O’zbekiston Xalq Harakati

“Hayratul abror”. Ikkinchi hayrat

“Hayratul abror”. Ikkinchi hayrat
30 Kasım 2019 - 6:30 'da yuklandi va 506 marta o'qildi.

(Boshi)

“Ma'rifatullohg'a shuhud angladi…”

Nabiymiz, habibimiz, olamlari sarvari Muhammad mustafo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga qirq yoshlarida vahiy keldi. Hiro g'orida Jabroil alayhissalom Allohning ilk kalomida etkazdilar. Muhammad sollallohu alayhi va sallam qo'rqib ketdilar. Uylariga keldilar va Hadiyja roziyallohu anhu onamizga: “Meni o'rab qo'ying! Meni o'rab qo'ying!” – dedilar…

Ibn Abbos roziyallohu anhumoning aytishlaricha, payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam o'z hayajonlarini bosish uchun o'ranib yotib oldilar. Shunda Jabroil alayhissalom yana keldilar va Muzammil surasining ilk oyatlari nozil bo'ldi:
ﻳَٓﺎ اَﻳُّﻬَﺎ اﻟْﻤُﺰَّﻣِّﻞُ﴿١﴾
ﻗُﻢِ اﻟَّﻴْﻞَ اِﻟَّﺎ ﻗَﻠٖﻴﻠًﺎ﴿٢﴾

“Ey o'ranib olgan zot! Tunlari o'rningdan tur – kechaning bir qismini ibodatda o'tkaz, bir qismida istirohat et!” (1-oyat)
“Muzammil” so'zi lug'atga ko'ra, “O'ranib olgan odam” ma'nosini bildiradi.
Muzammil surasi 20 oyatdan iborat. O'n to'qqiz oyati Makkada tushgan. Yigirmanchi oyati esa Madina shahrida nozil bo'lgan. Oyatlar siyoqiga ko'ra, Alloh taolo o'z Rasulini, sollallohu alayhi va sallam, qo'llab-quvvatlaydi, unga kunlarni, tunlarni qanday taqsimlashni o'rgatadi, Allohga ibodat qilish yo'l-yo'riqlarini beradi, Allohning diniga kofir bo'lganlarga azob va'da qiladi.
Alisher Navoiy “Hayratul abror” dostonidagi ikkinchi hayrat bobida Ko'ngilning malak – farishtalar olamidan dunyo osmoniga – koinotga qilgan sayohati haqida hikoya qilgan. Bobning sarlavhasida esa yuqorida tarixi va mazmunidan gap boshlaganimiz Muzammil surasidagi 8-oyatni keltirgan. Shoir aynan Muzammil surasini tanlagani nafaqat Ko'ngilning sayohtlarini tushunish, balki “Hayratul abror” dostoni, umuman, “Xamsa”ning to'liq kontseptsiyasi, g'oyaviy yo'nalishi, maqsad-muddaosi, shoirning maslaku e'tiqodi haqida aniq, ravshan, qat'iy xulosani beradi. Ko'ngil farishtalar olamini ko'rdi. Oddiy ko'zning quvvati etmaydigan olamda bo'ldi. Endi u koinot olamiga qadam qo'ydi. Haqiqatan, qiziq jarayon. Zamon va makon jihatdan olib qarasak, gorizonti va vertikal o'lchamlari benihoya keng, hatto, o'lchamsiz, hajmsiz – ya'ni inson aqliga sig'maydigan – hududlarda voqealar sodir bo'lmoqda. Alisher Navoiy odam aqlini, qalbini, ruhini – umuman, Insonning o'rnini Ilohiy olam sarhadlarining ichida tasvirlamoqda. Adabiy tafakkur mezonlari bilan qaraganda bu baland yuksaklik. Yuksaklikki, baland yuksaklik. Aql ojiz, ruh – ko'ngil qodir bo'lgan yuksaklik haqida so'z bormoqda.

Muhammad sollallohu alayhi va sallamga vahiy kelishi – Ilohiyat va insoniyat o'rtasida aloqa tiklanganiga dalolat edi. Alisher Navoiy odamzod tarixida bu ulug' hodisa jarayonida tushgan Muzammil surasidan 8-oyatni asos qilish bilan, aslida, inson Ko'ngli qanday bo'lishi lozimligini yoki inson Ko'nglining asl o'rni, makoni qaer ekanligini, inson Ko'ngli qaerga qarab talpinishi zarurligini aytmoqda.

Shoir Ko'ngilni ikkinchi hayrat bobida humoyubol qush deb ataydi. Koinotni malakut olami – mulk olami o'laroq ko'rsatadi. Zotan, koinot Allohning mulkidir. Mulk olamidir. Ko'ngil qush kabi parvoz etdi. Mulk olamidagi har bir qavat falakka chiqdi, ko'ndi, nazar soldi. Ularning hammasi Muzammildagi 8-oyat hukmi bilan mutaharrik ekanini ko'rdi:
وَاذْﻛُﺮِ اﺳْﻢَ رَﺑِّﻚَ وَﺗَﺒَﺘَّﻞْ اِﻟَﻴْﻪِ ﺗَﺒْﺘٖﻴﻠًﺎ
“Robbingning ismini butun olamlardan uzilgan holda zikr et va unga butun vujuding bilan yuzlan!” (Muzammil, 8-oyat)
Atrofda nima sodir bo'lyapti – hech bir ish qiziq emas, har bir falak o'z yo'lidan yurib, faqat Allohni, o'z Robbisini zikr etadi, faqat Unga yuzlanadi. Ko'ngil koinotda ana shuni ko'rdi va hamon o'zining ahvolini g'aflatda topib, hushdan ketdi. Alisher Navoiy shu holatni tasvirlaydi.
Birinchi kunni farishtalar olamida o'tkazgan ko'ngil ikkinchi tongda ko'zini qayta ochdi. U o'tkazgan kecha juda mashaqqatli kechdi. Har ko'rgani ajab ustiga ajab tug'dirdi. Charxi falak har nafasda yangi tilsimlarini ko'rsatar, Ko'ngil lolu hayron edi. U qush kabi qanot qoqdi va Somon yo'lini ko'rdi. Bu yo'l unni falak ayvoniga qarab yo'llar edi. Ko'ngil beixtiyor shu yo'l bo'ylab uchdi.
Alisher Navoiy Ko'ngilni toyiri qudsiy deb aytadi. Toyiri qudsiy – muqaddas qush, ya'ni Allohning amri ila qudsiyatga bog'liq qush. Ko'ngil falakka qarab qanot qoqdi, uning bu uchishi bilan tan Er ustida qoldi.

Qolibi xokiy qolibon xok uza,
Chiqti falak axtari aflok uza.

Ko'ngilning qanoti – Ruh edi. U Ruh sababli uchdi.

Ruh qanoti bila toyir bo'lub,
Charx shabistonig'a soyir bo'lub.

Ko'ngil Somon yo'li bo'ylab ucharkan, qavatlashgan falaklarga duch keldi. Dastlabki falak – Oyning makoni edi. Oyning nuri uning girdini halqa kabi o'ragan. Alisher Navoiy oyni hajr tunidagi mash'al, gadoning kulbai vayronasidagi sham'ga qiyoslaydi. Ko'ngil Oyni aylanib tomosha qildi va u Allohga tasbih aytib o'tirganini ko'rdi. Muttasil, to'xtovsiz Haqqa hamd aytayotgan Oy nurga to'lgandi:

Hay'ati gah doira monand o'lub,
Savt anga tasbihi xudovand o'lub.

Goh bo'lub paykari andoqki til,
Aytur uchun haqqa sano muttasil.

Ko'ngil Oyning makoni bo'lgan falakdan uchib, keyingi falakka borib to'xtadi. Bu falakda kumush tanli but kabi go'zal maskan tutgan edi. Bu go'zalning qoshi fusunkor, ko'zlari tannoz, ishlari ishvayu noz edi. U – Zuhra (Venera) sayyorasi edi. Atorudning go'zalligini tasvirlagan shoir uni behad ozg'inligi, suyaklari ko'rinib turgani haqida so'zlaydi va u ham besh vaqt ibodatda shukr ila mashg'ulligini tasvirlaydi:

O'zi ham ul raglar ila xams ado,
Raglaru ragzan qilibon shukr ado.

Zuhra makonidan keyingi falak Atorudga tegishli edi. Uning ishi yozish edi. Atorud qanchalik xat bitmasin, bari Ilohning hamdidir:

Xamasidan noma siyoh o'lmayin,
Yozg'oni juz hamdi iloh o'lmayin.

Atoruddan keyingi falak – Quyoshning makonidir. Quyosh butun olamga hayot bag'ishlaydi, nurlari hayot nafasidir, uning ham ishi Haq zikridir:

Yo'qki bu xat boshtin-ayoq til bo'lub,
Har tili haq zikriga qoyil bo'lub.

Quyosh joylashgan falakdan so'ng Bahrom (Mars) sayyorasining orbitasi kelgan. U qo'lida qilich tutgan, qon to'kish unga odat. Lekin Bahrom har jihati ila har lahza Allohga shukur o'qiydi:

Rumhi bila uqlari, bal tig'i ham,
Tillar o'lub degali shukri niam.
Bahromning maqomidan keyin Zuhal (Saturn)ning falakxonasidir. U ibodat ila band. Uning mashg'uloti ham sanoyu hamddir:

Kishvar anga nuru safo xittasi,
Anshi etib hamdu sano xutbasi.

Ko'ngil bu sayyoralar joylashgan falaklarni kezib, o'n ikki yulduz burjiga etib keldi. Ko'rdiki, ularning ham ishi hol tili so'zlab, Allohu Karimni oliy bilishdan iboratdir:

Hol tili birla maqol aylabon,
Hamdi karimi mutaol aylabon.

O'n ikki burjdan o'tib, har bir yulduz, har bir sayyorani sayr qilgan Ko'ngil bu mavjudotlarning bari Allohning zikrida ekanligini topdi. Ularning har birida Allohni tanish, Allohning ma'rifatini anglash uchun bir shahodat bor edi:

Borchasida zikru sujud angladi,
Ma'rifatullohg'a shuhud angladi.

Butun mulk olami Allohning zikri ila band ekanini ko'rgan Ko'ngilga bir g'ayrat keldi. Bir hayrati ming bo'ldi. Barcha zikrda zokir, u esa gungu lol! Ko'ngilning kechagi xijolati ziyoda bo'lib, hushini yo'qotdi:

Qildi yana hayrati behad ani
Hush zavoli bila bexud ani.

Ey soqiy! Ey Allohning ma'rifati ila orif bo'lgan mo'min! Menga iymon so'zlarini ayt. Hikmat chashmalariga yuzlantir. Agar jismim zaif, aqlim ojiz, qalbim xasta bo'lsa, holimga yarasha muolaja ko'rsat. Allohning ma'rifati – Ma'rifatullohga tomon qadam baqadam etakla!
Bu Alisher Navoiy talqinidagi Ko'ngilning ikkinchi hayrati edi. Ko'ngil ikkinchi olamga ham sayr etdi va Allohning zikri ila to'lgan koinotni kashf etdi.
وَاذْﻛُﺮِ اﺳْﻢَ رَﺑِّﻚَ وَﺗَﺒَﺘَّﻞْ اِﻟَﻴْﻪِ ﺗَﺒْﺘٖﻴﻠًﺎ
“Robbingning ismini butun olamlardan uzilgan holda zikr et va Unga butun vujuding bilan yuzlan!” (Muzammil, 8-oyat)
U topgan hikmat, u ko'rgan ibrat dengizi shu edi.

(Davomi bor)

Akrom Malik
15.11.19

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube