O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Brejnev o'lganida

Brejnev o'lganida
12 Kasım 2019 - 9:13 'da yuklandi va 621 marta o'qildi.

Brejnev o'lganda 3-sinfda o'qirdim. Ana endi urush boshlanib ketadi, deb vahimaga tushganim esimda. Pionerchasiga qayg'uga botib, ko'zimda yosh bilan doston yozib tashladim. Har doimgidek, dadamlarga ko'rsatdim. Dadam rahmatli, odatda she'rning texnikasi- qofiya, bo'g'in, turoq va boshqa jihatlarga e'tibor qiladigan odam, oxirigacha nafaslarini ichlariga yutib, jim o'qib chiqdilar va juda past ovozda “bunaqa temalarda yozishga yoshlik qilasan o'g'lim, yozmagin. G'afur G'ulom Stalin haqida doston yozib, umrining oxirigacha afsus qilib o'tgan” dedilar. “Brejnev haqidami, deb so'radim, – yo'q, umuman, Brejnev, Rashidov, Stalin-shunga o'xshagan kattalar haqida” dedilar.

Ammo nima uchun ular haqida yozish kerakmasligini oxirigacha tushuntirmadilar. Shunday bo'lsa ham, men bu mavzularda yozishning yaxshi narsa emasligini o'zimcha tushundim va “Gulxan” jurnaliga yuborish uchun tayyorlab qo'ygan Brejnev haqidagi dostonimni yoqib yubordim. Oradan hech qancha o'tmay, Brejnevning kitoblari ham yoqildi. Sovet rahbarlari birin-ketin o'lib berdi. Gorbachevning qayta qurish davri boshlandi. Ammo dadam rahmatli baribir siyosiy hushyorlikni yo'qotmadilar. Keyin bilsam, Xrushevning iliq-miliq siyosatiga ishongan ekanlar. Komsomol brigadasida makkajo'xori etishtirish bo'yicha zarbdor bo'lib, “xizmat ko'rsatgan qishloq xo'jalik xodimi” unvonini Xrushevning qo'lidan olish uchun Moskvaga otlangan paytlari Toshkentda samolyotdan tushirilib, Markazqo'mda unvon va Xrushev imzosi bo'lgan diplomdan ham mosuvo qilishgan ekan. O'sha kuni SSSRda davlat to'ntarishi sodir etilib, Xrushev hokimiyatdan chetlatilgan bo'lgan. Nikita Sergeevich o'zining innovatsiyalari bilan markazqo'mchilarning halovatini buzgan (ayrim tuturuqsiz islohotlari bilan ularning joniga ham tegib ketgan) Shuning uchun sokin davlat to'ntarishi qilishgan. Eskilardan qutulmagani uchun uning o'zidan qutulishgan. Makkajo'xori singari yanchib tashlashgan. Shunday qilib, Brejnevning o'limi menga saboq bo'ldi. Dadamning nasihatlari bilan rahbarlarga bag'ishlab doston yozmaydigan bo'ldim. She'r yozg'ichlar ozgina sabr qilib tursa, hammasi o'tib ketarkan. Keyin qop-qora tush ko'rdik, deb doston yozib yurmaskan.

Pahlavon Sodiq

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube