O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

SAMIMIY BO'LAYLIK

SAMIMIY BO'LAYLIK
01 Aralık 2019 - 11:04 'da yuklandi va 720 marta o'qildi.

Muhammad Solihning 70 yillik tavallud ayyomiga bag'ishlanadi

(“O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasida bosilgan Ibrohim G'afurovning “She'ringizni tushuntirib bersangiz” maqolasiga javob)

(Suratda Muhammmad Solih, Rauf Parfi va Ibrohim G'afurov (Do'rmon) yozuvchilarning ta'til uyi. Yanvar 1986-yil.)

Odamga o'zi yozgan narsasi haqida gapirish noqulay. Uni himoya qilish ham, meningcha, shart emas. Yozilgan narsaning himoyasi o'zida. Bordi-yu u himoyasiz bo'lsa – bo'sh bo'lsa, uning uchun qayg'urishning ne keragi bor?

Ibrohim G'afurov men samimiy hurmat qiladigan munaqqidlardan biri. U mening kitobimdan tanqid qilish uchun qulay she'rlarni tanlagan. Bu fakt unga hurmatimni yanada oshirdi: she'rlar chindan ham zaif.

Faqat men bu nuqsonni ulardagi “tushunarsizlik”da emas, boshqa narsada ko'raman, satrlar yaxshi ishlanmagan, so'zlar tanlanmagan, ohang buzilgan va hokazo. Agar ularni qayta ishlash imkoni bo'lganda, men qayta ishlardim, ya'ni tanqidchiga yoqmagan narsani yanada chuqurlashtirardim. Meni to'g'ri tushuning, tanqidchiga achchiqma-achchiq emas, balki she'rni unga nisbatan boshqacha tasavvur etganim uchun shunday qilardim.

O'ylaymanki, yozuvchi ham tanqidchiga loyiq bo'lmog'i kerak, ya'ni, tanqidchi uni ko'klarga ko'tarib maqtaganida ko'kka chiqib ketmasin. Ana shundagina uni “erga urishganida” erga ham kirib ketmaydi. Maqtovga ham, tanqidga ham ishonish kerak emas, deyayotganim yo'q. Faqat maqtov yoki tanqid dovdiratib qo'yadigan yozuvchi boshqa kasb tanlagani ma'qul demoqchiman.

“Shoir – odamlar dardini yozadi”. Bu – ilm. Aslida shoir o'z dardini yozadi. O'sha dard qancha samimiy bo'lsa, U shuncha odamlarga yaqin demak, “odamlarniki” bo'lishi muqarrar. Shu bois shoir uchun o'zini oqlashga zarurat yo'q. Zero, “Falon joyim og'riyapti, kechiring”, deb uzr so'rash kulgilidir.

Shoirning bir zaif joyi bor, bu – uning shoirligidir. U boshqalardan farqli o'laroq, o'z “burga”sini o'z uyida emas, hammaning oldida “o'ldiradi”, odamlar oldida “tozalanadi”. Bu g'alati huquqni unga tabiat bergan. Bu holat bizni goho ijirg'antirishi, uyaltirishi ham tabiiy. Lekin, afsuski, shoirga mavzuni biz tanlab berolmaymiz, u og'riyotgan joyini o'zi biladi. Shuning uchun tanqidchi shoirga qanday yozish kerakligini o'rgatmay, uning yozgan narsasi to'g'risida fikr yuritsa yaxshi bo'lardi.

Chunonchi, she'riyatni tanqidiy maqolalar emas, balki she'riyat tanqidni yaratadi. Bu eski haqiqatni takrorlashga majburmiz, chunki “yoshlar she'riyati” deb atalmish she'ryatning tanqidchilari yozgan aksariy maqolalar o'sha she'riyatning nima ekanligini ko'rsatish o'rniga, uning qanday bo'lishi kerakligi xususida havoyi gaplardan nari o'tmayapti.

Masalan, shu kungacha birorta tanqidchi keyingi o'n yillik she'riyatimizning shakl jabhasida nimani yo'qotib, nimani topganini batafsil tahlil qilib ko'rmadi. Axir, bugungi barmoq vazni (erkin she'rni qo'yib turaylik) elliginchi, oltmishinchi yillar “barmog'i”dan farq qiladi-ku? Rauf Parfi, Usmon Azim, Yo'ldosh Eshbek va Tilak Jo'raning kitoblarini erinmay, diqqat bilan o'qib ko'ring. Ular bu shaklga o'z ohangini kiritmoqdalar, uni ichdan o'zgartirishga urinib ko'rmoqdalar, ayni paytda og'zaki ijod motivlaridan unumli foydalanmoqdalar.

Tanqidchilarimiz bo'lsa “bu shoir original bo'lishga tirishadi” qabilidagi yuzaki baholar doirasida o'ralashib qolmoqdalar. Sirasini aytganda, originallikka intilishning nimasi yomon?

Axir, o'zini bilgan har bir ijodkor shunga intiladi-ku? Bu tabiiy emasmi?

Shoir – xohlaymizmi, yo'qmi – shaxs sifatida individualist, u o'z quvonchi kabi qayg'usini ham bo'rttirib ko'rsatishga moyil odam. Umuman, san'atning o'zi ulkan Bo'rttirish emasmikan? Agar shunday bo'lsa, shoir – bo'rttirishlar umumlashmasidir. Meningcha, tanqidning oliy vazifasi – qalb kurashi darajasini: ikkilanish amplitudasini aniq ko'rsatib berishda bo'lsa kerak.

Keyingi yillar she'riyati haqida ko'p yozayotgan munaqqidlarimizdan biri – Ibrohim G'afurovdir. Meningcha, I.G'afurov o'zining so'nggi “She'ringizni tushuntirib bersangiz…” maqolasida bosh fikrini pardalagan.

Vaholangki, she'rni o'ninchi sinf o'quvchisi yoki uning otasi tushunmasa, bu “fojea” emasligini tanqidchi bizdan ko'ra yaxshi biladi. O'ylashimcha, tanqidchi qandaydir shoirning tushunarsiz she'rlarini emas, balki 70-80 yillar she'riyatidagi o'zgacha kayfiyat, unga ma'qul bo'lmagan ruh to'g'risida gapirmoqchi bo'lgan, lekin yoshlar she'riyatiga g'amxo'rlik yuzasidanmi, M.Solihni ayabmi, o'z fikrini ancha yumshatgan. Demoqchimanki, agar bu faqat g'amxo'rlik oqibati bo'lsa, bugungi yoshlar bunday ortiqcha imtiyozlarga muhtoj emas. Chunki yana takrorlayman, bugungi yoshlar bunday ortiqcha imtiyozlarga muhtoj emas. Chunki yana takrorlayman, bugungi yoshlar she'riyati har qanday tanqidni ko'tara oladigan, maqtovga ham, tanqidga ham munosib she'riyatdir.

Muhammad Solih
Kuyunchak kitobxonlardan xatlar “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi
1983 yil, 5 avgust, №32 (2720)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube