O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Mahmud Koshg'ariy

Mahmud Koshg'ariy
12 Kasım 2019 - 18:11 'da yuklandi va 308 marta o'qildi.

XI asrga kelib turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va san'ati rivojlanishining yangi pallasi boshlanadi. Bu davrda Qoraxoniylar davlati amalda ancha mustahkamlanib olgan, Buxoro, Samarqand, Shosh (Toshkent), Qashqar shaharlari yirik madaniyat markazlariga aylangan edi.

992-yilda qoraxoniylar Buxoro va Samarqand kabi poytaxt shaharlarni egallaydi. Ammo ular bu shaharlarni o'zlariga poytaxt qilmadi. Qoraxoniylarning poytaxt shaharlari Isfijob (Sayram), O'tror, Shosh, Bolasog'un, Xo'tan bo'lib, ularning davlati Markaziy Tiyonshon, Ettisuv, Chu va Talas vodiylarini o'z ichiga olgan edi. Qoraxoniylar davlati Xorun, Bug'raxon, Tamg'ochxon va Ibrohim Bo'ritegin davrlarida ancha kuchaygan, nisbatan iqtisodiy va madaniy yuksalishga erishgan.

Qoraxoniylar davrida Bolasog'un, Sayram, Shosh, Taroz shaharlarida ilm-fan egalari, turli sohalarning yirik mutaxassislari, dono va fozil kishilar to'plangan.

Mahmud Koshg'ariy Bolasog'un shahrida dunyoga keladi. Uning to'liq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammaddir.

Hozirgi Qirg'izistonda Barskon nomida daryo va dovon bor. Ular Issiqko'l atrofida joylashgan. Xuddi shu erda Barskon shahri bo'lgan. “Barsg'an – Afrosiyob o'g'lining nomi. Barsg'an shahrini bino qilgan shudir. Mahmudning otasi shu shahardan”, – deb yozadi “Devon” muallifi. Uning bobosi ham o'sha erdan bo'lgan.

Mahmudning ilk ustozlaridan biri qashqarlik Husayn xalifadir. So'ng u Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bag'doddagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan.

Mahmud Koshg'ariy umri davomida qilgan mashaqqatli mehnati evaziga qomuschi olim va tolmas sayyoh bo'lib tanildi. U turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan, turkcha-arabcha lug'atning ilk namunasini yaratgan birinchi tilshunos olimdir. “Devonu lug'ot at-turk” Mahmud Koshg'ariy qoldirgan va turkiy xalqlar uchun bebaho qumaru – merosdir.

Bu asarda olim turkiy tildagi so'zlar ma'nosini arab tilida izohlab beradi. Misol sifatida esa xalq tilida mavjud namunalarga murojaat etadi. Muallifning: “Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so'zlar, saj' (qofiyali nasr)lar, maqollar, rajaz (misralari nisbatan uzunroq bo'lgan she'r turi) va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim… Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo 'llanib kelgan she 'rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo'llanadigan hikmatli so'zlardan, maqollardan keltirdim”, – deyishi bejiz emas.

“Devonu lug'ot at-turk” asari 1072-yilda yozila boshlagan. Ammo unga kirgan materiallar 15–20 yillar davomida to'plangan. Mahmud Koshg'ariyning o'zi: “Men turklar, turkmanlar, o'g'uzlar, chigillar, yag'molar, qirg'izlarning shaharlari, qishloq va yaylovlarini ko 'p yillar kezib chiqdim, lug'atlarini to'pladim”, – deb yozadi. Muallif: “Kitob hijriy 464-yil jumodul-avval boshlarida boshlandi va to'rt karra yozilgan (ko'chirilgan)dan va tuzatilgandan so'ng 466-yil jumoduloxirning 12-kuni (1074-yil) bitirildi”, – deb ko'rsatgan. Kitobga “Devonu lug'ot at-turk” (“Turkiy tillar lug'atlari”) deb nom berilgan. U Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag'ishlangan.

Mahmud Koshg'ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ'ibotchisidir. U “arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o'zib borayotgan turk tilini” ko'klarga ko'taradi, uning o'ziga xos xususiyatlarini mahorat bilan ko'rsatib beradi.

“Devon” sahifalari orqali tanishish ko'z oldimizda Mahmud Koshg'ariyni geograf, botanik, zoolog, biolog, etnograf, tilshunos, folklorshunos, adabiyotshunos, tarixchi olim sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun ham uni qomusiy olim deb ataymiz.

“Adabiyot” (Boqijon To'xliev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. O'rta ta'lim muassasalarining 11-sinfi va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining o'quvchilari uchun darslik-majmua. “O'zbekiston milliy entsiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent–2018) darsligidan.

Shohista Uljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube