Do'stlar! Kun uz da o'tgan vaqtim davomida ko'plab xulosalarga ega bo'ldim. Hayotning past-balandi borligini, yaxshi-yomon odamlarni ko'rdim. Balkim bu tajribani ko'p insonlar boshidan o'tkazmas.
Ta'sischilarga, ya'ni rahbarlarimizga, Kun.uz jamoasiga kattakon rahmat. Biz oddiy ishxona emas, oiladek vaqt o'tkazdik, ishladik, birga futbol o'ynadik. Loyihada faoliyat yuritgan yuragimga yaqin insonlarni uchratdim. Tajribali insonlardan dars oldim. Bugun biz yutkazmadik. Bugun endi uyg'onayotgan so'z erkinligi, matbuot yutqazdi.
Jahongir aka sizga aytaman, o'shanda ham qarshi borganman – men itning bolasimasman, poslednyy tvar xam emasman. Siz yutganingizni emas, davlat imidjiga putur etkazganingizni o'ylang.
Men rizqimni topishimga ishonaman! Sizlardan iltimos – jurnalistlarni huquqlari himoyalanmagan, kuchsiz matbuot davrida Kun.uz ni ayblamang!
Hurmat bilan Baxodir Axmedov
( 1 Yorum )