O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

TUShUNChA

TUShUNChA
29 Kasım 2019 - 14:20 'da yuklandi va 599 marta o'qildi.

Muhammad Solihning 70 yillik tavallud ayyomiga bag'ishlanadi

TUShUNChA

Hurmatli o'rtoq muharrir!

Gazetangizda e'lon qilingan “She'ringizni tushuntirib bersangiz…” maqolasi bizda bir muncha munozarali fikrlar uyg'otdi. Ruxsat etsangiz bu fikrlarimiz bilan o'rtoqlashsak. Avvalo maqola muallifi kitobxon bilan muloqotga kirisharkan, Muhammad Solih she'rlariga yuqori mezondan turib yondashadi: she'r – “avvalo ijtimoiy hodisa”, deb to'g'ri qayd etadi. Ammo tanqidchi bilan “oddiy kishilar” zamonaviy poeziyani bir xil saviyada tushunadi, deb bo'lmaydi.

Masalan, she'rxon Ro'zimboy Qurbonovga Muhammad Solihning “Oq ko'ylaklar” to'plamidagi she'rlarning deyarli yarmi “chigal, jumboq bo'lib tuyuladi”. Muloqotdan ko'rinadiki, kitobxon yoshlar she'riyatidagi tajribalarni chuqur anglab etmagan. Tanqidchi I.G'afurovning “Yosh qalbning tajribalar” (Ibrohim G'afurov. Lirikaning yuragi. 1982) maqolasida “Oq ko'ylaklar” to'plamidagi she'rlarning aksariyati izchil tahlil qilingan, ularda “navqiron bir samimiyat”, “qancha hayot munosabatlar bor”ligi ehtirosli talqin etilgan.

Munaqqidning “She'ringizni tushuntirib bersangiz…” maqolasida esa “Qaytasan uyingga…” deb boshlanuvchi she'rning butunlay boshqacha talqinini kuzatamiz: “Nahot, mutlaq umidsizlik va tushkunlik ichida yashab kelgan bo'lsa bu she'r qahramoni?”. “Qaytasan uyingga…” she'ri lirik qahramonning “mutlaq umidsizlik” holatini anglatmaydi. Uyiga – o'zligiga qaytgan qahramon yurakdagi idrok ko'magida chuqur mushohada yuritayotgan bir hollatda. U uyquda emas. Umid horg'in ruhiy holatdagi qahramon vujudida daf'atan o'zgarish sodir qiladi…

Keyin boshqa sezgi keladi,
Keyin loyqalanadi aql…

Yotgan – loqayd holat buziladi, muvozanatdagi aql torozi pallalaridek lopillaydi. Lirik qahramondagi bu oniy holat har bir kishiga xos, qalbda kechishi mumkin bo'lgan ruhiy jarayon. Aql loyqalanadi, a'ni qahramon ruhiyatidagi turg'un vaziyat buziladi. Uni umid loyqalatadi – buzadi. “Loyqalatish” iborasi qahramon ruhidagi o'zgarish jarayonini ifodalayotir.

Bu ramziy iborada ijodiy ohang mavjud. “Lopillash” esa “Jaranglaydi” fe'li bu o'rinda Quloq, Bosh, Vujud kabi ramziy poetik detallarga nisbatan yangilik sifatida qo'llanilayotir.

Bundan kuzatilgan maqsad ko'p ishlatilgan “shag'illar”, “g'uvullar”, “o'rtanar” so'zlarini “engish” emas. Maqsad – lirik qahramonning faol holatini bir so'zda psixologik dalillashga urunishdir.

Odam sezgilar vositasida dunyoni biladi va unga o'z ta'sirini o'tkazadi. She'rdagi “jaranglaydi” so'zi mutaassir qahramon irodasining voqelikka faol munosabatini anglatgan. o'zgarish jarayonining metaforali tasviri. Xullas, ruhiyatda sodir bo'layotgan ko'tarilish jarayoni aynan umid bilan bog'liq. Umid “yarim tunda” uyg'otadi. Bu shunchaki emas, bezovtakor, qahramon idrokida kuchli tug'yon qo'zg'atishga qodir umid.

Muhammad Solih so'zlardagi hali ochilmagan imkoniyatlarni kashf etishga urinadi:

Quloq jaranglaydi,
Bosh jaranglaydi,
Jaranglaydi vujud g'alati.

“Jaranglaydi” fe'li bu o'rinda Quloq, Bosh, Vujud kabi ramziy poetik detallarga nisbatan yangilik sifatida qo'llanilayotir. Bundan kuzatilgan maqsad ko'p ishlatilgan “shag'illar”, “g'uvullar”, “o'rtanar” so'zlarini “engish” emas.

Maqsad – lirik qahramonning faol holatini bir so'zda psixologik dalillashga urunishdir. Odam sezgilar vositasida dunyoni biladi va unga o'z ta'sirini o'tkazadi. She'rdagi “jaranglaydi” so'zi mutaassir qahramon irodasining voqelikka faol munosabatini anglatgan:

Sezgilarga jovdiraydi qalb–
Bo'rilar ichida qolgan qo'zichoq!

Munaqqid “qalbning javdirashini ko'z o'ngi”ga keltirolmaslikda haq. Chunki qalb – inson vujudining ichki, hissiy xossasi. Qalb tebranishini ko'z bilan ko'rib, aql bilan tasavvur qilib bo'lmaydi. Uni faqat his etish, metaforali detallarda tasvirlash mumkin. She'rda “bo'ri” va “qo'zichoq” ana shunday tasvir vazifasini bajarib kelgan. Yosh shoirning tajribalaridagi “Quloq”, “Bo'ri”, “Qo'zichoq” singari so'zlari aynan “quloq”, aynan “bo'ri”, aynan “qo'zichoq” deb tushunish tanqidchining she'r tahlilidan noto'g'ri xulosalar chiqarishiga sabab bo'lgan. Aslida, bo'rilar qo'zichoqni talamayapti, balki ob'ektiv reallik sezgilar orqali qahramon qalbiga ta'sir etmoqda.

Chiday olmay sakrab ketasan,
Deraza oldiga etasan –
Cho'yan tizza chanoqlarida
Chayqalib ketadi lim to'la qudrat!…
aynan erning tasarrufidagi xotin deb tushunib, yanglish xulosaga kelgan. Bu o'rinda xotin obrazi dunyoda kimga nima muqaddas bo'lsa, o'shaning timsoli.

Shoir o'z qahramonini “taftish” qilishni bekorga uning sezgilaridan boshlamagan. Bu “o'xshashlikdan qochish uchun” atay “teskari fikrlash” emas. Teskari fikrlash hech qachon originallik hisoblanmagan. Shu jihatdan “uyqusizlik” shehrini ham “erta sarg'aygan yaproq”qa qiyoslash adolatdan emas. Zero, qahramon nutqidan ham, she'rdagi “uxlamaysan”, “jaranglab” kabi iboralardan ham “og'rib to'kilayotgan varam mevalar”ni emas, shiddat bilan yozilayotgan, quyoshga talpinayotgan bo'liq kurtaklarni tasavvur etish oson.

Xullas, kitobxon Muhammad Solihning she'rlarini tushunmaganligini tan oladi. Tanqidchi I.G'afurov esa o'z nuqtai nazarini, afsuski, oddiy kitobxon saviyasidan turib talqin etadi.

Mansur Tenglashov
Kuyunchak kitobxonlardan xatlar “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi
1983 yil, 5 avgust, №32 (2720)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube