O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Borchadin yaxshiroq hayot guli…” (2)

“Borchadin yaxshiroq hayot guli…” (2)
12 Kasım 2019 - 18:45 'da yuklandi va 497 marta o'qildi.

(Boshi)

(Juna va Mas'ud: do'stlikdan bir hikoyat)…

May, hurlar, bazm, jom din ahli uchun manozarali bir mavzudir.

Biz Alisher Navoiyning orif inson ekani va ifodalarda istilohlarning yangilangani haqida gapirganmiz. Hikoyatning avvalidan boshlab qahramonlarning hashamatli hayoti, bazmlar tasviri deyarli uzilmayapti. Savollar tug'iladi: Alisher Navoiy may ichilgan bazmlarni targ'ib qilyaptimi? Bu bazmlarga kanizaklar kirib kelsa, ular may quyib mehmonlarga uzatsalar! Ular mehmonlar boshidan gul sochsalar! O'tgan zamon hakimlarining ichilsa ham mayi tugamaydigan jom yasashdan bo'lak ishi yo'qmidi!
Haqli savollar!

Alisher Navoiy asarlarida bazmlar tasviri u qo'llagan kodlardan bir kod hisoblanadi. Alisher Navoiy nazarda tutgan va tasvirlagan bazmlarning aksari – Ilohiy fayzlar yog'ilgan, Allohning tavhidi, Kalomi zikr qilingan suhbatlardir. Bu suhbatlarda qalblar orom olgan. Ko'ngil halovat topgan. Iymonlar ziyodalashgan.

“Juna Mas'udning xonadoniga mehmon bo'lib keldi va ular to tun yarmiga u bilan Allohning rahmatiga noil bo'lish, Uni rizo qilish, Allohga xolis qullik qilish haqida uzoq suhbat qurdilar. Bu suhbat shu qadar shirin va shu qadar fayzli ediki, bundan qalblar halovat topdi. Bu xuddi jannatlardagi suhbatlar kabi go'zal edi”.

Alisher Navoiy aslida ushbu hodisani bizga hikoya qilib bermoqda. Odamlar o'zlari ko'rgan, his qilgan narsalarni aniq tasavvur eta oladilar. Masalan, fayz yog'ilib, ko'ngillar orom oladigan suhbatlarning huzuri, lazzati qanday bo'ladi? Ushbu savolga bu suhbatda bo'lmagan inson javob topa olmaydi. Lekin odamlar nafsi mayni, go'zal hurlar, muhtasham qasrlar, hammomlarning ne qadar huzurbaxsh ekanligini biladi. Shuning uchun shoir mayni istiora qilib keltiradi – may bu zikr. Bazm istiora qiladi – bazm ruhoniyat haqidagi suhbatlar. Hurlarni bazmga keltiradi – ular oriflik maqomidagi insonlardir. Juna mehmondorchilikdan avval hammomga kiradi. U erda go'zal insonlar unga xizmat etadilar. Hammom – poklanish bosqichi. Mas'ud – ruhoniyati yuksak mo'min. Mas'udning qoshiga kelayotgan Juna, shubhasiz, dunyo kirlaridan, g'uborlaridan poklanmog'i shart edi.

Mas'udning oshyoni juda ko'p o'rinlarda jannatga qiyoslanadi. Chunki odamning orzusi – jannat. Jannat, nafaqat, undagi ne'matlar bilan go'zal, balki Diydor bilan, qalblar, ruhlar lazzatlanadigan suhbatlar ila bebahodir.

Tan lazzati – vaqtinchadir. Tan lazzatlarga o'rgangani sayin yanada kuchliroq lazzatni axtaradi. Tanaga lazzat bergan bir ish keyinchalik huzur bermaydi. Qalb huzuri, qalb lazzati esa o'zgachadir. Qalb Iymon ne'matidan, Iymonlilar diydoridan cheksiz va chegarasiz bir tarzda huzurlanadi. Alisher Navoiy Juna va Mas'udning ushbu uchrashuvlari orqali oriflarning diydorini yoritib bergan. Chunki bu bazmlarda may bor, lekin buzuqlik yo'q. Hurlar bor, lekin fahsh yo'q. Muhtasham qasrlar bor, leki hirs yo'q. Chunki bu tasvirlardan murod dunyoviy lazzatlar targ'ibi emas, ruhoniy poklanish va yuksalish ifodasidir.

Mas'ud hadya qilgan jom – qalbdir. Hech qachon ichidagi bodasi tugamasligi – qalbdagi Iymonning mo''jizasiga bir ishoradir. Iymonli qalb Allohni zikr qilar ekan, undan orom oladi. Mas'ud suhbati orqali Juna o'zidagi ana shu qalbni kashf etadi. Nur ko'zguda yanada kuchliroq aks etib porlagani kabi Juna Mas'ud suhbatidan so'ng qalbida ana shu porlashni his etgan edi. Bu voqeani Alisher Navoiy Mas'udning Junaga g'aroyib jomni hadya qilishi vositasida tushuntirib bergan.

Hikoyatning davomida bu ma'no kuchayib boradi. Keling, hikoyatga quloq tutaylik.

Tong otdi. Subh rindi sabuhiy istadi, quyosh unga toza may tutdi.

Boda ichib uxlaganlar yana boda ichmoq istab uyg'ondilar. Tungi majlis kunduzi qayta tuzildi. Bu majlis odamlarning aqlu-tuyg'usini olib qo'ydi. Go'zal so'zlar, gulyuzli hurlar mehmonlarga may tutdilar. Gulgun qasr gulga to'ldi.

Mas'ud bazm asnosida o'z xizmatidagilarga bir ishorat qildi. Bazmga bir go'zal qizni qo'lida soz tutgan holda keltirdilar. Ul sarvqomatning liboslari, yuzini to'sib olgan burqa'si gul rangida bo'lib, qo'lidagi sozni “chang” deb atardilar. Mas'ud: “Yuzidagi burqa'sini ko'tarsin va sozini chalsin!” – deb buyurdi. Ul hur o'tirib, burqa'sini yuzidan oldi. Uning go'zalligi hammani es-hushdan ayirdi. Qiz changni chala boshladi. Chang torlari shu qadar fig'on qildiki, o'tirganlarning hammasi bu fig'ondan jon bergandek bo'ldilar. Qizning go'zalligi, sozandaligi shohni asir qildi. Mas'ud kanizakni sidqidildan shohga tuhfa ayladi.

To oqshomgacha, oqshomdan yarim tungacha majlis shu tariqa davom etdi, mezbon barcha mehmonlarga sanoqsiz hadyalar berdi, tun cho'kdi va hamma uyquga ketdi.

Ma'lumki, may ichib uxlagan inson boshida og'riq bilan ko'zini ochadi va tomog'i qurib, yana may istaydi. Yarim tungacha zikr majlisida bo'lgan jamoa tongni zikr ila qarshi oladilar. Ularning zikrlari muttasildir. Alisher Navoiy mazkur o'rinda ana shu narsani nazarda tutgan.

Majlisga kirib kelib, yuzidagi burqa'ni ko'tarib, chang chalib, barchaning es-hushini o'g'irlagan parivash ruhoniy holatdagi yana bir kashfiyotdir. Mas'ud o'z suhbati ila Junadagi irfonni uyg'otgan. Hikmat eshiklarining ochilishiga sabab bo'lgan. Alisher Navoiy bu majlis aqlu-hisni oladigan majlis bo'ldi deb tasvirlaydi:

Yana kunduzga chekti ul majlis,
Qo'ymay ul majlis elga aql ila his.

Aql va hisni olib qo'yadigan majlisni siz tasavvur eta olasizmi? Aql va hisni yo'qotishni qanday tushunmoq mumkin? Ma'lumki, odamzod yo aqli, yo tuyg'usi – his bilan harakat qiladi. Bu ikki xislatni boy berish oqibatida nima ro'y beradi? Qanday qudrat borki, tirik odamning aqlini ham, hissini ham sug'urib olsa!

Bu hol Alisher Navoiy tasvirlayotgan Juna va Mas'udning majlisi aql va tuyg'ulardan yuksak bir majlis ekanligini bildiradi. Bu majlisning eng yuqori cho'qqisi parivashning kirib kelishi va chang chalishi hisoblanadi. Albatta, bu ham, ta'kidlaganimizdek, ruhoniy kashfiyotning ramziy ifodasidir.

Ikkinchi kun o'tib, uchinchi kunning tongi yuz ochdi. Bu kungi majlis o'tgan ikki kundagidan ko'ra jo'shqin va qaynoqroq bo'ldi. Ish – may ichmoq, gul sochmoq, may chehralardan gul ochmoq edi. Zebu-ziynat avvalgidan ham ko'proq, aysh-ishrat yanada ziyodaroq edi. Mezbo yana amr etdi. Xuddi bir nasim esgandek bo'ldi. Bu ajoyib otni keltirdilar. Bu ot qadami Shabdezdek, rangi qizil edi, shuning uchun laqabi Gulgun edi.

Dev kabi bahaybat, pari va devdan tug'ilgan kabi bu tulporning chiroyi oldida aql lol, tuyg'u ojiz edi. Uning ichgan suvi – may, nayshakar esa emish edi. Har qadami o'n qadamga teng, bir kechayu kunduzda yuz yig'och yo'l bosar edi. Bu tulporni ko'rgan nafaqat odamlar, balki devu pari ham esini yo'qotardi, tabiiy. Mas'ud otni Junaga hadya qilish uchun keltirgan edi.

Shoh benihoya xursand bo'ldi. U avvalgi hadyalardan ham ko'ra bunisidan ko'proq shod edi.

O'tgan ikki kun kabi juda ko'p boylik hadya qilindi, mehmonlar xushhol bo'ldilar, barcha may ichib mast edi, uyquga ketdilar.

Mazkur o'rinda Mas'udning Junaga ot sovg'a qilgani ham, albatta, ramziy ma'noga ega. Ot – tarix odamlarining betimsol boyligi edi. Ular otni qadrlashgan. Oti borning boyligi bor sanalardi. Ot uzoqni yaqin qiladi, u hayvon kabi emas, xuddi aqlli bir mavjudot kabi turmushdan o'rin tutgan. Shu ma'noda, ot insonni o'z elkasiga olib, olislarga etkazib borar ekan, Mas'udning Junaga ot hadya qilishi – bu bazm, bu majlisdan so'ng Juna ruhiy va ma'naviy jihatdan yuksalganiga bir ishoradir. Endi u avval o'ylamagan va avval anglamagan haqiqatlarni anglay oladigan darajaga etgan edi. Bu oddiy odamlar bilan uning o'rtasiga, shubhasiz, katta farqni qo'yadi. Cho'qqiga chiqqan insonning ko'rganlari quyidagilarga noma'lum bo'lgani kabi o'z nafsini tarbiyalab, qalbini poklab, Alloh zikrida yurgan insonning qalbi, aqli tushungan va idrok etgan narsalarni boshqalar idrok eta olmaydilar.

Ammo insonlar ona qornidan hikmat sohibi bo'lib tug'ilmaydilar. Alloh munosiblarga hayot davomida hikmat ato etadi. Bu hikmatlar hikmat egalaridan olinadi. Mas'ud hikmat egasi edi, uning suhbati Junaga hikmat buloqlari kabi ta'sir etdi. Mas'udning uch hadyasi – mayi tugamaydigan jom, chang chaluvchi kanizak, Gulgun laqabli ot ana holning ramziy ifodasidir.

Juna quyoshi yuzini ochdi, shom hindusi askarlari qochishga majbur bo'ldi – tong otdi. Shoh Juna mamnun uyg'ondi. Mezbon uning atrofida parvona edi.

Mezbon yana suhbat qilishga va boda ichish uchun uning qoshiga keldi. Shoh: “Ey do'st! Ko'nglimizda shunday mehr bor ekan, sen uni yuzaga chiqarding! Mezbonlik qilish sen qilgandek bo'ladi. Bu xizmatlaringni o'lguncha unutish mumkin emas. Hijron dardi qanchalik og'ir bo'lmasin, farmon ber, ketadigan fursatimiz keldi. Kelish mehmonning ixtiyori bilan, ketish mezbonning qarori bilan”.

Ayriliq so'zi aytilgach, Mas'ud ko'p bezovta bo'ldi: “Ey ajoyib inson! Bu aytgan gaping qanday gap bo'ldi? Suhbating bilan xushhol edik, sendan ayrilish bizni parishon qilur. Agar yaxshi xizmat qila olmay, qusur qilgan bo'lsak, karam qil, ayb bilma! Quyosh kabi jamolingdan, shirin so'zlaringdan shod edik, istaganingcha bu erda yasha, biz bundan faqat masrur bo'lurmiz! Lekin istamasang, bizni xatolarimiz uchun kechir!” – dedi.
Shoh uning uzrlarini qabul qildi va o'z uyiga ravona bo'ldi. Gulgunga minib, Mas'udning hadyalarini olib yo'lga chiqdi. O'sha kuni Dehliga kirib bordi. Yo'qligi paytida qolgan ishlarini to'g'irladi, ammo xayoli Mas'udning ishlarida edi. Mas'ud bilan kechgan suhbatlarni xotirlab, u bergan jomda may ichardi.

Mas'ud yashaydigan Tiroz shahrida himmati past birov voliy edi. U asli Junpur shahridan bo'lib, ismi Jaypur edi. Uning zulmi Hind mulkida mashhur edi. Undan kelgan shikoyatchilar shoh Junaga ko'p arz qildilar. Shoh ularni tinglab ko'rdi, savol berdi, Jaypurning zulmi aniq bo'lgach: “Jaypurni voliyligi bitdi! Tiroz shahriga Mas'ud hokim etib tayinlansin va u eshigimizga zudlik bilan kelsin!” – deb farmon yozdirdi.

Lekin bu farmondan avvalroq xabari Jaypurga etib bordi. U saltanat qo'ldan chiqqanini bildi. Shoh adolat qilib uni so'roq qilishini anglab etdi, kirdikorlari ochilib, jazolanishidan dahshatga tushdi. Uning Mallu degan bir noibi bor edi. Uning ishi zulm, gina-kudurat, makr edi. Jaypur Malluni chorlab savol qildi: “Shoh meni mansabdan olibdi, erta-indin farmon keladi, o'rnimga yangi voliy tayin etilibdi. Ismi Mas'ud ekan. Endi nima qilamiz?”

Zolim va sitamkor Mallu makkorlarcha so'z boshladi: “Bu ishlarning yagona aybdori – Mas'uddir! Uning dovrug'i shohga qadar etib boribdi. Bilasiz, u benihoya boy va o'zini hamisha saxovatpesha ko'rsatib yuradi. To'g'ri, Mas'ud juda yaxshi odam. Hatto, ta'riflaganlaridan ham ko'ra yaxshiroq. Axloqi hammadan go'zal. Shoh sendan ko'ra afzal bilib, uni voliylikka munosib ko'rgan, albatta. Agar u yo'q qilinsa, senga omad kulib boqadi. Uni boy bergan shoh ham zarar ko'radi, mamlakat ham senga qoladi”, – deb maslahat berdi.

Hikoya kulminatsion nuqtaga ko'tarilishni boshladi. O'rtaga shayton tushdi. Chunki hayot, ayniqsa, mo'minlarning, oriflarning, haq yo'ldagilarning hayoti hech qachon bir tekisda kechmaydi. Ular o'z iymonlarida sobit bo'lganliklari uchun, albatta, shayton va uning lashkarlari bilan to'qnashadilar, jang qiladilar, ozor va sitam ko'radilar. Qonuniyat shunday. O'z yo'lingda sobit turdingmi, bos, seni sindirish va xor qilish uchun shayton bor kuchini ishga soladi.

Mas'ud va Junaning qalbi o'zaro muhib bo'ldi. Ular Alloh yo'lidagi do'stga aylandilar. Lekin shayton harakat boshladi. Endi bu do'stlik, endi bu e'tiqod jiddiy sinovga uchraydi. Busiz iloji yo'q. Erga tushgan urug' o'sib daraxtga aylanishi uchun tuproqni yorib chiqishi kerak. Qalbdagi Iymon quvvatga to'lishi va ziyoda bo'lishi uchun, albatta, imtihonlarga, to'siqlarga uchrab, toblanib, g'olib bo'lishi lozim. Mas'ud taqdirida ana shu bosqich boshlandi. Jaypur va Mallu shayton malaylari timsolida haq yo'ldagi odamlarga hujum qiladilar. Shayton odamni Alloh afzal qilganiga hasad etgani kabi Jaypur va Mallu Mas'udning begunoh va yaxshi inson ekanligini bila turib, razolat yo'lini tutdilar. Bu o'rinda shayton kabi Jaypurni yo'ldan ozdirgan Mallu edi. Ko'p hollarda ojiz hukmdorlarni uning maslahatchilari halokatga boshlagani singari Mallu ham Jaypurni zulm yo'liga yo'llamoqda. O'z zavoliga bir yaxshi insonni aybdor deb bilmoqda. Xuddi shayton agar odam bo'lmasa, men aziz bo'lardim deb o'ylagani kabi.

Qani, ko'raylik-chi, ular Mas'udga qanday fitna tayyorlar ekanlar?

Malluning maslahatidan so'ng Jaypur: “Agar Mas'udni yo'q qilish chora hisoblansa, buni qanday qilamiz?” – deb so'radi. Mallu esa shunday dedi: “Avvalo, uni o'zingga do'st tut. Mehru muhabbatingni izhor qil. Uyingga chaqirib, mehmon qil, o'zing ham uning uyiga bor”.

Bu maslahatdan Jaypur xursand bo'ldi va Mas'ud bilan do'stlashishga kirishdi. Yuz xil hiyda-nayrang va afsun bilan Mas'udga do'stlik izhor qildi. Uyiga chaqirdi. Har kuni suhbatlashib o'tirdi. Mas'ud esa Jaypurning shirin so'zlarini rost deb bildi. Haqiqatan ham beg'araz bir do'st deb o'yladi. Bir kuni Jaypur Mas'udning uyida o'tirib, mehmon bo'ldi. Ko'p noz-ne'matlardan bahramand bo'ldi. Mas'udning taklifi bilan Jaypur shu kecha uning uyida uxlaydigan bo'ldi. Mas'udning odamlarini ham g'aflat bosib, uxlab qoldilar. Ayni shu holni kutib turgan Mallu Mas'udning hovlisiga bir necha vahshiylarni olib kelib, Mas'udni qo'l-oyog'ini bog'lab olib chiqib ketdilar. O'z uyiga borib, Mas'udni bir chohga tashlatdi.
Bu qora tun yorishdi. Mas'udning odamlari uyg'onib ishga kirishdilar. Ular xojalari uyda emasligini bilib hayron bo'lishdi. Har tomondan izladilar. Ammo Mas'ud erda ham, ko'kda ham yo'q edi. Hamma g'amga botdi. Ayniqsa, Jaypur hammadan ko'ra g'amnokroq edi. U yoqasini yirtib fig'o qilar, astoydil qayg'urar edi. Har tomonga odam yo'llab, Mas'udni izlatdilar. Lekin topilmadi. Bir insonning o'z-o'zidan g'oyib bo'lishini hech kim tushuna olmas, alal-oqibat, uni o'lgan gumon qilib, motam tutdilar. Motam barcha elni ojiz ayladi.

Voliy Jaypur hammadan ko'proq o'zini azoblangan ko'rsatib, g'amda edi. U tashida ko'zyosh to'ksa-da, ichida Mas'ud yo'qolganidan juda xursand edi. Mas'udni o'ldiga chiqarib, etti oshini ham berdi. So'ng dardmand bir qiyofada o'z uyiga qaytdi.

Mallu o'g'irlab ketgan kecha Mas'ud chohda ko'zlarini ochdi. O'zini g'arib bir holda ko'rdi. Ko'zini yumganda o'z uyida, ochganda esa chuqur chohda bo'lgan inson qay holga tushsa, u ham shu holga tushdi. Qo'l-oyoqlari bog'langan. Tagi esa balchiq. Atrof go'r kabi qorog'u. G'alati holga tushgan Mas'ud: “Yo Alloh! Bu qanday hol! Tush ko'ryapmanmi? Yo bu bir xayolmi?” – deb nido qildi. Qaerda ekanini idrok qila olmay, gumon ustiga gumonda qoldi. Shu payt kimdir choh og'zini ochdi. Pastga arqon tashlab, tepaga tortib chiqardilar va bir xonaga olib kirdilar. Yo'l-yo'lakay haqorat va tahqirni unutmadilar. Xonaga esa kutilmaganda Jaypurning tund vaziri Mallu kirib keldi. U og'ziga keltganini qaytarmay Mas'udni so'kib ketdi. Bir kishi esa vazirning oldiga bir quchoq gavron qo'ydi.

Mallu: “Buni urib azoblash uchun echintiring!” – deb amr qildi va ikki kishiga Mas'udning oyoq-qo'llarini ushlab turishni buyurdi. Boshqa ikki kishiga gavron bilan savalanglar dedi. Zolimlar vazirning hukmiga itoat qilib, Mas'udni beayov kaltaklashga kirishdilar. Mas'ud og'riqlarga chiday olmay faryod qildi: “Nega meni uryapsizlar? Maqsadingiz nima? G'arazingiz mol bo'lsa, istagancha oling! Jonimni xohlasangiz, azoblamasdan ham uni olsa bo'ladi-ku!” – dedi. Lekin zolim vazir Mallu quloqlari kar odam singari: “Urishni to'xtatmang!” – dedi. Ikki zolim Mas'udning gulning bargi kabi yalang'och taniga ayamasdan bor kuchlari bilan gavron solardilar. Mas'ud faryod ustiga faryod chekardi. Ammo uning faryodi hech bir kishiga etmas edi. Oxiri ikkita yog'och sindi, ikkita uruvchi charchadi.

Zolim vazir Mallu: “Bas qiling, urmang. Bugun uni tayoqlab o'ldirib qo'ymang! Uni qatl qilmayman, balki azoblab o'ldiraman!” – dedi.

Malluning bu mal'un gapidan hatto gardun xijil bo'ldi. Samo larzaga keldi.

Kaltaklanib bo'lgach, notavon Mas'ud bir amallab o'tirdi. Fig'on tortib, qon tupurib gap boshladi: “Ey musulmonlar! Gunohim nima, ayting! Yoronlar shunday zulm qiladimi? Zulmni to'xtating! Gunohim bo'lsa, buni ayting! Odamzodning ishi xato qilish. Xato hammaga xos. Xatoyimni ayting va qanday mol-mulk istasangiz, muhayyo qila!”

Mas'ud shunday deb bir necha marta yolvordi. Ammo unga dili tosh zolim parvo qilmadi: “Og'zini yoping! Bunday afsonalarni ortiq so'zlamasin!” – dedi. Mas'udni yana bog'lab Yusuf kabi chohga uloqtirdilar.

Aynan shu sahna meni larzaga solgandi. Hech qanday gunohsiz insonni oyoq-qo'lini bog'lab ayovsiz urish qanday ro'y berishini men yaxshi bilaman. Mas'udning holatini juda chuqur his qilaman. Malluni esa yaxshi taniyman. Ayniqsa, quyidagi baytlarni o'qiganda Mas'udning faryodi qulog'imni qamrab olgan edi:

Hukm qildiki: “Ochingiz rasanin.
Yalang'ochlang, azob etarga tanin!”

Dedikim, chekti oni ikki kishi,
Yig'och urmoq yana ikining ishi.

Nechakim zorlig' bila Mas'ud
Dedikim: «Aytingiz, nedur maqsud?

G'araz ar mol erur emas ul kam,
Jon esa yo'q turur muzoyaqa ham».

Kilmadi istimo' zolimi xas:
«Yig'och urmoqni, – dedi, – qilmang bas».

Bargi guldeq tanin topib yalang'och,
Ikki zolim urarlar erdi yig'och.

Necha faryod etibki, urdi pech,
Kishi faryodig'a etishmadi hech.

Tokim ikki yig'och usholdi durust,
Bo'ldi ikki yig'och urg'uchi sust.

Dedi zolimki: «Bas qiling, urmang,
Bukun oni tayoqlab o'lturmang.

Qatl qilmasmen iztirob aylab,
O'ltururmen, vale azob aylab».

Qo'pti boshu ayog'idin ikki dun.
Bo'ldi ul fe'lidin xijil gardun

Qo'pub o'lturdi notavon Mas'ud,
Dedi tortib fig'oni dardolud

Ki: «Gunohim nedur, musulmonlar!
Qilmadi buyla zulm yoronlar!

Zulmu bedod rasmidin qayting,
Gunahi aylagan esam ayting.

Odami joyizul-xato bo'lmish,
Bu xato borchag'a ravo bo'lmish.

O'tkaray har ne tarjumon desangiz,
Moldinkim desunki, jon desangiz».

Necha bu nav' zohir etti navo,
Qilmadi duni sangdil parvo.

Dedikim: «Qo'ymangiz ani so'zga,
Demasun bu fasonalar o'zga».

Bog'latib soldi chohning tahig'a,
Yana er tutti Yusuf o'z chahig'a.

Ozodlikda yurar ekanman, bu joylarini o'qib bee'tibor o'tib ketganim rost. Ammo endi shu joyini takrorlab o'qirdim. Yo Alloh! Alisher Navoiy nimalarni yozmoqda? Do'stlar, Alisher Navoiy kimning holini bayon qilmoqda?

Mutlaqo beayb odamni azobga solishdan ko'ra ulkan zulm bormi olamda? Mas'ud menga hamdard edi. U kabi butun vujudim titradi. U kabi tomirlarimga qadar azob etdi. Malluga bo'lgan nafratimning cheki yo'q edi. Malluga cheksiz qarg'ishlar yog'dirdim. Duoibad qildim. Jahannamni, azob farishtalarini yaratgan Allohga hamd aytdim! Mallu qilgan zulmga muqobil jazoni Allohdan bo'lak zot bera olmaydi. Bunga aminman!

Afsus, voqealar kitobning ichida sodir bo'layotgan edi. Mas'ud yolg'iz, zindonda edi. Faryod qilardi. Uni men eshitardim. Boshqa hech kim eshitmasdi. Kitobga kirib, Mas'udni qutqara olmasdim, Malluga jazo berolmasdim. Yana ming afsuski, agar u voqealar yonimda sodir bo'lsa ham, zaif edim. Hech narsa qo'limdan kelmasdi. Faqatgini nafasimni ichimga yutib, o'zimning kaltak emasligim haqida o'ylay olardim, zotan. Kitobxon o'laroq Alisher Navoiy bayon qilayotgan voqeaning ichiga kirib qolgan odam edim, go'yo.
Endi yurakda alam ila begunoh Mas'udning holidan xabar olsak.

(Davomi bor)

Akrom Malik

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube