O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Janob Prezident Ortiqxӯjaevni iste'foga chiqarish Sizning qӯlingizda

Janob Prezident Ortiqxӯjaevni iste'foga chiqarish Sizning qӯlingizda
18 Kasım 2019 - 13:13 'da yuklandi va 989 marta o'qildi.

Qadrli jurnalistlar, blogerlar, inson huquqlari himoyachilari, huquq faollari hamda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxӯjaevning jurnalistlarga qarata aytgan dahshatli tahdidlariga befarq bӯlmagan barcha yurtdoshlar!

Mana ikki kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda hokim Jahongir Ortiqxӯjaevning olti soniya ichida jurnalistlarni besoqolboz (gey)ga aylantira olishga, mahallada bosh kӯtarib yura olmaslik darajasiga etkazishga, qӯshnilarni kӯrishishdan uyalish holatiga tushirib qӯyishga oid sӯzlari, “ular oxirgi maxluqlar” (oni tvari poslednie), “itning bolasi”, “xӯrozlar” (petuxi) degan jirkanchli haqoratli sӯzlari, jurnalistlarni yӯq qilib yuborishga doir qӯrqinchli tahdidlari keng muhokama qilinmoqda. Bir sӯz bilan aytganda, Ortiqxӯjaevning jami 114 sӯzdan iborat audio yozuvdagi har bir sӯzlari atroflicha talqin qilinmoqda.

“Aytilgan sӯz — otilgan ӯq”. Ortiqxӯjaev tomonidan aytilgan bu g'azabnok sӯzlarni amaldagi qonun hujjatlariga kӯra hech kim — na prokuratura, na sud, na adliya tizimi — har qanaqasiga urinsa ham aslo oqlay olmaydi. Hokimning bu tahdidli sӯzlari qanday sharoitda, qanday ahvolda (ruhiy nosog'lom holat bundan mustasno) aytilganidan qat'i nazar buni oqlash uchun hech qanday qonuniy asos yӯq. Chunki Ortiqxӯjaevning sӯzlari zamirida jurnalistlarni qӯrqitib qӯyishga urinish alomatlaridan tashqari hozirga kelib davlat hokimiyati, boshqaruv tizimi haqqoniy ravishda qӯrquv manbaiga, terroristik organga aylanganini, davlatchilikda tanazzul yuz bera boshlaganini, hokimning Prezident siyosatini mensimasligini, hatto davlat rahbariga bӯysunmasligini, uni hurmat qilmasligini, davlat ichida davlat tashkil etishga urinayotganini ham ochiq-oydin anglatadi.

Mana shu omillarni inobatga olgan holda jurnalistlar, blogerlarning kelgusi taqdiriga befarq bӯlmagan barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga iltimos bilan murojaat qilmoqchiman.

Ijtimoiy tarmoqlarda Ortiqxӯjaevning kirdikorlarini yoritishda, Ortiqxӯjaevga oid e'lon qilinayotgan rasmiy, norasmiy bayonotlarga izoh yozishda bu ishga Prezident Shavkat Mirziyoev e'tibor qaratishlarini astoydil talab qilib izoh yozaylik! Quruq qoshiq og'iz yirtar deganidek, quruq sӯzlar bilan Ortiqxӯjaevni tanqid qilish Ӯzbekiston kabi avtokratik davlatda hech qanday naf bermasligi mumkin. Shu bois oramizda fleshmoblar tayyorlay oladigan dӯstlar bӯlsa Ortiqxӯjaevning rasmi ustiga “Janob Prezident! Ortiqxӯjaevga yӯl yӯq!”, “Janob Prezident Ortiqxӯjaevni iste'foga chiqarish Sizning qӯlingizda!” yoki boshqa ta'sirli sӯzlar qayd etilgan fleshmoblar yaratishsa va undan barchamiz unumli foydalanib, profilimizdagi asosiy rasm ӯrnida foydalansak balki yutuqqa erisharmiz.

Zero, bugun biz jamiyat tabibi bӯlmish jurnalistlarga nisbatan hukumatdagilarning tahdidlariga qarshi birgalikda bosh kӯtarmasak ertaga har xil avtohalokatlar, zaharlanishlar va boshqa turli-tuman vaj-karsonlar tufayli bu dunyodan bemavrid ӯtib ketaveramiz, har xil ayblar bilan sha'nimizga yopishtirilgan dog'lardan forig' bӯla olmay arosatda qolaveramiz. Birlashaylik!

Ro'ziboy Azimiy

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube