O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Maqsad foyda keltirishmi yoki xalqni sog'in sigirdek sog'ishmi?

Maqsad foyda keltirishmi yoki xalqni sog'in sigirdek sog'ishmi?
01 Aralık 2019 - 10:31 'da yuklandi va 417 marta o'qildi.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning telefonlarning IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazish tizimi haqida o'z mulohazalarini bildirdi.

Ayrim islohotlarni ko'rib, maqsad foyda keltirish emas, balki xalqni sog'in sigirdek sog'ishmikan, deb o'ylanib qoladi odam.

Masalan, telefonlarning IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazish tizimidan balki ezgu maqsadlar ko'zlangandir, ammo uni amalga oshirish tartibi xalqni qiynashdan nariga o'tmadi. Jumladan:

Birinchidan, barcha mobil qurilmalarni avtomatik ro'yxatdan o'tkazish uchun juda qisqa vaqt berildi. Garchi hamma yoqda 1 apreldan 1 noyabrgacha deyilgan bo'lsa-da, lekin aslida IMEI-kodlarni ro'yxatga olish tartibini Vazirlar Mahkamasi 17 sentyabrda tasdiqladi. Ya'ni 1 noyabr' degan muddat xalqqa salkam oktyabrda ma'lum bo'ldi. OAVlarda asosiy targ'ibotlar ham oktyabrdan boshlandi.

Bu degani, xalqqa ishlatilmayotgan telefoni yoki ikkinchi sim-kartasini avtomatik ro'yxatdan o'tkazish uchun taxminan 1 oy vaqt berildi. Bu noinsoflik!!!

Ikkinchidan, 1 noyabrdan ariza orqali ro'yxatdan o'tishda juda ko'plab muammolar paydo bo'lmoqda. Ayniqsa, 2 ta sim-kartali telefon ishlatadigan juda ko'pchilik yangiliklardan kech xabar topganining evaziga (tayinli targ'ibot ham qilishmadi) hozir boshi qotgan.

Sababi 1 noyabrdan keyin ikkinchi slotni ro'yxatdan o'tkazib bo'lmayapti, garchi 1ta IMEI-kod bazada bo'lsa ham, rad javobi kelmoqda. Ro'yxatdan o'tish uchun xorijga chiqib kelish kerak emish. “Hech bo'lmasa Qozog'istonga chiqib keling, keyin ro'yxatdan o'tkazamiz” deyishmoqda.

Bu nima ahmoqgarchilik? Nega bu haqida avval ogohlantirilmagan?

Uchinchidan, ro'yxatdan o'tkazish rad etilayotganiga sabab — bojxonani chetlab o'tib, yashirin yo'llar bilan olib kirilgani bo'lsa, unda nega buning jabrini xalq tortishi kerak?

Chegarachilar, bojxonachilar yoki yashirin yo'llarga sharoit yaratib bergan korrupsionerlarga hech narsa bo'lmasdan, yana oddiy xalq sarson bo'lishi kerakmi?

Axir o'sha telefonlarni peshona teri bilan topgan pullariga rasmiy ishlab turgan do'konlardan sotib olishgan-ku. Nega shuncha payt do'konlarda noqonuniy telefonlarni sotishga yo'l qo'yganlar jazolanmasdan, jabrdiyda xalq tovon to'lashi kerak?

Nima uchun??? Nima uchun???

To'rtinchidan, xo'p, bo'lar ish bo'ldi, deylik. Endi nima qilish kerak? Muammoni echish uchun biror qonuniy echim bormi? Minglab fuqarolar ro'yxatdan o'tkazish uchun xorijga chiqib kela olmaydi baribir. Xalqqa bezbetlarcha “chetga chiqib keling, yo'qsa iloji yo'q” demasdan biror echim bermaysizlarmi?

Beshinchidan, bilamizki 1 dekabrdan ro'yxatdan o'tkazish pullik bo'ladi. Mayli, tekin bo'lsin demayman, ammo nega narx bunchalik qimmat? Biror asosi bormi? Shunchaki 1ta kodni tarmoqqa kiritib qo'yish uchun 44 ming 600 so'm olishga uyalmaysizlarmi?

Boz ustiga, agar telefon 2ta sim-kartali bo'lsa, unda har biri uchun alohida to'lov qilinadi, demak 89 ming so'm bo'lyapti. 30 kundan o'tib ro'yxatga olinsa, 110 ming so'm bo'ladi. Nega 10 ming so'm emas, nega 20 ming so'm emas? Xalqni juda boooooooy deb o'ylaysizlar shekilli? Pullari oshib-toshib ketyapti, qaerga qo'yishni bilmayapti, deya tasavvur qilasizlarmi?

Xalq to'layotgan soliqlar qayoqqa ketyapti unda? Bu tizimdan maqsad xalqqa foyda bo'lish deyishmoqda, axir foydali tizimlar ishlab chiqish davlatning majburiyati emasmi? Bizning soliqlarni shuning uchun olyapsizlar-ku. Xalqqa ikki marta soliq solish (va qimmat soliq) insofsizlik axir!

Xalq sog'in sigir emas, shuni unutib qo'ymaylik, iltimooooos…

Noyabr' oyi deyarli tugadi. Ammo soha mutasaddilari yuzaga kelgan muammolarni echish uchun zig'ircha harakat qilmadi, xalqqa tushuntirish bermadi, targ'ibot olib bormadi. “Nega rad qilinganini bilmadim, bu muammo seniki, menga nima” degan printsipda ish olib borildi. 1 kun o'tib esa, ro'yxatga olish pullik bo'ladi. Xalq yana pul to'lashni boshlaydi…

To'layveradi, to'layveradi, to'layveradi…

Manba: sof.uz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube