O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Hayratul abror”. Avvalg'i hayrat

“Hayratul abror”. Avvalg'i hayrat
22 Kasım 2019 - 18:11 'da yuklandi va 532 marta o'qildi.

“Nuri hidoyat bila ochti chu ko'z…”

Alisher Navoiy ko'ngilni ta'riflagach, ko'ngilning uch hayratini bayon qilgan. Ko'ngil – Alisher Navoiy tasvirlashicha, o'lim va hayot chegarasini buzgan bir xilqatdir. Ko'ngil – bir yaratiq. Uni Alloh yaratgan. Ko'ngilni Alloh o'zining jilvagohi qilib bunyod etdi. Ko'ngil – insonning o'zidan kashf etishi lozim bo'lgan mo''jizasi. Ko'ngilning hayratlari shu jihatdan muhim. Alisher Navoiy uch hayrat orqali Ko'ngilning Allohni tanish bosqichlari haqida hikoya qilgan.

Ko'ngil yo'qlik tunidan xalos bo'ldi. U yo'q edi – bor bo'ldi. So'ng vujud tongiga hamnafas bo'ldi. Vujud tongida nafas oldi. Malak olamiga qadam qo'ydi. Bu olam bir bahoriston edi. Bu olamda rango-rang gullar, tarfa daraxtlar bor edi. Ularning barchasi:
ﺳَﺒِّﺢِ اﺳْﻢَ رَﺑِّﻚَ اﻟْﺎَﻋْﻠٰﻰ
(A'lo surasi, 1-oyat) “Buyuk Robbingiz ismini barcha nuqsondan pok tutgan holda tasbih o'qing!” amriga itoatda edilar. Buni bilib, u hayratga tushdi. Na hayratga tushdi! – dimog'i bog'ida hayrat gullari ochildi! – bu gullar atridan behush bo'lib yiqildi!
Ko'ngil yaralgan onda hali o'zini tanimas edi. U malak olamiga sayr qilib, barcha farishtalar Allohning zikri bilan bandligini ko'rdilar. Sanoqsiz, sanoqqa sig'maydigan darajada ko'p va chiroyda tengsiz, nurdan yaralgan farishtalarning ishi – o'z Robbilari Allohning ismini zikr etishdan iborat edi. Faqat zikr! Ular Allohning barcha nuqson, kamchiliklardan pok ekanini aytardilar. Butun vujudlari ila Allohga tasbih o'qirdi! Bu Baqaraning 30-oyatidagi holat edi:
وَﻧَﺤْﻦُ ﻧُﺴَﺒِّﺢُ ﺑِﺤَﻤْﺪِكَ وَﻧُﻘَﺪِّسُ ﻟَﻚ
“Va biz Seni barcha nuqsonlardan pok ekaningni aytib, hamd ila, muqaddas tutgan holda tasbih aytyapmiz!”
Bu farishtalarning Allohga aytgan so'zlaridir. Ular Alloh Odam ato alayhissalomni va Odam bolalarini o'zimga xalifa qilib yarataman deganida ana shu so'zni aytgan edilar.

Ko'ngil malak olamiga kirib, barcha farishtalarning muttasil zikrda, tasbihda ko'rib hushdan ketdi. U o'zini ular kabi tasbih eta olmasligidan. Robbisining marhamati va buyukligi qoshida zaifligidan, o'ziga ko'rsatilgan muhabbatning ulkanligidan behush bo'lgan edi.
Alisher Navoiy “Avvalg'i hayrat” degan bobning sarlavhasida ana shularni nazarda tutadi. Ko'ngilning behush bo'lgani voqeasini batafsil so'ylashga kirishadi.
Shoir soqiyga qarab gapiradi. Soqiy kim? Soqiy – may quyib, uzatuvchidir. Soqiy – iymonlashadigan do'stdir. Har so'zidan hikmat, har kalomidan nur yog'ilib turgan orifdir. Uning har lutfi xuddi may kabi ta'sir etadi. Qalbni haroratga soladi.

Soqiy! Subh quyoshni fosh etdi. Meng quyosh kabi jom tut! Shunday so'zlarni aytki, shunday hikmatlarni so'ylaki, ular qalbimga quyoshdek kirib kelsin! Qalbim zulmatini parchalasin! Qalbimda tong ko'z ochsin! Bu tong Allohni zikr qilish, unga tasbih aytish tongi bo'lsin! Subh so'fiysi ham o'zini ko'rsatdi. Falakka nurdan joynamoz soldi. Shomning qora tuproqlarini tong supurgisi ila supurib tashladi. Charx olam uzra mushk sepayotgan edi, edi bu mushk ustidan oppoq xushbo'yni sochmoqda. Osmon nilufar kabi ko'zyoshini to'kdi, sahar bog'ida esa sariq lola ochildi! Quyosh olovida zulmatning tuni kuyib, havoga yulduzlar uchqun kabi uchib ketdi.

Mana bu – tong! Mana bu – yo'qlikdan borliqning paydo bo'lishi! Allohning bir amri bilan butun olamning bunyod bo'lishidir. Ana shu onda Ko'ngil tirildi. Alisher Navoiy uni Xoja deb ataydi. Xoja! Nima uchun Xoja? Chunki u vujud saltaning egasi, tan mulkining sohibidir. Shuning uchun u Xojadir, u Ko'ngildir!

Ammo Ko'ngil ilk lahzada hayron turib qoldi. U o'zini tanimas edi. Zotan, u hozirgina yaraldi! Uning onasi yo'q, otasi yo'q. Aka-ukasi yo'q. U Allohning xohish-irodasi ila yaraldi. Shuning uchun, hatto, o'ziga begona holda qotib qoldi. So'ng devonaga aylandi. Devonalarcha o'zini har tomon ota boshladi. Har nafasi tong kabi sarg'ayardi, tong eli kabi o'zidan ketib, o'ziga kelardi.
Atrofga boqarkan, o'zi bo'lib turgan olamning nima ekanini tushunmasdi. Bu ajoyib narsalarning sirlarini bilishni istardi. Ko'ngil har qancha ko'p xayol qilmasin, savollariga javob topa olmas, o'zining maqsadi, asl maqsadi nima ekanini bilolmas edi.

Unga biror sir ochilmadi. Biror sirdan nasiba berilmadi. Pardalar ko'tarilmadi. U o'zini Yaratgan Zotga sajda qila boshladi. Ojizlik ila hayrat qiyomida tik turdi. Yig'ladi, ma'yus tortdi. O'ziga sig'madi. Mahzunlik ila o'z ojizligini ko'rsatdi.

Bu – Ko'ngilning holati. O'zini anglay olmayotgan, o'zini tushuna olmayotgan ko'ngilning holati! Yo Robbiy! Shu misralarni o'qirkanman, o'zimning holatim yodga tushdi, do'stlar!

Hali boshimga taqdirning sinov toshlari otilmasdan avval qay holda edim? Kaj va qaysar, o'zini osmon tutuvchi go'dak! Boshqalarga tepadan baho beruvchi, olamlarni buzuvchi havoyi bir o'spirin! Tiliga kuchi etmaydigan, kuchi etgan narsani tutmaydigan yigitcha! Aqlu zehni ila faxr etuvchi, samimiylik da'vosida hammadan mehru muhabbat kutuvchi bir erkatoy! Ammo yolg'iz qolganimda nima qilardim?.. O'zimga berilgan savol. Yolg'iz qolganimda qilgan hamma ishlarimni ayta olmasam-da, qalbimdagi ya's – ma'yuslik ila suhbatlashardim. Yurayotganim yo'lning, qilayotganimning amallarning asl haybati, asl maqsadi va asl hikmatini anglamas edim. Har ishim intiutiv edi. Zarra nohaqlikdan o't bo'lib yonardim. Olamlarga o't qo'ygudek bo'lardim! Eh, bechora banda! Dunyoni ko'zimga siqqan chegaralardan iborat deb o'ylabman-da, azizim. Miyam jamiki dono fikrlarni ishlab chiqara oladigan mashina deb xayol etgandirman, vallohu a'lam. Aytilgan so'zlar ustida yashash nima ekanini qaydan bilibman! Aytilgan so'zlar badali hayot ila o'talishini tush ko'ribmanmi?!

“Yo Robbim! Menga ibodatlar halovatini tottir! Namozlarimga muhabbat ber! Nechun toatingga toqatsizman! Nechun har ishga besabrman! Menga majnun kabi qalb ber, O'zingga muhabbat, O'zingdan qo'rquv, O'zingga umid yo'lini ko'rsat!” – deb duolar qilmasmidim?!

Ha. Shunday edi. Keyin ne bo'ldi? Olovlarga otildim. O'tlarda kuydim. Balki unchalik emasdir. Lekin kuydirgan olovning harorati etarli bo'ldi. Toqatimiz shu ekan.

Alisher Navoiy Ko'ngil – Xojaning o'ziga o'zi begona bo'lib, o'z holidan devona bo'lishi – har insonga xosmi? Yo ba'zilarga bu nasib, ba'zilar bundan benasibmi?

Xoja o'z zaifligini aytgach, g'oyibdan nido keldi: “O'rningdan tur! Bu gulshanga kir! Sayr qil! Atrofga nazar sol!”

Ko'ngil bu nidodan so'ng hayratga tushib, o'rnidan turib, bir-ikki qadam qo'ydiyu, ko'z oldida bog'i Iram namoyon bo'ldi. Balki uni bog'i Iram emas, har guli oyna kabi tiiq bir jannat deb atamoq mumkindir! Bog'dagi har daraxt Arsh ostidagi Sidraga qadar etadi, hatto, shoxlari Sidraning shoxlariga chirmashgan. Barglari xuddi osmon kabi, bu barglar soyasida quyosh parvarish topadi. Sarvlari zarkash, zangor. Har biri osmonga ustun bo'lgudek. Sandal daraxtlarining atri – Masih nafasi kabi.

Ko'ngil bu gulshanga boqib hayratda edi. Bu guliston – bu jahon edi. Balki butun jahon bir gul ichiga pinhon etilgandir! Bu gul o'z-o'zidan o'sib chiqishi mumkin emas! O'z-o'zidan bu jahonning paydo bo'lishi mumkin emas! Xoja shu xulosaga keldi. Keldiyu, ammo bu gulning dehqoni kim deya o'ylanib qoldi.

Butmak o'zi xud emas imkon anga,
Gar bu emas kim esa dehqon anga.

Agar bu guliston shunday ulug'vor va shunday buyuk bo'lsa, uning yaratuvchisi qanday ekan! Ko'ngil ana shundan hayratda edi. Shu holda unga yana bir nido eshitildi: “Sening bu befoyda hayratingdan senga ne foyda? Haqiqat sirridan bahra ol va basirat ko'zi bilan atrofga boq!”

Sirri haqiqatdin o'lub bahravar,
Ayla basirat ko'zi birla nazar.

Sirri haqiqat. Basirat ko'zi. Haqiqatning sirri. Haqiqatlarni ko'ra oladigan ko'z. Agar haqiqat siriga sohib bo'lishni istasang, uni ko'ra oladigan ko'zni top! Ana shu ko'zga ega bo'l! Ammo u ko'zni qanday topaman? U ko'z o'zingda bor! Faqat uni parda bosgan? Bu pardani qanday ko'taraman? Xavotir olma, sen haqiqatni istasang, istaging qancha kuchli bo'lsa, u olovga aylanib ko'zingni to'sib turgan parda yoqib kul qiladi.
G'oyibdan kelgan nido dur kabi qulog'iga etdi va Xoja hidoyat nuri bilan atrofga boqdi.

Dur kibi etgach qulog'ig'a bu so'z,
Nuri hidoyat bila ochti chu ko'z.

Valloh! Bu gulistonning sa'va, qumri, bulbuli, har daraxtning bargiyu guli – hammasi Qayyum Zot – Allohning zikrida zokir edilar, Unga shukur keltirib, shokir edilar!

Barchasi qayyumig'a zokir edi,
Har bir aning shukrig'a shokir edi.

Ko'ngil ko'zi ochilgach, olamni boshqacha ko'rasan. Olam o'zgacha jilva etadi. Har zarrada Allohning qudratini ko'rasan. Har zarra Allohni zikr etayotganligini kashf etasan. Suv xuddi kuylayotgandek tuyulsa, u Allohning zikrida ekanligini bilsag, bunda o'zga bir sirni topasan. Shunday.

Gar el agar suv bo'lubon nag'masoz,
Soni' ila har biriga o'zga roz.
Xoja buni anglab etdi. Ko'nglida bir o't xuruj qildi – chunki olamda hamma, har bir zarra Allohning zikrida ediyu, birgin u g'ofil edi. Butun olam Allohga shukur qilar ediyu, birgina u xomush edi!

Chekti bu hayrat bila o'tluq xurush,
Kim bori go'yo edilar, ul xamush.

Ko'ngil bu xomushligidan qo'rqib, hayosi zo'rlik qilib hushuni yo'qotdi. Xuddi men kabi behush bo'ldi. Qismat imtihonlaridan so'ng o'zining kimligini anglab, chorak asr xomush yurganidan xijlatda qolgan banda kabi Ko'ngil xomushligi uchun uyalib behush bo'ldi. Shuncha vaqt Alloh zikridan olis yurgani uchun faryod ila hushini yo'qotdi.

Soldi dimog'ig'a bu xomo'shluq
Oh buxori bila behushluq.

Ey soqiy! Ey orif! Ey qalbi hikmat ila to'lgan hakim! Jismimga yana harorat etdi. Yuzimga boda suvidan gulob ur! Hushimga kelay. So'z chamani ichra navo ko'rguzay!

Soqiy, etubdur yana jismimga tob,
Yuzuma ur boda suyidin gulob.

To topibon hush takallum tuzay,
So'z chamani ichra navo ko'rguzay.

Allohga bog'lanish, tasbihu tahlil ila, takbiru tahmid ila band ekansan, o'lim va hayot chegarasi buziladi. Hayot o'limdan avvalgi bir bosqich, o'lim hayotdan keyingi bir hayotga aylanur. Dunyoni bir yo'l, oxiratni bir manzil, o'limni esa bir eshik deb bilursan, ey Ko'ngil!
Navolarim – iltijo, Allohga munojot bo'lsin. Koinotdagi jamiki yaratiqlar, g'ofil insondan bo'lak, Allohning zikrida ekan, men nechun g'ofil bo'lay! Zotan, Alloh dediki:
ﺳَﺒِّﺢِ اﺳْﻢَ رَﺑِّﻚَ اﻟْﺎَﻋْﻠٰﻰ
“Buyuk Robbingiz ismini barcha nuqsondan pok tutgan holda tasbih o'qing!” (A'lo surasi, 1-oyat)
Robbim! Ko'nglimni, aqlimni, borlig'imni, har bir hujayramni, har zarramni O'zingga tasbih aytish ila mashg'ul qil! G'aflatdan asra!..

(Davomi bor)

Akrom Malik,
14.11.19

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube