O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

«Jamoatchilik fikri»ning zulmi haqida

«Jamoatchilik fikri»ning zulmi haqida
17 Kasım 2019 - 16:11 'da yuklandi va 440 marta o'qildi.

Erkinlik bo'lmagan sharoitda yaratilgan aksariyat asarlar iste'dodning emas, qo'rquv mahsulidir. Unda muallif nimanidir himoya qilmaydi, aksincha, nimadandir himoyalanishga urinadi. Ana shunday muhitni paydo qiluvchi eng muhim sabab tsenzuradir. Tsenzuraning turi ko'p: asar yaratilgungacha bo'lgan tsenzura (badiiy kengashlarimiz buni qoyillatyapti, garchi konstitutsiya aksinchasini talab qilsa ham), asar yaratilgandan keyingi tsenzura (muallif, muharrir yoki tashkilotchiga «dakki» berib qo'yish va boshqa takrorlamaslikni «iltimos» qilish), rasmiy tsenzura (xayriyatki, bunisi bizda bekor qilingan), norasmiy tsenzura (jamiyat yoki shaxsning o'z-o'zini tsenzuralashi), tashqi tsenzura (davlat va jamiyat bosimi), ichki tsenzura (og'zi kuygan yoki og'zi kuyganlarni ko'rganlarning o'z-o'zini tiyishi). Xullas, tsenzuraning turi ko'p. Ayrimlarini birdan ilg'ab olish qiyin.

Bizda, ko'pincha, ichki tsenzura kuchliligi haqida gapiriladi. Biroq ichki tsenzura tashqi tsenzurasiz uzoq yashamaydi. Ichki tsenzura hamon yashayotgan ekan, demak tashqi tsenzura turlicha ko'rinishlarda bor.

Aksariyatimiz etarlicha e'tibor qaratmaydigan, ammo eng xavfli, ildiz otsa, sug'urib tashlash benihoya qiyin, hech kim, hatto xalqaro tashkilotlar ham g'ing deya olmaydigan, ammo istalgan ijodkorni ezib tashlashda foydalanishga qulay tsenzura shakli ham bor. Bu tsenzurani jamiyat, aniqrog'i olomon amalga oshiradi. Muhimi olomon ichidagi ustamonlar uni yo'naltirib tursa kifoya. Uning nomi bilan kimlar osilgan, otilgan, yoqilgan, surgun qilingan, badnom etilgan. Xo'sh, bu olomon nima qiladi? Aytarli hech narsa. Shunchaki baqirib turadi: vatanfurush, xoin, sotqin, xalq va millat dushmani, milliy va diniy qadriyatlarimizni toptayotgan nokas, «aqidaparast», g'arbparast, rusparast va hokazo, hokazo. Ana shu so'zlar qayta-qayta takrorlab turilsa kifoya. Tarixda xuddi shunday bo'lib kelgan.

Bizda hozir shu bormi-yo'qmi? Bor, albatta! Ommaviy madaniyatga qarshi kurashamiz deb, olomon madaniyatini yaratib qo'ydik. Olomonda aql ham, axloq ham bo'lmaydi. Unda faqat tendentsiya bo'ladi. Birgina qoida bor, o'zingdan avvalgi nima aytgan bo'lsa, shuni takrorla. Baqirsa – baqir, hangrasa – hangra, so'ksa – so'k. Indamay turmasang, bo'ldi. Qachondir Hamzani toshbo'ron qilib o'ldirgan olomon, hozir internetda kimlargadir la'nat toshlarini otyapti. (Yaxshiyamki, virtual olamda, real hayotga ko'chsa nima bo'ladi? Ko'chmasligiga kafolat bormi o'zi?) Chora ko'rilsin deb, talab qilib hukumatga yozishadi ham. Kimga chora ko'rish? Hech kimning burnini qonatmagan, mol-mulkini tortib olmagan bir qo'shiqchi yoki aktyor. Yozuvchi-shoirlarimiz odob saqlab turishibdi, aniqrog'i shunday turishga o'rgatib qo'yilgan. Aks holda, ularning ham qanchasi ana shu tarzda olomon qilinardi. Haq-huquqingni buzgan amaldorga qarshi nega o'sha so'zlaringni aytolmaysan, nomard deydigan odam yo'q. Ichki tsenzurani gullatib-yashnatadigan bundan ortiq mahsuldor muhit bormikan?! Qancha iste'dod o'z-o'zini tiyib, o'zini namoyish qilolmay chiriydi, qancha genial asarlar, fikrlar aytilmay qoladi bu muhitda! Totalitar davlat haqida ko'p gapiriladi, lekin totalitar jamiyatlar ham bor. Ularda shaxs xatti-harakati jamoa tomonidan norasmiy shaklda mutlaq nazorat qilinadi. Ana shunaqa tur jamiyatga tomon ketmayapmizmikan, deya xavotirga tushadi kishi.

Bizga yoqmagan narsa boshqalarga yoqishi, biz e'tiqod qilmaganga boshqalar e'tiqod qilishi, did masalasida tortishib bo'lmasligi ochiq-oshkor haqiqat. Shuni qachon tan olamiz!? Buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurash (buzg'unchi g'oya – buni kayfiyatingizga qarab ta'riflab olaverasiz), ommaviy madaniyatga qarshi kurash kabi shiorlar ostida tolerantlik, plyuralizm unutilmoqda. Vaholanki, tolerantlik va plyuralizmni milliy mafkuramizning asos g'oyalaridan biri, deb qabul qilib olganmiz. Boz ustiga, ana shu mafkuramizning maqsadlaridan biri buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurashdir deymiz. Olomon bu maqsadni qoyilmaqom qilib uddalayapti. Milliy mafkuramiz deb kitob yozganlar unda kontseptual ziddiyat borligini payqamagan yoki tolerantlik va plyuralizm g'oyalari xo'jako'rsinga kiritib qo'yilgan. Ikkinchisi to'g'riroqqa o'xshayapti.

Kes so'zingni, ey «Qalam», bas, muncha faryoding etar,

Ko'p baqirsang, og'zingga toshlarni otkay bizni xalq. (Cho'lpon)

Xurshid Yo'ldoshev

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube