O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Begijon Ahmedov: SAYYoH (5)

Begijon Ahmedov: SAYYoH (5)
19 Kasım 2019 - 13:29 'da yuklandi va 457 marta o'qildi.

(boshi)

(voqeiy qissa)

Real voqealarga asoslangan ushbu qissada O'rta Osiyodagi davlatlardan birida istiqomat qiluvchi tadbirkor olim kishining boshidan kechirgan sarguzashtlari bayon qilinadi. Asar qahramoni atrofidagi ikkiyuzlamachi odamlarni tark etib, sog'ligini tiklash, o'zligini va Xudoni anglash, ziddiyatlarga to'lib ketgan qalbi bilan tanholikda suhbatlashish maqsadida olti oy davomida yolg'iz Pomir-Olay tog' tizmalarida ayiq va boshqa mahluqotlar qurshovida yashaydi. Ekstremal tog' sharoiti, yirtqich hayvonlar, radikal jihodchilar va hatto jinlar asirligidan omon chiqqan Sayyoh bu safardan iymoni sayqallanib, jismonan yosharib, ruhan poklanib qaytadi.

Ushbu falsafiy asarda ko'tarilgan olamshumul muammolar, odamlarning pul topishga huruj qo'yib, ma'naviy inqirozning kuchayib borayotgani, ayrim musulmonlarning o'z dini ahkomlarini noto'g'ri tushunishlari natijasida jahon miqyosida islomofobiyaning avj olishiga qisman sababchi bo'layotganlari, hamda vujudga kelgan ma'naviy bo'hrondan chiqish yo'llari haqidagi fikr va mulohazalar o'quvchini teran fikrlashga chorlaydi. Keng kitobxonlar ommasiga mo'jallangan.

Allohning cheksiz karami bilan 92 yoshni qarshilayotgan mehribon onajonim Hayrixon hoji ayaga ta'zim bilan bag'ishlayman.

***

5-BOB

Bilim insonlarga aynan ularning qalblarinimustahkamlash uchun kerak.
Shota Rustaveli.

Moskvadagi universitetning informatika va xisoblash texnikasi kulliyotida boshqa talabalar bir amallab “uch” baho olish ilinjida yurganda Anvar Aliev imtihonlarda ortiqcha tayyorgarliksiz ham “a'lo” baho olar edi. U o'zining tahlilga moyil aqli va o'tkir xotirasini iloji boricha puxta bilim olishga, jahon adabiyotini o'qib-o'rganishga yo'naltirgan edi. Umumiy yotoqxonadagi bo'lmada uch yil birga yashagan Roma ismli armani yigit Konfutsiy va Lao Tszining muhibi edi. Xitoy falsafasi maktabi namoyandalarining kitoblarini simirib “ichar” edi. Buddaning hayotiga oid kitoblar ularning xonasida doim tokchada turar edi. Romaning ta'sirida bu kitoblarni Anvar ham o'qib chiqdi. Shu bois uning Xudo, dunyo, odam va tabiat haqidagi tasavvurlari qadimgi Xitoy donishmandlarining dunyoqarashlari asosida shakllandi.

Anvarning dadasi chinakam sho'ro kishisi bo'lib, fashist bosqinchilariga qarshi Ulug' Vatan urushida ham mardonavor jang qilgan. U barcha odamlar teng bo'ladi degan marksizm-leninizm g'oyalariga chin dildan ishongan, halol mehnat bilan kun kechirgan, ko'pni ko'rgan inson sifatida tanilgan edi. Qirq yil tog'ma-tog' yurib, elektr simlarini tortib, olis qishloqlarga elektr quvvati etkazishda katta xizmatlar ko'rsatgan. Namoz o'qimagan. Diniy kitoblarda aytilishicha, bolani ota-ona o'z diniga tortadi. Oilada dunyoviy ta'lim kuchli bo'lgani bilan, diniy masalaga e'tibor berilmagani yosh Anvarning dunyoqarashiga ta'sir etdi. U faqat mantiqqa tayanib fikrlaydigan, ish ko'radigan bo'ldi. Talabalik yillaridan boshlab Anvar oliy matematika, integral, programmalashtirish, fizika fanlaridan tashqari psixoanaliz – ruhiy tahlilga doir ilmlar bilan qiziqdi. Bu sohadagi Zigmund Freyd, Karl Yung, Osval'd Shpengler, Chezare Lombrozoro va Erik Fromm kabi klassik olimlarning asarlarini rus tilida o'qib chiqdi.

Badiiy adabiyotda esa Mark Tven, Aleksandr Dyuma, Daniel' Defo, Onore de Bal'zak kabi evropalik adiblarning kitoblarini o'qib to'ymas edi. Maktabni ona tilida bitirgan bo'lsa ham, institut va aspiranturalarda doimo rus tilida ma'ruzalar eshitib, suhbatlashgani, kitoblarni ham faqat rus tilida o'qigani sabab mana shu tilda fikrlaydigan rusiyzabon kishilar qatorini to'liqlagan edi. Bora-bora ona tilida gapirganda ham ko'p hollarda rus tilidagi iboralarni ishlatadigan bo'lib qoldi. O'sha yillarda Anvar uchun eng ta'sirli voqea ro'y berdi. Instututning rus millatiga mansub bir keksa professori bilan bo'lgan suhbat chog'ida domla unga qarab dedi:
– Men Umar Hayyomni juda yaxshi ko'raman. Uning ruboiylarini qayta-qayta o'qiyman. Derjavin, Plisetskiy, Semyonovlarning tarjimalarini maroq bilan o'qiyman. Bir qanchasini yoddan bilanman. Masalan:

“Jahon siri bo'lsin dil daftarida,
Ochsang, boshga balo el nazarida.
Dildagi har gapni aytib bo'lmaydi,
Sen bu nodonlardan turgin narida”.

– Qoyil, domla.
– Sen O'rta Osiyodansan, ona tilingda Umar Hayyom g'azallaridan o'qib bergin, qani eshitay-chi, asl holida qandoq eshitilar ekan.
Oraga og'ir jimlik tushdi. Anvar umri bino bo'lib Sharq shoirlarining birorta she'r yoki g'azalini yodlamagan edi. Buni bo'yniga olishdan uyalar, domlasiga nima deb javob aytishni bilmay turardi. Hayriyatki, sakson yoshdagi professor, “Hechqisi yo'q Anvar, kelasi safar o'qib berarsan”, deb qo'ydi. Olim sukunatning sababini yosh talabaning ustozi oldidagi xijolatchiligidan deb tushundi. O'sha kuniyoq Anvar institut kutubxonasidan Umar Hayyom Nishopuriyning g'azallar to'plamini olib, to'g'ri yotoqxonasiga keldi. Zehni o'tkirligidan, bir tomoni nomus kuchidan bir necha kun ichida olti yuzga yaqin ruboyni fors-tojik tilida yodlab oldi. Endi har qanday davrada, o'tirishlar, tug'ilgan kunlar, hatto qizlar bilan tanishishlarda ham ruboiylarni o'qib, ularning ma'nosini ruscha tushuntirib, hamsuhbatlarining olqishi va havasiga sazovor bo'la boshladi.

* * *

Oradan yillar o'tdi. Moskvada elektron qurilma va moslamalar muhandisligi bo'yicha dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilib, katta olimlarning tahsinlariga sazovor bo'lgan Anvar Aliev oldida ilm sohasida katta imkoniyatlar eshigi ochildi. Lekin o'shanda u SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti bo'lib qolgan Mixail Gorbachyovning qayta qurish siyosati avj olgan, tadbirkorlikka keng yo'l ochilgan, sho'rolar tuzumi inqirozga yuz tutgan sharoitda fandan ko'ra tijoratni afzal ko'rdi.

Anvar o'tgan asrning 90-yillarida birinchilardan bo'lib o'z yurtida hali ancha-muncha odam yaxshi tushunmagan komp'yuterlarni olib kelib sotishni, sozlash va ta'mirlashni yo'lga qo'ydi. Ularni dasturlar bilan ta'minlash, xizmat ko'rsatish tarmoqlarini ochish bo'yicha birinchi va yakkahukmron bo'ldi. Yana yillar o'tib, birinchilar qatori u Internet-provayderlik markazlarini ochdi. Kundan-kunga uning daromadi ortib bordi. Puli shu qadar ko'paydiki, gohida u kuniga cho'ntak chiqimlari sifatida ming dollargacha pul sarf qilib yuborar edi. Birga o'qigan kursdoshlari elektronika va komp'yuter sohasining bilimdonlari bo'lib, AQSh, Evropa, Rossiya va boshqa mamlakatlarda katta kompaniya va firmalarning rahbarlari bo'lib qolgani unga katta imkonlar yaratdi. Endi Anvar ular bilan birgalikda biznes-loyihalarni amalga oshirib, goh Amerikaga, goh Buyuk Britaniyaga ketar, bir ko'rsang, Xitoyda, bir qarasang, Koreya va Yaponiyada yurar edi. Ish orasida dam olish uchun olis safarlarda bo'lib keldi. Ruschadan tashqari ingliz tilida ham yaxshigina gaplashadigan bo'ldi. Uning hayoti va jamiyatda o'zini o'zgacha tutishi hatto uylanishda ham namoyon bo'ldi. Bizneslari endi quloch yoygan davrda ota-onasi tanlagan qizga uylangan bo'lsa ham, to'ydan keyin umr yo'ldoshini chinakamiga yaxshi ko'rib qoldi. Ko'pchilik bo'lajak qayliqni o'zi tanlab, ehtirosni – sevgi, o'rganib qolishni – muhabbat deb o'ylab, uylangandan keyin xotinidan ko'ngli qolsa, Anvarda aksibo'ldi.

Badavlat bo'lib ketgach, ancha yalqov bo'lib qolgan, oylab qo'liga kitob ushlamas, doimo chet el safarlari, tijorat va kayfu safo bilan band edi. Aslida u kimga uylanish masalasiga ham uncha jiddiy ahamiyat bermagan edi. Ota-onam “Uylan-uylan”, deyavermay, meni tinch qo'yishsa bas, xotinim ularning xizmatini qilib o'tirsa bo'ldi”, degan o'ylar bilan onasi topgan qizga “xo'p” deb uylandi. To'yni “gumbura-qars” qilib, shahar aholisi uzoq vaqt ta'riflab, eslab yuradigan qilib o'tkazdi. Pul deganini ayamay sarfladi. Boy-badavlat do'stlari ko'p bo'lgani uchun to'yona ham rosa tushdi. Tushgan pullarni sanab ham qo'ymadi. Nima keragi bor? O'z pulining qanchalagini bilmaydi-ku!

…Hayotda Boylik degan narsa o'ziga Tashvish va Ko'ngil qolishi degan egizaklarini hamroh qilib yurar ekan. Anvar boyigan sari atrofida uning pulidan foydalanishni, daromadiga sherik bo'lishni, imkoni bo'lsa aldab ketishni, qarz olib bermay qo'yishni, uning mulkini oshkora va hufiyona o'g'irlashni ko'zlagan kimsalar ko'paydi. Umrida ko'rmagan odamlar qarindoshlikni da'vo qilib, qarz so'rab kelishar, pulni olgach, qorasini ko'rsatmay ketar edi.

Qarz berishdan charchagan, tabiatan sahiy bo'lgan tadbirkor o'z ixtiyori bilan yaqin qarindoshlariga besh-o'n ming dollar pulni ularning nafsoniyatiga og'ir botmasin, degan istihola bilan: “O'zingizni tiklab oling, biror tijorat boshlang, uy qurishingizga, to'yingizga yordam”, qabilidagi ro'kachlar bilan tarqatib berdi. Lekin, baribir nimagadir undan ko'pchilik noroziday ko'rinar edi. Anvar buning sababini anglab etolmay xayron. Mo'maygina pulni osmondan tushganday engil olganlarning anchasi saxiylik qilgan qarindoshini qizg'anchiqlikda, baxillikda ayblab yurganlaridan u bexabar edi. Bir kuni u beixtiyor o'zi kattagina pul hadya qilgan ikki yaqinining suhbatini eshitib qoldi:
-Shumi bergani, qurumsoqning! Yigirma ming, hech bo'lmasa, o'n besh ming bersa ham bo'lardi… Hemirisi kamayib qolmasdi. Bergani bir yilda tugaydi-ku?

Anvar o'zini g'iybat qilayotganlar ularning gaplarini eshitganini sezib qolishsa, xijolat chekishmasin deb, tovushsiz, oyoq uchida sekin yurib, tushlik qilgani kirgan oshxonadan chiqib ketdi…

Avval ham bir necha bor katta pul olgan bir-ikki qarindoshiga pul bermay qo'yganda ularning og'izlaridan chiqqan gaplarni eshitib, hangu-mang bo'lib qoldi. Go'yoki Anvarning ulardan qarzi boru, o'sha qarzini qaytarishdan bosh tortayotganday unga ko'z olaytirishib, rosa hunuk gaplarni aytishdi. Keyin ularning o'zini boshqalarga yomonlab yurishganini eshitdi. Shu asnoda kundan-kunga yonida yurganlardan, yaqinlaridan, jo'ra-do'stlaridan xafsalasi pir bo'laverdi, bo'laverdi, bo'laverdi… Kimga yaxshilik qilsa, undan hiyonat va yomonlik ko'rdi, ularning g'iybatlarni eshitaverdi, eshitaverdi… Odamlarning ko'pchiligi yuziga niqob taqib yurishi, nihoyat unga ayon bo'lib qoldi. Yolg'iz qolib, o'ziga nisbatan qilinayotgan firibgarlik va lo'ttibozliklardan afsuslanib o'tirganda Anvar o'kinib o'ziga o'zi derdi: Qaniydi, shunchalik boylik topmasam! Balki, men bu qadar sahiylik qilmaganimda atrofimdagilar bu qadar o'zgarib, ikkiyuzlamachi bo'lib ketishmasmidi..?

* * *

Dadasining orzusi o'g'li Anvarning katta amaldor bo'lib etishganini ko'rish edi. Shu sababmi, uni erkalatibmi yoki hovliqib ketmasin, debmi, hoynahoy, kezi kelsa-kelmasa, Anvarni, “Sen yomon bolasan”, deb qo'yar edi. Lekin o'g'lining bitta taklifi bilan shahar va viloyatdagi manman degan amaldorlar uning dasturxoni atrofida jon deb hoziru nozir bo'lishini, uning har qanday iltimosini bajarishga shay turishlarini, menman degan amaldorlarning o'g'li bilan qanday kayfu safolar qilishlarini ota bilmas edi…

Anvar kuchli mutaxassis va iqtisodchi, zukko tashkilotchi va olim sifatida, istagan lavozimini muammosiz egallashi mumkin edi. Bu borada uning uchun hech qanday to'siq yo'q edi. Aksincha, uning o'zi bunday takliflarni rad etib kelmoqda edi. U davlat ishida ishlash bilan shaxsiy erkinligidan, dunyo kezish imkoniyatidan mahrum bo'lishini, eng asosiysi, o'zidan ilmi va qobiliyati past, tajribasiz amaldorga tobe bo'lishini istamas, xayoliga ham keltira olmasdi. Deyarli har kuni maishat, to'y, mehmonga borish va kutish, yubiley va bayramlar sharafiga uyushtirilgan ziyofatlar uning uchun odatiy hol bo'lib qolgan edi. Boy tijoratchi bilan hamtovoq bo'lishni, uning ishonchiga kirib olishni istaganlarning keti uzilmas, har bir tanishuv va uchrashuvlarda unga mast qiluvchi ichimliklarni rosa ichirishar edi. Tilyog'lamalikka to'la qadah so'zlaridan so'ng, albatta, billur qadahlarga quyilgan og'uni bir tomchi qolmaguncha simirishar edi. Anvar mast bo'lib qolgach, maqtovchilarning “shaxsiy iltimos”lari avj olardi. Shundoq ham qo'li va ko'ngli ochiq, birovni aldamagan, yolg'on gapirmagan Anvar ichib olganda undan ham battar “Xotamtoy” bo'lib ketar edi…

Surunkali ichishlar Anvarning sog'ligiga yomon ta'sir qila boshladi. Ertalab uyg'onganida uning naqadar qiynalganini mehribon rafiqasi Nasiba va farzandlarigina ko'rishar edi. Har gal qayt qilib, holsizlanib, boshiga sochiq o'rab yotar ekan, Anvar ayoliga va o'ziga o'zi: “Endi tamom! Boshqa ichmayman, vsyo!” deb qasd qilar edi. Lekin tushlik payti bo'lar-bo'lmas, “mehribon” ulfatlari uni yana oshga yoki ziyofatga olib ketishar edi. “Abadiy do'stlik uchun!”, “Onalarimiz uchun!”, “Farzandlarimiz uchun!”, “Xonadon sohibining sog'ligi uchun!”, deb boshlangan qadahlar o'tirish oxiriga borib: “Meni hurmat qilsang, ichasan!”, “Ichmagan nomard!” tariqasidagi so'zlarga almashar, qadahning keti uzilmas edi. Kayf odam axir qanday qilib, “onalar uchun” ichmasligi mumkin?

Chiroyli bezakli shisha idishlardagi “shayton suvlari”ning xilma-xili, eng qimatlari ichilar edi. Ichishni xohlamaganlarning raddiyasi mast – alastlarni umuman qiziqtirmas edi. Kemaga tushganning joni bir, deyiladi-ku! Ana, ichish uchun yana bir qadah so'zi bor ekan, ichmayman, deganingni ular eshitib qolishsa bormi, hay-hay… O'zimiz bilmagan holda ularga ichish uchun qo'shimcha bahona topib bermaylik, yana… Astag'firulloh! Aslidaaroq va mayxo'rlar uchun bahonaning ham keragi yo'q: ular xursandchilik bo'lsa suyungandan, motam bo'lsa hafalikdan, kayfiyati yo'q bo'lsa siqilishdan ichishadi, turli kayfiyat to'lg'oqlarini sabab qilib ichishadi, ichaverishadi. Tez-tez ichgan odam “madaniy aroqxo'rga” aylanib qolganini o'zi ham sezmay qoladi. Bora-bora ichkilikbozga aylangach esa, bahonai sababni ham izlamay qo'yadi… Ichkisi kelyaptimi, vassalom!

Shayton odamlarni to'g'ri yo'ldan ozdirish uchun ming xil usul va nayranglarni qo'llaydi. Uning ta'siriga tushgan yoki o'zi bilib-bilmay shayton xushlagan ishni qilganlar iblisga rosa yordam berishadi. Masalan, shaytoni la'in odamlarni chalg'itib, yomon narsalarni yaxshi, yaxshi narsalarni yomon deb ko'rsatishga urinadi. Yomon, inson sog'ligi va ruhiyati uchun zarar bo'lgan ichimlik va chekimliklarga shunday chiroyli, zalvorli, rang-barang va yuqori sifatdagi g'ilof va yorliqlar yopishtiriladiki, do'kon tokchalarida turli shisha idishlarda fusunkor qilib terib qo'yiladiki, ularga qaragan “shinavanda” xaridorning ko'zlari qamashadi. Harom qilingan narsalarga xunuk, tanasi hastalik viruslariga to'la fohishalarga o'zlariga erkaklarni jalb qilishi uchun bo'yanib, yaltiroq, chiroyli kiyimlar kiydirib qo'yilganiday bezak beriladi. Afsuski, ko'pchilik odamlar bunday sinovlarga dosh berolmay, shaytonning to'riga tushib qolishadi.

…Navbatdagi bazmdan o'ta mast holda kelgan Anvar ertalabgacha uxlay olmay “tog'ora quchoqlab” chiqdi. Sahargacha oldiga qo'yilgan jomga tinimsiz qusdi, xonani qo'lansa hid tutib ketdi. Ertasiga hech qaerga bormadi. Kim kelsa ham uydagilar, “Anvar aka uyda yo'qlar”, degan javobni aytishdi. Keyin yana bazmlar davom etdi. O'chakishganday, shunday kunlardan birida, boshi og'riqdan otilay deb turganda, Moskvadan Anvarning domlasi Vladimir Petrovich telefon qilib, “Doktorlik dissertatsiyasini qachon yoqlaysan?”, deb yana qistadi. Ustozi uni yana ilm-fan quchog'iga qaytarishga xo'p urindi. Iqtidorli shogirdning shu tobdagi ahvolini ko'rsaydi… Ko'rmagani yaxshi bo'ldi. Kemaga chiqqanning joni bir…

Aslida, bunday harom ishlarga moyil odamlarning kemasiga chiqmaslik kerak. Bu kemalarning “Nadomat ummoni”dagi muz qoyalarga urilib, chil-parchin bo'lishi, barcha yo'lovchilarini halok etib, gunoh dengizlarida g'arq qilishi aniq. Adashib yoki bilmasdan chiqib qolganlar vaqtida es-hushini yig'ib, kemani tark etmoqlari kerakligi nihoyat Anvarga ayon bo'lib qoldi. Necha bora u kemadan qochmoqchi bo'ldi, lekin dengizchilar uni qayta-qayta o'z kemasiga zo'rlab, aldab olib chiqishar edi. Ana shundan so'ng hayotdagi yo'nalishini yo'qotib borayotgan olim va ishbilarmon Anvar Aliev “dengizchilar” topa olmaydigan, kimsasiz joylarga ketib qolish chorasini izlay boshladi…

Begijon Ahmedov
(Davomi bor)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube