O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

12 noyabr – Murod Jo'raev ozod etilgan kun

12 noyabr – Murod Jo'raev ozod etilgan kun
12 Kasım 2019 - 18:32 'da yuklandi va 459 marta o'qildi.

O'zbekiston “Erk” Demokratik partiyasi faoli, jamoat arbobi va parlament deputati, ayni paytda tinch siyosiy faoliyati uchun qamalgan dunyoning eng keksa mahkumi marhum Murod Jo'raev 2015 yilning 12 noyabr kuni 63 yoshida, o'limidan ikki yil burun turmadan ozod etilgan edi.

1994 yilning 18 sentyabrida hibsga olingan Murod Jo'raev nohaq yigirma bir yil panjara ortida o'tirdi. Dastlabki to'qqiz yillik jazo turli bahonalar bilan 12 yilga uzaytirildi. Bu davr mobaynida uni muttasil qiynoqlarga tutishgan va u jiddiy kasal bo'lgan.

O'zbek hukumati Jo'raevning qiynoqlarga tutilgani, o'zboshimchalik bilan uning jazo muddati muttasil cho'zib kelingani, unga turmada zarur tibbiy yordamlar ko'rsatilmaganligi faktlari astoydil o'rganishi kerak, deyladi jumladan XRV o'z saytida e'lon qilgan, Inson huquqi tashkilotlari matbuot xabarida.

“So'nggi yigirma bir yil Murod Jo'raev va uning oilasi uchun misli ko'rilmagan jahannam bo'ldi, – deydi Stiv Sverdlov, X'yuman Rayts Votchning Markaziy Osiyo bo'yicha tadqiqotchisi tashkilotning bugun tarqatgan press relizida.

“O'zbek hukumati endi, Jo'raevni qiynoqqa solgan va qamoq muddatini o'zboshimchalik bilan uzaytirgan shaxslarni javobgarlikka tortishi lozim”, deydi u.

Hibsga olinguniga qadar Jo'raev 1991-1992 yillarda parlament deputati, muxolifatdagi “Erk” partiyasining taniqli arbobi, shuningdek Qashqadaryo viloyat, Muborak tumani hokimi bo'lgan.

Jo'raev Sovet Ittifoqi qulatilgach, birinchilardan bo'lib Kommunistik partiya shahar qo'mitasini tarqatib yuborgani uchun prezident Karimov g'azabiga duch kelgan shaxsdir, deyiladi matbuot relizida.

1994 yilning 18 sentyabri kuni, uni Qozog'istonda hibsga olib O'zbekistonga jo'natishadi. U hibsga olish payti qattiq kaltaklanadi, qovurg'alari sindiriladi.

1995 yilning 31 mayida, Jo'raev, jumladan taqiqlangan “Erk” partiyasiga a'zo yoshklarni harbiy tayyorgarlikdan o'tkazgan degan tuhmat bilan sudlanadi. Hokimiyatni ag'darmoqchi bo'lgan degan iddao bilan dastlab 12 yilga ozodlikdan mahrum etiladi, keyinchalik muddat 9 yilga tushiriladi.

“O'zbek hukumati ko'plab o'zining potentsial tanqidchilari sifatida ko'rgan mahkumlarni muttasil jazolab kelgan, ularning qamoq muddatlarini absurd ayblovlar bilan asossiz tarzda cho'zib kelgan”, deydi Bridjit Dyufur, Inson huquqlari bo'yicha Xalqaro hamkortik tashkiloti (IHXH) direktori.

Hukumat ayni o'zboshimcha tarzda Jo'raev muddatini 2004, 2006, 2009, va 2012 yillari to'rt marta “Turma qoidalarini buzish” ayblovi bilan cho'zib kelgan.

Jo'raevga qo'yilgan ayblovlar sirasiga “sabzini noto'g'ri to'g'raganlik” va kazarmaga kirishda “poyafzalni noto'g'ri joylash” kabi mantiqsiz sabablar ro'kach qilingan. Shu zayl u 21 yil Karimov turmasida qolgan.

Jo'raev tibbiy yordamga o'ta muhtoj. 2011 yiliya ASAT-Frantsiya tashkiloti, uni turmada qattiq qiynoqqa solishgani va u sil kasaliga chalinganini bildirgan. Jo'raevning rafiqasi u bilan 2013 yili u bilan uchrashganida barcha tishlarining tushib ketgani, qiyin ovqatlanayotgani, doimo boshi va oshqozon og'rig'idan, o'ng qo'li esa vaqti vaqti bilan jonsizlanib qolishidan shikoyat qilgan.

U so'nggi bor tergov chog'ida, uni turmada tirik saqlab turgan yagona narsa, “Muttasil uzoq davom etgan mahkumligi davrida ruhan qo'llab quvvatlab kelayotgan o'z rafiqasiga bo'lgan minnatdorlik tuyg'usi” ekanini bildirgan.

Sog'lig'i yomonligi va elkasida kuchli og'riq borligiga qaramay, turma mulozimlari Jo'raevni g'isht zavodidagi og'ir ishlarga majbur qilishgan.

„O'zbekistonning Xalqaro hamkorlari, jumladan AQSh va Evropa Ittifoqi nohaq qamalgan va o'zboshimcha tarzda tumada qolayotganlarni ozod etish uchun barcha vositalarni ishga solishlari lozim..“, deya bildiradi huquq himoya tashkilotlari.

Siyosiy motivlar bilan qamalgan va muddati uzaytirilgan mahkumlar orasida: 1999 yili qamalgan va ikki marta qamoq muddati uzaytirilgan “Erk” gazetasining sobiq muharriri Muhammad Bekjonov, u bilan birga 16 yildan buyon qamoqda qolayotgan jurnalist Yusuf Ro'zimurodov, 2006 yili ta'magirlikda ayblanib qamalgan, 21 may kuni qamoq muddati besh yilga uzaytirilgan huquq himoyachisi A'zam Farmonovlar bor.

O'zbekistonda fikr va so'z erkinligi huquqi uchun kurashgan mahkumlarning zudlik bilan va hech bir shartsiz ozod etilishi va reabilitatsiya qilishi lozim deyiladi 9 huquq himoya tashkilotlari chiqargan matbuot relizida.

Murod Jo'raev 2017 yilning 4 dekabrida Qashqadaryo viloyatining Muborak shahridagi uyida 65 yoshida vafot etgan.

Qarindoshlarining aytishicha, Murod Jo'raev choy ichib o'tirgan vaqtida to'satdan joni uzilgan.

Manba: Eltuz.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube