O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Borchadin yaxshiroq hayot guli…” (3)

“Borchadin yaxshiroq hayot guli…” (3)
14 Kasım 2019 - 14:21 'da yuklandi va 218 marta o'qildi.

(Boshi)

Mallu bir necha kun Mas'udni kaltaklatdi. Hech kim uni bu ishdan qaytara olmasdi. Mas'ud somon kabi holga tushdi, ko'zyoshi quridi va jonidan umid uzdi. Kaltak ostida faryod solib: “Menga tig' uring! Rahm qiling – meni o'ldiring! Etar!” – deb zolimlarga yolvorardi.

Mallu ham bir necha kun uzluksiz jafo qilishdan charchadi. Endi ertaga tongda Mas'udning jonini olaman deb qasd qildi. Bir kishini choh boshiga qo'yib: “Bu kecha Mas'ud ko'proq azob tortsin! Tongda jonini ol!” – deb tayinladi.

O'zi esa Jaypurning qoshiga borib: “Buzuq ko'nglingni obod qil! Dushmaning qahr ostida qoldi, u o'ladi!” – dedi. Uyiga kelib bazm tuzib, bo'kib may ichishga kirishdi.

Malluning bir go'zal qizi bor edi. Qizning so'zlari achchiq, lekin savollarga javobi shirin edi. Husn bir jahon edi. U Mas'udga g'oyibona oshiq edi. Mas'ud haqida eshitib, hatto, Mas'udni uzoqdan ko'rgan ham edi. Ishq qalbida olov bo'lib yonar, ammo dardini hech kimga ayta olmasdi. Qizning qalbiga ishq tushgan, o'zi esa otasidan farqli o'laroq rahmdil, odamlarga ko'mak beruvchi edi.

U o'z uyida qo'rqinchli voqealar bo'layotganini bilardi. Bir bandiga azob berishayotganidan xabardor edi. Ammo vahmdan nima gap deb so'rashga majoli yo'q edi. Shu kecha otasi may ichib, mast bo'lib uxlab qolganini ko'rdi. Choh boshidagi qo'riqchi ham may ichib mast bo'lgan edi. Shuning uchun ham qiziqish, ham rahmdillik ustun kelib, qiz chohning og'zini ochib dedi: “Ey bechora! Kimsan? Qaysi mazlumsan? Oting nima? Tirikmisan? O'likmisan?”

Uning ovozini majruh Mas'ud eshitdi, jismig aruh kirgandek bo'ldi: “Otim Mas'ud! Sen kimsan? Jinmisan? Farishtamisan? Sasingdan tanimga jon keldi. Meni qutqara olsang, qutqar, yo'qsa, ket va meni o'lik deb bil!” – dedi bor kuchini jamlab.

Bu so'zlarni eshitib, qiz qotib qoldi. U Mas'udning o'limi haqida eshitib, motam tutar, qalbini hajr o'ti kuydirar edi. Aniqrog'i, Mas'ud yo'olgan, ammo o'lik-tirigi ma'lum emas deyishardi. Qiz otasining vahshiyligi, hech bir razolatdan tap tortmasligini juda yaxshi bilardi. Shuning uchun ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmay qoldi: “Yo AllohYo shunday bo'lishi mumkinmi?!” – der edi titrab.

Ammo zindondagi haqiqatan Mas'ud ekanligini bilish uchun yana savol berdi: “Sening jismingga jonim fido! Joningga jismim sadqa! Seni bunday holda ko'rguncha, o'lsam bo'lmasmidi? Xasta joningga fido bo'lsam, bo'lmasmidi?”

Lekin aytayotgan bu afsona gaplaridan foyda yo'qligini o'zi ham bildi. Bir chora ko'rish uchun o'rnidan turdi. Uning juda sodiq ikki kanizi bor edi. Ikkisi qizni benihoya yaxshi ko'rishar, sirdosh, dildosh edilar. Bu ikki kaniz qizning sevgisidan xabardor edilar. Shuning uchun bekalarining buyrug'i bilan arqon keltirib, chohga tushib, Mas'udni tortib chiqardilar. Mas'ud chohdan chiqqanda behush edi. Oyoq-qo'llari zanjirband edi. Ular Mas'udni tanidilar, ahvolini ko'rib, zor yig'ladilar. Ammo hol-ahvol so'rab, yig'i-sig'i qiladigan vaqt emas edi. Qiz ikki kaniziga Mas'udni ko'tartirdi. O'zi uyga yashirincha kirdi. Kanizlari bilann birga yashagani uchun u haqda hech bir gumon yo'q edi. Bir necha qavat to'shak to'shab, xastani avaylab yotqizdilar. Goh sharbat, goh taom berib, davolashga kirishdilar. Mas'udga termilib, qiz o'z ko'ziga ishonmasdi. Qalbi quvonchdanmi, ishqdanmi, hapqirar edi. Xuddi parvona sham atrofida aylangani kabi shafqat va muhabbat ila Mas'udga xizmat qilardi.

Qiz Mas'udni kutqargan kecha Mallu uyg'onib, Mas'udni o'ldirgani choh boshiga bordi. Ko'rdiki, choh og'zi ochiq, posbon uxlab yotibdi, bandi esa yo'q. G'azabda qo'riqchini shu zahoti o'ldirdi va o'z jonini o'ylab dahshatga tushdi. Shoshib voliy Jasypurning qoshiga yugurdi. Bo'lgan voqeani aytib berdi. Ikkisi qo'rquvdan titrab, o'z hollariga motam tuta boshladilar. Ammo bunga ham chora topishdi: shahar tashqarisini tekshirib, Mas'ud shahardan chiqib ketgan bo'lsa, topib o'ldirishga qaror qilishdi. Shahar ichi va dashtu tog'lardan Mas'udni pinhona ravishda qidirishga kirishdilar. Ammo Mas'ud yo'q edi. Hech qaerda yo'q edi.

Bu vaqt ichida qizning mehribonligi sabab bo'lib, Mas'ud oyoqqa turdi.

Choh ichidagi qahramonning qiz tomonidan qutqarilishi biroz romantik sahna. Ko'pchiligimiz qiz bolaga bo'lgan sevgi sababli kuch topgan badiiy qahramonlarni bilamiz. Bu ko'p takrorlanadigan sahna. Asardan asarga ko'chib yuradigan sayyor bir syujet. Alisher Navoiy ham ko'hna syujetni taqdim etgan bo'lsa-da, buning zamirida ham o'ziga xos ma'nolar yashiringan va aynan shu jihat asarning originallik darajasini ko'rsatib beradi.

Birinchidan, choh, zindon, tutqunlik – jiddiy masala. Olamdan uzulish, chorasizlikni his qilish, zulm ko'rish orif insonlar uchun, mo'minlar uchun tarbiyadir. Allohning tarbiyasidir. Hamma zamonlarda barcha qahramonlar tutqunlik sharbatidan totib ko'rishgan. Bu payg'ambarlar hayotida ham yaqqol ko'rinadi. Misollarga murojaat qilsak: Yusuf alayhissalomning taqdiri – ma'lumki, u kishi zindondan so'ng yuksak martabaga erishadilar. Muso alayhissalomning Fir'avn xonadonida ulg'ayishi (tutqunlikka bir ishora), quvg'inda yurishlari va bu sinovlardan keyin yahud qavmig bosh bo'lib, ularni Misr zulmidan qutqaradilar. Rasulimiz, habibimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam ham uch kun g'orda Abu Bakr roziyallohu anhu bilan qoldilar. Bu ham g'ayriixtiyoriy tutqunlikning bir shaklidir. G'ordan chiqib, Yasribga izzat va sharaf sohibi o'laroq tashrif buyurdilar.

Xalq dostonlari ichida Alpomishning etti yil zindonda qolishi ham bunga bir misol. Alpomishni ham Qalmoq shohining qizi Tovka oyim qutqargan edi. Zindondan so'ng yurtga qaytgan Alpomish ikki karra qudratga to'lib, zolimlarning dodini bergan.

Bu kabi misollar benihoya bisyor.

Alisher Navoiy ham Mas'udning begunoh holda chohga tushishi aslida uning uchun tarbiya ekanligini aytmoqda. Chunki begunohlik yoki gunohkorlik ham insonning Alloh nazdidagi holatini belgilab bermaydi. Alloh gunohni va gunohkorni yomon ko'radi. Lekin bandalar gunoh qiluvchi, gunohkorlarning eng yaxshisi – tavba qiluvchilaridir. Shunday ekan, men begunohman deb ujb (o'z-o'zidan ajablanish)ga berilish ham katta xatodir. Alloh qadarga yozsa, gunohsiz holda ham jabr tortmoq mumkin. Inson shunday qilib, o'zi aslida kimligini anglab etadi, hech narsaga arzimasligini, agar Alloh xohlasa, bir zumda – ko'z ochib yumguncha izzat cho'qqisidan xorliq botqog'iga g'arq bo'lishi mumkinligini tushunib etadi.

Mas'ud ana shu saboqni oldi. Allohga qanday taslimiyat keltirmoq zarurligini his etdi. Bu uning uchun yana bir yuksalish edi.

Ikkinchidan, ishq qudratli bir kuch. Allohning ne'mati. Buni hech kim inkor eta olmaydi. Ishqsiz, muhabbatsiz, shavqsiz inson hech bir ishga qodir bo'la olmaydi va hech bir ishda muvaffaqiyat topmaydi. Mas'udning unga oshiq bo'lgan qiz tomonidan qutqarilishi, otasi beshafqat ekanligini bila turib, bu ishga jur'at topishi, shubhasiz, muhabbat sabablidir. Muhabbatning ko'zi ko'rligi uchun u yo'ldan to'xtamaydi va tavakkuldan qo'rqmaydi. Bu hikoyatning ushbu nuqtasidagi ikkinchi bir ma'nodir.

Uchinchidan, Musoning tug'ilishdan qo'rqqan fir'avn xonadonida Muso alayhissalom ulg'aydilar. Fir'avn o'z dushmanini o'z qo'li bilan o'stirdi. Alloh makr qiluvchilarning eng ustuni, eng kuchlisi, eng zo'ridir. Mallu, Jaypur kabilar Allohning mo'min bandalariga qanchalik makr qilmasinlar, hiyla ko'rsatmasinlar, Allohning makri oldida ojizdirlar. Alloh shunday makr qildiki, Mallu o'z g'animini butun shahardan, dashtu tog'lardan axtardi, holbuki, g'animi uyning to'rida, izzat-ikromda edi. Mallu g'animni o'z uyidan izlashni unutgan edi. Alloh unga buni unuttirgan edi. Alloh Malluning qizi ko'ngliga bir ishq soldi va bu ishq Mas'udni chohdan qutqardi. Bu mazkur epizoddan olinadigan uchinchi xulosadir.

To'rtinchidan, zulm va yomonlikda bardavom bo'lgan insonlar – eng qo'rqoq va zaif insonlardir. Ular qo'llaridagi mazlum xalos bo'lsa, dahshatga tushadilar. Qilgan zulmlari o'z boshlariga qaytishini bilib, qo'rqib ketadilar. Mas'udning qutilishi Mallu va Jaypurni vahimaga solgani singari.

Qani, endi ko'raylik-chi, hikoya qahramonlari taqdiri qanday bo'lar ekan?

Mas'ud qiz bilan maslahat qilib, bir qarorga keldi. Qiz yashirincha ikki otni tayyor qildi. Bu otlar osmonda uchgan yulduz kabi uchar edi.

Mas'udni izlab topolmagan Jaypur va Mallu qaytib kelganlaridan so'ng Mas'ud va qizning qochishi uchun hech qanday to'siq qolmadi. Ikki rafiq qochib, yo'lga tushdilar. Qadimgilar: “Avval do'st tanla, keyin safarga chiq!” – deganlaridek, hamdamlik bilan safarga ketdilar. Tongda qizning yo'qligi bilishdi. Malluning odamlari bor gapni aniqlashdi va qochqinlarni quvishga tushdilar. Uzoqdan qochoqlarning qorasi ko'rindi. Ularning orasida bir yig'och ham masofa qolmadi. Ikki bechora jon qayg'usida ekan, musabbibul asbob (sabablarning qiluvchi) bo'lgan Alloh ularga bir chora ko'rsatdi. Ro'paralaridan chiqqan bir dengizda bo'sh kema ko'rindi. Mas'ud va qiz dengiz sohilig kelib, kemaga chiqdilar va zudlik bilan eshkak eshib, langarni ko'tarib, elkanlarni yoydilar. Ular sohildan uzoqlashib, dengiz ichiga kirib borisharkan, quvuvchilar alam ichida qolib ketishdi.

Mas'ud va qiz o'n kecha-kunduz suzib, qirg'oqqa etib bordilar va o'zlari bilan olgan otga mindilar. Ular kirib borgan shahar, ittifoqo, Hind mulkining poytaxti Dehli edi. Yo'l yurib, Dehliga yaqinlasharkanlar, bir eski qal'a oldidan o'tishga to'g'ri keldi. Bu qal'ani bir necha haromi makon tutgandi. Qal'a oldidan o'tisharkan, bir kishiga o'n kishi hujum qilib, otdan tushirdilar. Otlarini va liboslarini butunlay echib oldilar. Ikkisi g'amda qoldi. Shukurki, tong qorong'u edi. Ular jonlari omon qolganiga Allohga hamd aytib, davom etdilar. Shu holda ketib borisharkan, bir karvonga ko'zlari tushdi. Mas'ud karvonga yaqin borib, o'z holini arz qildi. Karvondagilar eski-tuski janda kiyimlarni uloqtirdilar. Ikkisi shoshib bu eskilarni kiyib shahar sari kirib bordilar. Shaharga kirib, bir vayronaga borib to'xtashdi. Behad toliqqan edilar.

Tong yorishdi. Quyosh chiqdi. Vayrona ichidagi Mas'ud va qizning ahvoli og'ir edi. Bir necha kunki tuz totmagan ikkisi ochlikdan madorsizlanib borardi. Mas'ud bazo'r o'rnidan turdi va taom topib kelish uchun shahar sari yo'l oldi.

Shahardagi bozorga qadam qo'yganda eshitdiki, shoh bazm qilmoqda. Bir qancha tovoqlarga umna, tanbul kabi taomlar solingan, kim bu tovoqlardan birini saroyga eltib bersa, ikki dirham berilar ekan. Mas'ud bu so'zni eshitib, bitta tovoqni ko'tardi va ochlik sababli qiynalib ko'rsatilgan yo'lda saroyga qarab ketdi. Odam ko'chada ko'p edi. Mas'ud esa yurishga qiynalardi. Bir amallab aytilgan manzilga – shohning chorbog'iga kirib bordi.

Shoh Juna chorbog'da g'am-qayg'uga botib, may ichib o'tirar edi. Ud va nay ayriliqdan nola qilardi. Chunki u Mas'ud haqida eshitgan, g'amdan aqlu hushi parishon bo'lgandi. Mas'udning suhbatlarini eslab yig'lardi.

Mas'ud mahzun holda boqqa kirib, o'z oti Gulgunni otboqar etaklab yurganini ko'rib: “Mehmonim bu otni shohga hadya qilibdi”, – deb o'yladi. Qo'lidagi tovoqni ko'tarib biroz yurgach, o'z kanizining sasini tanib qoldi. Kanizakning ovozi, chalayotgan kuyi, aytayotgan baytlari juda tanish edi. Mas'udning qalbiga bir gumon, iztirob tushdi. O'yladiki, mehmon bu sanamni ham sotibdi.

Tovoqni ko'tarib, shoh qoshiga kirib, shohning qo'lida o'zi hadya etgan jomni ko'rdi. Ko'ziga yosh keldi. Ichida olov yondi. Ichiga g'alati dardi kirdi. “Tuhfalarimning hammasini qoshimga kelgan mehmon shohga sotgan yoki berib yuboribdi”, – dedi hasrat bilan.

“Yo Alloh, nima qilay?!” – deb turib qoldi. Shu on shoh sari qaradi: ko'rdiki, o'zi bergan gulgun to'n, toj ham alvonrang!

“O'zimni tanitaymi, yo'qmi?.. – deb ikkilandi. – Agar o'zimni tanitsam, xuddi bir narsaga tama' qilgandek bo'lib qolaman”.

Xizmatchilar kelib, uning boshidagi tovoqni oldilar, Mas'ud esa o'zini shu istiholalar ila oshkor qilmadi. Oshkor qila olmadi. Barmog'ini tishlab tashqariga chiqdi. U o'zini bunday bechorahol ko'rsatishni xohlamadi. Bu g'arib ish bilan shohga namoyon bo'lishdan hayo qildi. Shuning uchun himmat qadamlarini bog' bo'ylab yurib ketdi.

Mas'udning bir necha xodimlari o'z xojalari g'oyib bo'lgach, shoh xizmatida edilar. Ular mehmonlarni kuzatib qaytisharkan, uni tanib qoldilar. Bir qo'yib bir Mas'ud sari yugurdilar. Uni yig'lab quchoqladilar. Beixtiyor faryod solib o'kirdilar. Eslarini yo'qotib qo'yishdi. Mas'ud esa o'z do'stlarining bu qadar mehrini ko'rib, so'z deya olmas, ko'zlaridan shashqator yosh oqardi, xolos. Tashqarida ko'tarilgan bu to'polon shohga eshitildi. U nima bo'lganini bildiyu, shitob bilan, qalbida iztirob bilan yugurib chiqdi. O'z do'stini bunday g'amgin, bechora va mahzun holda ko'rib, olam ko'ziga qorong'u bo'ldi.

Shoh do'stini quchib, ko'zyosh to'kar, Mas'ud esa shohning poyiga boshini qo'yardi. Bir tarafda esa uning o'sha kanizagi ko'zlarida qon yoshlari ila boqib turardi. Nihoyat, iztirob o'ti taski topdi. Shoh Mas'udni issiq suvga eltishni amr qildi. Shoh Mas'udga ne kerak bo'lsa, barchasini muhayyo qildi. Zudlik bilan xarobaga borib, parichehra qizni ham topdilar. Uni ham kiyintirib, taxtiravonga solib saroyga keltirdilar. Bu orada Mas'ud ham issiq suvga kirib chiqdi. Gulgun rangli liboslar bilan uni kutib oldilar.

Shoh Mas'udni xuddi o'g'lidek kutib olib, yoniga o'tqizdi. Boshidan o'tganlarini so'radi. Mas'ud gapirar edi, shoh esa ko'zidan yosh to'kardi. Juna Mas'udni o'ziga do'st tutdi, musohib tutdi. Bir qancha xazinalarni hadya qildi. Unga sadoqat ko'rsatib kelgan qizni esa nikohlab berdi. Tiroz, Darbast shaharlarini Mas'udga baxshish ayladi. Qasrlari gulrang, maylari gulfom edi. Shu holda hukm bo'ldiki, Mallu va Jaypur qatl qilindi. Ularning qoni bilan er gul rangiga kirdi.

Do'stlar to oyoqlaridan boshlariga qadar gulga ko'milgan bo'lsalar dushmanlar ham xuddi shunday gul rangli qonga g'arq edilar.

Koinot bog'ining guli go'zal! Hammasidan hayot guli go'zalroqdir!”

Mana, Alisher Navoiy qalamiga mansub, biro romantik, biroz sarguzasht, biroz qayg'uli va biroz quvonchli bo'lgan hikoyatni o'qib tugatdik. Hikoya so'ngidagi ushbu bayt ancha mashhur:

Xushdurur bog'i koinot guli,
Borchadin yaxshiroq hayot guli.

Ko'rib o'tganimizdek, qiyinchilik va azoblardan so'ng Mas'ud mas'dlikka etishdi. Alloh ato etgan bir toza ishq va do'stlik sababli boshidan musibatlar aridi, yaxshiliklarga erishdi.

Albatta, hikoyatning yakuni yaxshilik bilan, qahramonlarning murodu maqsadi bilan bo'lgani ma'qul. Chunki adolat shuni talab qiladi. Yaxshilar, albatta, yaxshilik ko'rishlari shart. Yomonlar esa jazolanishlari lozim.

Ochig'i, hikoyatda Mas'ud va Junaning saroy chorbog'idagi uchrashuv sahnasidan mening ham ko'zimga yosh kelgan. Sening qayg'ungni qayg'usi deb biladigan, sening shodligingni shodlik deb biladigan do'st borligi qanchalar buyuk baxt!
Shoh o'z do'sti Juna haqida eshitib qay holga tushganiga boqing:

Voqif o'ldi so'rub shitob bila,
Yugurub chiqti iztirob bila,

Ko'rubon yorin uyla holat aro,
Bo'ldi yorug' jahon ko'ziga qaro.

Quchubon bo'ynini, to'kar edi yosh,
Ul qo'yar erdi shoh ayog'ig'a bosh.

Ajoyib.

Adolatning qaror topishi, mazlum jarohatiga marham qo'yilishi, zolimlarning jazolanishi, albatta, sevintiradi. Kitobda bu narsa tez ro'y beradi – bir necha sahifalarning ichida. Bu sahifalarni tez varaqlash mumkin. Hayotda esa sekin yuz beradi. Chunki yillar sahifasini varaqlash qiyin. Har bir varaqdagi har satrni – kunni o'qish juda mashaqqat.

Adolat qaror topishiga, gunohlaring afv etilib, Allohning marhamatiga erishmoqqa ishonish, Allohning muhabbatini istash, Iymonga ziyodalik tilash, jahannamdan qo'rqish, jannatni orzu etish, jannnatda nabiylar, sahobalar, solihlar davrasida bo'lishni so'rash, diydorlarga musharraf bo'lish niyati ham bir e'tiqoddir. Juda to'g'ri e'tiqoddir, inshaa Alloh. Chunki zulmat tunidan saodat tongiga etmoq uchun shunday e'tiqod zarur. Balki, ana shu e'tiqodning o'zi ayni tong, zavol bilmas quyosh bo'lsa, ne ajab!

Akrom Malik
2019 yil, 11 noyabr

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube