O’zbekiston Xalq Harakati

MUSTAFO ChO'QOYNI ESLAB… (video)

MUSTAFO ChO'QOYNI ESLAB… (video)
27 Kasım 2019 - 10:09 'da yuklandi va 1148 marta o'qildi.

1917 yilda Qo'qonda asos solingan Turkiston muxtoriyatining ilk va so'nggi rahbari Mustafo Cho'qoy 1941 yil dekabr' oyida Berlinda vafot etgan va shu erdagi Shahidlik qabristoniga dafn etilgan.

Mustafo Cho'qoy 1890 yil 25 dekabr' kuni Xiva xonligining Sirdaryo bekligida, Oqmasjid (xozirgi Qizil O'rda) shahri yaqinidagi ovullaridan birida, ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Uning bobosi Sirdaryo bekligiga bosh bo'lgan, otasi beklikning qozisi bo'lgan, onasi – Xiva xonlarining xonadoniga mansub, zodagon xivalik ayol bo'lgan.

Mustafo Cho'qoy Toshkentdagi rus gimnaziyasini a'lo baholarga bitiradi. Unga oltin medal' berilishi kerak edi. Lekin gimnaziyaning rus rektori o'zining irqchi va millatchiligiga borib, medal'ni rus millatiga mansub bitiruvchiga topshiradi. Lekin rus yigiti insofli chiqib, oltin medal'dan voz kechadi, uni Mustafo Cho'qoyga o'zi topshiradi va kursdoshining bilimlariga tan beradi.

Keyinchalik Mustafo Cho'qoy Sankt-Peterburgdagi universitetning yuridik fakul'tetini a'lo baholarga bitiradi. O'zining bilimi va intiluvchanligi bilan Piterdagi turkistonliklar va ruslarning nazariga tushgan Cho'qoy Rossiya Davlat Dumasidagi (parlamentidagi) musulmon fraktsiyasida Turkiston ishlari bo'yicha kotib bo'lib ishlaydi.

Mustafo Cho'qoy 1917 yilda Qo'qonda Turkiston muxtoriyatini tashkil qilishga bosh bo'ladi va muxtoriyatning ilk rahbari etib saylanadi. Biroq keyingi yili Lenin boshchiligidagi bol'sheviklar boshlagan qatag'onlar tufayli u avval Ozarbayjonga, u erdan Gruziyaga, keyin Turkiyaga va keyinchalik Frantsiyaga hijrat qilishga majbur bo'ladi. Muhojirotda yashab ham, Cho'qoy “Yangi Turkiston” va “Yosh Turkiston” jurnallarini chiqaradi, “Turkiston Sovetlar zulmi ostida” kitobini yozadi. Xullas, qizil terrorga qarshi kurashini to'xtatmaydi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Gitler Germaniyasi Frantsiyani ishg'ol etadi. 1940 yilda natsistlar Mustafo Cho'qoyni Frantsiyada hibsga olishadi va Germaniyaga keltirishadi. Mustafo Cho'qoy 1941 yil 27 dekabr' kuni sirli ravishda vafot etadi va Berlindagi Shehidlik qabristoniga dafn etiladi.

Musulmonlarning Berlindagi ilk qabristoni 18 asr oxirida barpo etilgan. Uning paydo bo'lishiga Usmonli halifaligining Berlindagi elchisi Ali Aziz beyning 1798 yilda to'satdan vafoti sabab bo'ladi. Jasadni Stambulga olib borishga ko'p vaqt talab etiladi. Shunda Usmonli sultoni Selim III-chi Prussiya (hozirgi Germaniya) qiroli Fridrix Vil'gel'mga maktub yozib, elchini Berlinning o'ziga dafn etishni iltimos qiladi. Qirol bu iltimosni erda qoldirmaydi.

Shu tariqa Berlin tuproqlarida ilk musulmon qabri va qabristoni paydo bo'ladi. Bora-bora bu erga dafn qilingan musulmonlar soni ortadi: Turkiyadan, Qrimdan, Ozarbayjondan va bizning Turkistonimizdan kelgan muhojirlar, taniqli siyosiy arbob, olim va tabdirkorlar shu erga dafn etiladi. Oradan salkam 100 yil o'tgach, aniqrog'i 1980 yilda, G'arbiy Berlindagi turk diasporasi qabriston yonida Shehidlik masjidini barpo etadi.

Bobomurod ABDULLA

2019 yil 26 noyabr', Berlin

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube