q.Otaboev, R.Islomov, N.Aytoqov, yilAbdurahmonov, I. Aydarbekov, I. Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk, X.Saxat Muratov va boshqalar siyosiy arboblar kirgan edi.

1924 yil 16 sentyabrda Turkiston ASSR ning navbatdan tashqari sessiyasi, 20 sentyabrda Butun Buxoro xalq vakillarining 5qurultoyi, 2 oktyabrda Butun Xorazm xalq vakillarining 5qurultoyi bu masalani ko'rib chiqib, O'rta Osiyoning milliyhududiy chegaralanishi to'g'risida qaror qabul qildilar. Mazkur qarorlarda o'zbek va turkman xalqlariga O'zbekiston SSR va Turkmaniston SSR tuzish huquqi, Turkiston ASSR ning qirg'iz (aslida qozoq) viloyatlarini 1920 yilda tashkil qilingan Qirg'iziston ASSR (aslida Qozog'iston ASSR) bilan birlashtirish maqsadida qirg'iz (aslida qozoq) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi, qora qirg'iz (aslida qirg'iz) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi va Qora Qirg'iz (aslida Qirg'iz) avtonom oblastini tashkil etish huquqi, tojik xalqiga ham Turkiston ASSRdan chiqib, Tojikiston avtonom oblastini tashkil etish huquqi berilishi kerakligi ta'kidlandi.

RSFSR (Butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining 2sessiyasi (1924 yil 14 oktyabr) O'rta Osiyodagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o'rnida O'zbekiston SSR (O'zSSR) va Turkmaniston SSR, shuningdek, Tojikiston ASSR (O'z SSR tarkibida), Qoraqalpoq va Qora-Qirg'iz (Qirg'iz) avtonom oblastlari tashkil etish to'g'risida qaror qabul qildi.

1924 yil 18 noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qo'shma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan o'z vakolatlarini O'zbekiston SSR sovetlarining ta'sis qurultoyiga qadar ish ko'ruvchi F.Xo'jaev raisligida 31 oktyabrda tashkil qilingan O'zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet O'zbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.

1925 yil 13 fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida O'zbekiston SSR sovetlarining 1qurultoyi ochildi. Qurultoy 17 fevralda “[[O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to'g'risida deklaratsiya” qabul qildi. O'zSSR oradan ko'p o'tmay SSSR tarkibiga qabul qilingan (1925 yil 13 may). O'zSSR tarkibida 1929 yilgacha Tojikiston ASSR ham bo'lgan.

Qoraqalpoq avtonom oblasti (1925 yil 16 fevraldan) tuzilib, u dastlab Qozog'iston ASSR tarkibiga kirgan. Keyinchalik Qoraqalpoq avtonom oblasti (1932 yil RSFSR tarkibiga, 1936 yildan O'zbekiston SSR tarkibida) Qoraqalpog'iston ASSR qilib qayta tuzildi. O'rta Osiyo xalqlari uchun bu chegaralanish va tashkil etilgan yangi “milliy davlatchilik” ularning bundan keyingi taraqqiyotiga yangi nozik farqlarni olib kirdi.

O'zbekiston SSRning tuzilishi “o'zbek xalqining milliy davlatchiligi tashkil qilindi”, degan fikrni anglatmaydi. SSSR tarkibidagi O'zSSR amalda hech qanday suverenitet va mustaqillikka ega emas edi. O'zSSR tashkil etilayotgan vaqtlardayoq uning oldiga, asosan, Markazning manfaatlariga xizmat qilish, SSSRning markaziy rayonlariga xom ashyo etishtirib berish kabi vazifalar qo'yilgan edi. SSSR inqirozga yuz tutgan va parchalangan paytgacha bu vazifalar o'z kuchini yo'qotmadi.

Ra'no Rajabova, Qahramon Rajabov

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube