O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bayrog'imiz haqida

Bayrog'imiz haqida
17 Kasım 2019 - 16:00 'da yuklandi va 405 marta o'qildi.

Ertaga O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kunga 18 yil to'ladi.

Moviy, oq-yashil va qizil ranglar mujassam o'n ikki yulduzli bayroq qanday qabul qilingan edi?

U kunlar tarixi haqida qo'limdagi hujjatlar va suratlar etarli bo'lmasada, bilganimcha bayroq tarixini bayon qilishga jazm etdim.

O'zbekiston SSR Oliy Kengashi deputati bo'lganim bois, o'sha kunlar voqea-hodisalarining qoq markazida edim.

Voqealar asnosida nimalarnidir ilg'amay qolgan bo'lishim mumkin, nimalarnidir to'lig'icha ochib bera olmasman. Albatta, bayroq qabul qilish jarayonlarini mendan chuqurroq biladiganlar vaqti kelib kemtiklarimni to'ldiradi, degan umiddaman!

Sobiq SSSR tarkibiga kirgan o'n besh respublikaning har birining o'z bayrog'i bo'lardi. Bayroqlar birday qizil bo'lmasa ham, boshqa ranglarga qizil rang karvonboshilik qilardi. So'zda «ittifoqdosh» deb ataladigan biror respublika o'roq va bolg'a tamg'asi tushirilgan SSSR bayrog'isiz o'z bayrog'ini havolantira olmasdi. Ittifoqdosh respublikalarning bayroqlari SSSRning qip-qizil bayrog'i bilan birga, sal pastroqqa osib qo'yilardi. Bu amalda Sovet imperiyasining butun hududlarda gegemonligini ifodalardi.

Boltiqbo'yi va Kavkazdagi ba'zi respublikalar ruslar bosib olguncha mustaqil bo'lganlari va o'z timsollari va o'z bayroqlariga ega bo'lgan davrlar xususida gapira boshlagan zamonlar edi. Sho'rolar hududlarida tarixni qaytadan yozish va o'tmishdagi xatolarni to'g'irlash harakatlari kuchaygandi.

Bizda ham “Turkiston Muxtoriyati” haqida uzuq-yuluq gaplar yurardi. Lenin boshliq bolshevik to'dalar Chor Rossiyasidagi monarxiyani qulatganidan so'ngra Turkistonda ham mustaqillik harakatlari boshlanganligini, 1917 yilning oxiriga kelib bu harakatlar samarasi o'laroq Turkistonda mustaqil bir davlat barpo etishga kirishilganini va u bor-yo'g'i 72 kun umr ko'rganligini o'zbekning ilg'or fikrli kishilari endi qo'rqmay gapirib yoza boshlagan edilar. Tarixda “Turkiston Muxtoriyati” deb nomlangan davlat bo'lganligini chet ellarda ko'pchilik bilsa ham, yurt ichida bu haqda aksar aholi hech nima bilmasdi…

1921-yilning yozida bir guruh mahalliy vatanparvarlar Ahmatzaki Validi boshchiligida Buxoroda “Turkiston Milliy Birligi” degan yarim yashirin tashkilot va uning qoshida esa “Erk” siyosiy partiyasini tuzadilar. “Turkiston Milliy Birligi”ning yagona maqsadi – “Mustaqil Turkiston Islom davlati”ni qurish edi.

Oddiy ommani aytmay, tarixda Qo'qonda «Turkiston muxtoriyati», Buxoroda «Turkiston Milliy Birligi» tashkilotlari ta'sis etilganligini, shuningdek ushbu harakatlar oqimida «Erk» degan hurriyat partiyasi tashkil bo'lganligini, hatto ularning o'z bayroqlari ham borligini men hamsuhbat bo'lgan ko'plab deputatlar bilmasdi.

Bobolar o'rtaga keltirgan «Turkiston Milliy Birligi» harakatidan bizga oq-qizil rangli, oy va yulduzi bor bir go'zal bayroq meros qolgan.

1988 – 89 yillarda shakllangan “Birlik” xalq harakati va «Birlik» parchalangandan keyin «Birlik»ning ishini davom ettirgan (1990 tuzilgan) “Erk” demokratik partiyasi o'sha bayroqni qayta tiklash va “Turkiston Milliy Birligi” boshlab bergan mustaqillik harakatini keng targ'ib qilishga eng shimardi. Voqealar tizimini diqqat bilan kuzatib turgan sobiq Ittifoq davrida hokimiyatni egallab olgan mahalliy kommunist rahbarlar “Turkiston Muxtoriyati” va «Turkiston Milliy Birligi» g'oyalarining qayta tirilishini ham, ularning bayroqlarining yangidan dolg'alanishini ham aslo va aslo istamas edilar.

Karimov tarixga o'z nuqtai nazari va manfaati doirasida juda ehtiyotkorlik bilan yondoshardi. Undagi o'ta shaxsiy masalalarga qaram nochor zehniyat milliy qarashlarga teskari o'laroq, bir paytlar Qo'qonda o'rnatilgan mustaqil muxtoriyat va Buxoroda asos solingan Milliy Ozodlik Harakati faoliyatini siyosiy jihatdan to'g'ri mushohada qilishga ojiz edi.

1990 yilning 20 iyunida demokratik yo'nalishdagi bir guruh deputatlar bosimi ostida «Erk» demokratik partiyasi hay'ati tomonidan tayyorlangan “O'zbekiston Mustaqilligi Deklarasiyasi” qabul qilindi.

Ko'pchilikni tashkil qiladigan kommunist deputatlar va ularning boshini birlashtirib turgan Oliy Kengash haliyam markazdan qo'rqib, juda ehtiyotkorlik bilan faoliyat ko'rsatardi. Yaratilayotgan qonunlarning ko'pchiligida haliverin “Ittifoq” yoki “Yangilangan Ittifoq” atamalari ishlatilayotgan edi.

Tarix sahnasida O'zbekiston Oliy Kengashiga bir nafaslik demokratik shabada tufayli saylanib qolgan, yurt mustaqilligiga tashna, Turkiston Milliy Ozodligi uchun kurashlar tarixidan xabardor kichik bir deputatlar guruhi va faqat yuqoriga qulluq qilishdan boshqa narsaga yaramaydigan mutloq ko'pchilik olomonsifat deputatlar o'rtasida tarixiy bir siyosiy kurash jarayoni kechayotgan edi…

Rossiya, Belarus va Ukraina respublikalari tomonidan 1991 yil 8 dekabrda imzolangan “Belovej shartnomasi” SSSR degan davlatni tugatib, uni butunlay “go'ru cho'p”ga chiqarishiga oz muddat qolgandi. O'rta Osiyo respublikalaridan tashqari barcha ittifoqdosh respublikalar o'z mustaqilliklarini allaqachon e'lon qilgan, O'zbekistondagi hukumat ortiq havoda muallaq qolishga mahkum SSSR prezidenti M.S. Gorbachevga qulluq qilishdan to'xtamasdi.

O'zbekiston prezidenti Karimov “GKChP” Gorbachevni taxtdan chetlatmagan kungacha mustaqillik haqida gapirishdan o'zini tiyib turdi. U muxolifatning so'zlariga «bir safsata» deya qarardi. Chunki, u haliyam sho'rolarning parchalanib ketishiga ishonmas, tarix g'ildiragining orqaga aylanishidan umidvor edi. “Mustaqillik Deklarasiyasi” qabul qilinganidan so'ng ham u bir yilu ikki oy Moskvaning yo'rig'i bilan ish tutdi. 1991 yilning 31 avgustida, u nihoyat kutmaganda yurak yutib muxolifat tomonidan e'lon qilingan mustaqillikni tan olishga majbur bo'ldi. Pishib etilib, hamma chegaralardan allaqachon o'tib ketgan vaziyat, uni shunday qilishga majburladi. Uning, ortiq boshqa yo'li qolmagan edi. Oliy Kengash zalida o'tirgan deputatlar Karimovning o'ta ehtiyotkor va qat'iyatsizligini bilganlari bois, uning tantanavor so'zlarini beparvo kutib oldilar…

Mustaqilligi e'lon qilingan yosh davlatga birinchi navbatda bayroq, tamg'a, madhiya va Konstitusiya kerak edi. Birinchi bayroq, ortidan tamg'a 1992 yil 2 iyulda, Konstitusiya 1992 yil 8 dekabrda va madhiya 1992 yil 10 dekabrda qabul qilindi.

“Biz endi mustaqil bo'ldik, bizga bitta bayroq kerak. Tezda bir bayroq tanlamasak, xalqaro maydonda uyatli bo'lamiz” degandi o'shanda Karimov. Shu bois bayroq masalasi bilan uning shaxsan o'zi shug'ullandi. Mustaqillik e'lon qilingan sessiyada, birato'la bayroq uchun tanlov ham e'lon qilindi.

Oradan ko'p o'tmadi. 1991 yilning 17-noyabrida deputatlar shoshilinch sessiyaga yig'ildik..

Zalning katta sahnasiga tanlov bo'yicha tayyorlangan bayroqlarning eskizlari chiqarib qo'yildi.

Oldingi sessiyada “Turkiston Milliy Birligi” bayrog'ini tanlovga tavsiya qilamiz deb kelishib olgandik. Farg'onalik deputat Sadirali Umarov sessiyaga bayroqni qaerdandir topib olib keldi.

Men Sadirali Umarovni 1990 yil 20 iyunda “Mustaqillik Deklarasiyasi”ni qabul qilingan kezlardan yaxshi tanirdim. Men O'zbekiston bayrog'ini sahnada ko'tarib, “Yashasin Mustaqillik!” deb qichqirganimda, u birinchi bo'lib oldimga chiqib, meni ko'zlaridagi quvonch yoshlari bilan quchib, qutlagandi. Shu-shu, ikkalamiz inoq edik. Allohning izni bilan “Turkiston Milliy Birligi” bayrog'ini ham birgalashib, sahnaga olib chiqib, boshqa bayroqlar qatoriga ilib qo'ydik.

Barcha bayroqlar maxsus tayyorlangan taxta ramkalarga solib (chunki ular hali qog'ozda edi) osilgan edi. Oliy Kengashda yurt Ozodligi uchun kurashgan ajdodlarimizdan qolgan tarixiy bayroq ham paydo bo'ldi. U chekkada ramkaga solinmagan holda turardi.

Zaldagi ba'zi bir kommunistik eski tuzum tarafdorlari bu ishimizga norozilik o'laroq rosa shovqin ko'tardi. Ularning ichidan: “Bu bayroqni sahnadan yo'qotinglar, bu bayroq vatan xoinlarining bayrog'i” deya baqirganlar ham bo'ldi. Aslida, ular o'zlarining o'ta ketgan xoin va johilliklaridan bexabar edilar.

Karimov zalga kirib kelganida, biz sahnaga qo'ygan “Turkiston Milliy Birligi ” bayrog'iga biroz tikilib turdida, indamay joyiga borib o'tirdi.
Uning indamasdan borib joyini egallashi, balki…

To'rtta bayroq namunalari yuzasidan muzokoralar boshlandi.

Yurt mustaqilligi uchun kurashgan ajdodlarimizning tarixiy bayrog'ini ham bir necha deputat yoqlab gapirdi. Ammo ko'pchilik har doimgidek o'zicha tashabbus ko'tarishdan chekilib turar, demokratik qarashdagi deputatlardan boshqa hamma Karimovning xohish-istagi doirasida ish ko'rishga ko'nika boshlagan edi.

Ular ortiq «kommunistik laychalik»ka qo'l siltab, mustaqil O'zbekistonning yangi «doda»siga o'zlarini moslashtirayotgan edilar. Buni yaxshi biladigan Karimov: «Bu erda hamma narsa ifodalangan, tariximiz ham bor, musulmonchiligimiz ham bor, niyatimizning pokligi va oydin yo'limiz ham bor» deya, makkorlik bilan hozirgi O'zbekiston davlat bayrog'ini oldinga surdi. Pirimqul Qodirov singari uch-to'rt deputat minbarga chiqib, Karimovning favqulotda “dono”ligiga tasannolar aytdilar. Shu bayroqning bizga juda mosligini ta'kidlab, boshqa bayroq eskizlarini chipakka chiqarishga kirishdilar. Kimdir, minbarga chiqib oq ranglar chetidagi ingichka qizil hoshiyani olib tashlashni ham taklif qilgan bo'ldi…

Ozodlik uchun kurash timsoli o'laroq tarixdan bizgacha etib kelgan bayrog'imiz etarlicha ovoz ololmadi. Hozirgi bayroq namunasi uncha-buncha nuqsonlarga qaramay Karimovning xohishi doirasida shoshma-shosharlik bilan tasdiqlab yuborildi. Albatta, biz bunaqa xom-xatalalikka qarshi ovoz berdik, afsus kuchlar teng emas edi….

Fikrimcha, «Turkiston Milliy Ozodligi» harakatlari bir paytlar qabul qilgan bayroq Mustaqil O'zbekistonning ruhiga va qiyofatiga har tomonlama mos tushardi. Ko'pchilik deputatlar o'shanda bu masalaga jiddiy yondashmadi. Tariximizni yaxshi anglamasdan Karimovning ra'yiga qarab, yuzaki muhokama bilan bugungi bayroqni tasdiqlab yuboraverdilar.

Balki, bu masala ajdodlar tarixiga hurmat asnosida chuqur tahlil qilinganda, yondoshuv boshqacha bo'larmidi…

Hozirgi bayrog'imizdagi ranglar va ayrim belgilar haqiqatan mavhum. Shunga qaramasdan biz O'zbekiston bayrog'ini boshimizning tug'i o'laroq sevamiz va uning hech qachon erga inmasligi uchun hamma narsaga tayyormiz!

Xuddi shu singari tarixiy “Turkiston Muxtoriyati” va «Turkiston Milliy Birligi» bayroqlari ham men uchun muqaddasdir…

Nasrullo Sayyid
2007 yil, 17 noyabr

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube