O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Boy boyga boqar, suv soyga oqar?

Boy boyga boqar, suv soyga oqar?
20 Kasım 2019 - 12:53 'da yuklandi va 1156 marta o'qildi.

Toshkent shahar hokimi kun.uz jurnalistlari bilan uchrashuvda aytgan tahdidli gaplarini eshitib, nimagadir 1930-yillardagi Chikago shahar mafiyasi boshlig'i Al Kaponega ham, mashhur Italiya mafiyasiga ham rahmim keldi.

Kun.uz tahririyati uchrashuvda aytilgan gaplarning bir qismini internetga kimlar tarqatganini bilmasligini, audio yozuvning to'liq qismi tahririyatda ekanini, uni tegishli organlarga taqdim qilishlari mumkinligini bildirib, o'quvchilar va kasbdoshlari qo'llab-quvvatlashiga muhtoj ekaniga sha'ma qildi.

Bu orada hokim buva esa go'yoki kimdir uning ovozini taqlid qilgan bo'lishi mumkinligiga sha'ma qilibdi. Ya'ni, “men unaqa gaplarni aytmaganman” demoqchi bo'libdi.

Bosh prokuratura tegishli surishtiruv harakatlari boshlashini e'lon qilgandi.

Biroq, dushanba kuni tong saharda kun.uz saytida e'lon qilingan bildiruv hammani xayratga soldi. Tahririyat tomonidan hokim buva bilan uchrashishgani va bir-birlarini juda yaxshi tushunib olganliklari haqida bildiruv e'lon qilindi.

Osmon shunchalik musaffo ekanki, tahririyat boshqalarni bu ishga bundan keyin hech qanday munosabat bildirmasliklarini so'rabdi.

Bu xabardan keyin ijtimoiy tarmoqlar junbushga keldi. Chunki, “kun.uz”chilar siz-u bizni shessekundda bir tiyin qilgandi. Odamlar o'zlarini aldangandek his qilishganini baralla yozishmoqda.

Men “Toshkent shahar hokimi kun.uz xodimlarini o'zi bilan uchrashuvga olib kelish uchun taksi yuborgan bo'lsa kerak” degan xayolga bordim.

Bundan tashqari, yashin tezligida bo'lgan o'zgarishlar menga 1980-yillar oxirlarida qayta qurish haqida “Mosfilm” kinostudiyasida suratga olingan bir badiiy filmni eslatdi. O'sha kino O'zbek tiliga o'girilib, televidenie orqali ko'rsatilgandi.

Filmda Markaziy televidenie muxbirlari bir viloyat kompartiyasi sessiyasini yoritish uchun kelishadi. Majlis paytida obkomning birinchi kotibi juda chiroyli gaplar gapiradi. Tanaffus paytida esa yonidagilar bilan gaplashayotib, o'z nutqida aytilganlarning butunlay teskarisini aytadi.

O'sha paytda televidenie kameralari o'chirib qo'yilmagani uchun hamma gaplar yozib olinadi. Ana o'shandan keyin videolenta uchun haqiqiy ov boshlanib, shantaj va tahdid usullari ham qo'llaniladi.

Lekin, televizion guruh hech bo'sh kelmaydi. Axiyri, ular Moskvaga uchadigan uchoqqa minishganida viloyat kattalari va kuch ishlatar organlar xodimlari uchoqqa chiqib, ulardan videokassetani olib qo'yishadi. Shundan keyingina uchoqning ketishiga ruxsat beriladi.

Uchoq uchish yo'lagiga qarab ketayotganida TV guruhi xodimi videokassetaning har ehtimolga qarshi yoziladigan ikkinchi nusxasini sumkasidan chiqarib, kasbdoshlariga ko'rsatadi va hamma xursand bo'lib ketadi. Tomoshabinda esa film so'nggida Moskva haqiqatni amalga oshirib, obkom birinchi kotibini jazolab, ishdan oladi, degan ishonch uyg'onadi.

Afsuski, hayot kino emasligini, tepadagilar hech qachon xalqqa qayishmasligini, pastdagilar esa hech qachon tepadagilarning gapini ikki qilmasligini so'nggi kunlarda kun.uz bilan bo'lgan voqealar yana bir marta isbotladi. Kun.uz ana shu xalqning pastdagi tipik vakili ekanligini hammamizga ko'rsatdi.

Agar bu voqea demokratik davlatlarda yuz berganida edi, mansabdor shaxs allaqachon o'z xohishi bilan ishdan ketgan va kechirim so'ragan bo'lur edi.

Ko'raylik-chi, hokimlarni tayinlaydigan yurt prezidenti va qonunlar bir xilda ishlashini ta'minlash zimmasiga yuklatilgan Bosh prokuratura hokim buva ishini bosdi-bosdi qilib yuboradimi yoki xalqning pastki tabaqalariga yuqoridagi kinoga o'xshagan bir ishonch uyg'otadimi?

Omon bo'lsak, ko'rarmiz (agar taksiga chiqmasdan va Anhorda cho'milmasdan yursak).

Manba: sof.uz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube