O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Qozonga yaqin borsak, qorasi yuqadi

Qozonga yaqin borsak, qorasi yuqadi
12 Kasım 2019 - 18:27 'da yuklandi va 601 marta o'qildi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov O'zbekistonning Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) tarkibiga kirish borasidagi pozitsiyasi qat'iy emasligini bildirib qo'ydi.

Bundan avvalroq, aniqrog'i, 10 oktyabr' kuni A.Qodirov bu mavzuda gapirib, “EOII nomi bilan iqtisodiy bo'lgan, ammo ortida yashirin siyosiy maqsadlarni ham ko'zda tutgan tashkilot”, deya bayonot bergan edi.

Endi esa u yana shu mavzudagi savolga: “Milliy tiklanish” partiyasi O'zbekistonning iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga xizmat qiladigan har qanday harakatni qo'llab-quvvatlaydi”, deya javob qaytarmoqda.

Ta'kidlash kerakki, oktyabr' oyida O'zbekistonning EOIIga a'zo bo'lishi mavzusi atrofida bahs-munozaralar kuchaygan paytda bu tuzilmaga qo'shilish mamlakat uchun nomaqbul ekani haqida faqatgina “Milliy tiklanish” ochiqchasiga o'z pozitsiyasini bildirgandi.

Ammo hukumat rasmiylari, birinchi navbatda, Senatda turib O'zbekistonning rasmiy pozitsiyasini bayon qilish bilan shug'ullanuvchi Sodiq Safoev bu tuzilmaga a'zolik haqida iliq fikrlarni bildirishi ortidan “Milliy tiklanish”ning shashti qaytgan ko'rinadi.

Shu bois, A.Qodirovning bu boradagi so'nggi qat'iyatsiz bayonotini “milliy turlanish”ning yorqin shakli o'laroq baholash to'g'riroq bo'ladi.

Boshqa partiyalarchi? Hozircha ular “siyosiy hushyorlik” tamoyillariga tayangan holda “o'zaro hamkorlik yaxshi”, “bu masalani milliy manfaatlar nuqtai nazaridan hal etish kerak” qabilidagi umumiy gaplardan nari o'tayotgani yo'q.

Hamma hozircha prezident Shavkat Mirziyoevning EOIIga a'zolikka oid ochiq bayonotini kutayotgani shubhasiz.

Ayni shunday bayonotdan so'ng mamlakatdagi siyosiy kuchlarning bu masaladagi pozitsiyasi “qat'iylashadi”.

Hozircha esa hukumat ham, siyosiy partiyalar ham O'zbekistonning EOIIga a'zolik masalasida aniq fikrni ochiq aytayotgani yo'q. Ular ikki o't orasida qolgan.

Bir tomondan, 2017 yilning bahorida tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O'zbekistonning tashqi siyosatdagi asosiy pozitsiyasi turli tuzilmalarga, jumladan, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti hamda Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmaslik ekani haqida bayonot berib qo'ygan.

Ikkinchi tomondan, Rossiya O'zbekistonni o'z ta'sir doirasiga tobora chuqurroq kiritishga qaratilgan siyosat yuritmoqda. Bu yo'lda har qanday jiddiy iqtisodiy-siyosiy bosim o'tkazishga tayyor ekaniga ishora qilmoqda.

Agar Rossiyaning aytganiga yursak, O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillarida o'zgarish yuz berdimi, degan savol yuzaga chiqishi turgan gap. Bu esa mamlakat tashqi siyosatining qat'iyligiga nisbatan shubha uyg'otadi.

Shunga qaramay, O'zbekistonning EOIIga a'zo bo'lishi masalasidagi keskin bahs-munozaralar hali uzoq davom etadiganga o'xshaydi.

Rasmiylar bu masalada Rossiya pozitsiyasiga yondashadigan fikr bildirayotgan bir paytda mustaqil tahlilchilar va norasmiy muxolifatning, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi aksariyat foydalanuvchilarning qarashlari bir-biriga zidligicha qolmoqda.

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube