O’zbekiston Xalq Harakati

12 yillik muhojiratdan keyin Vatanga qaytgan faol vafot etdi

12 yillik muhojiratdan keyin Vatanga qaytgan faol vafot etdi
27 Kasım 2019 - 18:23 'da yuklandi va 911 marta o'qildi.

12 yillik muhojiratdan keyin Vatanga qaytgan faol vafot etdi – Tolib Yoqubov mustaqil O'zbekistondagi ilk va eng taniqli inson huquqlari himoyachilaridan biri edi.

U Karimov davrida O'zbekistonni tark etishga majbur bo'lgan, hali muhojiratda ekan, 2014 yilda fuqarolikdan mahrum etilgan.

Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab inson huquqlari bilan “jiddiy” shug'ullana boshlagan faol O'zbekistonda davomli ta'qib va tazyiqlar ostida faoliyat yuritib kelgan.

Tolib Yoqubov 2006 yilning iyulida Frantsiyaga muhojiratga yuz tutgan.

Faol bunga O'zbekistonda o'ziga nisbatan “soxta” jinoiy ish ochilgani sabab bo'lganini aytgan.

U qand xastaligidan og'rigan, orada kechgan vaqt davomida O'zbekistonga qaytish istagini takror va takror izhor etgan.

Vatanda ko'z yumish uchun qamoq qadar har qanday xavfga yuz tutishga tayyor ekanligini aytgan.

Ammo o'tgan 2018 yilga qadar keksa va xasta faol bunga imkonli bo'lmagan.

O'tgan yil yangi O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Frantsiyaga rasmiy tashrifi arafasida uning ortga qaytganiga oid xabar olingan.

Ammo faolning qanday shartlar asosida bunga muvaffaq bo'lgani tafsilotlari keng matbuotga imkonsiz qolgandi.

Bu – Frantsiya misolida O'zbekiston yangi rahbarining bir Evropa davlatiga amalga oshirgan birinchi rasmiy tashrifi bo'lgan.

Rasmiy tashrif, xuddi shu bois ham, ham O'zbekiston va ham tashqi dunyo nigohida alohida e'tibor topgan.

Ammo xuddi shu manzarada ham, yangi O'zbekiston siyosatini Karimov davridagi eskisiga o'xshatgan, qiyos berganlar bo'lgan.

Ta'bir joiz, kuzatuvchilar tavsifida bu kabi “iltifot”lar marhum prezident boshqaruviga xos bir an'ana bo'lgan.

O'zbekistondan olingan xabarlarga ko'ra, Tolib Yoqubov Jizzaxdagi uyida hayotdan ko'z yumgan. 79 yoshda bo'lgan.

Yaqinlari uning o'limi manzarasida ayrim G'arb nashrlariga faolning so'nggi paytlarda og'ir ahvolda yotganini aytishgan.

Ortga qaytish

Internetda imkonli bo'lgan suhbatlaridan faolning ortga qaytgach, O'zbekistondagi ijobiy o'zgarishlardan hayratda ekani anglashilgan.

U o'zining diqqatini O'zbekistondagi qurilishlar, yo'llardan olib tashlangan sanoqsiz blok postlar va bir necha metrlik panjarasiz qolgan, turgan hukumat binolariga qaratgan.

“Odamlardagi katta ko'tarinki ruh o'zini juda quvontirgani”ni ham alohida qayd etib o'tgan.

Uyga qaytgach, to'y qilib, elga osh bergani, kunlab uni ko'rish uchun kelayotganlarning keti uzilmaganini ham aytgan. Ularning orasida uzoqlardan kelayotganlari ham borligidan, hatto, o'zi ham taajjubda ekani sezilgan.

Agar, o'z so'zlariga tayanilsa, Jizzaxda, o'z ota uyida, ayoli, qizi, kuyovi – yaqinlari bag'rida va qarovida bo'lgan.

Faolning vafoti O'zbekistonda qolgan sanoqli inson huquqlari faollari hanuz bosimlar ostida bo'lgan, muhojiratdagi aksariyati esa, hamon O'zbekistonga qaytishga imkonsiz va ilojsiz bir manzarada kuzatilgan.

Inson huquqlari Karimov davri O'zbekistoni xalqaro miqyosda keskin tanqidlar, xavotirlarga sabab bo'lib kelgan eng muhim sohalardan biri bo'lgan.

O'sha paytlarda O'zbekistondagi diniy-siyosiy mahkumlarning soni, hatto, xalqaro hisob-kitoblarda ham minglarga nisbat berilgan.

Aynan shu kabi mahkumlarga nisbatan noinsoniy munosabat va qiynoq hollari ham xalqaro hamjamiyat nigohida alohida e'tibor topgan voqe'lik sifatida ko'rilgan.

Tolib Yoqubov hali O'zbekistonda ekan, Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan suhbatida bu kabi mahkumlarning soni 30 mingdan ortishini aytgan.

Ularning taqdiri inson huquqlari faoli sifatida u o'z diqqatini qaratgan eng muhim masalalardan biri bo'lgan.

Inson huquqlari faoli

Tolib Yoqubov avvaliga norasmiy “O'zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati” tarkibida mamlakat fuqarolari huquqlarini himoya qilishni boshlaydi.

U 1996 yilda bu tashkilotning Bosh kotibi va 2001 yilda esa, raisi etib saylanadi.

Ammo faolning 16 yil davomida bu jamiyatni O'zbekistonda ro'yxatdan o'tkazish urinishlari ish bermaydi.

Tolib Yoqubov, O'zbekistonda ekan, mamlakat huquq-tartibot idoralarining davomli bosimi ostida faoliyat yuritishga majbur bo'lgan.

Faol bu haqda doimo o'zining suhbatlarida alohida ta'kidlab kelgan.

Alal-oqibat, o'ziga nisbatan “soxta jinoiy ish” ochilarkan, O'zbekistonni tark etishga majbur bo'lgan.

Buning ortidan, o'z faoliyatini muhojiratda – Frantsiyada davom etdirish istagida ham ko'rilgan.

“O'zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati” 2008 yilda Frantsiya hukumati tomonidan davlat ro'yxatiga olingan. Unga xalqaro maqom berilgan.

Faol Bi-bi-si O'zbek xizmatiga bergan eng so'nggi suhbatlaridan birida, endi “tashkilotning O'zbekistonda qurultoyini o'tkazish, rahbariyatini shakllantirish va uni “de-yure” tan oldirish ustida ish olib borayotganliklari”ni aytgan.

Ammo orada kechgan vaqt davomida uning bunga qanchalik muvaffaq bo'lgani tafsilotlari noayon qolgan.

Inson huquqlari yangi O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev islohotlarining diqqat-markazidagi eng asosiy muammolardan biri bo'ladi.

Ammo, bunga qaramay, hali-hanuz mamlakatda faoliyat olib boruvchi inson haqlarini himoya qilish tashkilotlarining soni barmoq bilan sanarli ekani ko'riladi.

Bundan tashqari, “X'yuman Rayts Votch” bo'ladimi yoki “Amnesti Interneyshnl”ga o'xshash xalqarolarining ham hamon O'zbekistonga to'lig'icha qaytmagani kuzatiladi.

Tolib Yoqubov

Tolib Yoqubov hayotining salmoqli qismi “O'zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati” bilan bog'liq ekanini aytgan.

“Qilgan ishlariga tanish va notanish odamlarning baho berishlari”ni ma'qul ko'rgan.

Tolib Yoqubov 1941 yilda Jizzax shahrida dunyoga kelgan.

Fizika-matematika fanlari nomzodi. Olti farzandning otasi bo'lgan.

1964 yildan 1992 yil oxiriga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Institutida o'qituvchilik qilgan.

U 20 asr oltmishinchi yillarda dastlab Moskva va keyinchalik Kishenevda ilmiy ish bilan shug'ullarkan Sovet siyosiy dissidentlaridan “inson huquqlari” va “demokratiya” borasida birinchi marta eshitganini aytadi.

Tolib Yoqubov 1980-yillar oxirida “Birlik” Xalq harakatining faol a'zosiga aylanadi.

U 1992 yildan boshlab inson huquqlari bilan “jiddiy” shug'ullana boshlagan.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube