O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Borchadin yaxshiroq hayot guli…” (1)

“Borchadin yaxshiroq hayot guli…” (1)
12 Kasım 2019 - 17:52 'da yuklandi va 368 marta o'qildi.

(Juna va Mas'ud: do'stlikdan bir hikoyat)

2018 yilning fevral oylarida ohak zavodida yaqin bir yil davomida uzluksiz ishlashim oqibatida ko'zlarimda og'riq paydo bo'ldi. Fevralning oxiri, martning boshlarida – aniq kun yodimda yo'q – kasal bo'lib qoldim. Ishdan kelib, sanchastga chiqdim. Isitma ko'tarilib, oyoqda tura olmaydigan holga etganim uchun zudlik bilan davolash choralari ko'rildi. Ko'zim va boshim aralash og'rigani uchun og'riq nuqtalarini idrok etolmay qoldim.

Yo'q, xayriyat, bitta ukol kifoya qildi – sanchast palatasida uch soat yotib uxladim. O'zimga keldim. Besh kunga ishdan ozod bo'ldim. Har kuni sanchastga qatnab, uch mahal ukol olib yurdim.

Bu davrga kelib, qamoqdagi vaziyat yumshab bo'lgandi. Xodimlar umuman so'kmasdi. Faqat yaxshi gap!
Eski mahkumlar yaxshilik bo'lishiga ishonmasdi.

“Bular arqonni uzun tashlab qo'yishdi, ertaga, mana ko'rasizlar – yoppasiga ur-sur boshlanadi!” – ularning “bashorati” shunday edi.

Qamoqda yaxshi inson niqobini kiyish imkonsiz bir ish. Hech kim o'zi aytganidek va o'zi orzu qilganidek bo'la olmaydi. Qamoq niqoblarni yirtib tashlaydi. Ko'kragiga urib, “Mendirman o'sha!” degan vallomatlar ham bu makonda chorasiz qoladi.

Bir tom ostida – katta xonada, ya'ni barakda yuz ellik-ikki yuz inson yashaydi. Ba'zilar bir necha oy, ba'zilar o'n yillab. Qaysi nuqsoningni kimning ko'zidan yashira olasan?! Avliyo ekaningga birov ishonarmidi?! Aktyorliki yig'ishtirib qo'yishga to'g'ri keladi: axlat bo'lsang, axlatligingni ko'rsatasan, odam bo'lsang, odamligingni.

Shunday qilib, men bir joyga jamlab qo'yilgan yuzlab bu insonlarning aksari aslida munosib bo'lganlari uchun shu joyda ekanliklariga iymon keltirdim.

Men umumiy tartibli qamoqda jazo o'tadim. Lekin qat'iy tartibli qamoq degan tur ham bor. Umumiy tartibli qamoqdagilar soddaroq, tozaroq bo'ladilar. Zotan, ularning ko'p qismi birinchi marta qamalgan. Lekin qat'iy tartibli qamoqlarda ikkinchi, uchinchi va hakozo marta qamalganlar “o'tirishadi”. Ularning ichidan insofli, vijdonli, iymonli bir insonni topish qorong'u tunda igna izlagandek bir ish.

Qamoqlarda urish, so'kish qat'iyan ta'qiqlangandan so'ng o'zlarini mazlum sanaydigan, bir paytlar mulla mingan eshak singari yurganlar taptortmas “qahramon”ga aylanib qolganlariga guvoh bo'ldim. Insoniy huquqlarning qat'iy tarafdori bo'lganim holda tan olib aytamanki, ko'pchilik orzu qilayotgan erkinlik goho nafsoniy istaklar uchun eshik bo'lishini chuqur tushunib etdim.

Xulosa qildimki, odamning ichida uni boshqarib turuvchi qudrat bo'lmasa, u halok bo'ladi. Bu qudrat – Iymondir. Shuning uchun ham hech kim yo'q joyda ham gunohdan tiyilmoq – ayni taqvoning o'zidir deb aytadilar. Erkinlikni “Hech kimdan qo'rqmaslik imkoni” deb qabul qilsak-da, qo'rqishimiz va hayo qilishimiz shart bo'lgan Allohni unutmoq mumkin emas.

Darvoqe, men 2018 yil fevral-mart oylarining qaysidir kuni kasal bo'lib, sanchastga borganim haqida gap boshlagan edim. Davolandim. Og'riqlar qoldi. Tuzaldim. Ishga chiqdim. Lekin ishda qo'zim og'ridi. Bildimki, muammo ko'zda ekan. Chunki oxirgi marta 2008 yil ko'zga maxsus davolash kurslari qabul qilganman. Ko'chada bunga ehtiyoj sezmaganman. Lekin o'tgan ikki yil davomida – harqalay, og'irlashgan sharoit – nazarimda, ko'zimda maxsus davolashga ehtiyoj paydo bo'lgan edi.

Ishga chiqmayman dedim.

Qamoqda yolg'on ko'p. Juda katta qism mahkumlar o'zaro yolg'on gapirishadi. Bir-birini aldaydi. Qamoqda xizmat qiladigan milisalar ham shuning uchun mahkumga ko'p ishonmaydilar. Mening ham ko'zimdagi muammoga ishonqiramay qaradilar.

Lekin to'satdan vaziyat o'zgarib, ishga chiqma dedilar. Toshkentdan kelgan tekshiruvchi yaxshi gapirib, “Ko'zingda nima muammo?” – deb so'radi. Davolaymiz dedi. Men uyimdan kelgan dorilarni qabul qilaman, yaqinda kolonkaga chiqaman, o'sha erda davolanish oson, ham uyimga yaqin deb rad qildim. Shunchaki, ohak va g'isht zavodida ishlamasligimni ma'lum qildim. Rozi bo'lishdi.

Shu tariqa 2018 yilning aprel – may oylaridan boshlab ishga chiqmadim. Kun bo'yi barakda qoldim. Bunday mehribonlikdan hayron ham bo'ldim. Ammo hammasiga oydinlik kiritildi: kutilmaganda kelgan advokatim internetda men haqimda bir xabar chiqqanini aytdi. U xabarga ko'ra, mening ko'zim ko'r bo'lib qolgan emish. Kuldim.

“Ohakda zavodida har kuni ko'zimizga ohak parchalari kiradi. Menda ham shunday bo'lgandi. Sanchastga borgim kelmagandi. Tun bo'yi uxlay olmadim. Birodarlar birgalashib yarim kechasi ko'zimni tozalashdi. Ammo bu voqeaga ham uch to'rt oy bo'lib qoldi”, – dedim.

Ota-onam, bobo-buvilarim xavotirda ekanlar.

Tinchlantiring, sog'man, ishga ham chiqarishmayapti dedim. Shunda tushundimki, internetda chiqqan ushbu xabar sababli mening sog'ligim haqida surishtirgan ekanlar.

Xullas, ishga chiqmaydigan bo'ldim. O'sha kunlarda iltimosimga ko'ra do'stlarim menga Alisher Navoiyning “Xamsa” kitobidan “Layli va Majnun”, “Sab'ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”ni pochta orqali yuborishdi. Xursand bo'lib ketdim. Shu tariqa, xamsaxonlikni boshlab yubordim.

Baragimizda yoshi ulug' bir inson ham bor edi. Katta tashkilotda rahbar lavozimlarda ishlagan bu odam adabiyotni tushunardi. Shu amakiga “Xamsa”dan o'qiganlarim haqida aytib berganman. Xususan, bugun ushbu maqolada sizlarga biroz sharhlar bilan bayon qilmoqchi bo'lganim Juna va Mas'ud haqida ham.

Nega aynan Juna va Ma'sud hikoyasini tanladim?! Chunki bu hikoyatda o'zim uchun muhim masalalarni ko'rganman.

Ma'lumki, “Sab'ai sayyor” dostonida mayxo'rlik qilgan Bahromshoh sevgilisi Diloromni sahroda qo'l-oyog'ini qizning o'z sochlari bilan bog'lab qoldirib ketadi. Kayfi tarqab, Diloromni qidiradi, lekin topolmaydi. Vijdon va sevgi azobi sababli qattiq xastalanadi. Mamlakat hakimlari maslahati bilan unga etti xil rangda etti saroy qurib beriladi. Haftaning etti kuni davomida har kuni bittadan saroyga kirib orom olgan shoh etti musofirning rivoyatlarini tinglaydi.

Biz tanishadigan hikoyat to'rtinchi iqlimdan kelgan musofirga tegishli.

Uning aytishicha, qaysidir davrda Dehlida Juna ismli podshoh hukmronlik qilgan. U el orasida saxovati bilan mashhur edi. Sabab topmasa yuzlab oltinlarni odamlarga hadya qilardi, sabab topgudek bo'lsa, xazinalarini butunicha tarqatardi.

Kunlardan bir kun dunyoga etak silkkan bir darvesh uning huzuriga keldi. U shohga bir savat nok hadya qildi. Bir necha kun mehmon bo'ldi. Shoh mulozimlariga: “Bu darveshdan pinhon so'ranglar-chi, nima hojati bor ekan?” – dedi. Darvesh: “Menga bitta arra, bitta tesha kerak”, – dedi. Shoh hayron bo'ldi. Sababiga qiziqdi. Darvesh: “Bu nok mevasidan qaerda bo'lsa, hammasini kesib, nobud qilmoqchiman”, – dedi.

Darvesh bu tilagi orqali shoh hech kim ko'rmagan va hech kimga nasib etmagan ajoyib ne'matlarga munosib ekanligini anglatgan edi. Bu podshoh Junaga ma'qul keldi. Bir mamlakat bahosidagi xazinani hadya qildi. Bu xazina ichidagi oltinlar bir millionni tashkil qilardi. Vazirlar shohni turli bahonalar bilan o'sha xazinaga boshlab keldilar. O'yladilarki, shoh shuncha ko'p hadya berayotganini ko'rib, miqdorni kamaytirar!
Podshoh esa o'z hadyasiga nazar solda va: “Kam ekan-ku!” – deb uni ikki barobar ko'paytirib berdi. Chunki shohning bunday narsalar bilan ishi yo'q edi, zotan, bunday xazinalar unda hisobsiz edi.

Alisher Navoiy Junani tanishtirish uchun bu hikoyatni keltiradi va o'quvchi tasavvurida asar qahramonining ma'naviy olami, kuch-qudrati haqida ma'lumot paydo bo'ladi.

Shoh Juna o'z saroyida suhbat qurib o'tirardi. Odatdagidek, uning ehson bulutlaridan durlar sochilardi. Huzuridagi bir g'arib mehmon unga bir ko'zguni tuhfa qilib keltirgan edi. Ko'zguning xislati shu ediki, unga qarab so'zlagan inson rost gapirsa, o'z aksini sof holda ko'rardi, yolg'on gapirsa, qoraygan chehrasini.

Podshoh Juna buni sinab ko'rdi, ko'zgudagi bu xislatga ishonch hosil qildi. Mehmonga benihoya ko'p mol-davlat berdi va asnoda: “Olamni kezib yurgan sayyohsan, men kabi boshqa biror saxovatli insonni ko'rdingmi? Ko'rgan bo'lsang, xizmatida bo'lganmisan?” – deb so'radi.
Mehmon xijolat tortib qoldi. Ha desa, shohni ranjitaman deb istihola qildi, yo'q desa, shubhasiz, uni o'z ko'zgusi fosh qilar edi. Shohga og'ir botishidan qo'rqib: “Men borgan biror joyda sen kabi saxiyni ko'rmadim!” – dedi. Shoh: “Gaping chinmi?” – dedi. “Chin!” – dedi mehmon. Shoh: “Uning yuziga ko'zgu tuting!” – deb amr qildi. Mehmonning yuzi ko'zguda qop-qora ko'rindi va uning yolg'on gapirgani fosh bo'ldi.

Shohlarning xizmatida bo'lish, ularga haqiqatni aytish juda og'ir ish. Qarangki, rost-yolg'onni fosh qiladigan ko'zgu bo'la turib, ayni shu ko'zguni keltirgan inson shohga yolg'on gapirmoqda. Rost-yolg'onni ko'rsatib beruvchi ko'zgu bo'lmagan bizning zamonda ahvol qanday deb o'ylaysiz?!

Husayn Boyqaroning eng yaqin amiri, bosh vaziri, muhrdori bo'lgan Alisher Navoiy ushbu hikoyatni podshoh, shubhasiz, o'qishini bilar edi. Rost-yolg'onni aytib beruvchi ko'zgu qarshisida-ki, shohning nafsiga og'ir botmasin deb uni aldaydiganlar borligini aytish orqali shoir shohga jiddiy ishora, joiz bo'lsa, bir kinoya qilgan edi: “Podshohim, qoshingizda Siz haqingizda aytilayotgan maqtovlarning barchasini rost deb o'ylamang!”

Hikoyaga qaytamiz.

Mehmonning aldagani ma'lum bo'lgach, nafaqat, yolg'on gapirgan sayyoh, balki shoh ham o'zini sharmanda bo'lgan deb his qildi. Shunday bo'lsa-da, yaxshi gap boshladi: “Ey go'zal sifatlarga ega inson! Sen bizdan uyalding, buni bilaman. Yuzing ko'zguda qora ko'rindi, demak, bizni aldading. Endi rostini gapir: mendan ham ko'ra saxiyroq kimnidir ko'rdingmi?”

Ilojsiz qolgan sayyoh: “Ha, sizdan saxiyroq insonni ko'rganman!” – dedi. Shoh: “Ko'zguga qara!” – dedi. Ko'zguda uning yuzini oq ko'rsatdi.

Podshoh Juna mehmonning so'zi rost ekanligiga amin bo'lgach: “Ayt-chi, mendan ham ko'ra saxovatli u inson o'zi kim? Nima ish bilan mashg'ul?!” Mehmon: “Ey baland taxtli podshohim! Endi sizga bor haqiqatni aytmasam bo'lmaydi. Bu bir uzun rivoyatdir, yolg'iz o'zingiz tinglasangiz, yaxshiroq bo'ladi deb o'ylayman”, – dedi.

Majlisdagilarga tashqari chiqish buyurildi. Uyda shoh va mehmon yolg'iz qoldilar.

Roviy so'z boshladi: “Hindda bir shahar bor. Benihoya dilbar shahar. U sizning qo'l ostingizda. U shahar ahli har yili xazinangizga xiroj yo'llab turadilar. Bu shaharni Tiroz deb ataydilar. Balki siz u shaharda bo'lgandirsiz? Yoki ta'rifini eshitgan chiqarsiz?!”

Shoh aytdi: “Yo'q, bu shaharga borgan emasman. Lekin ko'pchilikdan juda ajoyib maskan deb eshitganman. Sen gapingda davom et. Nimani ko'rgan bo'lsang, barchasini bayon qilib ber!”

Mehmon tavoze bilan davom etdi: “U shahar xuddi jannat kabi go'zal. Tubo singari daraxtlari ko'kka etgan. Suvlari Kavsar kabi. Har tarafidan Salsabil anhorlari oqadi. Havosi jannat havosidek jon rohati. Odamlari bog'dorchilik qiladilar. U erdagi changalzorlar boshqa joylardagi bog'lardan ham afzalroq.

Bu shaharda bog'u-bo'stonsiz bir inson yo'q. Har kimning o'zi parvarish qilgan bir bog'i bor. Siz podshoh adolatli ish tutganingiz uchun shahar xalqi shu qadar boy-badavlat yashamoqdalar.

Shaharning ko'chalari bihisht kabi obod, odamlari xuddi hur, uylari esa qasrning o'zginasi. Odamlar xazinalarini yashiraman deb biror vayron topa olmaydilar. Eng nuktadon insonlar ham bu shaharni vasf etib, tugata olmaydilar.

Shu shaharda Mas'ud ismli bir saodatmand inson umrguzaronlik qiladi. Alloh taolo uni mol-davlat bilan siylagan. U gulzorlarda ajib bazmlar qiladi, gulrang bodalar ichadi. Majlislarida gul kabi ulfatlar uning do'stlari. Har qadamga gul sochadi, boshdan to oyoqqacha gulga burkangan. Gul fasli o'tsa, gul kabi go'zal liboslar kiyadilar. Yuzlari nurli, saxovatli bu yigit oldida yuzta Xotam kelsa, unga tan berishi shubhasiz!”

Mehmon shu erda so'zini tugatdi. Podshoh Junaning qalbini esa sabr tark etdi. U bunday saxovatli ajoyib insonni o'z ko'zlari bilan ko'rish istagida yona boshladi. Shuning uchun: “Bir hafta dam olmoqchiman. O'z haramimda bo'laman. Barcha xizmatchilar uylariga ketsinlar! Ahlini xursand qilsin!” – deb e'lon qildi. Barcha odamlariga ruxsat bergach, haramini eng yaqin odamlariga omonat qildi.

Shohning bir tulpori bor edi. Xuddi chaqmoqdek uchardi. Uni “Sarius sayr” derdilar. Sur'ati bilan havodagi qushni ortda qoldirardi. Bir haftalik yo'lni bir kecha-kunduzda bosib o'tardi. Shoh shu otiga minib, Tiroz tomon yo'l oldi.

Shu erda bir lahza to'xtab tafakkur qilsak, hikoyaning siyoqi qaerga qarab ketayotgani haqida biroz o'ylansak. Voqealarning ichiga kirib ko'rsak. Shunchaki, ba'zi xulosalar chiqarish, ibratlar olish uchun uni real hodisa deb qabul qilsak, qanday bo'larkin? Menimcha, yomon bo'lmaydi.

Odatda, podshohlar raqobatni yoqtirmaydilar. Liderlarning fe'li shunday. Ba'zilarning o'z qo'l ostidagi insonlar nafaqat ulardan ko'p mol-davlatga, balki ustunroq xislatga, fazilatga ega bo'lganidan jahli chiqadi. O'z raqibini jisman yo'qotishni istaydiganlar ham bisyor. Alisher Navoiy yozgan ushbu hikoyatga qarang: Juna saxovatda unga raqib bo'lgan inson haqida bilishga qiziqdi. Ko'rsaki, o'z qalamravidagi bir fuqaro! Balki u zolim podshoh bo'lganda: “Zudlik bilan Mas'ud degan odamning mol-mulkini tortib oling, xazinamga qo'shib yuboringlar! O'zini esa surgun qilinglar yoxud zindonga otinglar!” – degan bo'lardi, tabiiy. Ammo Juna unday razil odam emas. U adolatli va mard hukmdor. U yovuzlik, yomonlik bilan emas, yaxshilik va xayr masalasida bellashishni va g'olib bo'lishni xohlaydi.

Ehsonlari bilan Allohga maqbul bo'lishni orzu qiladi. Bir kuni Allohning qoshida eng saxovatli inson sifatida Unga muqarrab bo'lishni istaydi. Agar unga ta'riflangan Mas'ud haqiqatan yaxshi inson bo'lsa, u bilan do'stlashish kerakdir?! Uning fazilatlaridan ibrat olmoq lozimdir?! Uning xislatlariga havas etmoq, afzal bo'lsa, unga xayr ishlarda ergashmoq joizdir?!

Hikoyat qahramon Juna shunday o'ylagan bo'lsa kerak. Agar shunday o'ylamaganida edi, xizmatchilariga bir haftalik ta'til berib, hammadan yashirincha Tirozga yo'l olmagan bo'lardi, albatta. Keling, voqealar rivojini Alisher Navoiydan bilib olamiz.

Podshoh Juna o'zining tulporida etti yuz yig'ochlik yo'lni (bir yig'och 7 – 8 kmga teng) ikki kunda bosib o'tdi va Tiroz shahriga etib bordi. Ko'rdiki, eshitganlari yolg'on emas – shahar jannat singari go'zal edi. U Mas'ud uyini so'roqlab, topib bordi. Mas'udning uyi behad muhtasham edi. Toq va ayvonlari falakka etgudek. Uy hovlisi odamga to'lgan. Tayinlangan insonlar g'ariblar xizmatida. Ular Junani ham g'arib bir odam deb o'ylashdi va yugurib kelib, hol-ahvol so'radilar. Mehmonxonaga izzat bilan eltib, joylashtirdilar. Markabini otxonaga bog'ladilar.

Mehmonxona qasrning o'zi edi. Ostidan ustiga qadar shohona ziynatlar bilan to'lgan bir maskan. Junaga orom oling dedilar va xilma-xil taomlar bilan dasturxonni to'ldirdilar. Bu mehmonning holini so'rab mezbon ham kirib keldi.

U shunday mezbon ediki, ziyofat qilishda behad mohir edi. O'zining aqli va axloqi bilan Junani lol qoldirdi. Taom chog'i fasohatli so'zlar bilan mehmonni zeriktirmadi. Taomdan so'ng: “Mizojingiz boda tilaydimi?” – deb so'radi.

Mehmon rag'bat bildirgach, bir boda bazmini tuzdi. Bunday bazmni shoh Juna ham ko'rmagan, hatto, tasavvur ham etmagan edi.

Mas'udning qasri yonida bir hammom bo'lib, butunlay zebu-ziynati maftunkor edi. Shisha hovuzlari misli xushbo'y gulobga to'la.

Mezbon mehmonga: “Hammomga kirib, yo'l g'uboridan xalos bo'lsangiz…” – deb iltimos qildi. Mehmonning istagi shu edi.

Podshoh Juna hammomga kirib hayrati ustiga hayrat keldi. Hammomning osoyishtaligi, sokinligi, tillarang toslari, kumush dastali obtovalari, mushk bilan xushbo'y sochiqlarning olamda qiyosi topilmas, ehtimol. Hammom xizmatchilari istarali, yoqimtoy insonlar bo'lib, liboslari ham behad zarif edi.

Shunday qilib, yuvinib ham charchoqdan, ham g'ubordan xoli bo'lgan shoh hammomdan chiqdi va unga qirmizi rangli libos keltirib tutdilar. Uning libosi Mas'udning libosi rangiga uyg'un bo'ldi.

Mazkur tasvirlar, hikoyadagi epizodlarda Alisher Navoiy podshohlar, amirlar va, umuman, badavlat insonlarninng maishiy hayotidagi hashamatni juda yorqin ifodalab bergan. Diqqat qilinsa, ma'nan, qalban yuksak shaxslar – Ma'sud ham, Juna ham shohona hayot kechiradilar. Boylik ularning qalbini ko'r qilmagan, balki ularning xayrli ishlari uchun bir sababdir. Ularning hayoti mashaqqat yoxud qiyinchilik bilan emas, balki go'zallik, farovonlik bilan to'lib-toshgan. Ular umr kechirayotgan shaharlar, saroylar, bahramand bo'layotganlari – bazmlarning hammasida faqat bir yaxshilik bor. Ularda shaytonning buzuqligi yoki bir yovuzlik yo'q. Demak, boylik, hashamat, go'zallik iymon sohiblari uchun yaxshiliklar, xayrlar qilish uchun bir imkon hisoblanadi. Agar aqlu-fikr bilan, tadbir va g'ayrat bilan ish ko'rmasalar, Juna va Mas'udda buncha sarvat bo'larmidi? Yo'q, albatta. Qolaversa, Alisher Navoiy ham katta mulk, ulkan boylik sohibi bo'lgan. Uning o'zi serhasham qasrda yashagan. Xizmatchilari ko'p edi. Daromadlarini yurt obodligi yo'lida sarf qilgan. Tabiiyki, uning qahramonlari aksar o'rinlarda shoirning hayotiy printsiplari yoxud yashash tarzini ko'rsatib beradi. Aslida ham, aql va tadbir egalari, salim va halim qalb sohiblari, g'ayratli va ishchan insonlar halol mehnatlari sababli Alloh ato etgan barakali rizqdan bahramand bo'lishlari ham bir qonuniyatdir.

Hikoyatni kelgan joyidan davom ettiramiz.

Mas'udning bazmi bihisht bazmi kabi bo'lib, soqiylari hurlar, bodasi esa kavsar yanglig' edi. U shohni bazmga olib kirib, yoniga o'zi o'tirdi. Majlis ahlining barchasi gulgun rangli to'nda edi. Qadahlar to'ldirildi, maylar ichildi.

Shoh hikmat sohibi edi. U aqli o'zida bo'lgan chog'larda benihoya xushxulq va viqorli edi. Ammo may haroratini oshirdi. Aqlga putur etdi. O'zini jannatda deb fahmladi, atrofdagilar uning uchun hur va g'ilmonlar kabi tuyuldi. Sabru-qarori yo'qoldi, so'zlariga bee'tibor bo'lib qoldi. U go'zal kalomlari bilan mezbonni hayratga soldi.

Juna unga: “Ey ajoyib rafiq! Yuzing quyoshdek porloq. Meni Hind ichidagi bir sayyoh deb o'ylama. Men olam aro kezib yurgan musofirman. Alloh senga bunday donolik, salohiyatni beribdi va O'zi ziyoda qilsin! Men butun jahonda sen kabi fazilatli bir kishini ko'rmadim. Menga ayt-chi, sen bu narsalarga qanday erishding?!” – deb savol berdi. Mas'ud mehmonga: “Ey yuzlaridan nur yog'ilgan do'st! Shuni yaxshi bilki, bu Allohning marhamati va in'omidir. Lekin sababini so'ragan ekansan, bayon qilay, sen tingla! Bizning shohimiz shunday shohki, u olam ahli uchun Ilohning soyasidir! Alloh uning umrini uzun qilsin, davlatini barqaror aylasin! U ajib bir odil podshohdir, u zulm arqonlarini kesdi, adolatni qat'iy tutdi! Uning davlatida adolat va omonlikdan bo'lak narsa yo'q! Mamlakatda adolat bo'lsa, jam'iyat odamlari uzra barokat va boylik yog'iladi. Mening molu-davlatidagi fazl, aqlim va salohiyatimning sababi – shohning adolatidir. Men mana shunday e'tiqod qilaman. Ana shu e'tiqodim uchun boshqa kishilarga qaraganda boyligim, hashamatim, fayzu-barakam ziyoda bo'ldi. Ya'ni mening badavlat fazl sohibi bo'lmog'imga ikki bois bor: biri – Allohga tinimsiz shukur qilish, ikkinchisi – adolatli shohning joniga duo qilmoqdir! Bu ikki ishdan el g'ofil bo'lgach, ularning qaysi maqsadlari hosil bo'lsin, ey do'st? Men shuni anglab etganim uchun Alloh ustimdan barakasini, fazlini yog'dirib qo'ydi”, – deb javob berdi.

Menimcha, Junaning savoli ham, Mas'udning javobi ham muhokama qilishga arziydi. Chunki bu savol, bu javob Alisher Navoiyga tegishli, albatta. Bu savol va javob zamirida juda katta ijtimoiy kontseptsiyani ko'ryapman.

Hammamiz farovon va baxtli hayot tarafdorimiz. Hammamiz yaxshi yashashni istaymiz. Muhtojlik, birovning qo'liga qarab qolishni hech kim istamaydi. Hamma davr odamlari ana shu manzil sari intilgan. Evropada ham bu masala ustida bosh qotirishadi. Kitoblar yozilgan. Katta-katta biznesmanlar, dongdor shaxslar o'zlarining muvaffaqiyatlarining siri haqida minglab, hatto, millionlab odamlarga ma'ruzalar o'qishadi. Ularning aksari bolaligida qiynalgani, sabot bilan intilgani, aniq tartibda ishlagani, maqsaddan og'ishmagani haqida gapirishadi. Deyl Karnegi singari mualliflar esa odamlarga samimiy-nosamimiy bo'lishidan qat'iy nazar, jilmayib muomala qilish, kerak o'rinlarda, hiyla ishlatish haqida uqtiradilar. Shunday.

Alisher Navoiy-chi?

Mana, Mas'ud. Nihoyatda boy odam. Uning boyligi shu qadarki, mamlakat podshohi tan berdi. Mehmoni bo'ldi. Hatto, bu muvaffaqiyatinig siriga qiziqmoqda. Bugungi davrimizda prezidentlar, siyosatchilar, qirollar, qirolichalarni lol qoldirgan insonlar oramizda bormi? Albatta, ularni topish mumkindir, ehtimol. Gap bunda emas. Gap shundaki, o'z davridagi hukmdori mutlaqni haron qoldirgan insonning javobini bizning aqlimiz va dunyoqarashimiz qanday qabul qiladi? Biz haqiqatan ham Allohga shukur qilish va adolatli podshohning haqiga duo qilish bilan ulka boylik, yuksak martaba, obro' va mavqe egasi bo'lishga ishonamizmi, yo'qmi?

Ishona olmasligimiz haqiqatga yaqinroq. Ba'zilarimiz Alisher Navoiy Husayn Boyqaroga xushomad tarzida shunday lavhani kiritgan yoki hikoyani shu asosga qurgan deb talqin qilishimiz ham mumkin. Aslida, Mas'ud bergan javobni qabul qila olmasligimiz – bizning e'tiqodimiz, aqlimiz va qarashlarimizning etarli darajada pok emasligi yoki haminqadar ekaniga bir dalolatdir. Yanada aniqroq aytsak, bunday tarbiyaga ega emasligimiz uchun Mas'udning javobini jiddiy qabul qilmaymiz.

Lekin, bu tabiiy. Chunki Mas'ud o'zidan boshqalar shukur va duoni unutganlari uchun u kabi boy emasliklarini ta'kidlab turibdi. Demak, u davrda ham biz kabi bu haqiqatga ishona olmaydiganlar ko'p bo'lgan.

Endi Mas'udning javobini tahlil qilamiz.

Mas'udning hashamati va boyligining birinchi sababi – u tinimsiz Haqqa shukur qiladi. Demak, u zikrda. U Allohni ulug'laydi. Allohga hamd aytadi. Allohga tavba qiladi. Alloh uni ko'rib turganiga inonadi. Ruhoniyati Haq bilan bog'langan. Har ishini Ilohiy qudratda, zikrullohdan energiya olgan holda bajaradi. Allohdan qo'rqqan holda, Uning muhabbatini istagan holda ishlarini halol bajaradi. Kechiktirmaydi. Qo'l ostidagilarga zulm qilmaydi.

Allohga shukur qilish mana shuncha jihatlarni qamrab oladi. Tabiiyki, Robbisiga shukur qilishda bardavom bo'lgan mo'minlarni Alloh hech qachon tashlab qo'ymaydi.

Juna – adolatli shoh. Uning qo'l ostida qaroqchilar, o'g'rilar, kazzoblar kun ko'rmaydi. Iymonli insonning maqsadi shaytonning maqsadi bilan kesishmagani kabi odil hukmdorning siyosati qaroqchi va o'g'rilar manfaatiga hech qachon mos kelmaydi. Uning adolati har joyda namoyon bo'ladi. Adolat qilichining tig'i hamisha zolimning boshida yiltirab turadi. Shuning uchun zolim zulm qila olmaydi, o'g'ri o'g'rilik qilishdan, qaroqchi yo'lto'sarlik va bosqichilikdan hayiqadi. Mas'ud buni yaxshi anglaydi va shohning joni omon bo'lsin deb Allohga duo qiladi.

Allohga shukur qilib, adolatli shoh joniga duo qilgach, Mas'ud ulug' ne'matga, to'kin rizqqa sohib bo'ldi. U buning haqini ado qildi: hamisha saxovat, beminnat xayr yo'lini tutdi.

Mas'ud xalq timsoli bo'lsa, Juna adolatli shohdir. Mazkur hikoyatda xalq va shoh birlashgan, yagona kuchga aylangan va chinakam saodatni namoyon etgan. Eng e'tiborli nuqtasi – bu ishlarning hammasi Iymon va sof e'tiqod asosida amalga oshadi. Alloh xayr va poklik yo'lidagi bandalariga rahmat yog'idiradi.

Bu o'rinda diqqatga sazovor jihatlardan biri – Mas'udning mamlakat shohidan ham afzal sifatlarga ega ekanidadir. Agar biz Mas'udni xalq timsoli deb qabul qilsak, shohning Mas'uddan ibrat olishi, unga muhabbat ko'rsatishini adolatli davlat, odil hukmdorlar har qancha ulug' bo'lsalar-da, xalq ulardan ustun turishi ma'lum bo'ladi. Bunga proportsional sifatida yana shuni aytish mumkinki, agar shohning adolati bo'lmasa, mamlakat xarob, xalq baxtsiz bo'ladi.

Allohning marhamati, podshohning adolati, xalqning shukronasi – shu muhim unsurni o'zida jamlagan sof e'tiqod va Iymon jamiyat saodatining asosidir. Alisher Navoiy mazkur hikoyatda ana shu kontseptsiyani ilgari surmoqda, podshoh Junaning savoli va Mas'udning javobi zamirida ana shu haqiqat bor.

Keling, hikoyatni o'qishda davom etamiz va bu masalada yana bir qancha xulosalarga ega bo'lamiz.

Bu so'zlar shohning behad shodlantirib yubordi, bu shodlik xuddi faryod qilish singari kuchli edi. Mas'udga nisbatan qalbida ulkan mehr paydo bo'ldi, Mas'udning go'zal xulqi bu mehrni orttirgandan orttirar edi. Mas'ud o'zining mehmoni bilan suhbat qurar ekan, uni fazlu donishda zamon yaktosi ekanligini ko'rdi. Uning qalbida Junaga nisbatan shu qadar mehr uyg'ondiki, unga jon fido qilishga ham tayyor edi. Mas'ud sherik bo'lgan savdogarlardan biri safardan juda katta foydalar bilan qaytgan edi, ammo Mas'ud uchun kelgan mehmon bilan tanishuv undan ham kattaroq foyda keltirdi.

Savdogar keltirgan foyda bir mamlakatning xiroji qadar ko'p edi, Mas'ud ikkilanmay uni Junaga hadya qildi. Shoh o'zini musofir tutib, quvongani va xafa bo'lganini oshkor qilmadi.

Mezbon bazm ichida turib: “Mening o'n kanizagim bor. Ularni olib keling, xaloyiqning boshiga gul sochsinlar!” – dedi. Bu payt kuz fasli edi. Ammo sochilgan gullar atrofni bahorga aylantirdi. Hamma yoq gulga burkandi: gulyuzli go'zallar, gulrangli jomlar, gulrangli liboslar…

Mas'ud bir imo qilgan edi bir gul chehrali go'zal Jamshid ham ko'rmaga bir jomni shohga tutdi va dediki: “Bu jom shunday jomki, uni o'ng tomondan aylantirsangiz, qancha ichilsa ham, ichidagi may aslo kamaymas! Chap yondan aylantirilsa, oz-ozdan ichiladi, kamayadi, lekin tugamaydi. Hikmat egalari buni yasab, shunday bir tilsim qilishgan!”

Shohni bu jom bodaparast qildi, u may ichmay mast bo'lib qoldi. Mezbon bu jomni Junaga hadya qildi. Shoh undan huzur bilan may ichar edi. Bu oqshom shunday qilib yakun topdi.

(Davomi bor)

Akrom Malik

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube