O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“O'zbekiston fuqarosi bo'lganim uchun juda afsuslandim”

“O'zbekiston fuqarosi bo'lganim uchun juda afsuslandim”
01 Aralık 2019 - 10:42 'da yuklandi va 489 marta o'qildi.

OzodMaktub ruknida Turkiyada ishlaydigan o'zbekistonlik mehnat muhojiri maktubini e'lon qilyapmiz.

Matn imlo xatolari tuzatilgan, stilistikasi saqlangan holda berilmoqda.

“Asalomu alaykum, Ozodlik.

Sizlarning radiongizga bitta iltimos bilan yozayotgandim. Mening turmush o'rtog'im vafot etganidan so'ng, o'zimizda oilani boqishga ish va etarli maosh bo'lmagani uchun Turkiyaga ishlagani ketgan edim. Bitta o'g'lim bor, boquvchimni yo'qotganim uchun ishlashga majburman.

Uyda eng katta qizman. Onam va bitta singlim nogiron. Meni bitta singlim Ozarbayjonga turmushga chikkan. Hozirda 4ta farzandi bor. Men Turkiyada ishlab imkonim borligi uchun singlimni ko'rgani boruvdim.

Pasportimdagi ikki yillik chiqish vizam mart oyida tugagandi. Bokuga viza kerak emasligini bilaman. Singlimni ko'rgani besh kunga borib yana Istanbulga qaytdim.

O'z ishimda ishlab uch oydan keyin yangi viza va pasport olish uchun O'zbekiston havo yo'llarida vatanga qaytdim. Lekin meni chegarani buzgansan deb, pasportimi olib qo'yishdi. Uch yarim oy sudrashdi va nihoyat kecha sud bo'ldi.

Sudga otam bilan birga bordim. Men haqiqatan vizam tugaganini bilardim lekin Istanbul-Boku, Boku-Istanbulga qaytganim uchun konunni buzganimni bilmasdim. Bizning bilganimiz, xorijga chiqqandan keyin ikki yillik viza muddati tugasa ham qachon qaytsangiz bo'laverardi edi. Keyin bilishimcha, chiqish vizasi muddati tugagandan keyin viza joriy qilingan mamlakatga kirish mumkin emas ekan. Bunday qonun borligidan bexabar edim.

Sudda advokatga beradigan pulim yo'qligi uchun undan voz kechdim va ariza yozib qo'l qo'ydim. Sud meni qilgan gunohim uchun 40 million so'm jarimaga tortdi. Men buncha pulni to'lash imkonim yo'q deganimdan so'ng 20 million 200ming so'mga tushirib berishdi.

Rosti gap rosa alam qildi. O'zbekiston fuqarosi bo'lganim uchun juda afsuslandim. Kambag'al tuyaga chiqsa it qopadi degani to'g'ri ekaniga endi amin buldim.

O'zbekistonda xorijga chiqish pasporti joriy qilindi. U bilan istagan mamlakatingizda istagancha yurishingiz mumkin. Bu tomonda esa eski qonunlar amal qilmoqda. Xorijga chiqish stikeri bilan ikki yilga chiqqanlarga boshqa talabu, xorij pasporti bilan chiqqanlarga boshqa talab.

Endi shu pulni topib, to'lab keyin Istanbulga qaytishim kerak. Istanbulda bir onaga qarayman. U erda ishlashni o'zi bo'lmaydi. U ovqat esa men ham eyman, emasa och qolib bo'lsayam o'tiraman. Shunisiga ham shukr deb ishlayapman. O'zga yurtda, yaqinlaringdan uzoqda ishlashning o'zi azob. O'zimga o'zimdan boshqa hech kim achinmaydi.

Bizning O'zbekistonda beva ayollarga imkoniyatlar yo'q. O'g'limni ishga qo'yishim, hali uylantirishim kerak. O'zbekistonda qolib ishlashim uchun oilani boqadigan ish ham yo'q. Bu pulni to'lash uchun, yaxshiyam singlim uyini sotgan, undan qarz olib to'layman.

Lekin qachongacha yomon otlig' bo'lib chet mamlakatda ishlashga majburmiz, shunisi alam qiladi. Men prezidentimiz uchun juda xam minnatdorman, qurilish o'zgarishlar bo'lyapti. Lekin odamlarni sharoitini, invalidlar sharoitini xam yaxshi qilib bersalar bo'lardi. Hammaga bo'lgan ishonchim yo'qolib ishlagani ketaman yana.

Va oxirida men kabi musofirlikda yurgan vatandoshlarimga eslatib qo'ymoqchiman, agar fuqarolik pasportidagi ikki yillik stiker bilan xorijga chiqqan bo'lsangiz, viza muddati tugagan bo'lsa, viza talab qilinadigan boshqa davlatga bormang. Aks holda, men kabi sarson-sargardon bo'lib, katta jarima to'laysiz!

Muhojir singlingiz”.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube