O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Ali Qushchi – Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy

Ali Qushchi – Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy
17 Kasım 2019 - 16:08 'da yuklandi va 320 marta o'qildi.

Ali Qushchi (taxallusi; asl ismi-sharifi Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) (1403, Samarqand — 1474, Istanbul) — falakiyotshunos va riyoziyotchi olim, Ulug'bek ilmiy maktabining atoqli namoyandalaridan biri, uning yaqin shogirdi. Amir Temur qarorgohi boshlig'ining o'g'li. Ulug'bek saroyida qarchig'aylar boqqani uchun uni “Qushchi” deyishgan. Ali Qushchi boshlang'ich ma'lumotni Samarqandda oladi (Qozizoda Rumiyda tahsil ko'radi), o'z ma'lumotini oshirish uchun 1414 yilda Eronning Kirmon shahriga boradi va u erdagi madrasada 3 yil ta'lim oladi, ayniqsa tabiiy fanlarni, xususan falakiyot, riyoziyotni puxta o'rganadi, 1417 yili Samarqandga qaytadi. Bu vaqtda Samarqandda Ulug'bek madrasasi qurilayotgan edi. Ali Qushchi shu madrassada ham ta'lim olishni davom ettiradi, Qozizoda Rumiy va G'iyosiddin Koshiylardan ilm sirlarini o'rganadi. Madrassani bitirgach, shu erda falakiyot va riyoziyotdan mashg'ulotlar olib boradi, ilmiy ishlar bilan mashg'ul bo'ladi. Ulug'bek rasadxonasini qurish ishlarida ham faol qatnashadi. Shu davrda “Hisob risolasi” va “Astronomiya risolasi” asarlarini yozadi va ilm ahli orasida katta obro' qozonadi. 1428-yilda Ulug'bek rasadxonasi ishga tushirilgach, bu erda Ulug'bek rahbarligida kuzatuvlar olib boradi, risolalar yozishda davom etadi. Ulug'bekning “Ziji jadidi Ko'ragoniy” asari yozilishida Ali Qushchining ham hissasi katta. 1438 yilda Ulug'bek Ali Qushchini Xitoy saltanatiga elchi qilib yuboradi, u Xitoydan qaytib kelgach, “Matematika va astronomik jug'rofiya” asarini yozadi.

Ulug'bek vafotidan (1449) so'ng uning Samarqanddagi mashhur kutubxonasi xavf ostida qoladi. Kutubxonani ALI QUShChIsaqlab qolgan degan taxminlar bor; ri-voyatlarga qaraganda kutubxonadagi kito-blarning ko'p qismini ALI QUShChI Samarqand yaqinidagi Xazrat Bashir qishlog'iga ko'chirgan. Ko'p o'tmay, ta'qiblardan qochib, ALI QUShChI Samarqanddan chiqib ketishga majbur bo'ladi. U avval Karmana va boshqa shaharlarda yashab, 1465 y. Turkiyaning Istanbul shahriga boradi. Turk sultoni Muhammad II (1451—81) taraqqiyparvar shaxs bo'lib, o'z atrofiga olim va shoirlarni to'plar edi. Ali Qushchining dong'ini eshitgan sulton uni saroyga xizmatga taklif kiladi va olimlarga rahbar qilib tayinlaydi. ALI QUShChI Turkiyada olimlar, faylasuflar, shoirlarni o'z atrofiga to'plab, ilmiy ishlarni taraqqiy etti-rishga intiladi, o'zi esa riyoziyot, falakiyot, falsafa, mantiq, adabiyot, musiqa va boshqa fan sohalaridan risolalar yozadi. A. Q.dan 20 dan ortiq ilmiy asar meros bo'lib qolgan. U ko'p olimlarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa A. Q.ning “Ulug'bek zijiga sharh” asari astronomiya tarixida katta ahamiyatga ega. U “Zij”ni geometrik teoremalar yordamida sharhlaydi. ALI QUShChI asarlarining ko'pchiligi Turkiyadagi Aya Sofiya madrasasi kutubxonasida saqlanib qolgan.

Ulug'bek maktabi namoyandalari va xususan A. Q.ning asarlari va dunyoqarashlari ilm-fan tarixida o'ziga xos o'rin tutadi. ALI QUShChIdunyo moddiy narsalardan iborat, moddiy narsalar esa oddiy va murakkab holda bo'lib, ularda ichki ziddiyatlar mavjud, deb hisoblagan. U fasllar almashinuviga Erning Quyoshga yaqinlashuvi sababligini aytgan.

ALI QUShChI 16-17-asrlarda O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida riyoziyot fani rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan. “Hisob risolasi” asaridan O'rta Osiyo madrasalarida o'quv qo'llanmasi sifa-tida foydalanilgan. Bu asarda hindlar arifmetikasi (o'nlik sanoq tizimi), fa-lakiyotshunoslar arifmetikasi (oltmish-lik sanoqtizimi) va geom. (handasa) haqida yangi fikrlar aytilgan. “Kitob ul-Muhamadiya” asarida ALI QUShChI sonlar-dan ixtiyoriy natural darajali ildiz chiqarish usullarini va Nyuton binomi formulasini ko'rsatadi, uning bu usullari hozirgi vaqtda Ruffini — Gorner sxe-masi deb nom olgan usulga o'xshashdir. Bu asarida Ali Qushchi, kvadrat ildizini, umuman I darajali iddizni taqribiy hisoblash formulalarini beradi. Shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi ildiz ishorasi Turkiston olimlari asarlarida qo'llanilmagan: ildiz so'zlar bilan yozilgan. ALI QUShChI bu asari-da birinchi bo'lib asoslagan “musbat” va “manfiy” atamalari, ularning tatbiqi mat. tarixida katta ahamiyatga ega. G'arbiy Evropaga “musbat” va “manfiy” sonlar 15-asr oxirlarida pizalik Leonardo asarlari orqali tarqalgan. Kitobda uzunlik (masofa), kesmalar va yuzlarni o'lchash va jismlarning hajmlarini hisoblash qoidalari bayon qilingan. Bu asarda tri-gonometriyadagi tekis uchburchaklar trigonometriyasi, sinus va kosinus teore-malari bayon etiladi, ba'zi shakllarning sirtlarini hisoblash uchun taqribiy formulalar beriladi, bu formulalar ALI QUShChIdan oldin o'tgan olimlar asarlarida uchramaydi. Kitobda keltirilgan sinuslar jadvalidagi sinus funksiyasining qiymatlari hozirgi zamon qiymatlaridan deyarli farq qilmaydi.

ALI QUShChI uchburchakning yuzini topish usulini ham bergan. Hozirgi i.t. ish-lari ko'rsatishicha, ALI QUShChI asarlaridagi to'g'ri chiziqli trigonometriyaga doir ko'p masalalar birinchi marta berilgan ekan. Uchburchaklarni echish masalasida konuslar teoremasini Koshiy va ALI QUShChIbirinchi marta ish-latganlar (Evropa-da 1593 y. birinchi marta Viet tatbiq etgan). ALI QUShChI “Astronomiyaga oid risola” asarida Ulug'bek rasadxonasida olib borilgan kuzatishlarning natija-si o'laroq, yulduzlar va sayyoralarning harakati, past (perigey), yuqori (apo-gey) masofalari haqidagi, fazoda har bir sayyoraning o'rni, Quyosh uzoqligi haqidagi hisoblashlar va jadvallarni keltirgan, Oy va Quyosh tutilishi masa-lalarini ham juda aniq, to'g'ri va ilmiy tarzda tushuntirib bergan. Yuqorida aytilgan “Astronomiya risolasi”da ALI QUShChI tuzgan dunyo haritasi berilgan. Xa-ritada asosan shim. yarim shar chegarala-ri ko'rsatilgan; haritadagi ko'ndalang chiziqlar iqlimlar chegarasini ifodalaydi. Ekvatorning sharqiy yarim shari-dagi uz. “3332 farsang”— taxminan 20 ming km ga to'g'ri keladi. Harita bir qadar sxematik tarzda tuzilganligiga, uning haqiqatga mos kelmaydigan joylari borligiga qaramay, u O'rta Osiyo harita-shunosligining bir na-munasi sifatida ahamiyatga ega. ALI QUShChI matematika fanidan o'qish kitoblari va qo'llanmalar ham yozgan. ALI QUShChI Samarqand ilmiy maktabi an'anala-rini davom ettirib, bu ilmiy maktabning fan sohasidagi katta yutuqlarini O'rta, Yaqin Sharq va Evropa mamlakatlariga tarqatishda faol ishtirok etadi. ALI QUShChI vafotidan so'ng uning shogirdlari — Mirim Chalabiy, Husayn Birjandiy, Bahovaddin Omuliy, Najmiddin Alixon va boshqa uning ilmiy ishlarini davom ettirdilar.

ALI QUShChI asarlari qo'lyozmalari Toshkent Sharqshunoslik in-tida, Dushanba, Sankt-Peterburg , Mashhad, Istanbul, Oksford, Leyden (Niderlandiya) va Ayo Sofiya (Turkiya) kutubxonalari va boshqa joylarda saqlanmoqda.

Shohista Uljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube